Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
asaridan so'ng keng taraqqiyot yo'liga kirdi. XX asrda «Qashshoq operasi» sujeti 
asosida B. Brext «Uch mirilik opera» asarini yozdi. 
XVIII asrning 60-yillaridan «odatdagi» komediya taraqqiyoti boshlanadi. U 
quvnoq komediya nomi bilan dunyoga kelib, sentimental komediyani siqib chiqara 
boshlaydi. 
Oliver Goldsmit (1728—1774) «Teatr haqida tajriba yoki quvnoq komediya 
bilan hazin komediya chog'ishmasi» risolasida komediya tabiatan kishida hazin
iztirobli tuyg'ularni emas, balki o'zining quvnoq-xushchaqchaqlik xususiyati bilan 
hayotga oshiftalik hissini uyg'otuvchi janr ekanini ko'rsatib, o'zi bu borada «Bir tun 
xatolari» (1773) asarini yaratib ibrat ko'rsatadi. «Bir tun xatolari» zamondosh 
kishilarning fe'l-atvorini qiziq lavha va obrazlar orqali ko'rsatish bilan ingliz 
ma'rifatparvarlik dramaturgiyasida insonning axloqiy olamini tadqiq etishga 
qaratilgan yo'nalishning ilk namunasi edi. 
«Quvnoq komediya” sohasida erishilgan tajribalar XVIII asr ingliz 
dramaturgiyasining eng yirik vakili — Richard Brinsli Sheridan (1751—1816) 
ning ijodi uchun zamin bo'lib xizmat qildi. U 24 yoshida «Raqiblar» (1775) degan 
birinchi komediyasini sahnaga olib chiqadi. Uning ortidan shu yiliyoq «Duenya» 
degan ballada operasini yaratadi. 1777-yili yaratilgan «G'iybat maktabi» 
komediyasi ingliz ma'rifatparvarlik komediyasining eng yirik namunasiga aylandi. 
Sheridan teatrga juda ishqiboz kishi bo'lib, 1776-yili atoqli aktyor David Garrik 
egalik qiluvchi «Druri-leyn» teatrini sotib oladi.
Sheridanning hamma asarlari shov-shuvli muvaffaqiyat qozongan. Lekin bir 
asari —«G'iybat maktabi» hajv tig'i eng o'tkirligi bilan ajralib turardi.
Ingliz tetari Ma'rifatparvarlik davrida Shekspir davri darajasida dramaturgiya 
yarata olmadi. Lekin sahna san'ati, xususan, aktyor ijrochiligi sohasida butun 
Ovro'poga ibrat bo'larli natijalarga erishdi. 
Fransuz klassitsistik ijro san'atiga xos ulug'vorlik ingliz aktyorlari e'tiborini 
tortmay qolmadi: mashhur fransuz fojeiy aktyorlaridan Tomas Betterton Parijda 
bo'lib, klassitsizm aktyorlari maktabini o'zlashtirib keladi. Uning faoliyatida ham 
klassitsizm, ham realizm uslublari o'zaro qovushiq tarzda namoyon bo'lgan. Aktyor 


 
Jeyms Kuin esa klassitsizmni asosiy uslub sifatida qabul qiladi. Charlz Maklin 
realistik ijro yo'lini ilk bor ingliz sahnasida amalda namoyon etgan aktyorlardan 
biri bo'ldi. Uning shogirdi Devid Garrik ingliz sahna san'ati rivojida yangi davr 
ochdi. 
Devid Garrik (1717—1779)ning onasi irland oilasidan, otasi fransuz zobiti 
bo'lib, ular o'z farzandlarining huquqshunos bo’lishini istar edilar. Oilada teatrni 
juda sevishar va shu bois Devid havaskorlik spektakllarida ishtirok etib turar edi. 
Shunday hodisalardan biri 1741-yili kichik Gudmens — Filds teatrida ro'y beradi 
— u Richard III rolini ijro etadi va butun Londonga taniladi. 
O'sha davrda Londonda 1682-yili tashkil etilgan Druri-Leyn va 1732-yili 
uyushgan Kovent Garden teatrlari mavjud edi. Garrik 1747-yili Druri-Leyn teatrini 
sotib oladi va qariyb 30 yil davomida shu teatrga rahbarlik qilib, Shekspirning 25 
ta asarini sahnaga qo'yib, ularning ko'pchiligida o'zi bosh rollarni ijro etadi. 
O'rta bo'yli, qaddi-qomati kelishgan, yuz-ko'zlari benihoya ifodali bu inson, 
avvalo, buyuk aktyor edi. Unda aktyorlik salohiyati davrning estetik ehtiyojlarini 
teran his etish layoqati bilan ajib tarzda uyg'unlashib ketgan edi.
Garrik ijodida Richard III, Qirol Lir va Hamlet rollari, ayniqsa, katta 
ahamiyatga ega bo'lgan.
Garrikning Hamleti yana ham xayratlanarli edi. Aktyor dard-alamlardan azobda 
qolgan mardonavor kishi siymosini yaratdi. Hamlet deyarli har bir sahnada ajib 
sahnaviy shakllar orqali jo'shib turuvchi va ba'zan butkul bir-biriga zid his-
tuyg'ular hukmi ostida ko'rinar edi.
Garrik trgediyada ham, komediyada ham bir xil darajada muvaffaqiyat 
qozongan. Eng muhimi, turli toifadagi rollarda chiqish san'atkor is'tedodining 
barcha jihatlari ochilishiga olib kelgan. 
Rejissura sohasidagi islohotni Garrik 1747-yili tomoshabinlarning sahna 
atrofida o'tirish tartibini bekor qilishdan boshladi. Klassitsizm ruhidagi spektaklda 
tomoshabinning sahna atrofida joylashuvi aktyorlarga unchalik xalaqit bermas edi. 
Garrik sahna bo'shlig'idan kengroq foydalanishni ko'zlaydi. 1765-yili sahna ich-
karisida parda-to'siqlar (rampalar) o'rnatilishi ham shu intilishning natijasi edi. 


 
Garrik o'z teatriga atoqli fransuz va ingliz rassomlarini taklif etadi, libos sohasida 
ham islohotlar o'tkazadi. 
Devid Garrik ingliz teatri tarixidan eng ulug' teatr arboblaridan biri sifatida o'rin 
oldi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish