Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish


Француз классисизм театри



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

Француз классисизм театри
Uyg'onish davri teatri inqirozga yuz tutib, umrini o'tagan bir paytda Fransiyada 
dramaturglardan Kornel, Rasin va Molyer asarlari misolida bir badiiy uslub paydo 
bo'ldiki, u tarixga klassitsizm uslubi nomi bilan kirdi. Lyudovik XIII (1610-1643), 
Lyudovik XIV (1643-1715) hukmronlik qilgan davrda Fransiya markazlashgan 
yirik monarxik davlat sifatida maydonga chiqadi. Absolut monarxiya dvoryanlar 
hokimiyatining shakli boigani holda turli tabaqalarni birlashtirish, mamlakat ishlab 
chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish garovi sifatida ko'rina boshlaydi. Klassitsizm 
aynan shunday tarixiy sharoitda davlatning mafkuraviy quroli sifatida paydo bo'ldi. 
Klassitsizmning Uyg'onish davri san'atiga yaqinlik jihati kuchli, faol 
qahramonning sahnaga qayta kelishida ko'rinar edi. Lekin bu ma'lum hayotiy 
maqsadga ega bo'lgan qahramondir: u o'zining shaxsiy his-ehtirosi, irodasini aql va 
yuksak axloq doira-sida jilovlay olishi va butkul davlat oldidagi burchini ado etishi 
shart bo'lgan qahramon bo'lishi kerak edi. Shu bosh maqsad asosida 
klassitsizmning ma'lum dasturiy qoidalari ishlab chiqiladi. Bular Nikola Bualoning 
«Shoirlik san'ati» (1674) she'riy risolasida o'z ifodasini topgan. Klassitsizm 
estetikasi ko'p jihatdan Aristotel va Goratsiyning nazariy qoidalariga asoslangan 
edi. Janrlar aniqligi (asosiylari — tragediya va komediya), uch birlik qoidasiga 
qat'iyan rioya qilish shular jumlasiga kiradi. 
Klassitsizm san'atining maqsadi vataniga, monarxiyaga sodiq fuqrolarni 
tarbiyalash edi. Qahramonning o'z qadr-qimmati, or-nomus yo'lidagi kurashi 


 
millatning o'z shon-shavkati va erki uchun olib borgan kurashiga monand kelishi 
kerak edi. Buning uchun bir qator qat'iy qoidalar belgilab qo'yildi: davlat oldidagi 
burchning shaxsiy his-tuyg'u va manfaatdan ustuvorligi, ya'ni burchning hissi-
yotdan ustun kelishi; asardagi to'qnashuvlar — burch va hissiyoti o'rtasidagi 
to'qnashuv va burchning g'olib kelishi. 
Klassitsizm—atamasi lotincha classicus so'zidan olingan bo'lib, namunaviy, 
ibratomuz ma'nosini anglatadi. Shunday ibratomuz qah-ramonlar — yuqori tabaqa 
vakillari: qirollar, shahzodalar, malikalar asar voqealarining asosiy ishtirokchilari 
sifatida belgilandi. Tragedi-yaning oliy, komediyaning past janr deb hisoblanishi 
va tragediyaning komik sahnalardan xoli, sof janr namunasi bo'lishi zarurligi talabi 
ham klassitsizm uslubining aslzodalar tabaqasiga xos jihatlari bilan belgilangan. 
Tragediya ma'lum she'riy vaznda, shoirona ko'tarinki tilda uch birlik qoidasiga 
asoslanilgan holda yozilishi shart qilib qo'yildi. Unda xatti-harakat birligi asosiy 
voqea yo'nalishidan chetga chiqmaslikni taqozo etsa, zamon va makon birligi 
qoidasiga ko'ra voqea bir kecha-kunduz davomida va bir joyda ro'y berishi shart 
edi. Klassitsizm tragediyasi va komediyasining badiiy yetukligi o'zining yaxlitligi 
va ularda ma'lum ehtiroslar ifodachisi bo'lmish umumlashgan yirik obrazlarning 
mavjudligi bilan belgilanadi.
 
PIER KORNEL (1606-1684-y.) 
Kornel Ruan shahrida huquqshunos amaldor oilasida tavallud topgan, mahalliy 
iyezut kollejida tahsil ko'rgan, so'ng biroz advakatlik ishi bilan shug'ullangan. U o'z 
ijodiy faoliyatini «Melita» (1629) degan komediyasi bilan boshlagan. Mazkur 
asarni aktyor Mondori o'zi rahbarlik qiluvchi «Mare» teatrida sahnaga qo'yadi. Shu 
bahona Kornel Parijga ko'chib keladi, ketma-ket shov-shuvli pyesalar yoza 
boshlaydi, bundan kardinal Rishile xabar topib, uni absolutizm mafkurasiga xizmat 
qiluvchi o'z guruhiga jalb etadi. 
Eng shov-shuvli voqea 1636-yili Kornelning Mondori to-monidan «Mare» 
teatrida qo'yilgan «Sid» asari bilan bog'liq.
Kornelning Rim tarixidan olingan sujet asosida yaratilgan «Goratsiy» (1640) 
asarida klassitsizm qoidalariga to'la rioya qilindi.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish