Hamlet“toʻliq nomi „Daniya shahzodasi Hamlet tragediyasi“.1599-1602-yillar oʻrtasida yozgan tragediya. Pyesadagi hodisalar Daniya qirolligida sodir boʻladi. Hamletning otasi Qirol Hamletning ruhi oʻgʻlini amakisi Claudiusdan (Klavdiy) oʻch olishga chorlaydi. Claudius oʻz akasini oʻldirib, taxtni qoʻlga kiritgan boʻladi va akasining bevasiga uylanadi. „Hamlet“ Shakespearening eng uzun pyesasi boʻlib, ingliz adabiyotidagi eng kuchli va taʼsirli tragediyalardan biri hisoblanadi. Pyesa koʻp marta qayta hikoya qilingan, oʻzgartirilgan. „Hamlet“ Shakespeare tirikligidagi eng mahshur pyesalardan biri boʻlib, hozirgi kunda ham muallifning eng koʻp sahnalashtirilgan asarlaridan biridir. Asar 1879-yildan beri Qirolli Shakespeare kompaniyasi va Stratford-upon-Avondagi avvalgi teatrlarning eng mashhur pyesalari roʻyxatida birinchi oʻrinni egallab keladi. Asar oʻnlab yozuvchi, jumladan, Johann Wolfgang von Goethe, Charles Dickens, James Joyce va Iris Murdochlarni ilhomlantirgan va „Cinderella“dan keyin eng koʻp ekranlashtirilgan hikoya oʻlaroq taʼriflanadi. Shekspirning „Hamlet“i „Amleth“ afsonasiga asoslangan. Bu afsona 13-asrda yashab oʻtgan Saxo Grammatikusning „Gesta Danorum“ asarida saqlab qolingan, 16-asrda olim Franchois de Belleforest uni qayta hikoya qilgan. Shekspir asarni yozishda Elizabeth I davrida yozilgan, hozirgi kunda „Ur-Hamlet“ nomi bilan maʼlum boʻlgan asarga tayangan boʻlishi mumkin, lekin ayrim tadqiqotchilar „Ur-Hamlet“ni ham Shekspirning oʻzi yozgan, keyinroq bizga maʼlum boʻlgan shaklga keltirgan, deb ishonadilar. Shekspir bosh qahramon obrazini oʻsha paytda eng yaxshi aktyorlardan biri hisoblangan Richard Burbage uchun moslashtirib yozgan. Pyesa yozilganidan beri oʻtgan 400 yil ichida Hamlet rolini bir necha muvaffaqiyatli aktyor ijro etgan.
Asarning dastlabki uch shakli saqlanib qolgan. Har bir versiyasida boshqasida yoʻq misralar va sahnalar bor. Pyesaning tuzilishi va qahramonlari keng oʻrganilgan. Shularning biri Hamletning amakisini oʻldirishga ikkilanishi haqida bir necha asrdan beri davom etib kelayotgan munozaralardir. Ayrimlar bundan maqsad pyesani uzaytirish boʻlgan, deb hisoblasa, boshqalar bu hol qotillik qilish, rejalashtirilgan qasos hamda soʻngan istak bilan bogʻliq murakkab falsafiy va axloqiy tushunchalarning ifoda etishdir, deb hisoblaydi. Keyingi yillarda tanqidchilar Hamletning yashirin istaklarini oʻrganib chiqishdi, feministlar esa koʻpincha salbiy tarzda koʻrsatilgan Ophelia (Ofeliya) hamda Gertrude (Gertruda) obrazlarini qayta baholab, tiklashga urinishdi.
„Hamlet“ pyesasani oʻzbek tiliga ilk bor Maqsud Shayxzoda tarjima qilgan. Keyinchalik Jamol Kamol ham tarjima qilgan. Pyesa oʻzbek tilida bir necha marta, jumladan, bir jildi „Pyesalar“ (1960), besh jildli „Tanlagan asarlar“ (1983) (3-jild) hamda uch jildli „Saylanma“ (2007) (1-jild) asarlarida chop etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |