Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
eski taomillargagina zid bo'lmay, ayni paytda xalq tomonidan ma'qullanib, qabul 
qilingan qonunlarga ham zidligi ayon bo'lib qoladi. Kreont bu farmonni o'zicha, 
beboshlarcha chiqarib, xalqqa jarchi orqali ma'lum qiladi. Shunday qilib, Kreont 
yakka hokimlik maqomini ro'yobga chiqarmoqchi bo'ladi. 
Antigona, Tiresiy, Gemon Kreontni qonunni buzganlikdagina emas, zolim va 
mustabidlikda ham ayblaydilar. 
Antigona akasining jasadini dafn etish bilan jigarlik burchinigina ado etmaydi, 
shu bilan birga fuqarolik burchini ham bajo keltiradi; zero, u demokratik davlat 
axloqi yuzasidan ish ko'rgan edi. Kreont esa jamiyatni halokatga keltiruvchi 
yo'ldan boradi. Asar oxirida baxtsizlik ustiga baxtsizlikka duch kelgan Kreont o'ta 
mudhish ahvolda qoladi: Antigona o'zini osib qo'yadi, uning jasadi qarshisida 
shahzoda Gemon o'zini o'zi shamshir bilan nobud qiladi, buning ortidan 
Kreontning xotini o'zini o'ldiradi. Antigonaning o’limi bu jasur qiz ezgu 
intilishlarining g'alabasini anglatadi. 
Sofoklning eng mashhur asari — «Shoh Edip» tragediyasidir. Pyesada voqea 
Edipning o'z otasini o'ldirib, onasiga uylanishidan keyin, talay vaqtlar o'tgach, 
boshalanadi. Qariyb 15 yilki, Edip Fivaga rahnamolik qilib kelmoqda. Uning to'rtta 
farzandi: ikki o'g'il, ikki qizi bor. Ekin-tekinga, hayvonlarga, odamlarga yopirilgan 
so'nggi dahshatli ofatga qadar podsholik tinch, osoyishta kechadi. Endichi, saroy 
oldi bosh kohin yetakchiligida fivaliklar olomoniga to'la. Hammasining qo'lida 
qo'yning oq yungi himarilgan zaytun novdalari. Bu — najot, himoyaga muhtojlik 
ramzi. Edip olomonga peshvoz chiqar ekan, Apollon kohinidan xudolarning 
xohishu karomatini bilmoq uchun qaynag'asi Kreontni allaqachon Delfaga 
yuborganligini aytadi. Ayni shu chog'da Kreont paydo bo'ladi, u xudolarning 
xohishi — Fivaning sobiq hukumdori —Layning hunini olish, buning uchun uning 
qotilini topib, badarg'a qilish yoki «qonga qon bilan» javob berish lozimligini 
xabar qiladi. Edip Layning qotilini izlab topajagi haqida tantanali va'da beradi. Shu 
yo'sinda u o'zi anglamagan holda, o'ziga qarshi o'zi tergov boshlaydi. 
Shoir dahshatli haqiqatni yuksak mahorat bilan psixologik izchillik ruhida 
ochib bergan. Tergov-taftishlar davomida Edip tabiatiga xos muhim jihatlar ochila 


 
boradi. U ona shahrini balolardan asrab qolishga chog'langan, o'z vazifasining 
qanchalik mas'uliyatli ekanini anglovchi - oliyjanob inson va sohibi taxt sifatida 
namoyon bo'ladi. Shu qatori qahr-g'azabga berilish, begunoh kishilarga o'rinsiz 
ayblar qo'yish ham (Kreont va Tiresiy bilan o'tuvchi sahna) unga begona emas. 
Qidiruv chog'ida, goho holatlar haqiqatni anglashni qiyinlashtirayotgan va tergovni 
chalg'itayotgandek bo'lib ko'rindi. Masalan, korinflik xabarchi bilan o'tuvchi 
sahnada Lay qotilini izlash muammosi Edip uchun ma'lum lahzalar ikkinchi 
darajali bo'lib qoladi: bu onlarda u o'z qismatining xayrli o'zgarayotganidan shod-
hurram ko'rinadi. Lekin saldan keyin, Korinf xabarchisining kelishi halokatli 
xotimaning yaqinlashuviga olib keladi. Edip bashoratning to'g'riligi va otasining 
qotili o'zi ekanini anglaydi. Inson baloyi taqdiri azal (Moyra) deb atalmish samoviy 
kuchlarning o'yinchog'i yanglig' namoyon bo'ladi. 
Lekin inson qismatini avvaldan belgilovchi baloyi taqdiri azal pyesaning bosh 
mavzusi emas. Sofoklni taqdir izmidan chiqolmagan insonning mardonavor a'moli 
qiziqtirgan. Edip dastlabki sahnalarda qanday oliyjanob va murosasiz kishi bo'lsa, 
asarning oxirida ham shundayligicha qoladi. U jinoyatni beixtiyor sodir qiladi: u 
jinoyatning yuz bermasligi uchun ko'p urunib ko'radi. Shunday bo'sa-da, u o'z 
ustidan o'zi hukm chiqaradi, o'zini so'qir bo'lib, bir umr sarson-sargardonlikda azob 
chekishga mahkum etadi. Shu a'moli bilan u o'z xalqini xudolar duoyibatidan xalos 
etadi. 
Sofoklning so'nggi — «Edip Kolonda» asari Edipning xudolar va odamlar 
tomonidan oqlanishi mavzusiga bag'ishlangan. 
Sofokl tragediyalari antik quldorlik demokratiyasi gullagan davrda uning 
fuqarolik va axloqiy tamoyillarining badiiy ifodasi tarzida dunyoga kelgan. Bu 
tamoyillar to'la huquqli barcha fuqarolarning siyosiy teng va erkin bo'lish, vatanga 
sidqidildan xizmat qilish, ota-bobolar udumiga ixlosmandlik, ruhan komillik 
talablarini anglatardi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish