Prezident Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi



Download 32,55 Kb.
Sana19.07.2021
Hajmi32,55 Kb.
#123712
Bog'liq
ИПК ўзгаришлар


Prezident Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Jamiyat


12 yanvar 21:53

2981


O‘zbekiston Prezidenti “Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Loyiha Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 11 dekabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2020 yil 19 dekabrda ma’qullangan.

Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:


  1. 3-modda to‘rtinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya va nazorat” degan so‘zlar “apellyatsiya va kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirildi;



  1. 5-modda:

Uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rish natijalari bo‘yicha apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari qaror qabul qiladi”;

To‘rtinchi qismi chiqarib tashlanadi;

Beshinchi – sakkizinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi – yettinchi qismlar deb hisoblanadi;



  1. 16-modda:

Ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Ishlarni apellyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish uch nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda amalga oshiriladi”;

Quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldiriladi:

“Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish besh nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda amalga oshiriladi”;

Uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblanadi;


  1. 19-modda:

Birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi «yoxud nazorat tartibida» degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;

To‘rtinchi qismidagi “nazorat tartibida” degan so‘zlar “ushbu Kodeksning 3051-moddasiga muvofiq mazkur ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

Beshinchi va oltinchi qismlari chiqarib tashlansin;


  1. 25-modda:

Birinchi qismi quyidagi mazmundagi 51 va 52-bandlar bilan to‘ldiriladi:

“51) ushbu Kodeksning 301-moddasida ko‘rsatilgan investitsiyaviy nizolar bo‘yicha ishlar;

52) ushbu Kodeksning 302-moddasida ko‘rsatilgan raqobatga oid ishlar”;

Yettinchi qismidagi “5-bandida” degan so‘zlar “5 va 51-bandlarida” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;



  1. 1-paragraf quyidagi mazmundagi 301 va 302-moddalar bilan to‘ldiriladi:

“301-modda. Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha ishlar

Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) investitsiya shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq nizolar;

2) investitsiya shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolar;

3) investitsiya shartnomasining bajarilishi bilan bog‘liq nizolar;

4) investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan soliq, bojxona, ijtimoiy, ekologik va boshqa majburiyatlarning investor tomonidan bajarilishi bilan bog‘liq nizolar;

5) investitsiya shartnomasi bo‘yicha investorga berilgan mol-mulkni talab qilib olish yoki bunday shartnoma bo‘yicha neustoyka undirish

Va (yoki) zararlar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar.

302-modda. Raqobatga oid ishlar

Yuridik shaxslar, shu jumladan chet el yuridik shaxslari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda monopoliyaga qarshi organ o‘rtasida tovar va moliya bozorlarida raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar raqobatga oid ishlar jumlasiga kiradi”;



  1. 32-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Sudga taalluqli ishlar tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tomonidan ko‘riladi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudloviga tegishli ishlar mustasno.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari:

Taraflardan biri O‘zbekiston Respublikasi norezidenti – chet el shaxsi bo‘lgan ishlarni;

Chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.

Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ko‘riladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarni e’tiborga olgan holda har qanday ishni istalgan suddan olib qo‘yish va uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘z ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazishga haqli.

Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha yirik investorning, raqobatga oid ishlar bo‘yicha taraflarning xohishiga ko‘ra, ushbu toifadagi ishlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘riladi”;


  1. 34-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldiriladi:

“Yirik investor bo‘lmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’volar javobgar joylashgan yerdagi tuman (shahar), tumanlararo iqtisodiy sudga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga taqdim etilishi mumkin.

Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’volar, shuningdek tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan da’volar javobgar joylashgan yerdagi tuman (shahar), tumanlararo iqtisodiy sudga yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilishi mumkin”;



  1. 49-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlariga da’vo arizasini (arizani) – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga esa – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning o‘rinbosarlari taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasining barcha iqtisodiy sudlariga da’vo arizasi (ariza) taqdim etishga haqli.

Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning da’vo arizasi (arizasi) asosida qo‘zg‘atilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.

Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mazmuni bo‘yicha fikrini bayon etadi, bundan uning boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir da’vo arizasi (arizasi) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishlar mustasno.

Fuqaroning, yuridik shaxsning va davlatning manfaatlarini ko‘zlab da’vo arizasi (ariza) taqdim etgan prokuror da’vogarning huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi mustasno.

Prokurorning o‘z da’vo arizasidan (arizasidan) voz kechishi da’vogarni (arizachini) ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.

Prokuror tomonidan da’vogarning huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan da’vodan da’vogarning voz kechishi da’vo arizasini (arizani) ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi”;


  1. 115-moddaning uchinchi qismidagi «apellyatsiya, kassatsiya

Yoki nazorat» degan so‘zlar «apellyatsiya yoki kassatsiya» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

  1. 118-moddaning to‘qqizinchi qismidagi “apellyatsiya, kassatsiya, nazorat” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;



  1. 133-modda:

Yettinchi qismidagi “Apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat” degan so‘zlar “Apellyatsiya yoki kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

To‘qqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi sud hujjati ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin”;


  1. 151-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha da’vo arizasiga investitsiya shartnomasining qo‘chirma nusxasi, yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’vo arizasiga esa uning yirik investorligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi”;

  1. 166-moddaning to‘rtinchi qismidagi “apellyatsiya, kassatsiya va nazorat” degan so‘zlar “apellyatsiya va kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;



  1. 249-moddadagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar

Va Toshkent shahar iqtisodiy sudiga” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

  1. 259-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga haqlidir.

Prokuror, yuqori turuvchi prokuror faqat prokuror ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha, shuningdek taraflarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya protesti keltirishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga haqli, bundan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.

Sudning hal qiluv qarori ustidan to‘liq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;



  1. 260-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“260-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiquvchi sud

Apellyatsiya shikoyatlari (protestlari):

Tegishli tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda – Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi”;



  1. 262-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar, shuningdek sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslar uchun ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan apellyatsiya shikoyatini berish muddati ularga hal qiluv qarori qabul qilinganligi ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran hisoblanadi”;

  1. 265-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Apellyatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyatsiya protestining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini

Yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha tarafning murojaati ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi”;



  1. 269-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 11-band bilan to‘ldirilsin:

“11) apellyatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni ushbu Kodeksning 263-moddasida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmasa

Yoki apellyatsiya shikoyatiga ushbu Kodeks 265-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha keltirilgan protestga tarafning murojaati ko‘chirma nusxasi ilova qilinmagan bo‘lsa”;



  1. 272-moddaning uchinchi qismidagi “nazorat tartibida” degan so‘zlar “kassatsiya tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;



  1. 273-modda:

Birinchi qismining 4-bandidagi “va voz kechish apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

To‘rtinchi qismidagi “nazorat tartibida” degan so‘zlar “kassatsiya tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;



  1. 274-modda:

To‘rtinchi qismidagi “bundan jamiyat yoki davlat manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha prokurorning kelmaganligi mustasno” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

Quyidagi mazmundagi beshinchi – o‘n uchinchi qismlar bilan to‘ldiriladi:

“Apellyatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi.

Ma’ruzachi ishning holatlarini, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining mazmunini, apellyatsiya shikoyati (protesti) vajlarini

Va uning yuzasidan berilgan yozma fikrni bayon qiladi.

Sud ma’ruzadan keyin sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi, ular apellyatsiya shikoyatida (protestida) ko‘rsatilmagan vajlarni keltirishga va qo‘shimcha materiallar taqdim etishga ham haqli.

Dastlab apellyatsiya shikoyati bergan shaxs yoki uning vakili yoxud, agar ish protest bo‘yicha ko‘rilayotgan bo‘lsa, prokuror so‘zga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat berilgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib da’vogar so‘zga chiqadi.

Ushbu Kodeksning 50-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular sudning qarori ustidan shikoyat bermagan bo‘lsa, taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi.

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitilganidan so‘ng apellyatsiya instansiyasi sudi qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.

Sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilingan qarorning xulosa qismi e’lon qilinadi va u ishga qo‘shib qo‘yiladi.

Qaror besh kun ichida to‘liq hajmda tuziladi va imzolanadi.

Raislik qiluvchi qarorning xulosa qismi e’lon qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qarorning to‘liq hajmda tuzilishi

Va ularga yuborilishi muddatini, shuningdek qaror ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntiradi”;


  1. 275-modda:

Ikkinchi qismi chiqarib tashlanadi;

Uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblanadi;



  1. 277-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Alohida hollarda apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan

Bir oyga uzaytirilishi mumkin”;



  1. 279-modda to‘rtinchi qismining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5) hal qiluv qarorining sudya tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida ko‘rsatilganidan boshqa sudya tomonidan imzolanganligi”;

  1. 281-modda uchinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3) da’vo arizasini qabul qilishni rad etish, da’vo arizasini qaytarish, da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ajrimni bekor qilishga

Va da’vo arizasini, ishni birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish uchun yuborishga haqli”;



  1. 282-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqli.

Prokuror, yuqori turuvchi prokuror birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori

Va apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan, agar ish bo‘yicha prokuror ishtirok etgan bo‘lsa, shuningdek taraflarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda, kassatsiya protesti keltirishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.

Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori va apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan to‘liq yoki qisman kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;


  1. 283-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“283-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘radigan sud

Birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi”;



  1. 284-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Kassatsiya shikoyati (protesti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga beriladi”;

  1. 285-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil ichida berilishi mumkin.

Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch oy ichida berilgan va kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin”;



  1. 286-modda birinchi qismining 3 va 4-bandlari quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini, qarorni qabul qilgan sudning nomi;

4) ishning raqami, hal qiluv qarori, qaror qabul qilingan sana, nizo predmeti”;



  1. 288-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Kassatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya protesti va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha tarafning murojaati ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi.

Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish va apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan shikoyat (protest) va uni sudga taqdim etishda unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak”;



  1. Quyidagi mazmundagi 2881-modda bilan to‘ldiriladi:

“2881-modda. Ishni talab qilib olish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha tegishli iqtisodiy suddan ishni talab qilib olishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurorlari ushbu Kodeksning 282-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda, kassatsiya protesti kiritish masalasini hal etish uchun tegishli iqtisodiy suddan ishni talab qilib olishga haqli”;


  1. 289-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“289-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘rganish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘rganadi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘rganish natijalari bo‘yicha sudya quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:


  1. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish

Va ishni talab qilib olish to‘g‘risida;

  1. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish haqida;



  1. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risida.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘rganish natijalariga doir ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi”;

  1. 290-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Kassatsiya shikoyatini (protestni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

  1. Ajrim chiqarilgan sana va joy;



  1. Ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;



  1. Shikoyatni (protestni) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);



  1. Ustidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari;



  1. Tegishli suddan ishni talab qilib olish to‘g‘risidagi xulosa”;



  1. 291-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:

  1. Kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;



  1. Kassatsiya shikoyati (protesti) qonuniy kuchga kirmagan yoki qonunchilikka muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan yoxud apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;



  1. Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;



  1. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash rad etilgan bo‘lsa;



  1. Kassatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish haqidagi ajrim mavjud bo‘lsa.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni

Rad etish to‘g‘risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini)

Ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko‘rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda to‘langan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi”;



  1. 292-moddaning:

Birinchi qismi:

Birinchi xatboshisidagi «kassatsiya instansiyasi sudi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi» degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

2-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“2) kassatsiya shikoyatining (protestining) shakliga va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 286-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 288-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha protestga taraflarning murojaati ko‘chirma nusxasi ilova qilinmagan bo‘lsa”;

To‘rtinchi qismi chiqarib tashlanadi;

Beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblanadi;



  1. 294-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“294-modda. Sud hujjatlari ijrosini to‘xtatib turish

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudi (sudya) birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarorining, apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib turishga haqli.

Sudya sud hujjati ijrosini to‘xtatib turish to‘g‘risida yoki uning ijrosini to‘xtatib turishni rad etish haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatadi”;


  1. Quyidagi mazmundagi 2941-modda bilan to‘ldiriladi:

“2941-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish

Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash to‘g‘risidagi masala ish sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda sud majlisini o‘tkazish vaqti

Va joyi ko‘rsatiladi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi”;


  1. 295-modda:

Uchinchi qismi chiqarib tashlanadi;

To‘rtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblanadi;



  1. 296-modda:

Birinchi qismining:

1-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“1) kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa”;

4-bandidagi «va voz kechish kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan» degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;

To‘rtinchi qismi chiqarib tashlanadi;

Beshinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblanadi;



  1. 297-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Kassatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ko‘radi.

Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha birinchi sud majlisi kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak.

Kassatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to‘g‘risidagi; da’voning predmetini yoki asosini, da’vo talablarining miqdorini o‘zgartirish haqidagi; qarshi da’vo taqdim etish to‘g‘risidagi; ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish haqidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda faqat birinchi instansiya sudida ishni ko‘rish uchun belgilangan boshqa qoidalar qo‘llanilmaydi.

Kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini o‘tkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.

Kassatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish raislik qiluvchining

Yoki sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi.

Ma’ruzachi ishning holatlarini, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining, apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining mazmunini, kassatsiya shikoyati (protesti) vajlarini va unga doir kelib tushgan yozma fikrni bayon qiladi. Shundan so‘ng sud sud majlisida hozir bo‘lgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi, ular kassatsiya shikoyatida (protestida) ko‘rsatilmagan vajlarni keltirishga va qo‘shimcha dalillar taqdim etishga ham haqli.

Dastlab kassatsiya shikoyati bergan shaxs yoki uning vakili yoxud, agar ish protest bo‘yicha ko‘rilayotgan bo‘lsa, prokuror so‘zga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat berilgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib da’vogar so‘zga chiqadi.

Ushbu Kodeksning 50-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular hal qiluv qarori ustidan shikoyat bermagan bo‘lsa, taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi.

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitilganidan so‘ng kassatsiya instansiyasi sudi qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.

Sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilingan qarorning xulosa qismi e’lon qilinadi va u ishga qo‘shib qo‘yiladi.

Qaror besh kun ichida to‘liq hajmda tuziladi va imzolanadi.

Raislik qiluvchi qarorning xulosa qismi e’lon qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qarorning to‘liq hajmda tuzilishi va ularga yuborilishi muddatini tushuntiradi”;


  1. 298-moddaning:

Ikkinchi qismi chiqarib tashlanadi;

Uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblanadi;

Ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Protest keltirgan shaxs yoki yuqori turuvchi mansabdor shaxs ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjat chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli”;



  1. 299-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Sud ishni kassatsiya tartibida ko‘rish chog‘ida birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan moddiy huquq normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligini va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini ish materiallari bo‘yicha tekshiradi.

Kassatsiya instansiyasi sudi yangi dalillarni tekshirishga va yangi faktlarni aniqlashga haqli emas”;



  1. 300-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Kassatsiya shikoyati (protesti) u sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlangan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Alohida hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin”;



  1. 301-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha:

  1. Hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;



  1. Hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgartirishga yoki bekor qilishga

Va ishni yangidan ko‘rib chiqish uchun yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;

  1. Ushbu Kodeks 302-moddasi birinchi qismining 1-bandida va to‘rtinchi qismining 4 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun sud hujjati bekor qilingan sud instansiyasiga yuborishga;



  1. Hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgartirishga;



  1. Hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga

Va ish yuritishni tugatishga yoxud da’voni to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;

  1. Ayrim sud hujjatlarini bekor qilish va ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga haqli”;



  1. 302-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“302-modda. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish asoslari

Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:



  1. Ish uchun ahamiyatli holatlarning to‘liq aniqlanmaganligi;



  1. Sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi;



  1. Hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;



  1. Moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud noto‘g‘ri qo‘llanilganligi.

Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi quyidagilardan iborat:

  1. Qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonun hujjatining qo‘llanilmaganligi;



  1. Qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan qonun hujjatining qo‘llanilganligi;



  1. Qonun hujjatining noto‘g‘ri talqin qilinganligi.

Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi, agar bu noto‘g‘ri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan bo‘lsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, birinchi instansiya sudning hal qiluv qarorini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini har qanday holda bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:



  1. Sud tomonidan ishning qonunga xilof tarkibda ko‘rilganligi;



  1. Ishning sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir ishda ishtirok etuvchi shaxs yo‘qligida ko‘rilganligi;



  1. Sud ishi yuritilayotgan til to‘g‘risidagi qoidalar ishni ko‘rish chog‘ida buzilganligi;



  1. Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq

Va majburiyatlari to‘g‘risida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi;

  1. Hal qiluv qarorining, qarorning sudya yoki, agar ish sudyalar hay’ati tarkibida ko‘rilgan bo‘lsa, sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida, qarorda ko‘rsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi;



  1. Ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi, uning imzolanmaganligi yoki ushbu Kodeks 202-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolanganligi yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan bo‘lsa, audio-

Va videoyozuvning elektron yoki boshqa manbalari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmaganligi;

  1. Bildirilgan talab bo‘yicha sud hal qiluv qarori qabul qilmaganligi;



  1. Sudyalar maslahatining sir saqlanishi to‘g‘risidagi qoidaning buzilganligi.

Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini, agar taraflar o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, bekor qiladi”;

  1. 303-moddaning:

Ikkinchi qismi:

6, 7-bandlari “hal qiluv qarori” degan so‘zlardan keyin «qaror» degan so‘z bilan to‘ldirilsin;

8-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“8) kassatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining, qarorning qonuniyligini va asoslantirilganligini tekshirish to‘g‘risida talab bildirilishiga doir asoslar”;

12-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“12) agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori to‘liq yoki qisman bekor qilingan bo‘lsa, uning xulosalariga kassatsiya instansiyasi sudi qo‘shilmaganligining sabablari”;

To‘rtinchi qismidagi “Sudning hal qiluv qarori” degan so‘zlar «Hal qiluv qarori, qaror» degan so‘zlar bilan almashtiriladi;


  1. 305-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“305-modda. Ajrim, qaror ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)

Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rilgan ajrim, qaror ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladi.

Kassatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rilgan ajrim, qaror, apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko‘rish natijalari bo‘yicha quyidagilarga haqli:



  1. Birinchi instansiya sudining ajrimini, qarorini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;



  1. Birinchi instansiya sudining ajrimini, qarorini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgartirishga yoki bekor qilishga yoxud ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga;



  1. Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi, da’vo arizasini qaytarish, da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, ish yuritishni to‘xtatib turish haqidagi ajrimni, ularni

O‘z kuchida qoldirish to‘g‘risidagi apellyatsiya instansiyasi sudi qarorini bekor qilishga va da’vo arizasini, ishni ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;

  1. Apellyatsiya instansiyasi sudining apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi, apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi, apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, apellyatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish, apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni to‘xtatib turish haqidagi ajrimni bekor qilishga va apellyatsiya shikoyatini (protestini), ishni ko‘rish uchun apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishga”;



  1. Quyidagi mazmundagi 3051-modda bilan to‘ldiriladi:

“3051-modda. Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish

Ushbu Kodeksning 282-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlariga ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish haqida protest kiritish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.

Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish haqida protest kiritish to‘g‘risidagi ariza kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati ichida, mazkur muddat o‘tkazib yuborilgan hollarda esa, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar o‘tgandan keyin berilgan ariza ko‘rib chiqilmaydi.

Ushbu Kodeks 302-moddasi birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlari kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlari ustidan ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish haqida protest kiritishga haqli.

Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish umumiy asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi”;



  1. 306-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“306-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat qilish

Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimi kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlari protestiga asosan kassatsiya tartibida takroran ko‘rilishi mumkin.

Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, kassatsiya instansiyasi sudining kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilish haqidagi ariza kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati ichida, mazkur muddat o‘tkazib yuborilgan hollarda esa, ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.

Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza ko‘rib chiqilmaydi”;


  1. 36-bob chiqarib tashlanadi;



  1. 326-moddaning ikkinchi qismidagi “apellyatsiya, kassatsiya

Yoki nazorat” degan so‘zlar “apellyatsiya yoki kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

  1. 328-moddaning:

Birinchi qismidagi “yoki prokuror” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;

To‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran uch yil o‘tgach berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi, bundan ushbu Kodeks 327-moddasining 2-4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha berilgan arizalar mustasno”.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

Hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;

Davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarining qayta ko‘rib chiqilishi va bekor qilinishini ta’minlaydi;



Ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlaydi.

3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Download 32,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish