O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING
QARORI
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING AJRIMLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual
kodeksi
(bundan buyon matnda FPK)
deb yuritiladi) yangi tahrirda qabul qilinganligi, shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi
instansiya sudi tomonidan ajrimlar chiqarishda qonun normalarini bir xilda va to‘g‘ri qo‘llashni
ta’minlash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
17-moddasiga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi
tahrirga qarang.
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, fuqarolik ishi bo‘yicha birinchi instansiya sudining
ajrimi ish mazmunan hal qilinmaydigan sud hujjati hisoblanadi (FPK 6-moddasining
beshinchi
qismi
). Shu bilan birga, fuqarolik ishini ko‘rishda vujudga keladigan masalalar bo‘yicha ajrimlarning
o‘z vaqtida va to‘g‘ri chiqarilishi, uni belgilangandek sud muhokamasiga tayyorlash, protsess
ishtirokchilarining huquqlarini amalga oshirish, qonuniy, asosli va adolatli hal qiluv qarori qabul
qilishga yordam beradi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-
sonli
qarori
tahririda)
Birinchi instansiya sudining ajrimlarini chiqarish, mazmuni va ijro etishni tartibga soluvchi
umumiy qoidalari FPK
24-bobida
nazarda tutilgan.
2. Birinchi instansiya sudining ajrimlari alohida xonada (maslahatxonada) tuziladigan alohida
protsessual hujjat shaklida ham, sud majlisi bayonnomasiga sud tomonidan qabul qilingan qaror
haqida tegishli yozuv kiritgan holda sud majlisi zalida ham chiqarilishi mumkin.
3. Sud alohida protsessual hujjat sifatida:
arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida;
arizani qaytarish to‘g‘risida;
ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida;
ishni sud muhokamasiga tayinlash to‘g‘risida;
bir turdagi ishlarni birlashtirish va bir nechta talablarni alohida ish yuritishga ajratish
to‘g‘risida;
ishni yopiq sud majlisida ko‘rish to‘g‘risida;
ishni sirtdan ish yuritish tartibi ko‘rish to‘g‘risida;
ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish to‘g‘risida;
huquqiy vorislar protsessga kirishishi to‘g‘risida;
sud topshirig‘i to‘g‘risida;
da’voni ta’minlash, da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish, shuningdek,
da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish to‘g‘risida;
rad qilish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida;
majburiy keltirish to‘g‘risida;
sud jarimasini solish to‘g‘risida;
javobgarni (qarzdorni) qidirish to‘g‘risida;
ish bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risida;
arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida;
ish yuritishni tugatish to‘g‘risida;
er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlash va ish muhokamasini keyinga qoldirish
to‘g‘risida;
alimentlarni hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar undirish to‘g‘risida;
ishni mazmunan muhokama qilishni tiklash to‘g‘risida;
hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish
to‘g‘risida;
hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risida;
hal qiluv qarorini darhol ijro etish haqida;
darhol ijro etishga qaratilmagan hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;
sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish to‘g‘risida;
protsessual muddatlarni uzaytirish va tiklash to‘g‘risida;
hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish yoxud bo‘lib-bo‘lib ijro etish, uni ijro etish usuli va
tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalalar bo‘yicha ajrim chiqarishga majbur.
Alohida protsessual hujjat ko‘rinishida sudning xususiy ajrimi ham chiqariladi (FPK
275-
modda
).
4. Sud FPK 271-moddasining
ikkinchi qismiga
muvofiq murakkab bo‘lmagan masalalarni hal
etish bo‘yicha (uchinchi shaxslar, taraflar vakillarini ishga jalb qilish yoki kirishishi, guvohlarni
chaqirish, sud muhokamasini keyinga qoldirish, dalillarni tekshirish tartibini belgilash, dalillarni
talab qilib olish yoki ishga qo‘shib qo‘yish va boshqalar) maslahatxonasiga kirmasdan joyida ajrim
chiqarishga haqli.
Shuni nazarda tutish lozimki, sud o‘z xohishiga ko‘ra har qanday masala bo‘yicha alohida
protsessual hujjat ko‘rinishidagi ajrim chiqarishga haqli.
5. Sudlarning e’tibori ajrimlar, qonun bo‘yicha uning mazmuniga qo‘yilgan talablarga qat’iy
mos ravishda chiqarilishi zarurligiga qaratilsin.
6. FPK
272-moddasining
mazmuniga ko‘ra, sudning alohida xonada (maslahatxonada)
chiqarilgan ajrimi kirish, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat.
Ajrimning kirish qismida:
ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
ishni ko‘rayotgan sudning nomi;
sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi (sud tarkibi), sud majlisi kotibi;
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
nizo predmeti va sud tomonidan hal qilinayotgan masalaning mohiyati ko‘rsatiladi.
Ajrimning asoslantiruvchi qismida:
sudning xulosasiga olib kelgan sabablar;
ishni hal etishda sud amal qilgan qonun normalariga havola ko‘rsatiladi.
Ajrimning xulosa qismida:
sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosalari;
ajrim ustidan shikoyat berish (protest keltirish) tartibi va muddatlari ko‘rsatiladi.
Ajrim xulosa qismining ta’rifi uni ijro etishda tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmasligi uchun
aniq va tushunarli bo‘lishi kerak.
Alohida sud hujjati ko‘rinishida chiqarilgan ajrim, u chiqarilgandan so‘ng darhol e’lon qilinadi
va ishga qo‘shiladi.
7. FPK 272-moddasining
ikkinchi qismiga
ko‘ra, sud tomonidan joyida chiqariladigan ajrim
nizo predmeti va muhokama etilayotgan masalaning mohiyati, qonun normalariga asoslar va
havolalar, sudning asoslantiruvchi xulosalari va hal etilayotgan masala bo‘yicha sudning xulosalari
haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi va darhol e’lon qilinishi lozim.
8. Alohida sud hujjati ko‘rinishida chiqarilgan ajrimning ko‘chirma nusxasi taraflar va ishda
ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga, shuningdek u daxldor bo‘lgan o‘zga shaxslarga ajrim
chiqarilgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida
yuboriladi (FPK
273-modda
).
9. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, FPK bilan alohida masalalar bo‘yicha ajrimlar
mazmuniga nisbatan qo‘shimcha talablar belgilangan (FPK
95
,
96
,
103
,
122
,
125
,
144,
167
,
168
,
181
,
194
,
226
,
353
,
358-moddalari
).
Masalan, FPK 95-moddasining
uchinchi qismi
talablariga muvofiq ekspertiza tayinlash
to‘g‘risidagi sudning ajrimida qanday masalalar bo‘yicha ekspertlarning xulosasi talab
qilinayotganligi va ekspertiza o‘tkazish kimga topshirilayotganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Arz qilingan talab sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli arizani qabul qilish rad qilinganda
(FPK 194-moddasi birinchi qismining
1-bandi
) ajrimda arizachining qaysi organga murojaat qilishi
kerakligi ko‘rsatilishi shart.
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni qaytarish haqidagi ajrim FPK
195-moddasida
nazarda
tutilgan havolani, bunga asosni, ajrim ustidan shikoyat qilish muddati va tartibini, shuningdek
arizachiga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng sudga qayta murojaat qilish huquqi
tushuntirilganligini o‘z ichiga olishi lozim.
10. Sudlar ish bo‘yicha ish yuritish tamomlanadigan (arizani ko‘rmasdan qoldirish, ish
yuritishni tugatish haqidagi) ajrimlar chiqarishda, FPK
122
va
124-moddalarida
nazarda tutilgan
arizani ko‘rmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish asoslarining ro‘yxati tugal hisoblanishini
nazarda tutishlari lozim.
FPK 122-moddasining
2
,
5
,
6
,
7
,
8
,
10
va
11-bandlarida
nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ariza
ko‘rmasdan qoldirilganda, sudning ajrimida ishning hal etilishiga to‘sqinlik qilayotgan holatlarni
qanday bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatilishi lozim.
FPK 122-moddasining
1
,
3
va
4-bandlarida
nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani
ko‘rmasdan qoldirishda, sud ajrimda ish bo‘yicha qabul qilingan da’voni ta’minlash choralari bekor
qilinganligi haqida ko‘rsatadi.
FPK 122-moddasining
7-bandida
nazarda tutilgan asos bo‘yicha arizani ko‘rmasdan
qoldirishda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga umumiy tartibda da’vo taqdim etish huquqini
tushuntirishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |