Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
fojianavis va faoliyati mil. av. IV asr bilan ham tutashib ketuvchi komediyanavis 
Aristofan belgilab berganlar. 
ESXIL (MIL. AV.525-456-y.) 
Esxil, Sofokl, Yevripid Afina demokratiyasi rivojining uch davrida ijod qilib, 
yunon tragediyasi taraqqiyotining uch bosqichini belgilab berganlar. 
Esxilning ijodi Afina demokratik davlatining shakllanish davri bilan bog'liq edi. 
Bu davlat mil. av. 500—449-yillar davomida qisqa-qisqa tanaffuslar bilan davom 
etgan yunon-eron urushlari davrida shakllandi. 
Esxil Afinaga yaqin Elevsin degan shaharda oqsuyak xonadonida dunyoga 
kelgan. U Marafon va Salamin janglarida ishtirok etadi va bu voqealarni o'zining 
«Eroniylar» (e. av 472-y.) tragediyasida hikoya qilib beradi. Esxil umrining 
so'ngida Sitsiliyaga keladi va shu yerda (Gele shahrida) dunyodan o'tadi. 
Esxil 80 tacha tragediya va satirlar dramasini yozgan. Bizgacha 7 ta tragediyasi 
to'laligicha, boshqa asarlaridan kichik parchalar yetib kelgan. 
Esxil tragediyalarida o'z davrining asosiy tamoyillari, urug'chilik tuzumining 
yemirilishi va Afina quldorlik demokratiyasining shakllanishi natijasida ijtimoiy va 
madaniy hayot sohasida yuz bergan o'zgarishlar o'z ifodasini topgan. 
Esxil e'tiqodi mustahkam, dindor kishi bo'lgan. U, olamni boshqaruvchi odil 
kuch bor va har qanday mavjudot shu kuchning haq hukmiga bog'liq, bilib-bilmay 
qilingan gunohining xudolar tomonidan jazolanishi va adolatning qaror topishi 
muqarrar, deb tushungan. Intiqom muqarrarligi va adolatning qaror topishi g'oyasi 
Esxilning hamma tragediyalarida ko'zga tashlanib turadi. 
Esxil taqdiri azal (Moyra)ga ishonib qaragan. Uning nazdida, hatto, xudolar 
ham taqdir izmidan chiqolmaydi. Esxil o'z tragediyalariga ikkinchi aktyorni olib 
kirdi va shu bilan fojeaviy to'qnashuvlarni ancha teran ishlash va xatti-harakat 
jihatlarini kuchaytirish imkoniga erishdi. Bu teatr san'atida yuz bergan chinakam 
burilish nuqtasi edi: bittagina aktyor bilan xor ishtirok etuvchi eski tragediya 
o'rniga sahnada o'zaro olishuvlar orqali personajlarning fe'l-atvori ochiladigan 
yangi xildagi tragediya paydo bo'ladi. 


 
Esxilning ilk tragediyalari («Iltijo go'ylar», «Eroniylar»)da asosiy o'rin xorga 
ajratilganidan dramatik to'qnashuv o'ta sust rivojlangan.
Bizgacha yetib kelgan deyarli barcha tragediyalar prolog (maqaddima) bilan 
boshlanadi. Prologdan so'ng orxestraga xor kirib keladi va pyesaning oxiriga qadar 
bu yerdan jilmaydi. Xorning orxestraga shu chiqishi parodl deb atalgan. Paroddan 
so'ng episodiylar, ya'ni tragediyaning dialoglarga asoslangan qismi boshlangan.
Esxilning «Eroniylar» tragediyasi uning ilk asarlari jumlasiga kiradi. Bu 
zamona voqealariga bag'ishlangan va bizgacha saqlanib qolgan yagona asar 
hisoblanadi. 
Tragediya jo'shqin vatanparvarlik tuyg'ulariga to'la. Esxil Yunonistonning 
demolcratik tartibi mustabid Eron tuzumidan ustun ekanligi va shu bois ellinlar 
g'alab'a qozonganligini ko'p martalab takrorlagan. Bu fikr Atossa bilan chopar 
orasidagi savol-javobda, ayniqsa, yaxshi ifodalangan. Atossaning «Kim ekan 
ularda lashkarga boshchi, hukmdor?» degan savoliga chopar «tiriklarga mute 
qullar emas, bo'ysunmas kishilar ular
», «Elliadaning
kuchi nimada ekan?» degan 
savolga «Fuqaro jasorati — ularning qal'a-yu qalqoni ekan», deb javob qaytaradi. 
«Zanjirband Prometey» (qo'yilgan vaqti noma'lum) asari Esxil ijodida alohida 
o'rin tutadi. To'ng'ich ma'budlar naslidan bo'lmish titan Prometey haqidagi 
afsonalar ko'pgina yunon shoirlari uchun ilhom manbayi bo'lgan. Lekin Esxil 
birinchi bo'lib Prometey obrazini qahramonlik ruhida talqin etgan. Zevs insoniyat 
naslini butkul yo'q qilib yubormoqchi bo'lganda, Prometey arshi a'lo mehrobidan 
tangri otashini o'g'irlab odamlarga topshiradi. Odamzodga u yana imorat-
koshonalar qurish, dehqonchilik, yovvoyi hayvonlarni o'rgatish, vaqtni o'lchash, 
tabobat sirlarini anglash kabi ko'p kasbu ilmlarni o'rgatadi. Esxil insoniyat tarixini 
o'sish, ulg'ayish tarixi tarzida ko'rsatgan. 
Prometey odamlarni omilkor, o'ta qudratli qilib qo'ygani uchun Zevsning 
qahriga uchraydi. Zevsning malaylaridan Hukmdorlik va Zo'rlik tragediyaning 
muqaddima qismida tog' qoyasiga zanjirband etish uchun Prometeyni dunyoning 
eng chekkasiga, uzoq Skifiyaga olib keladilar. Bu mash'um voqea koinot 
kuchlaridan hech birini befarq qoldirmaydi. Prometeyning onaizori — zamin 


 
ma'budasi, quyosh, tog'lar, daryo, dengiz to'lqinlari va ilohiy Samo jabrdiydaga 
hamdard bo'ladilar. 
Prometey Zevs malaylarining yana ham dahshatliroq azoblar keltirishini aytib
do'q-po'pisalar qilganda ham Zevsning muqarrar halokati sirlarini aytishdan bosh 
tortadi.
Zevsning zulm va istibdodiga qarshi bosh ko'targan Prometey tragediyada inson 
xurligi va saodati uchun kurashchi bo'lib gavdalangan. Prometey obrazi xur inson 
shaxsini ezib kelgan har qanday qabohatga zarba berishda, erkinlik ideallarini 
mujassam etishda o'zining insonparvarlik mohiyati bilan bashariyatga xizmat qilib 
keldi. 
«Oresteya» (e. av 458) bizgacha to'laligicha yetib kelgan yakka-yu yagona 
tirilogiya namunasidir. Shu «Oresteya» orqali uch asarni birlashtiruvchi trilogiya 
turi qadimda qanday bo'lganligini anglash mumkin. 
Trilogiya asosida yunon qo'shinlarining sardori Agamemnon yetishib chiqqan 
avlodning mudhish jinoyatlari haqidagi rivoyatlar yotadi. 
«Oresteya» trilogiyasi Esxil mahoratining eng yuqori samarasi sifatida dunyoga 
kelgan. Unda to'qnashuvlar keskin tarzda rivojlanib boradi.
Esxil jamiyat rivoji tamoyillarini chuqur his etgan, o'z zamonasi intilishlarini 
eng yorqin, to'la ifodalagan drarnaturg bo'lgan. 
Mil. av. V asrning oxiriga kelganda, Esxil asarlari o'sha davr kishilariga 
birmuncha eskirgan bo'lib ko'ringan bo'lsa-da, lekin keyingi avlodlar uchun u 
birinchi ulug' fojianavis shoir bo'lib qoldi. Esxil ijodi jahon poeziyasi va 
dramaturgiyasi rivojiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatgan. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish