Sonli ifodalar Harfli ifoda - Tomonlari 4 cm va a cm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning a sm
- perimetrini toping.Uning perimetri 2 • 4 + 2 • a
- ko‘rinishdagi ifoda boladi.
- 4 sm
- Sonlar, arifmetik amallar, qavslar bilan bir qatorda harflar ham ishtirok etgan ifoda harfli yoki harfiy ifoda deb ataladi. a • 40 - a • b va 23 - (a : c + 45) harfli ifodalardir. Harfli ifodadagi harf o‘rniga turli sonlarni qo‘yish mumkin. Harfli ifodadagi harf o‘rniga son qo‘yib hisoblanganda chiqqan natijaga harfli ifodaning qiymati deyiladi.
MASALA - Ishchi 2 soat ishladi. U birinchi soatda 12 dona, ikkinchi soatda esa birinchi soatdagidan m dona ko‘p detal tayyorladi. Ishchi ikki soatda tayyorlagan detallar sonini ifodalaydigan harfli ifoda tuzing. Harfli ifodaning m a) 4 ga; b) 8 ga teng bo‘lgandagi
- qiymatini toping.
- Yechish. Masala shartiga ko‘ra, ishchi ikkinchi soatda 12 + m dona detal tayyorlagan. Unda, ishchi bu ikki soat ichida 12 + (12 + m) dona detal tayyorlagan a) 12 + (12 + m) harfli ifodaning m = 4 bo‘lgandagi qiymati: 12 + (12 + 4) = 28 b) 12 + (12 + m) harfli ifodaning m = 8 bo‘lgandagi qiymati: 12 + (12 + 8) = 32
- Javob. 12 + (12 + m); a) 28; b) 32
Qo‘shish amalining xossalari harflar yordamida quyidagicha yoziladi: - Qo‘shish amalining xossalari harflar yordamida quyidagicha yoziladi:
- a) qo'shishning o'rin aimashtirish qonuni: а + b = b + a, bu tenglikda a v a b ixtiyoriy natural son va 0 qiymatlarini qabul qilishi mumkin.
- b) qo'shishning guruhiash qonuni: а + (b + с) = (a + b) + c, bu yerda a, b va с ixtiyoriy natural son va 0 qiymatlarini qabul qilishi mumkin.
- d) qo'shishda noining xossasi: а + 0 = 0 + а = а, bu yerda а - ixtiyoriy natural son va 0 qiymatlarni qabul qilishi mumkin.
O‘ylab ko'ramiz. - O‘ylab ko'ramiz.
- 1. Sonli ifodalarga misollar keltiring.
- 2. Sonli ifodaning qiymati qanday topiladi?
- 3. Harfli ifoda deb qanday ifodaga aytiladi?
- 4. Harfli ifodaning qiymati deb nimaga aytiladi?
Mashq qilamiz. - Mashq qilamiz.
- 1. Sonli ifodaning qiymatini toping: a) 13 • 5 + 98; b) 127 + 108 : 3 - 24; d) 12 • 8 + 98 - 35; e) 23 • 4 + 121 : 11; f) 5 • 23 + 6 • 41; g) 455 : 5 - 13 • 7 + 43.
- 2. Harfli ifodaning qiymatini toping: a) 128 - b, bunda b = 31; 43; 59. b) b - 18, bunda b = 39; 124; 215. d) 35 + x, bunda x = 0; 10; 100. e) 125 - x, bunda x = 0; 110; 98. Namuna: a) b = 31 bo‘lganda, 128 - b = 128 - 31 = 97.
- 3. Harfli ifodaning qiymatini toping: a) (128 - 12b) + (14b - 18), bunda b = 3; 4; 5. b) (30y - 25) - (20y + 10), bunda y = 4; 8; 10. Namuna: a) b = 3 bo‘lganda, (128 - 12b) + (14b - 18) = = (128 - 12 • 3) + (14 • 3 - 18) = (128 - 36) + (42 - 18) = 92 + 24 = 116.
Uyda bajaramiz. - Uyda bajaramiz.
- 1. Sonli ifodaning qiymatini toping: a) 81 : 9 + 12 • 5; b) 127 • 2 + 145 : 5; d) 22 • 4 + 180 : 15 + 43.
- 2. Harfli ifodaning qiymatini toping. a) 28 - c, bunda c = 12; 24. b) d - 109, bunda d = 139; 523.
- 3. Harfli ifodaning qiymatini toping. a) (19 - 7b) + (9b - 8), bunda b = 1; 2. b) (5a - 3) + (8a + 16), bunda a = 1; 2; 3.
- 4. Shohjahonda a ta kitob bor edi. U o‘rtog‘iga 3 ta kitobini o‘qishga berdi. Shohjahon kutubxonasida qancha kitob qoldi?
Do'stlaringiz bilan baham: |