Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/100
Sana18.02.2022
Hajmi1,21 Mb.
#456252
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100
Bog'liq
fayl 545 20210428

Yakka 
tabiatshunoslik 
tushunchalarini 
shakllantirish. 
Yakka 
tushunchalar 
boshqa narsalar, hodisalarga xos bo’lgan yakka belgilardir. Agar 
umumiy tushunchalar atamalar bilan mustah-kamlansa, yakka tushuncha nom yoki 
shaxsiy ism bilan ifodalanadi, chunki uning nomida boshqa obyekt bo’lmaydi.
O’quvchilar e'tiborini obyektning umumiy tushuncha bilan bog’lanishiga 
qaratmoq, ya'ni obyektning yakka xususiyatini ta'kidlamoq zarur; agar u geografik 
obyekt bo’lsa, unda obyektga fazoviy xarakteristika berish, ya'ni joylashgan o’rnini 
xaritadan aniqlash kerak. 
Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda umumiy bo’lmagan 
tushunchalardan umumiyroq bo’lgan tushunchalarga kelish bo’yicha o’tkaziladigan 
mashqlar katta ahamiyatga ega. Masalan, tur doirasidagi “bo'ri”, “tulki”, “yo'lbars”, 
“sher” tushunchalari avlod doirasidagi “yirtqichlar” tushunchasiga kiradi. Bunda farq 
ettiruvchi xususiyatlar (tur belgilari): junlarining rangi, tana tuzilishi, harakatlanish 
xususiyatlari shu hayvonlarning tashqi ko’rinishidayoq ma'lum bo’ladi. Ularning 
avlod doirasidagi umumiy belgisi boshqa hayvonning go’shti bilan oziqlanish 
qobiliyatidir. o’quvchilarni avlod doirasidagi belgilarni tur doirasidagi 
belgilardan farqlashga o’rgatish uchun har bir tushuncha aniq ifodalangan va aniq 
belgilarni o’zida saqlagan bo’lishi kerak. Masalan, “na'matak, siren, ligustrumlar - 
buta”, degan ta'rif noto’g’ri, chunki unda aniqlik yo’q. Buning o’rniga “na'matak, siren, 
ligustrumlar - buta, chunki ularda asosiy poya yo’q, ildizdan esa birdaniga bir 
nechta novdalar o'sgan”, deyish kerak. 
Tabiatshunoslik tushunchalarini samarali o’zlashtirilishini ta'minlovchi 
metodik sharoitlar.


O
’quv materialini o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirmaslik hollari ham 
mavjud. Buning sababi shundaki, ularning bilimlari tasavvurlar darajasida 
qolgan. Darsda bir mavzu bo’yicha shakllantirilgan tushun-chalar keyinchalik 
rivojlantirilmaydi va boshqa tushunchalar bilan bog’lanmaydi. Tushunchalarni 
rivojlantirishning 
zarur 
sharoiti 
tizimdir. 
Jumladan, 
tabiatshunoslik 
tushunchalarining hosil bo’lishi muayyan metodik sharoitlarda amalga oshadi.
Tabiatshunoslik 
tushunchalari 
bevosita 
qabul 
qilish-kuzatishlarga 
asoslanib, o’iganilayotgan narsa yoki hodisa to’g’risida aniq va ravshan tasavvur hosil 
qilingan sharoitda to’g’ri bo’lishi mumkin. 
Tushunchani birlamchi tarzda hosil bo’lishida obyektlar va ko’rgazmali materialning 
har xil turlari Gadvallar, sxemalar, suratlar va hokazolar) katta ahamiyatga egadir. 
O’quvchilar tafakkurini rivqjlantirmasdan, ularni fikrlash ishiga jalb qilmasdan turib 
tushunchalarning o’zlashtirilishiga erishish mumkin emas. o’quvchilarning fikrlash 
faoliyatini rag’batlantirish uchun o’qituvchi mavzu va darsni boshlab, ular oldiga 
muammolar qo’yadi. o’quv materialini bayon qila borib, o’quvchilarni sabab va 
oqibatlarni, tabiat hodisalari o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlashga jalb qilishga 
harakat qiladi. Jonajon o’lkaning tabiati mavzusi misol bo’lib xizmat qilishi 
mumkin, unda har xil o’simliklar hayotining tuproq, suv, oziq moddalar va boshqa 
omillarga bog’liqligi (3- sinf), o’simlik va hayvonlar hayotining tabiiy sharoitlarga 
bog’liqligi 
(4-sinf) 
ko’rsatilgan. 
Tabiatshunoslik 
tushunchalarining 
o’zlashtirilishida predmetlararo (nutqni rivojlantirish, o’qish, matematika, ona 
tili, musiqa, ashula, mehnat, rasm olish bilan) aloqa o’rnatish muhim rol o’ynaydi. 
Predmetlararo aloqadan muntazam, uzluksiz foydalanish bolalarni ilgari 
olingan bilimlarini hayotda qo’llashga, o’quv faoliyatlarining barcha turlarida 
mantiqiy bog’lanish o’rnatishga o’rgatadi. O’quvchilarni faol fikrlashlarini 
tarbiyalashda o’qituvchining savollari katta rol o’ynaydi. Tabiatshunoslik darslarida 
darslik matnini tiklashda (esga olishda) tahlilni, sintezni, umum-lashtirishni talab 
qiluvchi savollar berish kerak. Javobda sintezni, talab qiluvchi, tushunchalarni 
kengaytiruvchi savollar alohida ahamiyat kasb etadi. Bunga quyidagi savollar 
misol bo’lishi mumkin: cho’lda yashovchi hayvonlarning qaysi moslanishlari ularga 
qmg’oqchilikka va jazirama issiqqa chidashga yordam beradi? Dasht va cho'l 
tabiatining o’xshashligi nimada? Nima uchun tundrada katta daraxtlar o’smaydi? 
va hokazolar. 
Tushunchalarni rivojlantiruvchi savollar majmuasi tabiiy narsalarni 
jadvaldagi ularning tasviri bilan taqqoslashni, sxemalar chizishni, doskada ularni rasm 
va gerbariylar bilan uzviylashtirishni o’z ichiga oladi. Masalan, 3- sinfda quyidagilar 
shunday savollardan bo’lishi mumkin: chigit ekilgandan keyin unda qanday jarayon 
boradi? Qish vaqtida daraxt bilan butani bir-biridan qanday ajratish mumkin? Yerda 
hamma tomonlarga harakat qilganda ham janubga boradigan joy bormi? (Xarita yoki 
globusdan ko’rsating). Tabiatda suv aylanishining sxematik tasvirini bering. 
O’quvchilar jadvaldan foydalanib, o’simlik va hayvonlarning tashqi 
xususiyatlarini taqqoslaydilar, ular har xil tabiiy sharoitlarda yashashga qanday 
moslanganliklarini 
hikoya 
qiladi. 
Tushuntirish 
jarayonida 
o’qituvchi 
o’quvchilaming o’z ijodiy daftarlariga ko’chirib olishlari uchun doskaga oddiy 
sxemalarni chizishi mumkin. o’quvchilarga uyda sxemalar chizishni taklif qilish ham 


mumkin, kelgusi darsda esa chizilgan sxemalar birgalikda aniqlanadi va 
to’ldiriladi. 
Shunga o’xshash ishlar o’qituvchi tomonidan oldindan ilib qo’yilgan 
jadvallarni to’ldirish bo’yicha ham o’tkaziladi. Jadvallar taqqoslash va 
umumlashtirish uchun sinfda (umumlashtiruvchi darslarda) hamda uyda to’ldirilishi 
mumkin. Solishtirma jadvallar sinfdagi amaliy ishlarda tirik tabiat burchagida hamda 
maktab o’quv-tajriba maydonchasida tajribalar o’tkazishda qo’llaniladi. 
O’qituvchi tushunchalar tarkibini bilib, ularni tashkil qiluvchi elementlar 
bo’yicha o’quvchilar bilimini obyektiv baholashi mumkin. Tushunchalarni 
o’zlashtirilishining qadrini bilish o’qituvchiga o’qitishning borishini fahmlashga, 
bilimni o’zlash-tirish jarayoniga to’g’ri rahbarlik qilishga yordam beradi. 
Tushunchalarni ajratib o’qituvchi tegishli metodik uslublarni tanlaydi va qo’llaydi 
(savollarni takrorlash tizimini puxta tuzadi, eng samarali ko’rgazmali qurollarni 
aniqlaydi). 
Tabiiy material bilan ish olib borilganda taqqoslashga, tafakkurning 
rivojlanuvchi mantiqiga alohida ahamiyat beriladi. Bu uslubning muhimligini hisobga 
olib, uni kengroq qarab chiqishga to’g’ri keladi. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish