Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/100
Sana18.02.2022
Hajmi1,21 Mb.
#456252
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100
Bog'liq
fayl 545 20210428

Taqqoslash - 
narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovut belgilarini 
aniqlash demakdir. Taqqoslash - aqlning tahliliy ishi. Taqqoslash jarayoni murakkab, 
o’z ichiga sintez, umumlashtirish va xulosani oladi. o’quvchilar narsalarning belgilarini 
ajrata olsalar, muhimni uncha muhim bo’lmagandan farq qilsalar, bu sintez, 
umumlashtirish va xulosali taqqoslash bo’lishi mumkin, chunki bunda faqat muhim 
belgilar bo’yicha taqqoslash mumkin bo’ladi. 
Mashqni ikki narsa yoki hodisani taqqoslash bilan boshlamoq zarur. Keyin 
uch, to’rt va hatto undan ko’proq obyektlarni taq-qoslash mumkin bo’ladi. 
Taqqoslashni bir-biriga qarama-qarshi jihatlarni qo’yishdan boshlash qulay (qum 
sochiluvchan, loy esa yopishqoq). Bolalar asta-sekin faqat farq qiladigan belgilarni 
emas, balki o’xshashlarini ham ajrata boshlaydilar, hodisa va narsalarning eng muhim 
belgilarini aniqlaydilar. 
Kuzatish va suhbatlar taqqoslash uchun materialdir. Taq-qoslashga 
kirishishdan oldin ularni qanday bilib borish kerakligini ko’rsatish kerak. Suhbat 
jarayoni shu ma'noda juda qulay. Chunonchi, 3- sinfda “O'simlik va hayvonot 
olami” mavzusini o’rganishda tabiatdagi kuzatishlardan keyin ushbu savollar 
bo’yicha suhbat o’tkazish mumkin: sen yashayotgan joyda qaysi o’simliklar ariq 
bo’ylaridagi nam tuproqda, qaysilari ariqdan uzoqda - quruq tuproqda o’sadi? 
o’simlklar va hayvonlar hayotidagi o’zgarishlar jonsiz tabiatdagi qaysi o’zgarishlar 
bilan bog’liq? Nima uchun kuz oylarida havoning harorati o’zgaradi? Suvda 
o’sayotgan qamish quruqda o’sayotganlaridan tashqi ko’rinishi bo’yicha nima 
bilan farq qiladi? Qurbaqa va baqaning tuxumlarida qanday farq bor? 
Maktab maydonidagi gulzorda o’suvchi o’simliklarni poyasi, barglari, gullari, 
mevalari bo’yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. Taqqoslash asta-sekin mustaqil 
hikoya belgilarini kasb etib boradi. Taqqoslash yordamida o’qituvchi o’quvchilar 
bevosita kuzatmagan, yaqqol ko’rmagan, qabul qilish vositasida sezgilari sezmagan 
hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni ochib berishi mumkin. 
Tahlil 
butunni belgilangan qismlarga ajratish, maxsus belgilarga bo’lish, 
o’xshash narsalarda tafovutni ajrata bilishdir. Masalan, hamma g’alla o’simliklarining 


ildizi, poyasi, guli va mevasi bo’ladi. Ammo bu belgilarning o’xshashligida, 
masalan, bug’doy va makkajo’xorida farqlar ham bor. 
Sintez 
bog’lanishlar o’rnatish, umumlashtirish va xulosa chiqarishdir 
(g’alla o’simliklarining ildizlari ko’pgina ingichka ildizchalardan iborat; poyasi kovak 
- poxolcho’p; bargi ensiz va uzun; mevasi - don). 
Fikrlash natijasida ilgari ko’rilmagan yangi bog’lanishlarni o’rnatsa bo’ladi. 
Tafakkur jarayonida o’quvchi fikr yuritadi, tahlil qiladi, zarur bog’lanishlarni 
aniqlaydi, unga berilgan aniq vazifaga mos keladigan yechim uslublarini fikran 
tanlaydi 
va qo’llaydi. o’qituvchi bolalarning har xil tushunchalardan 
foydalanishlarida, mantiqiy tafakkurning ayrim operatsiyalari jarayonida fikr 
yuritganlarida bu xatolarni osonlik bilan payqaydi. 
“Nima uchun?”, “Nimaga?” savollariga javob talab qilib, o’qituvchi bolalarni 
o’z fikrlarini asoslashga, o’z oldilariga savollar qo’yishga va ularga to’g’ri javob berish 
uchun harakat qilishga o’rgatadi. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish