Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida


Tabiatshunoslik darsliklari va ular bilan ishlash



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/100
Sana18.02.2022
Hajmi1,21 Mb.
#456252
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100
Bog'liq
fayl 545 20210428

Tabiatshunoslik darsliklari va ular bilan ishlash.
 
Darslik darsda 
o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va kengaytirishni ta'minlovchi muhim 
vositadir. 
Tabiatshunoslik darsliklari ham ta'lim beruvchilik, rivojlantiruvchilik 
hamda tarbiyalovchilik ahamiyatiga ega. Ular o’zbekiston tabiatining mavsumiy 
xususiyatlarini hisobga o’lgan holda tuzilgan. Chunonchi, taqvim bo’yicha 1 
sentabrdan kuz boshlanadi. Ammo o’zbekistonda sentabrda kunlar hali yozdagidek 
issiq bo’ladi. Shunga ko’ra birinchi darslar yozgi kuzatishlarga yakun yasashga 
bag’ishlanadi, buning uchun darsliklardan yozda tabiatda olib borilgan kuzatishlarni 
aks ettiruvchi mavzular qarab chiqiladi. Shu sababli tabiatshunoslikni o’rganish 
yozgi kuzatishlarni: kun yarmida quyosh balandligi, yoz oxirida kun va tunning 
uzunligi, kechqurunning iliqligi, tunning salqinligi; mevalarning mo’lligi, 
ularning yetilish muddatlari; g’o’za chigitining unib chiqishi, gullashi, 
ko’saklashi; yozda hayvonlar hayoti; yoz davrida odamlarning mehnat faoliyati va 
hokazolarni sistemalashtirishdan boshlanadi. 
“Atrofimizdagi olam” (1-2-sinflar) va “Tabiatshunoslik” (3-4- sinflar) darsliklari 
matnlarining mazmuni deyarli o’lkashunoslik tamoyiliga xos tuzilgan. Bu atrof 
tabiatni, unda kuzatiladigan har xil obyekt va hodisalar hamda odamlar mehnat 
faoliyati o’rtasidagi o’zaro aloqalarni bir-biriga bog’lagan holda o’rganish imkonini 
beradi. 
Darslik bilan ishlashda quyidagi uslublardan foydalaniladi: matn bilan ishlash; 
savol va topshiriqlar bilan ishlash; darslikdagi rasmlar bilan ishlash. 
Yangi mavzuni tushuntirish va olingan bilimlarni mustahkam-lashda ish 
darslik matni bilan o’tkaziladi. U shu tarzda boradi: mavzu bo’yicha kirish suhbati, 
o’quvchining mavzu matnini to’liq yoki qismlari bo’yicha o’qishi, o’qilgan 
mavzular mazmuni bo’yicha suhbat, o’qituvchining tushuntirishi, yangi atama va 
nomlarni (o’qituvchining doskaga, o’quvchilarning daftarlariga) yozishlari. 
o’qituvchi ishga rahbarlik qila turib, unga barcha o’quvchilarni jalb etadi, ularning 
javoblarini qiziqarli ma'lumotlar bilan to’ldiradi; jadval, surat, diapozitiv, diafilmlar 
namoyish qiladi. Shu asosda o’quvchilarda aniq tasavvurlar hosil qilinadi, bu sa'y-
harakatlar tushunchani shakllantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Dastlabki darslarda o’qituvchining o’zi o’quvchilar uchun qiyin bo’lgan so’z 
yoki jumlalarni tanlaydi va ularning ahamiyatini tushuntirishni taklif qiladi. Kelgusi 
darslarda bu so’zlarni vaqti-vaqti bilan takrorlash lozim. O’quvchilar asta-sekin 
tushunarli bo’lmagan so’zlarning ahamiyatini aniqlab, tushuna boshlaydilar. 
Darsliklardagi har bir mavzuga o’quv materiali bilan mustaqil ishlash ko’nikmalarini 
shakllantiruvchi, o’q^uvchilarning fikrlash faoliyatlarini rag’batlantiruvchi va 
yo’naltiruvchi savollar hamda topshiriqlar beriladi. Savol va topshiriqlar sabab-
oqibatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
1. Bilimlarni mustahkamlash uchun (O’zbekistonda qanday g’alla o’simliklari 
o’stiriladi? G’alla poyasi nima deb ataladi? G’allaning mevasi nima? Tarvuz, 
oshqovoq, ya'ni poliz ekinlarining mevasi boshqa o’simliklar mevasidan qanday 
farqlanadi? Siz yashaydigan joyda qaysi qushlar zararkunanda hasharotlarni qiradi? 
Yirtqich qushlar qanday foyda keltiradi?). 


2. Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun (Nima uchun o’simliklar 
barglarini to’kadi? Nima uchun barglarning rangi kuzda xira bo’ladi? o’simliklar 
nima uchun ko’paytiriladi? Nima uchun qushlar issiq o’lkalarga uchib ketadilar? 
Nima uchun yer haydash vaqtida dalada zag’chalar ko’p bo’ladi? Nima uchun kuz 
oylarida kunlar asta-sekin soviy boshlaydi? Nima uchun ba'zi hayvonlar qishki 
uyquga ketadilar?). 
3. Kuzatish yarayonida olingan bilimlarni qo’llash uchun (g’o’za barglari g’alla 
o’simliklari barglaridan qanday farqlanadi? G’alla o’simliklari poyasi nima deb 
ataladi? G’o’za mevasi nima deb ataladi? Ko’sak-mevalar qanday rangga ega? Ular 
nima bilan to’lgan? Urug’lari nima bilan qoplangan? G’o’za chigitini tolalardan 
tozalang va oq qog’oz orasiga olib ezing. Qog’ozda nima qoldi? Har xil boshoqli 
o’simliklar mevalarini ko’rib chiqing. Ularning donlari bir-biridan nimasi bilan 
farqlanadi?). 
4. Tabiatshunoslik tushunchalarining solishtirma xarakteristikasi uchun 
o’Plan
xaritadan qanday farqlanadi? Qushlarning bahordagi hayoti ularning boshqa 
fasllardagi hayotidan qanday farqlanadi? g’alla o’simliklarining mevalarini qarab 
chiqing. Ularning o’lchamini taqqoslang. Ular bir-biridan farqlanadimi?). 
unki ular o’quvchilarning bilish faoliyatlarini yo’naltiradi va sinfda hamda 
uyda tasvirlar ustida mustaqil ishlashga yordam beradi, 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish