Asosiy ziddiyatlar deganda xodisaning mavjudligi va rivojlanishi vujudga kelishi va yuk bo’lishi yoki yangi sifatning tugilishini uz ichiga oladigan eng chuqur mohiyatini ifodalaydigan ziddiyatlar tushuniladi.
Asosiy va asosiy bulmagan ziddiyatlardan bosh va bosh bulmagan ikkinchi darajali ziddiyatlarni farqlash lozim. Bosh ziddiyatlar deb rivojlanishning u yoki bu boskichining mohiyatini belgilab beradigan ziddiyatlarga aytiladi. Xodisalar taraqqiyoti boskichida bosh va bosh bulmagan ziddiyatlar urin almashishi, ya’ni bir sharoitda bosh bo’lgan ziddiyat yangi bir sharoitda bosh bulmagan ziddiyatga aylanishi xam mumkin.
Ziddiyatlar uz xususiyati jihatdan antagonistik va noantagonistik bo’lishi mumkin. Jamiyatda antagonistik ziddiyatlar bir - biriga qarama - qarshi bulga sinflar, tabakalar o’rtasidagi munosabatlardan kelib chiqishi mumkin. Bundan kelib chiqib antagonistik ziddiyatlarni fakat sinfiy munosabatlarga xos degan xulosa chikarish noto’g’ri. Tarixiy tajriba shuni kursatyaptiki, bundan ziddiyatlar jamiyatning barcha tomonlarida namoyon bo’lishi mumkin. Ular fakat sinfiy negizda emas, balki etnik, milliy, diniy, irkiy va shunga uxshash negizlarda xam vujudga kelishi extimoli bor. Bundan antogonistik ziddiyatlar jamiyat va aloxida shaxslar o’rtasida, turli davlatlar, ijtimoiy - siyosiy sistemalar, siyosiy partiyalar va ommaviy xarakatlar o’rtasida xam paydo bo’lishi mumkin.
Antogonistik ziddiyatlarning muxim xususiyati ularni xal etishda mavjud xolatni buzishga olib keladigan vositalarni kullashdadir. Xuddi mana shunday keng ma’nodagi antagonistik ziddiyatlar bugungi kunda mavjudligi haqida turli xududlardagi xolatlar guvoxlik beradi.
Ijtimoiy hayotdagi noantagonistik ziddiyatlarga tub manfaatlar va maksadlari umumiy bo’lgan tabakalar, ijtimoiy kuchlar o’rtasidagi munosabatlar, shaxar bilan kishlok, Aqliy mexnat bilan jismoniy mexnat o’rtasidagi mavjud bo’lgan tafovutlar va boshqalar misol bula oladi. Ularni bartaraf kilish xam antagonistik ziddiyatlar singari kurash asosida amalga oshiriladi, lekin bu kurash shakli, xususiyati jihatdan boshqacharokdir. Noantagonistik ziddiyatlar sinfiy tuknashuvlar, inkilob shaklida bo’lib, balki eski sifat elementlarining sekin - asta yukolib borishi va yangi sifat elementlarining vujudga kelishi bilan bartaraf qilinadi.
Ziddiyatlar xilma - xil shakllarda bartaraf etilishi mumkin. Ulardan biri eskining emirilib, yangining qaror topishidir, ya’ni xalq xujaligi, iqtisodiyotning esadi. Ma’lum bir ziddiyat boshqa narsa va xodisaga nisbatan ichki yoki boshqa bir munosabatda tashki ziddiyat bo’lib kolishi xam mumkin. Dialektika ichki va tashki ziddiyatlarning birligini xisobga olish bilan birga, ularning tarkkiyotidagi urniga baxo berishda xar tomonlama yondoshishni talab qiladi.
3 Inkorni inkor etish qonuni
Inkorni inkor qonuni ob’yektiv olamning va bilishning turli soxalarda kuplab uchraygan keng ta’sir doirasiga ega bo’lgan qonundir. Agar arpa erga ekilsa, u issiklik va namlik ta’sirida kukaradi va undan usimlik paydo buladi. Endilikda arpa (don) uzini (uzi) inkor etadi. Usimlik usadi, gullaydi, changlanadi va nixoyat yangidan arpa (don) etishadi, tafakkur orqali esa ularning ichki muiosabatlarini belgilovchi qonuniyatlarni biladi. Bu erda xissiy va rasional bilish bir jarayonning ikki ajralmas, ammo bir - biridan farq kiluvchi muxim tomonlaridir.
Inkorni inkor qonuni jamiyat ma’naviy hayotida xam namoyon buladi.Masalan, qadimgi falsafa taffakkurning materiyaga munosabatini oydinlashtirib bera olmas edi. Lekin bu masalani xal kilish zaruriyati tanadan chiqib ketadigan jon to’g’risidagi ta’limotga, sunar bu jonning ulmasligi to’g’risidagi da’voga, nixoyat monotezmga (bir xudolikka) olib keladi. SHunday qilib, yangicha qarashlar eskisini inkor kildi. Lekin falsafa yanada taraqqiy qilib borishi bilan idealizm xam asossiz bo’lib chikdi va materializm tomonidan inkor etildi. Xozirgi zamon materializmi eski materializmning oddiygina tiklanishidan iborat bulmay, balki uning mustaxkam asoslariga falsafa va tabiatning ikki ming yillik taraqqiyotida erishilgan yutuklarni kushadi. Umuman, endi bu falsafa emas, balki dunyoqarashdir va maxsus real fanlarda tasdiklanishi va uzini kursatishi lozim.
Metafizik yo’nalish inkorning ijodiy yaratuvchilik rolini tan olmaydi, yangilik xech kachon eskilikni engib uta olmaydi, deb xisoblaydi. Bundan farqli ularok, dialektik qarash eski narsani yangi narsa inkor kilishini ilgari suradi. Olamda xech bir soxada uzining ilgarigi yashash shakllarini inkor etmaydigan rivojlanish sodir bo’lishi mumkin emas.
Xar bir jarayon inkor kilish jihatiga ega. Ichki ziddiyatlar tufayli taraqqiyot jarayoni ertami-kechmi eski narsaning emirilishiga va yangi narsaning vujudga kelishiga olib keladi. Vujudga kelgan bu yangi narsa eskining inkor qilinishidir.
“Xar bir qarama-qarshilikda bo’lgan narsa, - deydi Forobiy boshqa tomonidan buzdirilishi lozim buladi, birinchi esa uz tabiati bilan qarama-qarshi tomonidan inkor etilgan buladi. Bu esa uning aslida (substansiyasida)bilish jarayonida xam uz ifodasini topadi. Ma’lumki, bilish jarayoni bir - biriga uzviy bog’lik bo’lgan xissiy va rasional bilishdan iboratdir. Xissiy bilish orqali inson narsa va xodisalarning fakat tashki tomonlari va xususiyatlari to’g’risida ma’lumot oladi, mav’uma) mavjud bo’lgan buladi”.
Eskining rivojlanish jarayonida emirilishi - inkorni inkor qonunining fakat bir tomonida uning boshqa tomonini eskining emirilish jarayoni bilan bir vaqtda vujudga keladigan yangi narsa tashkil etadi. Bu yangi narsa eskining urnini egallab, undagi ijobiy narsalarni sAqlab kolgan xolda yangi. yanada yuksakrok, ilgor xolatni ifodalaydi.
SHunday qilib, taraqqiyot bir-birini almashtirib turadigan boskichlardan iborat bo’lib, bir boskich ikkinchi boskich tomonidan, ikkinchisi esa uchinchisi tomonidan inkor etiladi. Eskining emirilib, yangining paydo bo’lishi, taraqqiyot jarayonida dialektik inkorning ikki muxim va ajralmas jihatidir.
Dialektikaning inkor haqidagi ta’limoti quyidagi bir kator xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |