Mavzu: Rivojlanish falsafasi reja



Download 83,55 Kb.
bet9/9
Sana17.01.2022
Hajmi83,55 Kb.
#382608
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu

birinchidan, eskining yangi tomonidan inkor etilishi - kishilarning ongi va irodasiga bog’lik bulmagan ob’yektiv jarayondir. Inkor sub’ektiv, tashkaridan kiritilgan fikr emas, balki ob’yektiv jarayon taraqqiyotining boskichidir.

ikkinchidan, dialektik inkor tashkaridan kiritilgan kuch yoki xolat emas, balki narsa va xodisaning ichki rivojlanishi natijasi, uzini - uzi inkor kilishidir. Dialektik inkor narsani butunlay yuk qilib yuboriladigan faoliyat bilan uxshash emas, u shunday inkorki, uning natijasida rivojlanish davom etishiga, yangi inkor sodir bo’lishiga imkon yaratiladi.

uchinchidan, dialektika xar bir narsa va xodisa uchun inkorning anik turi mavjuddir deb xisoblaydi.

turtiichidan, dialektik inkor tulik inkor bulmasdan, balki eskini yangi bilan boglab turuvchi jarayondir. Dialektik inkor yangi bilan eski o’rtasidagi vorislikni tavsiflaydi.

beshinchidan, dialektik inkor taraqqiyotning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga borishini tavsiflaydi. bir sifatdan boshqa sifatga utiladi.

Falsafada inkorni inkor qonuni birinchi bor Gegelь tomonidan ta’riflangan. Uning fikricha, dastlabki bir butun fikr(tezis) bir biriga zid bo’lgan ijobiy va salbiy, xa” va “yuq” dan iborat ikki fikrga bulinadi. Butunning ikkiga bulinishi - antitezis, inkordir. qarama- qarshi fikrlar kurashi oxirida birikib yangi fikr(sintez, inkorni - inkor) xosil qiladi. SHunday qilib, Gegelning fikricha sof goya uz taraqqiyotida uch boskichdan utadi: tezis, antitezis va sintez. Gegelning ta’limotiga kura, nimaiki sof goyaning rivojlanishiga mansub bulsa u mopliy borliqning xamma narsa va xodisalarga mansub.

Dialektik inkor yangi bilan eski o’rtasidagi boglanishni butkul rad qiladi deb tushunmaslik kerak. YAngi qanchalik ilgor bulmasin, u yuk joyda paydo bulmadi, balki eskining kobigida asta-sekin shakllanadi. SHuning uchun xam eskida yangiga utilayotganda eski butunlay tashlab yuborilmaydi balk uning ijobiy tomonlari va rivojlanishni davom ettiriladi. Demak yangi bilan eski o’rtasida vorislik mavjudsir. Dialektik inkorning muxim xususiyati ana shundan iborat.

Inkorni inkor qonuni taraqqiyoti vorislik (ilgarilab borish, an’anaviylik) va kaytariluvchanlikning (davriylik, eskiga kaytish kabi) birligini tavsiflaydi. Natijada taraqqiyot to’g’ri chizikli emas, balki “burama” shaklda amalga oshadi.

Taraqqiyot jarayonining ilgarilab borish xususiyati eski urniga keladigan yangi doimo yangi bo’lib kolmasdan, vaqt utishi bilan u xam eskiradi va uz navbatida inkor qilinadi, degan ma’noni anglatadi. Buning natijasida taraqqiyot jarayoni ikkilanma inkor sifatida kurinadi.

Dialektik inkor taraqqiyotni ifodalaydi. Masalan, suv kizdirilganda bugga aylanadi, sovutilganda esa yana suvga aylanadi. Metal kizdirilganda suyuk xolatga, sovutilganda esa kattik xolatga utadi. Bu erda bir xolatning boshqa xolat tomonidan inkor etilishini kuramiz. Lekin bu erda rivojlanish sodir bulmaydi, balki bir xodisaning boshqa xodisa bilan almashinishi sodir buladi. Dialektik inkor yuqorida kursatilgan inkordan farqli ularok shunday zidsiyatlarni xal kilishni maksad qilib kuyadiki, buning natijasida taraqqiyotda yuqori boskichga erishiladi.

Dialektik inkorning yana bir muxim xususiyatini aytib utish maksadga muvofikdir. Ikkinchi inkor eskirib emiribgina kolmay, oldingi rivojlanishdagi butun ijobiy tomonlarni umumlashtiradi, ya’ni sintez qiladi. Birok bu sintez oldingi rnivojlangishning ayrim tomonlarini mexanik tarzda birlashtirish emas. Dialektik sintezda utmishning ayrim elementlari olib tashlangandi, ya’ni butunlay o’zgartirilib, yuqori boskichda birlashtirilgandir.

Inkorni - inkor rivojlanishining ma’lum bir davrini tugallaydi, lekin u shu bilan birga keyingi xarakat uchun boshlangich nukta bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi inkor xarakatning shart - sharoitlarini ifodalaydi. Kurinib turibdiki, inkor tushunchasi davrni xam ifodalaydi. Bu davr shundan iboratki, ma’lum jarayonning tugallanish boskichi yangi dialektik davr uchun boshlangich nukta bo’lib koladi va shunday xol cheksiz davom etadi. Bir munosabatda sintez bo’lgan narsa boshqa munosabatda yangi rivojlanishining boshlangich nuktasidan iborat buladi.



Dialektik taraqqiyot to’g’ri chizikli xarakat bulmay balki asta - sekin kutarilib, kengayib boratdigan, bir - biri bilan umumiy vorislik yuli bilan boglangan yuksak boskichda boshlangich nukta jihatini uz ichiga oladigan burama xarakatdan iborat.

Taraqqiyot ayrim xollarda kuyiga karab boradi. Bunga moddiy tizimlarning emirilishi, materia xarakatining murakkab shakllari oddiy shakllarga utishi misol bula oladi. Ammo shuni aytish kerakki, taraqqiyotning orkaga kaytishi ilgarilama xarakatdan vaqtincha chetlashishdir.

Ijtimoiy taraqqiyot jamiyatning rivojlanishi xech kachon tuxtab kolmaydigan, doimo o’zgarish va taraqqiyotda bo’lgan, ishlab chikarish usulining tabiatidan kelib chikkan qonuniy va o’zgartirib bulmaydigan jarayondir. U vaqtincha bo’lgan tebranish va cheklanishlarga kramasdan ibtidoiy jamoa tuzumidan hozirgi davrgacha yuqoriga kutariluvchi yul bo’lib kolmokda. Ijtimoiy rivojlanishning ob’yektivligi va takrorlanmasligi bunda yorkin namoyon buladi. Rivojlanishning pastdan yuqoriga kutariluvchi yo’nalishini dialektik tushunish doiraviy xarakat to’g’risidagi metafizik nazariya bilan xech qanday umumiylikka ega emas. Ba’zi bir olimlar dunyoda bulayotgan ba’zi boskichlarning kaytarilishini oddiy eskillikka kaytish deb xisoblamokdalar. Ularning fikricha, tabiat va jamiyat hayotining ibtidosi va intixosi butunlay mos keluvchi ma’lum davr sikl yoki aylanma buyicha buladi. XVIII asrda yashagan Italiyalik faylasuf J.D.Vikoning ta’kidlashicha jamiyat uz taraqqiyotida uch davrni bosib utadi.,chunonchi 1) Bolalik davri. Bu davrda dinniy dunyoqarash va zuravonlik xukmronlik qiladi; 2) Usmirlik davri. Bu davrda aristokratlik, risarlik va etuklik ranvnak topadi; Boshka bir faylasuf O. SHpiingler jamiyat uzining rivojlanishida bunyod bo’lish (1), gullab yashnash (2), inkirozga yuz tutish (3) davrlarini boshdan kechiradi, deydi. Uning fikricha, insoniyat tarixining hozirgi boskichi inkirozlar davridirki, shunga kura hozirgi zamon madaniyatining barcha yutuklari butunlay yuk qilinishi lozim emish.

Ingliz tarixchisi Toyinbining ta’biricha, jamiyat tarixi korongi va uzaro aloqada bulmagan sivilizasiyadan iborat. Xar qanday sivilizasiya bir xil rivojlanish boskichlarini

osib utadi: baxor va yoz, kuz va kish, yoki bolalik, usmirlik, etuklik va karilik. Toyinbining kursatishicha, hozirgi zamon sharoitida Garb sivilizasiyasi etuklik boskichidadir va u kelajakda rivojlanish xususiyatiga ega. Amerikalik professor Rayt esa jamiyat tarixi ma’lum bir boskichlardan, ya’ni kaxramonlik asri, galayonlik vaqti va tiklanish davrlarining shu taxlitda takrorlanishidan iborat, deb gasvirlab beradi. Uning fikricha, hozirgi sivilizasiyadan keyin insoniyat fakat orkaga kaytish bilan rivojlanarmish.

Taraqqiyot yuqoriga kutarilish xususiyatiga ega bo’lib, u oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga tomon boradi. Masalan, mikroolamda rivojlanishning ilgarilab borishi kimyoviy elementlarda atom yadrosi, atomlarning molekulalarga va keyinrok mikroskopik jismlarga aylanishida, koinotda esa uning jismlarining gaz va changsimon materiyadan vujudga kelishida namoyon buladi. Noorganik materiyaning organik materiyaga aylanishi, xayvonot olamidan insoniyatning ajralib chiqishi — taraqqiyotdagi materiya xarakatining biologik shakliga yorkin misol bula oladi. Ijtimoiy rivojlanish xam taraqqiyot sari boryapti.

Eskining urniga yangining kelishi, uning kundan - kunga mustaxkamlanishi, rivojlanishi va ularning ajralmasligi taraqqiyotning boshlanish xususiyatini belgilaydi. YAngi eskining urnini egallab borishda eskidan ijobiy muxim tomonlarni uzida mujassamlashtirib, yuqorirok sifat xususiyatlarga aylanadi. Eskining urniga kelgan yangi dastlab imkoniyat kurinishida buladi. Bu imkoniyatning voqelikka aylanishi ma’lum shart sharoitlardagina amalga oshadi. Ijtimoiy hayotda yangilikning galabaga erishuvini ta’minlashda kishilarning faoliyati zarurdir.

Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jarayonida ro’y berayotgan xodisalar mohiyatini ilmiy anglashda katta ahamiyat kasb etyapti. YAngi jamiyatni barpo etishga qaratilgan o’zgartirishlar xamma narsani yangidan barpo etishni bildirmaydi. Aksincha, jamiyatimiz taraqqiyoti jarayonida erishilgan ijtimoiy iqtisodiy, madaniy, ma’naviy yutuklarni sAqlab kolish ularni yanada boyitib rivojlantirishdan iboratdir. Bu mazkur qonunning talabidan kelib chikadigan muxim xulosalardan biridir.

Mavzuni takrorlash uchun savollar:

  1. «Miqdor», «sifat», «me’yor» tushunchalarining mazmunini ochыb bering.

  2. Dialektik sakrashning turlari haqida tushuncha bering.

  3. Miqdor o’zgarishidan sifat o’zgarishiga o’tish qonuni rivojlanishning qaysi tomonini ochib beradi?

  4. «Tafovut», «qarama-qarshiliklar», «ziddiyat» tushunchalari o’rtasidagi farqni kursatib bering.

  5. Qanday ziddiyatlar mavjud? Ular haqida tushuncha bering.

6. Inkorni - inkor qonuni rivojlanishning qaysi bir tomonini ochib beradi?
Download 83,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish