Mavzu: Rivojlanish falsafasi reja


Tayanch tushuncha va iboralar



Download 83,55 Kb.
bet2/9
Sana17.01.2022
Hajmi83,55 Kb.
#382608
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu

Tayanch tushuncha va iboralar: YAkkalik, xususiylik vaumumiylik; butun va kiem; mohiyat va xodisa; sistema, struktura, element; mazmun va shakl; sabab va okibat; zaruriyat va tasodif; imkoniyat va vokeilik;

Dialektika urganadigan borliqning eng umumiy aloqadorliklari va boglanishlari falsafada quyidagi tushunchalar orqali ifodalanadi:

a) YAkkalik , xususiylik va umumiylik;

b) Butun va kiem;

v) Moxiyat va xodisa;

g) Sistema, struktura, element;

d) Mazmun va shakl;

e) Sabab va okibat;

j)Zaruriyat va tasodif;

z) Imkoniyat va vokeilik;

Bu tushunchalarni xar birining mohiyati to’g’risida tuxtalish dialektikaning qanchalik serkirra taыshmot ekanligin tasdiklaydi.

Yakkalik, xususiylik va umumiylik

YAkkalik xususiylik va umumiylik borliqdagi narsa va xodisalar o’rtasidagi boglanish va aloqadorlikni ifodalab, ularning mavjud bo’lish shaklini tashkil etadi. CHunki borliqni tashkil etgan jamiki predmet yoki xodisa, yakkalik, xususiylik, yoki umumiylik kurinishida mavjud buladi. Bunda yakkalik deyilganda, fakat aloxida narsa yoki xodisagagina xos bo’lib, uni boshqalaridan farqlantirib turuvchi individual belgi va xususiyatlar birligiga aytiladi.

YAkkalik predmet va xodisalarning betakror tomon, jihat, belgi, xossa va xususiyatlarini aks ettiradi. Binobarin, borliqdagi barcha narsa va xodisalarga yakkalik tegishli. Birok, shunday bulsada, kupchilik narsa va xodisalarga xos bo’lgan uzaro uxshash, bir xil takrorlanuvchi, belgi va xususiyatLar xam borligini inkor etib bulmaydi. Bu eas umumiylik deb ataladi. Umumiylik, demak, borliqdagi kupchilik narsa va xodisalarga xos bo’lgan umumiy belgilarni aks ettiradi.

YAkkalik va umumiylik bir-biri bilan uzviy bog’lik bo’lib, bir birini taqozo qilib turadi. YA’ni yakkalik bor joyda albatta, umumiylik xam bor va aksincha. YAkkaliksiz umumiylik bulmaganidek. yakkalik mavjud bo’lishi uchun umumiylik bo’lishi shart. Vokeilik dialektikasi shunday.

Predmet va xodisalarga xos aloxida maxsus xususiyatlar xususiylik deyiladi. Xususiylik kategoriyasi yakkalik va umumiylik o’rtasidagi uziga xoslikning mavjud bo’lishini anglatadi. Masalan, jamiyat taraqqiyotidan misol keltirib, mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti bilan boglasak, quyidagi misolni keltirishimiz mumkin: Mustakil O’zbekiston - O’zbekistonda mustaqil taraqqiyotning uziga xos yuli - Demokratik, xukukiy jamiyat kurayotgan davlat. Ushbu tushunchalarda, yakkalik, xususiylik, umumiylikning birligini kurish mumkin.

YAkkalik, xususiylik, umumiylik dialektikasiga kura, ma’lum sharoitda ular bir - bilariga utib xam turadi. Ob’ektiv olamda , odatda xar qanday yangilik dastlab yakkalik sifatida vujudga kelib, sung esa xususiylik va umumiylik xarakterini kasb etadi. SHu ma’noda bu tushunchalarda borliq rivojining muayyan konkret momentlari yoki xolatlari aks etgandir.

YAkkalik, xususiylik, umumiylik dialektikasini to’g’ri bilish muxim gneseologik ahamiyatga ega. Zero, umuman xar qanday bilish yakkalik va xususiyliklardan umumiylikni bilishga tomon boradi, bilish jarayonida bu tushunchalar yanada yangi dalil va ma’lumotlar yordamida boyib va chuqurlashib boradi. Binobarin, yakkalik, xususiylik, umumiylik dialektikasini yaxshirok anglab etish borliqning mohiyatini yanada teranrok tafakkur kilish demakdir.


Moxiyat va xodisa

Moxiyat narsa va xodisaning ichki eng muxim uzaro boglanishlarini, bu boglanishlarning qonuniy aloqadorligini ifodalaydi, xodisa esa shu narsa va xodisalarning tashkil etuvchi tomonlar xususiyatlar va boglanishlarning namoyon bo’lish shakli, mohiyatining ifodalanishidir. Masalan, inson hayotining mohiyati uni sermazmun utkazish, uz oldiga kuygan maksadi, tomon intilishidan iborat bulsa, xodisa deganda ana shu maksadga erishish uchun tanlangan yul, turli sa’yi-xarakatlar tushuniladi.

Moxiyat va xodisa umumiy va xususiy jihatlarga ega:


  1. Moxiyat ichki aloqalarni, xodisa esa tashki aloqalarni ifodalaydi.

  2. Moxiyat va xodisa doimo uzaro birlikda buladi, birok, ayni paytda ular bir-biriga qarama- qarshi xamdir. SHu sababli ular xech vaqt bir-biriga aynan mos kelmaydi. Moxiyat xodisada yashirin buladi. Xodisa esa mohiyatning namoyon bo’lishi bulsada, xech vaqt unga tulik mos kelmaydi. Bunday qarama - qarshilik borliq predmetlarining tabiatidan kelib chikadi va bilish jarayonida xech qanday mantiqka zidlikni keltirib chikarmaydi. CHunki agar narsalarning namoyon bo’lish shakli bo’lgan xodisa bilan mohiyat o’rtasi bevosita moslik ro’y berganda edi, u xolda bilishda xar qanday fanga urin kolmagan bular edi. Fanning vazifasi borliq xodisalarini urganish orqali yashirinib yotgan mohiyatlarni aniqlashdan iborat.

  3. Moxiyat xodisaga nisbatan doimiyrok va barkarrokdir.

  4. Moxiyatning doimiyligi va barkororligi xodisaning o’zgaruvchanligi kabi mutlak emas balki, nisbiydir. CHunki ularning ikkalasi xam o’zgarib turadi. Fakat mohiyat xodisaga nisbatan sekin o’zgaradi. SHuning uchun u barqarorrok.

Moxiyat va xodisa umumiy tomonlarga xam ega : a) xar qanday mohiyat xodisada namoyon buladi. xodisa esa xamisha mohiyatning u yoki bu xoldagi kurinishidir;

b) mohiyat xam xodisa xam ob’yektiv xarakterga ega. ya’ni ularning mavjud bo’lishi inson ongiga bog’lik emas;



v) mohiyat xam xodisa xam doimo o’zgarish va rivojlanishda buladi.

Dialektikaning mohiyat va xodisa kategoriyalarini bilish fan va amaliyotda muxim ahamiyatga ega.

Butun va qism bizni urab turgan borliqdagi barcha narsa va xodisalar kuz ungimizda bir butunlik sifatida namoyon buladi. Ularni urganish natijasida esa turli qismlar va bulAqlardan xam iborat ekanligiga ishonch xosil kilamiz. Bu qism va bulAqlar uzaro ma’lum qonuniyatlar asosida birikib. ma’lum tuzilishdagi narsalar, xodisalar yoki jarayonlar butunligini tashkil qiladilar.

Narsa va xodisalarning ma’lum bir guruxi uzaro birikib esa bir sistemani xosil qiladi.

Sistema esa muayyan strukturaga ega bo’lib, uz navbatida u xam ma’lum elementlardan iborat buladi. Bundagi butun, kiem, sisteam, struktura, kabilar dialektik boglanish va aloqadorlikda buladi.


Download 83,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish