Mavzu: Rivojlanish falsafasi reja



Download 83,55 Kb.
bet4/9
Sana17.01.2022
Hajmi83,55 Kb.
#382608
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu

Zaruriyat va tasodif.

Zaruriyat deganda muayyan sharoitda kat’iy ravishda kelib chikadigan, uz ichki boglanishlariga kura kelib chiqishi mukarrar bo’lgan voqea yoki xodisaga aytiladi. Tasodif deganda esa, narsa va xodisalarning mohiyati bilan bog’lik bulmagan tashki nomuxim omillar bilan bog’likligi tufayli ayni sharoitda yuz berishi xam, yuz bermasligi xam mumkin bo’lgan voqea yoki xodisaga aytiladi.

Zaruriyat va tasodif uzaro bog’lik bo’lib, borliqdagi narsa va xodisalar rivojlanishining ikki tomonidir. Ular bir-birlari bilan bog’lik bo’lishi bilan birga uziga xos xususiyatlarga xam ega. Jumladan, zaruriyatning sababi, uzida bo’lib, uning ichki mohiyatidan kelib chikadi; zaruriyat narsa va xodisalardagi muxim va takrorlanib turuvchi ichki aloqadorliklari natijasidir; zaruriyat ilgarigi rivojlanish davomi; zaruriyat albatta ro’y beradi; zaruriyat umumiy xarakterga ega; zaruriyat doimo qonuniydir.

Tasodif esa zaruriyatdan farq etib, muayyan sharoitda ro’y berishi xam. ro’y bermasligi xam mumkin, u narsa yoki xodisaning mohiyatidan kelib chikmaydi, u beqaror va vaqtinchadir. Birok, tasodif xam sababsiz ro’y bermaydi, fakat uning sababi uzida emas, balki tashki - shart sharoitidaDir. Tasodif borliqdagi nomuxim boglanishlardan kelib chiqib, rivojlanishga belgilovchi ta’sir kursata olmaydi. Tasodif umumiy emas, balki, juz’iy, xususiy xarakterga ega. Tasodif shuning uchun qonuniy emas.

Zaruriyat va tasodif borliqdagi narsa va xodisalar o’rtasidagi aloqadorlikning bir shakli bo’lib, ob’yektivdir, ya’ni ularnig sodir bo’lishi inson xoxishiga bog’lik emas.

zaruriyat va tasodif dialetik bog’likdir, YA’ni bir- birisiz , aloxida bulmaydi.

Fanning vazifasi vokeilikda aloqadorlik va bolanishlar orasidan ichki zaruriy aloqadorliklar bilan birga bu tizimdagi tashki tasodiflarni xam aniqlashdan iboradir.
Imkoniyat va vokeilik

Imkoniyat va vokeilik xam dialektikaning muxim kategoriyalaridir.

Vokeilik - real mavjud bo’lgan, yashab faoliyat kechirayotgan narsa va xodisadir. Birok, xech bir xodisa rivojlanishi davomida birdaniga paydo bulmaydi, balki dastlab imkoniyat davrini boshdan kechiradi. Xar bir vokeilik paydo bo’lishidan oldin imkoniyat xolatida mavjud buladi.

Imkoniyat - vokeilikning ko’rtak xolatdagi kurinishi, xali yuzaga kelmagan vokeilikdir.

Vokeilikdagi rivojlanish jarayoni imkoniyatlarning dialketik tarzda vokeilikka aylanish jarayonidan iborat.

Imkoniyat va vokeilik dialektikasi ongdan tashkari ob’yektiv olamdagi boglanishlar shaklidir.

Imkoniyat va vokeilik kategoriyalarining mohiyatini, ularning uzaro aloqadorlik, dialektikasini urganish va bilish fan va amaliyyotda muxim ahamiyat kast etadi. Ularni farqlamasdan aralashtirib yuborish yuk narsani bor deyishga, yoki yangining eski ustidan galabasini tushunmaslikka olib boradi.

Imkoniyatlar doimo real va mavxum buladi. Real imkoniyatlar muayyan shart-sharoitlarda doimo vokeilikka aylanadi. Mavxum imkoniyatlar esa kurtakligicha koladi va vokeilikka aylanmaydi.

SHuningdek, imkoniyatlar yangi, endi vujudga kelayotgan, rivojlanayotgan xamda eski umri tugab borayotgan real kuchlar sifatida progressiv va konservagiv xam bo’lishi mumkin.

Imkoniyatlar vokeilikka birdaniga aylanmaydi. Balki eski vokeilik bagrida ko’rtak ortadi. Rivojlanib muayn sharoitda vokeilika aylanadi.

Ijtimoiy taraqqiyotda imkoniyatlarning vokeilikka aylanishi va uni urganish muxim ahamiyatga ega. Bunda jamiyat imkoniyatlarining ro’yobga chiqishida sub’ektiv omilning roli borligini unutmaslik lozim. Bu erda sub’ektiv omil deganda kishilarning ongli aktiv amaliy faoliyati tushuniladi.

Sub’ektiv omil ob’yektiv shart - sharoitga tayanadi. Usiz xech narsa kila olmaydi, chunki ob’yektiv shart - sharoit imkoniyatlarning vokeilikka aylanishida sub’ektiv omilga nisbatan birlamchi va belgilovchidir.

Umuman yuqoridagi barcha dialektika kategoriyalari bir-biri bilan chambarchas bog’lik bo’lib, ularni bilish muxim metodologik ahamiyatga ega.

Dialektika umumiy qonun va kategoriyalar sistemasidan iborat,bo’lib ularning yig’indisi dunyoning bir butunligini ifodalaydi va u doimiy o’zgarishda, rivojlanishdadir. Qonun deganda nima tushuniladi? Bunga javob berishda shuni xisobga olmok lozimki, eng umumiy shaklda qonun moddiy olamdagi turli xil narsa va xadislar, jaraenlar va vokeyalar o’rtasidagi munonosabatlar, uzaro aloqadorlikda demakdir. Lekin bundan qonun barcha munosabatlarni ifodalaydi, degan xulosa chikarmaslik kerak. Masalan. muxim va muxim bo’lmagan, tasodifiy va zaruriy, barqaror, va bekror, umumiy va xususiy munosabatlar bor. Qonun bu munosabatlarning barchasini kamray olmaydi. Turli-tuman aloqalar, boglanishlar ichidan u eng avvalo, muxim aloqalarni ya’ni, shunday munosabatlarni ifodalaydiki, bular tashki sharoitlardan emas, balki narsa va xodisalarning mohiyatidan, uning ichki aloklardan kelib chikkan buladi. Shuningdek , qonun zaruriy munosabatdir. Chunkiy tabiat va jaыiyatdagi xar kandai qonunga xos belgi zaruriylik xisoblanadi. Qonun tushunchasining uzi majburiylik, yo’nalish kursatib beradi.

Qonunning muxim belgilaridan biri-narsa va xodisalardagi umumiy munosabatlarni ifodalashdir. Agar qonun shak shubxasiz yuz berish mumkin bo’lgan (zarurni belgisi) munosabatlarini ifodalar ekan, tabiiy ravishda bu munosabatlar bir xil sharoitda doimis va xamma joyda (umumiylik) namoyon buladi. Ana shu ma’noda qonun umumiy munosabatlardir.

Qonun nisbiy barqaror munosabatlardan iborat, zero u muayyan xadisalarning ichki tabiatidan, uning mohiyatidan kelib chikadigan moddiy dunyo, narsa va xodisalarning aloqalarni ifodalaydi. Qonun gox vujudga kelib, gox yukolib ketadigan aloqalarga asoslanishi mumkin emas. U nisbiy barqaror munosabatlarni taqozo etadi. Qonunning nisbiy barqarorligi shu bilan izoxlanadiki, u bir xil shartlarda muxim xususiyatlar sifatida tabiatdagi narsa va xodisalardagina emas, balki ijtimoiy xaetdagi voqealarda xam yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu bilan qonuning ta’rifini etarli deyish mumkinmi? Yuk, mumkin emas. Chunki, birinchidan biz qonun - bu muxim, zaruriy, umumiy, barqarorlik munosabatlar der ekanmiz, qonunda ifodalanib, uning ob’yektiv asosini tashkil qiladigan aloklarnigina kursatib utgan bulamizu ammo boshqa kategoriyalarda, jumladan sababiyat, zaruriyat, mazmun,mohiyat va boshqalarda xam ifodalanadi. SHubxasiz, yuqorida sanab utilgan belgilar xam qonunning uzi xos xususiyati haqida tasavvurni to’la ochib bera olmaydi; uchinchidan, qonunga ta’rif berganda yuqoridagi ob’yektiv aloqalar shakllarini oddiy tarzda sanab utiladigan bo’lsak, qonun bilan mazkur ob’yektiv aloqalar turlarini oydinlashtirgan bulamiz. SHuning uchun qonunni ta’riflashda uning shunday xususiyatini ajratish kerakki,u mazkur kategoriyaning boshqalaridan farq qiladigan uziga xos tomonini belgilashga imkon tugdirsin. Bu xususiyat shundan iboratki,tabiat va jamiyatdagi xar qanday qonun voqealarning rivojlanish xususiyati va yo’nalishini belgilab beradi voqealarning okimi kat’iy, anik yo’nalishda bo’lishini taqozo etadi. Ma’lum bir sharoitda bo’lishiga qaramay, bir urinda bir xil, ikkinchi urinda boshqa xil tarzda sodir buladigan jarayonlar va voqealarni qonuniy deb bulmaydi. Biz bu jaraen eki voqea qonun kuchiga ega der ekanmiz, undagi muxim, zaruriy umumiy va barqaror munosabatlarning ifodalanishinigina emas, balki muayyan voqealar okimini, katьiy natijalar taqozo kilishini nazarda tutamiz.

Qonun voqealar xususiyati va yo’nalishini bildirar ekan. u uzining anikligi bilan farq qiladi. SHuning uchun qonunning pirovard okibati kishilarning muvaffakiyatli faoliyatining zaruriy sharti bo’lgan xar tomonlama unga muvofik keladigan talab tarzida zoxir bo’ladi.

Qonun muayyan bir sharoitda namoyon buladi, moddiy olamdagi narsa va xodisalarning mavjudligi va rivojlanishi uchun ma’lum sharoit qonunning kurinishi. xarakati uchun xam majburiydir. Sharoit deganda voqelikdagi narsa va xodisaning yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan obьektiv omillar yigindisi tushuniladi. Qonun va sharoit bir-biri bilan uzviy bog’likdir, ayni bir vaqtda ularni bir-biriga korishtirib yoxud aynanlashtirib yubormaslik kerak. SHaroitning o’zgarishi bir qonunning boshqasi bilan almashnishiga uning xarakat doirasini toraytirish yohud kengaytirishga olib keladi.

Ilgari mavjud bo’lgan sharoit to’la yukolib ketgan takdirda uning zaminida amal kilgan qonunlar uz urnini yangi sharoitga to’g’ri keladigan yangi qonunlarga bushatib beradi; ayrim xolatda ilgari mavjud bo’lgan sharoitlar kulayrok bulmasa eski qonunlar uz xarakatini davom ettiradi. ammo uning kurinish doirasi chegaralangan buladi va nixoyat, ayrim xolatda ilgari mavjud bo’lgan sharoit anchayin kulay bulsa, qonunlarning amal kilishi uchun xam keng ufklar ochiladi.

U yoki bu qonun amal qiladigan ob’yektiv sharoitlarni bilish katta amaliy ahamiyatga ega. Ma’lumki, kishilar ob’yektiv qonunlar talablaridan kelib chiqib , ularga tayansalar, uz faoliyatlaridan ularni xisobga olsalar to’g’ri xarakat kila oladilar. Birok qonunning xarakati kuzga tashlansada, bu xarakatni qanday bulsa shundayligicha xis kilish mumkin emas. Lekin kishilar, u yoki bu qonun namoyon buladigan sharoitni bilar va unga taьsir etar ekanlar, bu bilan uzlari istagan natijalarga erisha oladilar.

SHunday qilib tabiat va jamiatning xar qanday qonuni uzining uchta tomoni bilan tavsiflanadi, chunonchi: a) qonun ob’yektiv asosga ega bo’lib, muxim zaruriy, umumiy va barqaror munosabatlarni ifodalaydi; b) Qonuning xarakati uziga xos xususiyatiga ega bo’lib, vokiyalar rivojlanish kat’iy muayyan yo’nalish natijasida tugiladi; v) qonun ma’lum bir shart- sharoitlarda namoyon buladi.Bu jihatlar xisobga olgan xolda qonunga quyidagicha ta’rif berish mumkin.


Download 83,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish