Mavzu: Rivojlanish falsafasi reja



Download 83,55 Kb.
bet5/9
Sana17.01.2022
Hajmi83,55 Kb.
#382608
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu

Qonun - muayyan shart-sharoitlarda voqealar rivojining xususiyati va yo’nalishini belgilaydigan. ma’lum bir kat’iy natijani taqozo etadigan ob’yektiv dunyodagi narsa va xodisalarning muxim. zaruriy. umumiy. nisbiy barqaror munosabatlaridir. Qonun ilmiy nazariy va amaliy faoliyatda ob’yektiv uzaro aloqalarning barcha shakllarini sinchkovlik bilan xisobga olishni takazo etadi. Bu esa ularni ichida muxim, zaruriy, umumiy, barqaror aloqalarni belgilashga yordam beradi, ayni zamonda ob’yektiv qonunlarni tushunishimizga imkon beradi. Qonun muayyan bir natijalarni tugdirib, voqealar rivojlanish xususiyatlari va yo’nalishini belgilab berar ekan, bu narsa ilmiy va amaliy faoliyatga ob’yektiv qonunlar asosida xarakat qiladigan muxim, zaruriy, umumiy, va barqaror munosabatlar kursatibgina kolmay, balki kelajakda ular rivojining yo’nalishini xisobga olish talab etadi.

Tabiat va jamiyatning xar qanday qonuni ma’lum bir shart-sharoitda namoyon bular ekan, u ilmiy bilish jarayonida va amaliy faoliyatda muxim, zaruriy,umumiy va barqaror aloqalar ma’lum bir natijalarni kuzlash mumkinligini bilishga imkon tugdiradi.

Moddiy voqelikdagi qonunlar kup kirraligi bilan tafsilanadi.Tabiat va jamiyat qonunlari ob’yektiv jarayonlar aks ettirishga qarata farq qiladi.

Tabiat qonunlari, er yuzidagi barcha qonunlar, jamiyat qonunlari kishilarning ijtimoiy munosabatlari bilan bog’likligini kursatadi.. YAna bir farqi shuki, jamiyat qonunlariga nisbatan tabiat qonunlari asta-sekinlik bilan o’zgarib boradi.Ijtimoiy qonunlar esa ma’lum bir davr mobaynida amal qilib sungra, uz urnini yangi qonunlarga bushatib beradi, ba’zilari uz kuchini yukotadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi, kuldorlik, feodalizm va kapitalistik tuzumga xos qonunlar, o’zgarishlar bunga misol bo’lishi mumkin.

Xarakat qilinish doirasiga karab qonunlar: eng umumiy, umumiy va xususiyga bulinadi. Moddalarning sAqlanishi va aylanishi qonuni, energiyaning bir turdan ikkinchi turga utish qonuni umumiy qonunlarga, xususiy qonunlarga esa, masalan, fizikadagi Kulon qonuni, ximiyadagi Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi kabilar kiradi. Fanda dinamik va statistik xususiyatga ega bo’lgan qonunlar xam mavjud. Statistik qonunlar mutlok ma’nodagi zaruriy qonunlar emas, ular extimolik sababi bo’lgan boglanishlarni ifodalaydi va dinamik qonunlardan farq qiladi. Statistik qonunlar ma’lum sharoitda bo’lish extimolini bildiradi. Dinamik qonunlarning boglanish sababi, boglanish shakli bo’lib,bunda sistemani muayyan xolati uning xamjihatlik xolatlarining boglani-shining ma’noli tarzda aniklanishi natijasida boshlangich shartlarni bilish sistemasini yalpi rivojlanishini oldindan anik aytish imkoniyatini beradi. Dinamik qonunlari tashki ta’sirlangan kamrok bog’lik barcha sistemalar uziga xos tarzda amal qiladi.

Eng umumiy qonunlar turkumiga dialektika qonunlari kiradi. Bular: mikdor o’zgarishlaridan sifat o’zgarishlariga utish qonuni: qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuni ; inkor inkor qonunlar.

  1. Taraqqiyotda .mikdor ba sifat o’zgarishlari birligi.

Tayanch tushuncha va iboralar: mikdor o’zgarishidai sifat o’zgarishiga utish qonuni, mikdor, sifat, me’yor, mikdor va sifat birligi, me’yor markazi tuguni, sakrash, asta- sekinlik bilan ifodalangan sakrash, bir zumda shiddat bilan buladigan sakrash .

Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga utish qonuni dialektikaning asosiy qonunlaridan biridir. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki, narsa va xodisalardagi sezilarli bulmagan mikdoriy o’zgarishlar asta - sekin tuplana borib,taraqqiyotning ma’lum bir boskichida me’yorini buzadi va sakrash yuli bilan tub sifat o’zgarishlariga olib keladi.

Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va xodisalar bir-biridan uz sifati bilan ajrab turadi. Sifat - narsalarning ichki muayyanligi bo’lib.uning kator xossa, belgi, ususiyatlari birligidir.Sifat narsa qanday bulsa, uni shundayligicha aniklab beradi. Narsalarning sifati esa ularning xossa orqali namoyon buladi. Xossa narsa sifatining boshqa narsalar bilan uzaro aloqadorligidagi tashki namoyon bo’lishidir. Biz narsalarning ichki sifatini ma’lum bir xossalarida namoyon bo’lishi orqali bilamiz. Xar bir narsa kuplab xosalariga ya’ni asosiy va ikkinchi darajali xosalariga ega buladi. Masalan metal zichlik, issiklik, utkazuvchanlik chuziluvchanlik kabi xossalariga ega. Sifat-jismning barcha xosalarini birgalikta boglovchidir. Demak, sifat narsaning ummumiligini, yaxlitligini uning nisbiy barqarorligini bir-birga uxshashligi ifodalaydi. U keng ma’noda narsalarni turli-tuman xosalari ygindisidir.Lekin sifat va xossa aynan bir xil ma’nodagi tushunchalari emas. Sifatning o’zgarishi mukarrar sur’atda xossaning o’zgarishiga olib keldik, birok xossaning o’zgartirishga xar doim sifatning o’zgartirishga ta’sir etaver-maydi.ayrim xosalar narsalar narsalarning sifatiga ta’sir etmasdan yuk bo’lib ketishi mumkin.Sifat predmeta doimiligi, nisbiy barqarorligi ifoda etadi.

Xar bir narsa muayyan sistemada bir-biri bilan bog’lik buladi. Narsa qaysi boglanishlar sistemasiga kirsa, shu sistema bog’lik ravishda turli sifatlarga ega. CHunonchi, “stol’" muayyan tabiiy metallardan, ya’ni daraxtdan yasalgan bo’lib ,tabiiy sifatga ega. SHuning uchun u tabiiy qonuniyatga buysunadi. Aynan stol inson mexnat natijasi bo’lib, ijtimoiy sifatga ijtimoiy sifatga xam ega va ijtimoiy qonuniyatga buysunadi. Ijtimoiy sifat uz navbada ikki guruxga: birinchisi tartibdagi ijtimoiy sifatlarga va ikkinchi tartibdagi ijtimoiy sifatlarga bulinadi. Xududi o’sha stol modomiki inson ixtiyojini kondirar ekan, "anik (amaliy ) xis etiladigan narsa sifatida namoyon buladi. 2 tomonda modomiki, stol, ega ekan u tavar sifatida gavdalanadi. Bu urinda stol “xaddan tashkari xis etiladigan narsa” tarikasida gavdalanadi. Bu esa ikkinchi tomondan tartibli ijtimoiy sifatlarga mansubdir.

Narsalar sifatligi muayyanligidan tashkarida bir-biridan mikdoriy tomonlar bilan farq qiladi. Miqdor predmetning xajm, ulchovi. ogirligi. xarakati tezligi va shu kabilar bilan tavsshЬlanadi.Tabiat xodisalari kabi ijtimoiy xodisalariga xam mikdoriy tomonga ega. CHunonchi, suv uz solishtirma ogirligi kaynash va muzlash darajasiga ega, bir ijtimoiy tuzum boshqa xususiyat jixitidangina emas, balki ishlab chikaruvchi kuchlar taraqqiyot, surat, darajasi mexnat unumdor-ligi, madaniyat va xokozolar bilan farq qiladi. Narsa va xodisalardagi mikdor va sifatiy tomonlari doimiy bir-birini takazo qilib, birlikda buladi. Xar qanday narsa mikdori va sifati birligiga ega. Tabiatda fakt mikdorga va sifatga ega bo’lgan narsa yuk. SHuning uchun xamma narsaga sifati tomondan berilgan tavsiya to’g’ri buladi. Miqdor va sifatning birligi, uzaro bog’likligi me’yor tushunchasi ifodalanadi. Me’yor – bu mikdoriy munosabatlar va ob’yektiv sifatga mos tuzilmalarning muvofikligi. Ob’ektning mikdori ushbu sifat doirasidan chikmasdan muayyan oralikda o’zgaradi. Bu oralik chegaralari esa predmetni muayyan yaxlitligini, sifat va mikdor o’rtasida uzaro munosabatni ifoda etadi. Bu urinda xar bir narsa, xodisa uziga xos ulchovga ega buladi, chunki ushbu sifat xususiyati xar qanday mikdor bilan emas,balki muayyan mikdor bilan uygunlashadi. Ushbu ob’yektga xos bo’lgan mikdoriy o’zgarishlar doirasidan chiqish shu ob’yektga xos bo’lgan me’yorning buzulishiga va uning yangi sifatga utishiga olib keladi. Me’yorning turli shakllari mavjud bo’lib, nazariy bilimlar sistemasida u quyidagilarga ajratilgan: 1.) Oddiy me’yor - aloxida uz ichiga olgan predmet ulchovi; 2.) sistemali substansiyali me’yor - ushbu sistemaning elementa bo’lgan predmet ulchovi; 3.) anik me’yor - barcha xakikiy munosabatlar yigindisi bo’lgan predmet ulchovi. Ijtimoiy hayot koidalari t'urli-tuman me’yor munosabatlarga ega. Bir me’yordan ikkinchi me’yorga utishning barcha xalqasi me’yor markazi tuguni deyiladi. Sifat, mikdor va me’yor tushunchalarida, kishilarning ongiga bog’lik bulmagan narsalarni ob’yektiv va eng umumiy tavsifi ifodalanadi. SHuning uchun xam ayrim faylasuflarning narsalari sifatini sub’ektiv tushuncha deb ta’kidlashlaridan nazariy jihatidan asossizdir.

Dialektika mikdor va sifatni birlikda, doimiy xarakatda deb karaydi. Miqdor sifatga va aksincha, ma’lum sharoitda sifat mikdorga utadi. Narsa va xodisalarning sifati ob’yektiv bulsada, nisbiydir, chunki ular o’rtasidagi chegara o’zgaruvchan bo’lib, ularni mutlAqlashti-rish mumkin emas. Xuddi shuningdek narsalarning mikdoriy muayyanligi xam o’zgaruvchandir. Modomiki ob’yektiv olam doimiy xarakatda, o’zgarish va rivojlanishda ekan, narsalarning mikdoriy va sifatiy muayyanligi, ularning xossalari xam o’zgarish va rivojlanish-dadyr. Miqdor va sifat o’zgarishlarning anik xolatini bilish fan va ijtimoiy amaliyot uchun muxim ahamiyatga ega. Xar qanday narsa va xodisaga mikdor va sifat o’zgarishlari xosdir. Miqdor o’zgarishlar bilan sifat o’zgarishlar o’rtasida kat’iy qonuniyat mavjud bo’lib, bu qonuniyat quyidagicha ifodalanadi: mikdor o’zgarishlar sifat o’zgarishlarining tayyorlab, xar bir anik xolatda muayyan tub sifat o’zgarishlarni keltirib chikadi va shu xolatda mikdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga utishi sodiri buladi. Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlari ga utish masalasiga, uz navbatida, qadimgi faylasuflar xam e’tibor berganlar. Qadimgi yunon faylasuflarining “yaltirok bosh’ va “garam ' nomi bilan keltirilgan misollari ma’lumdir. Suxbatdoshga quyidagi savol beriladi: agar boshdan bir dona soch tolasi yulib olinsa bosh yaltirab koladimi, agar garamdan bir dona urug olinsa, u garamlik xolashni yukotadimi? Natija, yuk degan javob buladi. Bu xol bosh yaltiramaguncha, garam esa yuk bulmaguncha davom etadi. Qadimgi faylasuflar bu kabi xodisalarni eng umumiy qonuniyatlarning namoyon bo’lishi natijasi deb emas, balki sof mantiqiy gayritabiiylik deb karar edilar. Miqdor o’zgarishlarning sifat o’zgarishlarga utish haqida Markaziy Osiyo mutafakkirlarining asarlarida xam kupgina ma’lumotlar mavjuddir. Al - Xorazmiy, Al - Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulugbekning matematika, algebra, astronomiya, geografiya, tibbiyot va boshqa soxalarga oid asrlarida mikdor (son) bilan sifat o’rtasidagi aloqadorlik va uning hayotiy axam i yati haqida batafsil tavsiflar berylgan. “Men,- deb yozadi Al-Xorazmiy,- arifmetikanin: oddiy va murakkab masalalarni uz ichiga oluvchi “Aljabr va almukobala xisobi haqida kiskacha kitob ni tasnif kildim, chunki meros taksim kilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taksimlashda va adliya ishlarida, savdo va xar qanday bitimlarda va shuningdek, er ulchash, kanallar utkazishda (amaliy) geometriya va boshqa shunga uxshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir”. Ularning fikricha, mikdor va sifat o’zgarishlarining uzaro aloqadorligini nafakat va jamiyat xodisalarida, balki ruxlarda xam kuzatish mumkin. “Ruxlarning sifatining uzaro kushilishi okibatida ularning (Aqliy) kuvvatlari mikdor jihatdan xam tobora ortadi”, deb yozadi Forobiy. Miqdor o’zgarishlaridan tub sifat o’zgarishlariga utish qonunini ob’yektiv bo’lib, real voqelikdagi narsa va xodisalarning uziga xosdir. Olamdagi barcha o’zgarishlar asta-sekin sodir buladigan mikdor o’zgarishlaridan boshlanadi. Miqdor o’zgarishlari muayyan chegarada sifatning barqarorligiga (turgunligiga) ta’sir etmaydi. Miqdor o’zgarishlar chegaradan chiqish bilan sifatning barqarorligi buziladi. Natijada sifat yukolib, yangi sifat yuzaga keladi. Bu esa aynan mikdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga utish qonuni tabiat, jamiyat va tafakkurining taraqqiyotida amal qiladi. Bu xolning biz kimyo fanida yaqqol kilishimiz mumkin. Masalan. ikki atom vodorod bilan bir atom kislorod suvning molekulasini tashkil etadi. Agar bu elementlarni boshqacha nisbatda, ya’ni ikki atom vodorodni ikki atom kislorod bilan| biriktirsak, u xolda bir yangi narsa - vodorod peroksidi xosil kilamiz (N2O2). Taraqqiyot jarayonida mikdor o’zgarishlari tub sifat o’zgarishlariga utish bilan birga sifat o’zgarishlari mikdori o’zgarishlariga xam utadi. Miqdor o’zgarishlari natijasida vujudga kelgan yangi sifat muayyan vaqtga muvofik keladigan barqarorlikka ega bo’lib. shu mikdor o’zgarishlari jaraenining davom etish uchun sharoit yaratib beradi. Bu sifat o’zgarishlarining mikdori o’zgarishlariga utishdir.

Miqdor o’zgarishlari bilan sifat o’zgarishlari uzaro chambarchas boglangan bo’lishiga qaramay, ular ayrim uziga xos xususiyatlariga xam ega. CHunonchi :


Download 83,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish