Mavzu: O‘zbekistonda milliy siyosat (XX asr 80-yillar misolida)



Download 196,5 Kb.
bet6/16
Sana11.01.2022
Hajmi196,5 Kb.
#346615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
O‘zbekistonda milliy

Ishning aprobatsiyasi: BMI Qarshi Davlat universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasining 2012 yil “___”_______dagi №___ sonli yig‘ilishida muhokama etilib, himoyaga tavsiya etilgan.

Ishning tuzilishi. Kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati hamda ilovadan iborat.

I BOB. SOVET DAVLATI MILLIY SIYOSATINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA UNING OQIBATLARI

1.1. Sovet hokimiyati milliy siyosatining O‘zbekistonda amalga oshirilishi jarayoni
XX asr 80-yillariga kelib ro‘y bergan ulkan siyosiy voqealar jahon taraqqiyotini keskin o‘zgartirib yubordi. Xalqaro maydonda qarama-qarshilikka, sinfiy ziddiyatga, o‘zaro kamsitishlarga va zo‘ravonlikka asoslangan, besamar «sotsialistik taraqqiyot» yo‘lini mahkam ushlagan, dunyoning oltidan birida umumbashariy g‘oyalarni rad etib, faqat kuch ishlatish va xalqlarni qaramliqda saqlab turish yo‘lini amalga oshirib kelgan yirik imperiyalardan biri bo‘lgan SSSRning parchalanib ketishi dunyoda yangicha siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy ahamiyat kasb etdi1.

XX asrning 80-yillari sovet davlati hukmronlik qilgan yillarning eng murakkab, mas’uliyatli burilish davri bo‘ldi. Bu yillarda ichki ziddiyatlarning keskinlashishi natijasida muqarrar halokatga yuz tutadi, deb hisoblanilgan davlatlar (kapitalizm) tobora rivojlanib, o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarildi. Bu davlatlarda ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashmadi, aksincha, eng «inqilobiy kuch» hisoblangan ishchilar sinfi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniyma’naviy talablarini amalga oshirishga imkon ham topa oldi. Sharqiy Yevropadagi «sotsialistik hamdo‘stlik» deb atalgan mamlakatlar o‘z e’tiborini G‘arbga qaratib, rivojlangan demokratik davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashga harakat qila boshladi. Osiyo, Afrika mamlakatlari, «sotsialistik taraqqiyot» yo‘liga o‘tgan yoki o‘tishga intilayotgan davlatlar ham keskin iqtisodiy inqirozlar va ijtimoiy, siyosiy bo‘hronlar girdobida qolib, o‘z taraqqiyotida mustamlakachilik davridagidan ham og‘ir ahvolga tushib qoldilar.

Sovet hukumatida esa dastlabki o‘n yillar davomida shakllangan boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuli ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ahvolni ma’lum darajada saqlab turib, «sotsialistik jamiyat» imkoniyatlariga haddan tashqari urg‘u berildi, erkin bozor munosabatlaridan voz kechilib, sotsialistik iqgisodiyotning ekstensiv rivojlanish yo‘li tanlandi. Natijada xalq xo‘jaligi tarmoqlari ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruvi asosida biryoqlama rivojlantirildi, ma’naviy bo‘shliq yuzaga kelib, salbiy illatlar — ko‘zbo‘yamachilik, poraxo‘rlik kabilar avj oldi va jamiyat tanazzul yoqasiga kelib qoldi. Rejali iqtisodiyot «rejali taraqqiyot yo‘lidagi» jiddiy to‘siqqa aylandi.

Ma’lumki, sovet davlati siyosatida ham milliy masala uzilkesil hal qilinganligi, barcha xalqlar ixtiyoriy ravishda yagona teng huquqli oilaga birlashgani, milliy madaniyatlar va tillar rivoji o‘zining «yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilganligi» haqida ta’riflar berilsada, buning zamirida payqab olish qiyin bo‘lmagan murakkab va ziddiyatli maqsadlar yotgan. Chunonchi, respublikalarda ishlab chiqarish kuchlarini birtomonlama rinojlantirib, ularning Markazga qaramligini kuchaytirish ana shuiday niyatlardan bo‘lib, bundan ko‘zlangan maqsad respublikalar yagona umumittifoq xalq xo‘jalik majmuiga mahkam bog‘lab qo‘yish bo‘lgan edi. SSSRda kommunistik mafkuraning eng muhim maqsadi, — degan edi I. A. Karimov, — aholini baynalmilallashtirish hamda «markaz»ning «so­vet xalqi» degan o‘ziga xos sotsial birlikni shakllantirish g‘oyasini amalga oshirish chog‘ida barcha milliy xususiyatlar asosiy to‘siq hisoblangani sir emas edi1.

Sovet davlati milliy masalaga proletarcha ruhda yondashib, jamiyatni ezuvchi va eziluvchiga, boylar va kambag‘allarga ajratdi, milliy manfaatlarning va milliy muammolarning murakkab va xilmaxil ekanligini unutib, uning muttasil rivojlanib va chuqurlashib borishini e’tiborga olmadi, natijada tor milliy manfaatlar atrofida o‘ralashib qolish holatlari yuzaga keldi. Sovet dav­latining «sotsializm qurishning sharti» bo‘lgan milliy avtonomlashtirish siyosatiga qarshi chiqqanlar «xalq dushmanlari», deb e’tirof etildi. Shu tariqa «proletar internatsionalizmi» g‘oyasi yuzaga keldi. Sovet davlatining nazariy asoslari qurilayotgan vaqtda proletariat diktaturasining asoschisi V.Lenin chizib bergan yo‘ldan borildi. V. Lenin millatga tegishli har qanday jiddiy masalani milliylik jihatidan emas, balki sinfiylik jihatidan hal qilish kerakligini uqtirib, sotsialistik tuzumga xos bo‘lgan yakka partiyaning milliy imtiyozlarga qarshi siyosatini yoqlab chiqqan edi. Ushbu g‘oyalar majmuida qurilajak «sog‘lom kommunistik jamiyat» kishilari nafaqat o‘z fikri, tuyg‘usi bilan, balki kiyinish madaniyati bilan ham ajralib turishi lozim edi. XX asrning 60-yillariga kelib «rivojlangan sotsialistik jamiyat» qurish g‘oyasi ilgari surildi. 1959 yilda KPSS XXI syezdi ko‘tarinki ruhda «SSSRda sotsializmning tantana qilgan»ligini e’lon qildi» va u «sotsialistik millat»larning shakllanishi va ravnaq topishi bilan bog‘liq bo‘lib, go‘yoki taraqqiy ettirishning muhim yadrosi hisoblandi. Bu jamiyatda har bir millat va elat, ishchilar sinfi, kolxozchi dehqonlar va mehnatkash ziyolilar bir xil ijtimoiy tuzilishga eta bo‘lib, «sovet xalqi»ning vujudga kelishi esa bu jarayonlarning muhim belgisi edi. Ayni paytda sovet davlatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga «rivojlangan sotsializm»da yangi bir millatni yaratishga intilish, yani «sovet xalqi»ning shakllanishi haqidagi turli qarashlar qorishmasidan iborat bo‘lgan «sotsiali­stik millat», «sotsialistik jamiyat», «sotsialistik madaniyat», «sotsialistik hayot tarzi» kabi ko‘plab tushunchalar zo‘rma-zo‘rakilik bilan tiqishtirildi. Keyinchalik kishilarning yangi tarixiy birligi sifatida «yagona sovet xalqi» shakllanganligi KPSS XXIV syezdi rezolyutsiyasida belgilab berildi. «Bizda, degan edi KPSS MQ Bosh kotibi L.Brejnev 1974 yil 14 iyunda Moskva shahar Bau­man saylov okruti saylovchilari bilan uchrashuvida so‘zlagan nutqida, — odamlarning yangi tarixiy birligi — sovet xalqi tarkib topdi. Buning ma’nosi shuki, sovet kishilari hulqatvori, xarakteri, dunyoqarashining sotsial va milliy tafovutlarga tobe bo‘lmagan umumiy belgilari tobora ko‘proq saqlanadigan bo‘lib qoldi». «Sovet xalqi» haqida VKP XVIII syezdi rezolyutsiyasi matnida, shu syezd tasdiqlagan partiya Ustavining kirish qismida shunday deb uqtirildi: «Partiya ishchilar sinfining diktaturasini mustahkamlash uchun, sotsialistik tuzumni mustahkamlash va rivojlantirish uchun, kommunizm g‘alabasi uchun kurashda ishchilar sinfiga, dehqonlarga, ziyolilarga — butun sovet xalqiga rahbarlik qiladi».

Shuni alohida ta’kidlash joizki, sotsializmga xos bo‘lgan milliy masalaning mohiyatida sotsialistik mil­lat, elat va etnik guruhlarning har taraflama rivojlanib, tobora o‘zaro yaqinlashib, kelajakda barcha milliy ayirmalarni tutatish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni vujudga keltirish, eng avvalo sotsialistik kollektivlarni shakllantirish va partiya tomonidan ilmiy asosda ishlangan dasturni yaratish va amalga oshirish lozim bo‘lar edi48. Ana shunday jarayonda o‘zbek sotsialistik millati ham sotsiali­stik rivojlanish yo‘liga kirar va milliy sovet sotsialis­tik respublikalarini tashkil etardi. Bu o‘rinda «ko‘p jihatdan partiyaning mehnatkashlar orasida ideologiya sohasida olib borgan ishi muhim» bo‘lib, sovet davlatida «millatlar» ishchilar sinfi sonining oshishi va dehqonlar ularning atrofida birlashishi bilan xarakterlanardi. Biroq, ishchilar sinfi haqidagi qarashlar ko‘pincha hayotiy haqiqatga to‘g‘ri kelmas edi. Sovet davlatida shakllangan ishchilar sinfi dunyodagi global muammolardan yiroq, rivojlan­gan davlatlar ishlab chiqarishi tajribasidan bexabar bo‘lib, bu sovet jamiyatida asosiy to‘g‘ri yo‘l deya ta’kidlanardi1.

1989 yilda o‘tkazilgan butunittifoq aholi ro‘yxati ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 120 dan ortiq millat vakillari istiqomat qilgan. Respublika aholi­si 1979 yilda SSSR aholisining 5,9 foizini, 1989 yilda esa 6,9 foizini tashkil etgan. Shu yillar ichida RSFSR, Ukraina, Belorussiya aholisi o‘rta hisobda bir foizdan kamaygan56. Alohida ta’kidlash lozimki, aholining o‘sish sur’atlariga o‘zbek xonadonlaridagi urf-odat, an’analar, xalqimizning bolajonlik va ko‘p farzandlilik xususiyatlari ham ta’sir ko‘rsatgan.

Mahalliy millat yigitlarining Ros­siya, Ukraina, Belorus, Tatariston va boshqa o‘lkalarga borib harbiy xizmatdan oilali bo‘lib kelishlari ham bu jarayonga ta’sir etgan edi. 1989 yil aholi ro‘yxati ma’lumotlarida ko‘rsatilishicha, turli millat vakillariga mansub oilalar soni 1979 yildagi 233,7 mingdan 435,1 mingga yetgan yoki 186,2 foizga ko‘paygan va ularning sal­mog‘i respublikadagi jami oilalar miqdorida 10,9 fo­izdan 12,7 foizga yetgan. Aralash nikohli oilalar, ayniqsa, shaharlarda ko‘proq bo‘lgan. Tadqiqotchi M. Bo‘riyevaning ma’lumotlariga ko‘ra, bunday oilalar salmog‘i O‘zbekiston shahar oilalarining 20,1 foizini tashkil etsa, qishloq oilalarida bu ko‘rsatkich 6,5 foizni tash­kil etgan. Garchi bularning barchasi aholining milliy tarkibi o‘zgarishiga va asosan mahalliy millat vakillarining qishloqlarda joylashib qolishiga sabab bo‘lsada, demografik vaziyatni faqat bu bilan izohlab bo‘lmaydi. O‘zbekiston sanoati oddiga qo‘yilayotgan katta talablar, paxtachilikka ixtisoslashuv ham respublika sanoat tarkibining buzilishiga olib kelgan. Mintaqaviy bo‘linishga ko‘ra O‘zbe­kistonda ishlab chiqarishning «paxta sanoati kompleksi» atrofida birlashgani respublikada yangi shaharlarni, zavod, fabrikalarni tashkil etishni taqozo kilgan. Natijada sanoat asosiy potensialining 65 foizi Toshkent, Toshkent viloyati, Fargona vodiysiga to‘g‘ri kelgani holda bu korxonalarni ishchi kuchi bilan to‘ldirish maqsadida O‘zbekistonga yuborilgan mutaxassislar (1966 yil Toshkent zilzilasida shaharni tiklash uchun kelib, shu yerda qolib ketganlardan tashqari) sifatida mamlakatning markaziy rayonlaridan aholining ko‘chirib kel tirilshpi respublika shaharlarida boshqa millat vakillari qishloqlardagi nisbatan ko‘payib borishiga sabab bo‘ldi.

Respublika kishloq yerlarida esa «paxtachilikning ustasi» hisoblangan mahalliy aholining soni ortib bordi. Ko‘rinib turibdiki, aholining milliy tarkibi o‘zgarib, mahalliy mil­lat vakillari asosan kishlokdarda joylashib qolishi kuzatilardi. Natijada kishloq aholisining soni shahar aholisiga nis­batan oshib bordi.

1984 yil 23 iyunda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti XVI plenumi partiya milliy siyosatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi. Plenumda respublikada partiya, sovet, profsoyuz, komsomol, ma’muriy va xo‘jalik tashkilotlarida qat’iyatsizlik, sustkashlik, sotsialistik ulkni talon-toroj qilish, poraxo‘rlik, chayqovchilik, ko‘zbo‘yamachilik, qo‘shib yozish kabi holatlar mavjudligi ta’kidlandi. Plenumda ma’ruza qilgan O‘zbekiston Kompar­tiyasi MQ birinchi kotibi I. Usmonxo‘jayev iqtisodiy inqirozning sabablari «sotsialistik boshqaruv» ekanligini ochiq aytmadi, aksincha, u o‘zini gipnoz holatida bo‘lib, barcha qiyinchiliklardan bexabar qolgan kishidek tutdi va «respublikadagi iqtisodiy qiyinchiliklar O‘zbekistonga xos bo‘lgan xususiyat ekanligini, bunday vaziyatga ta’sir etishning asosiy yo‘li esa kadrlar bilan ishlash, ularning faoliyatidan «to‘g‘ri» foydalanishdan iboratligini, bu masalaga «sinfiy yondashish urush yillaridagidek zarurligini» ta’kidladi. I. Usmonxo‘jayevning kadrlarga nisbatan bunday munosabati O‘zbekiston Kompartiyasi MQ mafkura kotibi R. Q. Abdullayevaning ma’ruzasida ham yaqqol ko‘zga tashlandi. U sanoat korxo-nalari, kolxozlar, sovxozlar, boshqa tashkilotlarda rahbarlik lavozimida ishlayotganlarning 70—90 foizi bevosita «sinfiy kurashlar maktabini o‘tamagan» kishilar ekanligini ta’kidlab, respublika ijtimoiy, iqtisodiy hayotidagi barcha o‘pirilishlar mahalliy rahbarlarning aybi bilan yuzaga keldi, degan fikrga tayandi. O‘zbekistonga RSFSR va mamlakatning boshqa respublikalaridan rahbar kadrlarni yuborish to‘g‘risidagi taklif bilan chiqdi.

O‘zbekiston KP MQ XVI plenumidan so‘ng respublikadagi «vaziyatni izga solish» maqsadida mas’ul lavozimlarga rusiy zabon millat vakillari tayinlana boshladi. Shu yillarda O‘zbekistonga avvalgi lavozimida ishlab turgan vaqtida biror marta ham o‘zini ko‘rsatmagan, o‘z ishining ustasi bo‘lmagan kadrlar yuborila boshlagan. Ular respublikaga kelgan vaqtdan boshlab mahalliy aholi tili, urf-odatlarini bilmasalarda, katta maosh to‘lanadigan yuqori lavozimlarga tayinlana boshlagan. Dala hovli, kvartiralar ularga navbatsiz berilgan. Ayni paytda 1983-1985 yillar oralig‘ida O‘zbekistonda 58.000 kishi ishlab turgan lavozimidan olib tashlandi.

Mazkur holatlarga O‘zbekiston KP MQXX1 syezdida I. Usmonxo‘jayev baho berar ekan, shunday degan edi: «Respublikadagi haqiqiy ishlarning ahvolini ochish uchun O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining dadilligi va kuchi yetmadi. Faqat KPSS Markaziy Komiteti­ning aralashuvi va yordami tufayligina shunday qilishga muvaffaq bo‘lindi».

Kommunistik mafkura o‘z hukmronligini ta’minlab borishida madaniy ishlar ham ayniqsa muhim bo‘lgan. Hukmron mafkura mahalliy ma’naviy-madaniy merosning tarbiyaviy ahamiyatini e’tiborga olmas edi. Davlat tomonidan qabul qilingan qator qaror va rejalar ham vaziyatni tushunmay, real imkoniyatlarni hisobga olmagan holda qabul qilinganligi uchun o‘zbek ma’naviy madaniyatida amalga oshirilgan ishlar ham o‘ziga xos yo‘nalishdan bordi. «Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» degan tushuncha asosida adabiyot, san’at, qo‘shiqchilik, rassomchilik, haykaltaroshlik ham siyosiylashtirildi. Xususan, KPSS MQning XXIV syezdidan so‘ng «Adabiy-badiiy tanqidchilik to‘g‘risida»gi, «Sovet kinematografiyasini yanada riiojlantirish tadbirlari to‘g‘risida»gi kabi qarorlar ham sovet badiiy madaniyatini rivojlantirish masalalariga qaratilgan edi. Bu qarorlardan kelib chiqqan holda «yaratishstgan asarlarning markazida vatanparvar va bunyodkor, kommunizm bunyodkori bo‘lgan sovet kishisining obrazi aks etishi lozim» edi. Natijada o‘zbek ma’naviy madani­yatida amalga oshirilgan ishlar ham o‘ziga xos yo‘nalishdan bordi. Adabiyot, san’at, qo‘shiqchilik, rassomchilik, haykaltaroshlik siyosiylashgan madaniy yo‘lga moslashdi1.

Ayni paytda ta’limda, madaniyatda kommunistik g‘oyalar ustunlik qilib, umumsovet madaniyatining me’yor va mezonlari keng targ‘ib etilgani sababli bu davrda o‘zbek madaniyati rivoji faqat tanazzullar va tushkunliklardan iborat bo‘ldi, deyish ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Madaniyat va san’at arboblari ijodidagi o‘zgarishlar jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar bilan birgalikda davom etdi. Teatr, rassomchilik, qo‘shiqchilik, xususan, milliy qo‘shiqchilik, ayniqsa maqom yo‘llarida ijod qiluvchi ko‘plab iste’dodli xonandalar yetishib chiqdi. O‘sha yillarda adabiyot maydoniga kirib kelgan iqtidorli ijodkorlar asarlarida nisbatan erkin fikrlar, yutuq va kam­chiliklarni ko‘rsatib beruvchi ijodiy g‘oyalar paydo bo‘ldi. Xususan, A. Muxtorning «Ildizlar», P. Qodirovning «Olmos kamar», O‘. Umarbekovning «Bo‘ribosar», Sh. Xolmirzayevning «Tabassum», «Kimsasiz hovli», M. Muhammad Do‘stning «Iste’fo», T. Murodning «Oydinda yurgan odamlar» kabi asarlarida, qisman bo‘lsada, davr mafkurasidan xoli bo‘lishga, jamiyatdagi ba’zi kamchiliklarni ochib tashlashga, milliy qadriyatlar qirralarini ko‘rsatishga harakat qilindi. X. G‘ulom «Qoradaryo» romanida XX asr 80 yillarining o‘rtalariga kelib jamiyatda yuzaga kelgan turli salbiy holatlarni Kampirravot darasidagi ulkan suv inshooti qurilishi misolida ko‘rsatib berdi. Mazkur asar o‘sha yillarda sovet mafkurasi bilan, O‘zbekiston SSR MQ XVI plenumidan so‘ng yuzaga kelgan vaziyat bi­lan bog‘liq, deb tahlil etilgan bo‘lsada, lekin bu hol kishilarda jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga munosabat shakllanayotgani, hayotga yangicha qarash, inson omili degan tushunchalar birinchi navbatda turishi lozimligi anglab kelinayotganligidan dalolat berar edi.

Tahlil etilayotgan yillarda E. Eshmuhamedov va kino­dramaturg O. Agishevning «Dahoning yoshligi» filmi SSSR Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Q. Kamalovaning «Achchiq danak» filmi xalqaro Moskva kinofestivalida sovrin bilan taqsirlandi. D. Salimovning «Leningradliklar jigarbandlarim mening», A. Qobulovning «Bo‘ysunmas», R. Botirovning «Leytenant Nekrasovning xatosi», M. Abzalovning «Suyunchi», «Kelinlar qo‘zg‘oloni», A. Xamroyevning «Vodillik kelin», L. Fayziyevning hind kinochilari bilan hamkorlikda ishlagan «Sevgi afsonasi» kabi filmlari suratga olindi. Biroq bu erkin harakatlarga yanada keng o‘rin berish o‘rniga studiyalarda belgilangan rejani bajarish holatlari yuqori edi. Masalan, SSSR Kinematografiya Davlat Komitetining O‘rta Osiyo bo‘yicha muharriri I. Razdorskiy va A. Medvedevlar o‘zbek xalqining boy madaniy turmushi, qolaversa, ichki dunyosini tushunmagan holda markaziy studiyalar qabul qilmagan o‘rtamiyona va bo‘sh ssenariylarni «O‘zbekfilm»ga muntazam jo‘natib turdilar. Natijada N. Rojkov, A. Makarov, B. Saakov, A. Galiyev, Y. Filippov kabi bir qator kinodramaturglarning mahalliy xalq ma’naviyati va qadriyatlariga yot bo‘lgan jo‘n ssenariylariga keng o‘rin berildi.

Mazkur oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida har yili o‘rta hisobda yuz mingdan ortiq mutaxassis tayyorlangan. 1984 yilga kelib O‘zbekistonda 1 million 300 ming na­far oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar bo‘lgani holda, ularning anchagina qismi o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishlamadi. Sirtqi o‘quv tizimida chuqur bilimga intilishdan ko‘ra diplom olish uchun harakatlar kuchayib ketdi. Masalan, 1982 yili O‘zbekiston SSR Xalq Nazorat Qo‘mitasi va Respublika Prokuraturasi o‘tkazgan tekshiruvlardan ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyatidagi 251 hunar-texnika bilim yurtini bitirib chiqqan 117 nafar mutaxassis viloyatning Chiroqchi tumanidagi Moskva sovxozi va Oxunboboyev nomli kolxozlariga yuborilgan. Lekin ularning atigi 6 nafari o‘z sohasi bo‘yicha ishlagan, 73 nafari esa tayinlangan joyiga ishga kelmagan. Bunday ahvol sanoat shaharlarida ham mavjud bo‘lgan. O‘zbekiston SSR yengil sanoatining o‘zida dastgohlar va mashinalarga xizmat ko‘rsatishning tarmoqdagi normalarini o‘zlashtirish katta shaharlardagi yirik kombinatlarnikiga nisbatan ko‘p kuch talab qilgani holda, bu sohada ham master yordamchilari, elektriklar, santexniklar yetishmagan.

Butun mamlakatda kuchayib kelayotgan milliy munosa­batlar muammolariga KPSS MQning 1988 yil 28 iyun1 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan XIX partiya konferensiyasida munosabat bildirildi. Konferensiya rezolyutsiyasida «Mamlakatda milliy egoizm, boqimandalik, mahalliychilik kayfiyatlari kuchayib borgani, milliy munosabatlardagi ziddiyatlar allaqachon paydo bo‘lgan bo‘lsa ham yashirib kelindi va natijada ko‘p yillar davomida milliy masalani hal etishga qaratilgan tadbirlar haddan tashqari bo‘rttirib ko‘rsatildi, milliy munosabatlar borasida hech qanday jiddiy muammo yo‘q, degan fikr ilgari surildi. Ayrim respublikalar, avtonom hududlar, milliy guruhlarning ijtimoiy, madaniy taraqqiyoti bilan bog‘­liq bo‘lgan masalalarga e’tibor berilmadi. Bu esa omma­ning noroziliklariga sabab bo‘lib, milliy ixtiloflarni keltirib chiqardi»86, deya alohida ta’kidlandi.


Download 196,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish