Mavzu: O‘zbekistonda milliy siyosat (XX asr 80-yillar misolida)


Milliy tillar masalasi va uning mohiyati



Download 196,5 Kb.
bet8/16
Sana11.01.2022
Hajmi196,5 Kb.
#346615
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
O‘zbekistonda milliy

1.3. Milliy tillar masalasi va uning mohiyati
O‘zbekistonning kelajakdagi poydevori hozirgi kunda davlat mustaqilligini ta’minlovchi ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy jarayonlarning qay darajada rivojlanishi va uning xalq ongiga singib borishi bilan bevosita bog‘liqdir. Ayni paytda mafkura sohasidagi vazifalar qatoriga ma’naviy qadriyat va an’analarni tiklash bilan bir vaqtda o‘zbek tilining davlat maqomi sifatidagi o‘rnini yanada kuchaytirish ham kiradi. Zero, o‘zbek tili xalq ma’naviyatining asosiy zaminidir.

1980-yillarning ikkinchi yarmida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi mustaqillik sari yo‘lning dastlabki yutuqlaridan biri edi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilib, qonun bilan mustahkamlanganidan so‘ng respublikada ishlab chiqilgan Davlat dasturi asosida hukumat til komissiyasi tashkil etildi hamda uning a’zolari barcha korxona va tashkilotlarga biriktirib qo‘yildi. Ular davlat tilining qay darajada amalga oshirilishini nazorat qilib, vaqtivaqti bilan komissiya majlislarida hisobot berib turdilar.

Til masalasi KPSS dasturlari, syezd qarorlarida ham o‘z aksini topgan edi. Masalan, KPSS XXII syezdida «yagona sovet xalqi» yuzaga kelishi xususidagi konsepsiya ilgari surilgan bo‘lib, shubhasiz, bu yagona xalqning muomala vositasi rus tili bo‘lgan edi140. Anjumanlarda belgilangan vazifalarga ko‘ra rus tilini maktablarda o‘qitish kuchaytirilgan, «rus tili — ikkinchi ona tili» kabi shiorlar ilgari surilgan, «millatlar va elatlarning ulug‘ tarixiy baxti, butun jahon diqqatini o‘ziga tortgan rus tili umumiy fikr almashish vositasiga aylangandi», rus tili «butunittifoq til» sifatida SSSR xalqlarini birlashtiruvchi kuchga aylanib bo‘lgan edi1.

XX asrning 50—60 yillaridan boshlab o‘zbek tili davlat idoralarida, yig‘ilish va majlislarda muomaladan deyarli chiqib ketdi. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida esa uning mavqei ancha tushdi. O‘zbek tilida chop etiladigan darsliklar, o‘zbek va sovet adabiyoti namoyandalari, hatto Navoiy asarlarining nusxasi tobora kamayib bordi. Muassasa va korxonalarda mahalliy aholi aksariyat ko‘pchilikni tashkil etgani holda turli doiradagi yig‘ilish va majlislar faqat rus tilida o‘tkaziladigan bo‘ddi. Milliy kadrlarning ma’lum qismi esa, ba’zi sabablarga ko‘ra, ona tilida yozish va so‘zlashdan mahrum edilar. O‘zbek tiliga bo‘lgan e’tiborsizlik shu darajaga borib yetgan ediki, hatto poytaxtdagi Madaniyat instituta hamda Teatr va rassomchilik institutidagi O‘zbek tili kafedralari ham tugatilib, ba’zi oliy o‘quv yurtlaridagi O‘zbek tili kafedralari «O‘zbek tili kafedrasi» deb atalmay, «Tillar klfedrasi» deb yuritila boshlandi. Mahalliy ziyolilarni pirlashtiruvchi ijodiy uyushmalarda ham ish asosan rus I ilida olib borilar edi. O‘zbek tilida kitoblar chop etish mushkul ahvolga tushib qolgandi, Respublika fani markazi bo‘lmish Fanlar Akademiyasida ham ilmiy asarlar asosan rus tilida chop etilardi. Masalan, O‘zbekiston SSR FA Tarix institutida tayyorlangan ilmiy asarlarning 80 foizi rus tilida, 16 foizi xorijiy tillarda, 4 foizi esa o‘zbek tilida nashr etildi.

1983 yil 20 mayda Samarqandda rus tilini o‘rganishga bag‘ishlangan respublika ilmiyamaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda respublika o‘quv yurtlarida rus tilini o‘rgatishni takomillashtirish, buning uchun maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab, hunar-texnika bilim yurtlari, harbiy xizmat yoshiga yetmagan va harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar o‘rtasida bu ishlarni yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi. Umuman, anjumanda rus tili «insoniyat tarixida odamlarning yangi birligi — sovet xalqi birligini mustahkamlovchi qudratli kuchlardan biri ekanligi ta’kidlandi». Buning uchun rus tilini tashviqot qilpshda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish masalalariga e’tibor qaratish lozimligiga urg‘u berildi. Mazkur sohadagi xatoliklar eng avvalo ijtimoiy hayotda o‘zbek tilidan foydalanishning astasekin torayib borishi bilan izohlanardi. Sovet davlati milliy siyosatida tilga bunday munosabat milliy madaniyatlar rivojlanishi yo‘lidagi jiddiy to‘siklardan biri edi.

Shuni ta’kidlash lozimki, respublikada yillar davomida istiqomat qilib kelgan turli millat vakillari O‘zbek o‘z aksini topgan edi. Masalan, KPSS XXII syezdida «yagona sovet xalqi» yuzaga kelishi xususidagi konsepsiya ilgari surilgan bo‘lib, shubhasiz, bu yagona xalqning muomala vositasi rus tili bo‘lgan edi. Anjumanlarda belgilangan vazifalarga ko‘ra rus tilini maktablarda o‘qitish kuchaytirilgan, «rus tili — ikkinchi ona tili» kabi shiorlar ilgari surilgan, «millatlar va elatlarning ulug‘ tarixiy baxti, butun jahon diqqatini o‘ziga tortgan rus tili umumiy fikr almashish vositasiga aylangandi», rus tili «butunittifoq til» sifatida SSSR xalqlarini birlashtiruvchi kuchga aylanib bo‘lgan edi.

XX asrning 50—60yillaridan boshlab o‘zbek tili davlat idoralarida, yig‘ilish va majlislarda muomaladan deyarli chiqib ketdi. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida esa uning mavqei ancha tushdi. O‘zbek tilida chop etiladigan darsliklar, o‘zbek va sovet adabiyoti namoyandalari, hatto Navoiy asarlarining nusxasi tobora kamayib bordi. Muassasa va korxonalarda mahalliy aholi aksariyat ko‘pchilikni tashkil etgani holda turli doiradagi yig‘ilish va majlislar faqat rus tilida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Mil­liy kadrlarning ma’lum qismi esa, ba’zi sabablarga ko‘ra, ona tilida yozish va so‘zlashdan mahrum edilar. O‘zbek tiliga bo‘lgan e’tiborsizlik shu darajaga borib yetgan ediki, hatto poytaxtdagi Madaniyat instituta hamda Teatr va rassomchilik institutidagi O‘zbek tili kafedralari ham tugatilib, ba’zi oliy o‘quv yurtlaridagi O‘zbek tili kafedralari «O‘zbek tili kafedrasi» deb atalmay, «Tillar kafedrasi» deb yuritila boshlandi. Mahalliy ziyolilarni iirlashtiruvchi ijodiy uyushmalarda ham ish asosan rus tilida olib borilar edi. O‘zbek tilida kitoblar chop etish mushkul ahvolga tushib qolgandi, Respublika fani mar­ka sh bo‘lmish Fanlar Akademiyasida ham ilmiy asarlar asosan rus tilida chop etilardi. Masalan, O‘zbekiston SSR FA Tarix institutida tayyorlangan ilmiy asarlarning 80 foizi rus tilida, 16 foizi xorijiy tillarda, 4 foizi esa o‘zbek tilida nashr etildi.

1983 yil 20 mayda Samarqandda rus tilini o‘rganishga bag‘ishlangan respublika ilmiyamaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda respublika o‘quv yurtlarida rus tilini o‘rgatishni takomillashtirish, buning uchun maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab, hunar-texnika bilim yurtlari, harbiy xizmat yoshiga yetmagan va harbiy xizmatga chakirilgan yoshlar o‘rtasida bu ishlarni yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi. Umuman, anjumanda rus tili «insoniyat tarixida odamlarning yangi birligi — sovet xalqi birligini mustahkamlovchi qudratli kuchlardan biri ekanligi145 ta’kidlandi». Buning uchun rus tilini tashviqot qilishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish masalalariga e’tibor qaratish lozimligiga urg‘u berildi. Mazkur sohadagi xatoliklar eng avvalo ijtimoiy hayotda o‘zbek tilidan foydalanishning astasekin torayib borishi bilan izohlanardi. Sovet davlati milliy siyosatida tilga bunday munosabat milliy madaniyatlar rivojlanishi yo‘lidagi jiddiy to‘siqlardan biri edi1.

Shuni ta’kidlash lozimki, respublikada yillar davomida istiqomat qilib kelgan turli millat vakillari O‘zbek tiliga o‘zgacha hurmat bilan qaraganlar. O‘zbek tili barcha turkiy tillar bilan umumiy negizga ega bo‘lganligi sababli, ularni O‘zbekistonda istiqomat qilib kelgan qozoqlar, qirg‘izlar, qoraqalpokdar, tatarlar, turkmanlar yaxshi tushungan. Shu bilan birga tojiklar va Buxoro yahudiylari orasida ham bu tilni bilmaydiganlar kam bo‘lgan. O‘zbekis­tonda necha yillar davomida istiqomat qilib kelgan koreyslar, armani, ruslarning ma’lum qismi ham mahalliy aholi bilan yaqinlashib, hurmat yuzasidan o‘zbek tilini o‘rganishga harakat qilganlar. Ayniqsa, qishloq joylarda yashagan slavyan millatiga mansub kishilar orasida ham o‘zbek tilini yaxshi bilib, elyurt hurmatiga sazovor bo‘lganlar ko‘p edi. 1959 yilgi butunittifoq aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlarida ko‘rsatilishicha, O‘zbekistonda istiqomat qiladigan turkmanlardan 166,6 ming nafar, qozoqlardan 263,4 ming nafar, qirg‘izlardan 298,6 ming nafar, uyg‘urlardan 347,0 ming nafar, tojiklardan 690,7 ming nafar kishi o‘zbek tilini yaxshi bilganlar. 1989 yil ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yashab, o‘zbek tilida erkin muloqot qiladigan qozoqlar 11,8 foizni, uyg‘urlar 20,4 foizni, turkmanlar 22,8 foizni, qirg‘izlar 30,7 foizni, to­jiklar 36,6 foizni tashkil etgan.

Demak, yuqoridagi dalillarni e’tiborga olsak, 1980-yillarning oxirida O‘zbekistonda yashovchi aholining deyarli 90 foizi o‘zbek tilida gapirish va bu tilni tushunish imkoniga ega bo‘lgan. Lekin o‘zbek tilini o‘rganishga ehtiyojning kamligi ayniqsa markaziy shaharlarda uni o‘rganuvchilar sonining keskin kamayishi sabablaridan biri edi.

Barcha viloyatlarda yashovchi ruslar o‘rtasida ham mahal­liy tillarni bilganlar soni nisbatan kam bo‘lgan. Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida yashovchi ruslar orasida faqat ona tilida so‘zlasha oladiganlar ularning 99,8—99,9 foizini tashkil etgan148. Shu o‘rinda Farg‘ona viloyatida istiqomat qilgan L Xodyakovaning fikrlarini keltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Maqolada, jumladan, shunday deyiladi: «O‘zbeklar ruscha gapirishadi, bizga o‘zbekcha gapirishning hojati bormikan», deyuvchilar ham topiladi. Biroq, ikki xalq birbirini yaxshiroq tushunishida eng yaqin yo‘l, bu ularning tilini o‘rganish demakdir. Xozirgi vaqtda Farg‘onada yashayotgan yevropaliklarning ko‘pchiligida o‘zbek tilini o‘rganishga ishtiyoq katta. Ular orasi da yoshlar ham, pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlar ham bor. Kurslarda shug‘ullanayotganlar o‘zlari uchun ajoyib kashfiyotlar qilishmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, rus tilida turkiy so‘zlar juda kup, o‘zbek tili esa yaxshi o‘zlashtirib olinadigan boy, ohangdor til ekan. Bu tilni bilish qozoq, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq va boshqa turkiy tillarga mansub xalqlar bilan gaplashish imkonini berar ekan. Axir hozir mamlakatning kattagina qismida xuddi mana shu tillarda gapiruvchi xalqlar yashaydida».

1980-yillarning o‘rtalaridan boshlab mamlakat hayotida qisman demokratlashuv, milliy tillarning qadrqimmati, jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini oshirish uchun harakat barcha milliy, ijtimoiy-siyosiy harakatlardan o‘rin olgan asosiy g‘oyalardan biriga aylandi. Millatlararo munosabatlarning boshqa ko‘plab muammolari singari mamlakatda milliy tillar faoliyat ko‘rsatishi va o‘zaro munosabatlari masalasi alohida ajralib chiqsi. Buning oqibati o‘laroq, til siyosati masalalari o‘tkir munozara tusini oldi.

Sovetlar mamlakatida milliy tillarga bo‘lgan munosabat masalasini chuqur o‘rgangan R. B. Xensi o‘zining 1984 yilda Londonda chop etilgan «Kuchayib borayotgan ikki tillilik va uning sovet musulmonlariga ta’siri» nomli maqolasida bu muammoni rus bo‘lmagan xalqdarning mil­liy ongi o‘sishi bilan bog‘lab tahlil etgandi. Uning fikriga ko‘ra, «sovet davlati boshqa xalqlarni siyosiy va madaniy jihatdan ruslashtirish siyosatini olib bordi. Mil­liy ong va e’tiqodiy birlik tuyg‘usi kuchayib borayotgan sharoitda bu yo‘l istiqbolsizdir. Sovet davlati milliy madaniyatlarga nisbatan kamsitish siyosatini olib borayotgan sharoitda rus bo‘lmagan xalqlar o‘z tili, madaniyatini ko‘proq qadrlash yo‘liga o‘tib olmoqdalar. Ular rus tilini bilishi, uni ikkinchi til sifatida e’tirof etishi rus­lashtirish siyosatining oqibatidir. Kup millatli mamla­katda yashaydigan xalqlarni yaqinlashtiruvchi ikkinchi umumiy til albatta bo‘lishi kerak. O‘rta Osiyoda ikkinchi tilni ko‘p hollarda o‘zbek tili o‘ynamoqsa. Ikki tilni bilish ruslashtirish siyosatining g‘alabasi emas. Rus ti­lini bilgan boshqa millatlarga mansub kishilarda mil­liy ong o‘sishi bilan o‘z tiliga hurmat ham ortib boradi». Uning fikricha, rus tilining o‘rni jamiyatda saqlanib qolishi, «haddan tashqari markazlashgan iqtisodiy hayot, murakkab ta’lim tizimi va ommaviy kommunikatsiya vositalari boshqa barcha mamlakatlardagiga nisbatan ko‘p sonli armiyaning mavjudliti bilan ham belgilangan»150. Shunday bo‘lsada, «SSSRda ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy tazyiq rus tilini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlarni kuchaytirdi. Biroq rus tili xalqning bilimi, ongi, ma’lumoti ortishi, harakat va faoliyat doirasi kengayib borishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli rus tilini bil­gan musulmon xalqlarida aksariyat o‘z ona tiliga ham e’tiqod va hurmat to‘la saqlanib qolgan edi». Demak, bu harakatlar milliy ong o‘sishi imkoniyatlarini kengaytirgan asosiy omillardan biri bo‘lib qoldi. Respublikalarda bu masala bo‘yicha harakatlar ancha kengayib bordi.

O‘zbek tiliga e’tibor masalasi 1988 yil 22—25 noyabr kunlari Toshkentda SSSR FA Til va adabiyot bo‘limi byurosining «Ko‘pmillatli sovet madaniyatida ikki tillilik va ko‘p tillilik» muammolariga bag‘ishlangan butu nittifoq ko‘chma majlisida ham ko‘rildi. Ushbu anjumanda ma’ruza qilgan O‘zSSR FA Til va adabiyot instituta ning direktori, prof. B. Nazarov o‘zbek tilini o‘qitishning saviyasi nihoyatda pastligini ta’kidlab, shunday degan edi: «Ko‘pincha oliy o‘quv yurtlarida, hattoki bo‘lajak o‘zbek aktyorlari, san’atkorlari va yuqori malakali madaniyat xodimlari saboq oladigan Teatr va rassomchilik san’ati va Madaniyat institutlarida ham o‘zbek tili kafedrasi tugatilishini qanday baholash mumkin?»152 Mazkur yig‘ilishda notiq O‘zbekistonda o‘zbek tilini Davlat tili sifatida qonunlashtirishni ham taklif etgan edi153. 1989 yili KPSS MQning «Partiyaning hozirgi sharoitdagi milliy siyosati» platformasida «milliy tillar va milliy madaniyatlar muammosini birgaliqda qo‘shib hal etish alohida ahamiyat kasb etishi» va bu «zamonaviy siyosat» darajasiga ko‘tarilishi lozimligi ham ta’kidlangan, mamlakatda milliyrus, rusmilliy til muomalasini rivojlantirish har jihatdan maqsadga muvofiq deb ko‘rsatilgan bo‘lib, biroq «rus tilini butun mamlakat hududida foydalaniladigan va respublikalarning dav­lat tillari bilan teng huquqli asosda ishlatiladigan umumdavlat tili sifatida qonun bilan mustahkamlab qo‘yish» ham bu harakat dasturida belgilab qo‘yilgandi. Unda tillarning tengligi, ularning birdek rivojlanishi uchun sharoit yaratish masalasi hali adolatli shaklda o‘rtaga qo‘yilmaganligi namoyon bo‘lgandi.

Shuni ta’kidlash lozimki, bu yillarda o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish uchun olib borilgan harakatlarga nisbatan qarshiliklar, o‘sha davrdagi respubli­ka rahbarlarining yetilib kelgan muammolarni hal etishga qodir bo‘lmaganligi, markaz siyosati oldida ijrochi bo‘lib gurganliklari, mafkuraviy qobiqdan chiqa olmaganliklari demokratik harakatlarning kuchayishi uchun katta to‘siqedi. Shunga qaramasdan, 1989 yili O‘zbekiston SSR Kompartiyasi MQ ideologiya bo‘limida til muammolarini o‘rganish bo‘yicha 24 kishidan iborat ishchi guruhi tuzildi. Komissiya tarkibiga ziyolilar bilan birga respublikada istiqomat qilayotgan boshqa millat vakillari ham kiritildi. Komissiyaning dastlabki faoliyati o‘zbek tiliga davlat maqomini berishga emas, balki respublikada tillar muammosini o‘rganish, o‘zbek tilining jami­yatdagi mavqeini ko‘tarish masalalarini belgilashga qaratilgan edi. Ishchi guruhi esa o‘z faoliyatining dastlabki davridanoq o‘zbek tiliga davlat maqomini berish, O‘zbe­kistonda istiqomat qiluvchi turli millatlar tillarini erkin rivojlantirish, ulardan foydalanish uchun shartsharoit yaratish masalalariga e’tibor qaratdi. O‘zbek tili­ga davlat maqomini berish loyihasi O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1989 tgil fevral oyida bo‘lib o‘tgan majlisida ko‘rib chiqildi. Shu yili O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1989 yil 19 may qarori bilan «O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Tillar to‘g‘risidagi qonuni» loyihasi e’lon qilindi. Shu vaqtda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti qoshida doimiy ko missiyalar ham tashkil etilgan bo‘lib, ular qonun loyihasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab bu xususda bildirilgan fikr-mulohazalarni to‘plash, uni o‘rganish bilan shug‘ullana boshladilar. Olingan ma’lumotlardan xulosa qilib ta’kidlash lozimki, tillar haqidagi loyiha borasida bildirilgan eng muhim fikrlarning o‘zi turli qarash va oqimlarni yuzaga keltirgan edi1.

Birinchi oqimdagilar o‘zbek tiliga davlat maqomi berilishi haqida fikr bildirdilar. Shuningdek, davlat maqomi berilishini faqat ushbu qonunda emas, balki O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasida ham mustahkamlash, unga «O‘zbekistonda o‘zbek tili davlat tilidir» degan maxsus yangi modda kiritilishi, respublikada yashovchi boshqa millat va elat vakillarining tillari to‘g‘risidagi huquqiy kafolatlar maxsus bir modda bilan aniq ifodalab berilishi lozimligi haqidagi fikrlar bildirildi.

Ikkinchi oqimdagilar o‘zbek tili va rus tiliga birdaniga davlat maqomi berilishini talab qildilar. Respub­lika hududida ikki va undan ko‘proq tilni davlat tilla­ri deb belgilash to‘g‘risidagi takliflar qo‘llabquvvatlanmasada, lekin muhokama va munozaralarda ishtirok etganlarning 0,3 foizi o‘zbek va rus tillariga davlat maqomini berish haqidagi takliflarni quvvatladi.

Uchinchi oqimdagilar hech qanday tilga davlat maqomi berilmasin va har bir til o‘z yo‘nalishida rivojlanaversin, degan fikrni o‘rtaga tashladilar. Ba’zi maqolalarda esa o‘zbek tiliga davlat maqomi berilishiga keskin qarshi fikrlar bildirildi.

Diqqatga sazovor tomoni shundaki, deyarli barcha vaqtli matbuot sahifalarida Tillar to‘g‘risidagi Qonun loyihasining o‘ta mas’uliyatsizlik bilan tayyerlanganligi ta’kidlangan, loyihani tayyorlovchi komissiya a’zolari, til muammolarini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi ishchi guruhi a’zolari keskin tanqid ostiga olingandi. Loyiha matbuotda e’lon qilinishi bilan yangi qonun qanday atalishi haqidagi masala ham katta munozaralarga sabab bo‘ldi. Munozaralarda ishtirok etganlarning fikricha, loyiha «O‘zSSRning tillar to‘g‘risidagi qonuni» emas, balki «O‘zSSRning o‘zbek tili to‘g‘risidagi qonuni» deb atalishi lozim edi164. Loyihani «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risidagi qonuni», «O‘zbekiston Respubli­kasining til haqidagi qonuni», «O‘zbekiston Respubli­kasining o‘zbek tilini rivojlantirish haqidagi qonu­ni», «O‘zbek tiliga davlat maqomini berish to‘g‘risida O‘zbe­kiston Respublikasining qonuni», «O‘zbekiston Respub­likasining o‘zbek tili va yozuvi to‘g‘risidagi qonuni» deb atash haqidagi turli takliflar kiritilgan. «O‘zbekiston SSRning til to‘g‘risidagi qonuni» deb atashni talab qilganlar 0,2 foizni, «O‘zbekiston SSR territoriyasida tillarning amal qilishi to‘g‘risidagi qonun» deb ataganlar 0,3 foizni, «O‘zbekiston SSRning o‘zbek tili va yozuvi haqidagi qonuni» deb nomlash haqida tushgan takliflar 0,4 foizni tashkil etdi. Lekin takliflarning asosiy ko‘pchiligida, ya’ni 99,2 foizida «O‘zbekiston SSRning davlat tili haqidagi qonuni» deb atash taklif etilgandi. Qonunni «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risidagi qonuni» yoki «O‘zbekiston Respublikasining o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish to‘g‘risidagi qonuni» deb atash haqida ham ko‘p takliflar tushdi.

Bunday holatlar ittifoqsosh respublikalarda ham kuchaygandi. Avtonom respublikalar, milliy territorial hududlar xalqlari ham ilmiymadaniy, ijtimoiy-siyosiy hayotda o‘z ahamiyatini deyarli yo‘qotgan ona tillarini himoya qilish uchun kurashish yo‘liga o‘tib oldilar.

KPSS MK byurosi 1989 yil noyabr oyidagi plenumii,| milliy tillar taqdiri masalasini ko‘rib chiqdi. Shu mili 15—16 noyabrda SSSR Oliy Soveti Ittifoq Soveti il Millatlar Sovetining qo‘shma majlisida «Tillar haqidagi yangi qonun» loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Bu mlsala bo‘yicha SSSR Oliy Sovetining millatlar soveti qoshidagi madaniyat, til, milliy va baynalmilal an’apllar, tarixiy yodgorliklarni saqlash komissiyasi raisi, deputat Ch. Aytmatov ma’ruza qildi. U ma’ruzasining boshidanoq xalqlar do‘stligi haqidagi balandparvoz so‘zlar I l’siri ostida qolib, milliy munosabatlar borasida keskinlashgan ziddiyatlarni e’tibordan chetda qoldirish aslo mumkin emasligini ko‘rsatdi. Ch. Aytmatov milliy tillar muammosiga e’tibor berish katta ahamiyatga ega ekani haqida to‘xtab, «Biz, uzoq yillar davomida chetlab o‘tish mumkin bo‘lmagan muhim masalaga e’tibor bermay keldik. Ko‘p yaxshi maqsadlarni hayotda amalga oshirish yo‘llarini o‘ylamay quruq deklaratsiya sifatida kun tartibiga qo‘ydik. Biz ko‘p millatlar dan tashkil topgan ulkan, ko‘p millatli mamlakatda yashamoqdamiz. Til masalasi davlat va par­lament e’tibor berishi kerak bo‘lgan eng muhim masalalardandir».

XX asrning 80-yillaridagi eng muhim o‘zgarishlardan biri o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi bo‘ldi. Bu davr mobaynida respublika rahbariyati nomiga davlat tili masalasida fikrmulohazalar bildirilgan jami to‘rt mingga yaqin maktub kelib tushgan, bu xatlarga jami 150 mingdan ortiq kishi imzo chekkan edi168. Ayni paytda O‘zbekistonning yangi saylangan, I. Karimov boshchiligidagi rahbariyati davlat tili masalasidagi muhokamalarda faol ishtirok etdi. Tillar masalasini o‘rganib chiquvchi komissiyaga ishlash uchun har tomonlama sharoit yaratib berildi. Komissiya esa milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda bu takliflarni o‘rganib chikdi va tezda qonun loyihasining yangi uch varianti yuzaga keldi. Bular komissiya loyihasi, yozuvchilar uyushmasi tuzgan loyiha, norasmiy tashkilotlar vakillari tuzgan loyihalardan iborat edi. Barcha loyihalar ochiq, xolis muhokama etildi va ularni o‘rganish, umumlashtirish asosida yangi loyiha tayyorlanib, u 1989 yil 11 oktabr kuni matbuotda e’lon qilindi. Ushbu loyiha O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida muhokama etilib, unda «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi qonuni» qabul qilindi. Ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek tilining hayotda amal qilishi va rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yuzaga keldi.




Download 196,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish