Mavzu: O‘zbekistonda milliy siyosat (XX asr 80-yillar misolida)


O‘zbekiston ma’naviy hayotida milliy urf-odat va diniy qadriyatlarga munosabat



Download 196,5 Kb.
bet7/16
Sana11.01.2022
Hajmi196,5 Kb.
#346615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
O‘zbekistonda milliy

1.2. O‘zbekiston ma’naviy hayotida milliy urf-odat va diniy qadriyatlarga munosabat
Respublika mustaqillikka erishganidan so‘ng uch ming yillik davlatchilik tarixiga ega bo‘lgan o‘zbeklar ma’naviyatining asosiy bo‘lmish an’ana, qadriyat, urf-odatlarni tiklash, ularning jamiyat hayotidagi o‘rnini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Holbuki, sovet davlatida xalqlarning milliy madaniyati va o‘zligiga qattiq zarba berilgan, urf-odat va an’analar toptalpgan edi. Mazkur siyosatni, uning salbiy voqeliklarini tah­lil etish hamda xolis xulosalar chiqarish bugungi kunda ahamiyatlidir. Zero, bu masalaga chuqur yondashuv istiqlol yillarida ma’naviy yuksalishning qadrqimmati va mohiyatini tushunishga yaqindan yordam beradi.

70 yildan ziyod hukmronlik qilgan sovet tuzumi va Kommunistax partiya yakka hukmronligi davrida milliy urf-odatlar va an’analarga zarba berildi. KPSS mafku­raviy siyosatining SSSR xalqlari ma’naviyatiga jiddiy salbiy ta’siri natijasida jamiyatda madaniyaxloqiy muhit zaiflashdi, ma’naviy qashshoqlik sovet jamiyatini tobora inqirozga yetaklovchi kuchga aylana bordi. Bu holat oxiroqibatda milliy tillarning jamiyat hayotidagi mavqei pasayishiga, uzoq yillar davomida shakllanib kelgan qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar «o‘tmishning zararli sarqiti» sifatida ta’riflanishiga, ma’naviyatning uzviy qismi bo‘lgan din «xurofot va bid’at» deb talqin qilinishiga va shu asosda millatlarning qaramlik holatida sakdab turilishiga asos bo‘ldi. Bu yo‘l o‘z navbatida «yagona madaniyat» barpo etishga qaratilgan davlat siyosa­tining asosiy yo‘nalishlaridan edi1.

Tadqiq etilayotgan mazkur muammo sovet hukmronligi davrida kerakli mafkuraviy nuqtai nazardan taxlil qilindi. Bu yillarda chop etilgan adabiyotlarda kishilarni g‘oyaviy jihatdan tarbiyalash masalasi, yangi kishi — «kommunizmning faol quruvchisini shakllantirish muammolari» partiya mafkuraviy faoliyatining asosiy vazifasi sifatida talqin etildi.

Tabiiyki, SSSRda istiqomat qilgan turli xalq va elatlarning madaniyati shakl jihatidan har xil edi. Shubhasiz, har bir xalqning zabardast madaniyat arboblari — atoqli olimlari, yozuvchilari, rassomlari, bastakorlari va h.k.larning umumiy jihatlari ko‘p edi. Ular o‘z navba­tida jahon fani va madaniyatiga munosib hissa qo‘shib kelganlar. Garchi bu yutuqlarning aksariyati sotsialistax ruh ufurib turuvchi baynalmilal madaniyat bo‘lsada, uning ko‘p jihatlari yuqori saviyaga mutlaq javob berar edi. Bu hol sovet mualliflarining asarlari «sotsialistik mazmun asosida yaqinlashib bormoqda» degan shioriga mos tushardi.

E’tiborli tomoni shundaki, xorij matbuotida bunga «SSSRdagi kommunistlar rus madaniyatini sovet jamiyatining kelajak madaniyati sifatida tasavvur qiladilar va tasdiqlaydilar», deb ta’rif berilgan.

Ta’kidlash joizki, sovet turmush tarzining ajralmas qismi bo‘lgan sovet qonunlari, an’ana va urf-odatlarini faol targ‘ib etishning salbiy oqibatini O‘rta Osiyo dagi eng yirik, aholisi ko‘p, iqtisodiy salohiyati kuchli bo‘lgan O‘zbekiston misolida ko‘rish mumkin edi. Bu masalaga yondashuv ayniqsa O‘zbekiston SSR MQ XXI syezdida yaqqol namoyon bo‘ldi. Syezd «sinfiy, partiyaviy pozitsiyalarda turib chinakam xalq an’analari va urf-odatlarini jamiki zararli va yot an’ana hamda urf-odatlardan farq qilish, g‘oyaviy dushmanlarimizning odamlarning milliy tuyg‘ularini qo‘zg‘atib, bundan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga urinishlariga zarba berish kerak», deb ta’kiddadi.

Umuman, yagona sovet madaniyatini barpo etish maqsadida yangi urf-odatlarni va marosimlarni keng tashviqot qilish tadqiq etilayotgan yillarda chop etilgan qator asarlarda ham o‘z aksini topdi. Bu asarlarda yangicha urf-odatlar va marosimlarning ijtimoiy va ideologik mohiyati, ularning vazifasi, urf-odatlar, bayramlar va marosim­larning ijtimoiy hodisa ekanligi, ularning o‘zaro munosabati, shakl va mazmuni, hatto ateistik ahamiyati tahlil etildi.

Bu xususda, jumladan, O‘zbekistonning yangi tarixi ikkinchi kitobida quyidagi fikr bildiriladi: «...partiya «rivojlangan sotsializmga» erishish uchun o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga soldi, ommaviy axborot, targ‘ibottashviqot vositalari xalq ommasi ongiga «rivojlangan sotsializm» bosqichida sotsializm o‘zining eng yuqori «fazasiga» erishadi, bu davrda sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan va texnika, madaniyatma’rifat imkon darajada rivojlanadi, xalqning turmush darajasi muntazam oshib boradi, sovet kishilarining yangi «sotsialistik turmush tar!I» shakllanadi, degan soxta, amalga oshirib bo‘lmaydigan g‘oyalarni singdirishga harakat qildi». Umuman, bu siyosat «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyatni rus modellari bilan shafqatsizlarcha markazlashtirishdan iborat bo‘ldi».

Natijada umumsovet marosimlari va bayramlari an’ana gusita aylana bordi. Kishilar turmush tarzi va ongida o‘zgarishlarga olib kelishi lozim bo‘lgan bu bayramlar xarakterining o‘zgarishi umumiy qonuniyat darajasiga ko‘tarila boshladi va bu sun’iy bayramlar darajalarga bo‘lindi. Masalan, umumxalq bayramlari — Oktabr davlat to‘ntarishi, 1 may Mehnatkashlar birdamligi kuni, SSSR Konstitutsiyasi kuni, V. Lenin tug‘ilgan kun, Sovet Armiyasi va harbiy dengiz floti, G‘alaba kuni mafkuraviy xarakterga ega bo‘lsa, kasb bayramlari, ilk maosh, tantanali pensiyaga uzatish, o‘roq va bolg‘a kabi tantanalar o‘ylab chiqarilgan bayramlar safidan o‘rin olgan edi. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, jahon miqyosida nishonlanadigan Yangi yil, ko‘pchilik davlatlarda haqli ravishda tan olingan 9 may — G‘alaba bayrami hamda Xotin-qizlar xalqaro kuni 8 mart ham hamisha umuminsoniy xarakterga molik bo‘lgan bayramlar sifatida nishonlanib kelindi. Ammo shu bayramlarning nishonlanishida ham kommunistik g‘oyalar u yoki bu tarzda singdirilganligini ko‘ramiz.

Ijtimoiy ishlab chiqarish an’analaridan balog‘at yoshiga yetganlikni nishonlash, ishchi va kolxozchilar safiga qabul qilish, yubileylar, pensiyaga uzatish, pasport, komsomol bi­leti, yetuklik attestati topshirish, orden va medallar, mukofotlarni taqsim etish marosimlari ikkinchi darajaga, oilaviy-maishiy — farzand tug‘ilishi, to’y, tug‘ilgan kunni nishonlash va boshqalar uchinchi darajaga kiritilgan edi. Lekin xalqlarning yuz yillar davomida shakllanib kelgan, eng yaxshi insoniy hislarni o‘zida mujassamlashtirgan bu bayramlarga sinfiy-mafkuraviy nuqtai-nazardan qarash ko‘p holda odatiy holga aylanib qolgavdi. Aslida O‘zbekiston aholisining 60 foizdan kupi asosan qishloq joylarida istiqomat qilganligi bois, kishloq aholisi uchun ham o‘ylab topilgan mafkuraviy xarakterga ega bayramlar tashkil etilgan edi. Shu sababli Qurultoy, Urug‘ qadash marosimi, Yoshlarni paxtakorlar safiga tantanali qabul qilish, Birinchi gul bayrami, Ilk maosh, Qizil karvon (Birinchi oq oltin karvoni), Paxta bayrami (hosil bayrami) kabi bayramlar, «Komsomolcha to‘ylar» ham kishloqhayotiga kirib keldi. Bular orasida «paxta bayrami» keng nishonlanib, XX asr 80-yillariga kelib eng katta bayramlardan biriga aylandi.

Xullas, yangi urf-odatlarni joriy etish natijasida bog‘bon, polizchilar yetishtirgan hosilning ko‘rigi sifatida boshlangan tadbirlar yangi badiiy dasturlar bilan qo‘shib o‘tkaziladigan bayramlar tusini ola boshladi. Bu bayramlar dastlab tumanlar markazlarida tashkil etilib, so‘ngra viloyat miqyosiga o‘tgan.

Yangicha to‘ylar deb talqin qilingan tuy marosimlari ham mahallalarda tuzilgan to‘y komissiyalari ishtirokida o‘tkazilardi. Bunday komissiyalar respublikaning bir qancha viloyatlarida tuzildi. Mazkur komissiyalar urf-odatga aylanib ketgan Eshik ochdi, Tugun qaytardi, Xordiq, Idish qaytdi, Fotiha to‘yi, Qormang marosimlari, To‘y berdi, Kuyov chaqirdi, Ota ko‘rdi kabi rasmrusumlarga barham berish borasida turli choratadbirlarni amalga oshirdi. Masalan, Namangan viloyatining shahar va qishloqlarida ham yangicha to‘ylarni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar tashkil etilgan bo‘lib, bu komissiyalarning kengashi va seminarlari klublarda, «Baxt uylari»da muntazam o‘tkazib turilardi. Ularda «To‘y o‘tkazish tartibi», «To‘y dasturxoni», «Mehmon kutish», «To‘y mablag‘i», «To‘ylarimiz — o‘ylarimiz» kabi mavzularda ma’ruzalar va suhbatlar o‘tkazilardi. Shu hol e’tiborga sazovorki, bu harakatlar aholi orasida «komsomolcha» to‘ylarning ko‘payib borishiga ham sabab bo‘layotgan edi. Birgina Namangan shahrining o‘zida komsomol to‘ylarini uyushtirish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirildi.

Bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan, xalqimiz uzoq yillar davomida nishonlab kelgan «Navro‘z» ham aynan mana shu yillarda ta’qibga uchradi. Tarixdan ma’lumki, «Navro‘z» dehqonlar uchun yangi mehnat yili boshlanganini bildirar, an’anaga muvofiq bahorda kun va tun tenglashganida nishonlanar edi. «Navro‘z» asrlar davomi­da kishilarda ona yerga, tabiatga muhabbat tuyg‘usini uyg‘otgan, kishilarni birbiriga nisbatan mehrmuruvvatli va oqibatli bo‘lishga chorlagan. Biroq XX asrning 80-yillari o‘rtalarida «Navro‘z»ni O‘zbekistonda umumxalq bayrami sifatida nishonlash masalasida paydo bo‘lgan to‘siklar qattiq tortishuvlarga ham sabab bo‘ldi. «Navro‘z»ga qarshi harakatlar ham milliy madaniyatlarni qoralash va cheklashga qaratilgan tadbirlardan biri edi. O‘zbekistan SSR Kompartiyasi MQ XVI plenumi (1984)dan so‘ng yuzaga kelgan vaziyat, O‘zbekiston SSR Kompartiyasi birinchi kotibi I. Usmonxo‘jayev va O‘zbekiston SSR Kompartiyasi MQ mafkura bo‘yicha kotibi R. Abdullayevaning «mafkuraviy bo‘shliqni» yuzaga keltirmaslik borasidagi «sa’yharakatlari» natijasida 1986 yilga kelib «Navro‘z» bayrami butkul bekor etildi. Islom diniga aloqasi bo‘lmagan bayramga «diniy» degan tamga bosildi1.

1986 yilning 17 mart kuni viloyat partiya tashkilotlarining kotiblari, ommaviy axborot vositalari mas’ul xodimlari O‘zbekiston SSR Markaziy Qo‘mitasiga taklif etildi, — deb eslaydi keksa jurnalist, tarix fanlari nomzodi, o‘sha yig‘inning ishtirokchisi Nazirjon Tojiboyev, — yig‘ilishni MQ mafkura bo‘yicha kotibi R. Abdullayeva ochib, gapni dabdurustdan yaqinlashib kelayotgan «Navro‘z» bayramiga munosabatimizni belgilab olishimiz kerakligidan boshladi. Ungacha na matbuotda, na radiotelevideniyeda, na joylarda «Navro‘z» haqida hech qanday ran aytilmay, unga tayyorgarlik ko‘rilmay kelayotgan edi. U Markaziy Ko‘mitada «Navro‘z»ni bundan keyin xalq bayrami sifatida nishonlamaslikka qaror qilinganligini, bu haqda barcha partiya va sovet tashkilotlariga ko‘rsatma berilganligini alohida ta’kidladi. Shunda Samarqandda chiqadigan «Leninskiy put» gazetasining muharriri Boris Shchegolixin, Surxondaryo viloyati te­levideniye va radio komitetining raisi, yozuvchi Ozod Avloqulovlar zaldan luqma tashlab, bir oydan beri qo‘shni Tojikistonning shahar va qishloqlarida karnaysurnay sadolari ostida «Navro‘z»ga zo‘r tayyorgarlik ko‘rilayotganligi, bu viloyatlarning aholisi har kuni mazkur tadbirlarning guvohi bo‘lib turganligini bildirishib, «bizda «Navro‘z» nishonlanmasa, xalqimizga buning sababini qanday tushuntiramiz», deb so‘rab qolishdi. «Bu sizlarning ishingiz emas, — deb dag‘dag‘a qildi R. Abdul-layeva, — sizning vazifangiz Markaziy Qo‘mita topshirig‘ini bajarish». O‘zbekiston SSR Kompartiyasi MQ kotibi R. Ab­dullayeva o‘ylab turib, keyingi yildan boshlab «Navro‘z» o‘rniga «Navbahor» bayramini joriy etish haqida va’da berdi. O‘sha yili qo‘shni respublikalarda «Navro‘z» keng umumxalq bayrami sifatida nishonlanib, bizda esa «21 mart — irqiy kamsitishni tugatish uchun xalqaro kurash kuni» bilan almashtirildi. Shundan so‘ng respublikada, xususan, Surxondaryo viloyatining Denov, Sariosiye tumanlarida istiqomat qiluvchi ayrim aholi Tojikiston tumanlariga borib bu bayramni nishonladilar».

1985—1986 yillarda respublika ommaviy axborot vosi­talari ham bu bayramni o‘z sahifalarida yoritmadi. Garchi «Navro‘z» bayrami sovet hukumati tomonidan e’tiborga loyiq deya hech qachon rag‘batlantirilmagan bo‘lsada, lekin sovet hokimiyatining barcha davrlarida bu bayram xalq orasida yashab, an’anaviy tarzda nishonlanib kelingan.

Dastlab bu bayram aprel oyining o‘rtalaridan sun’iy o‘ylab topilgan «Navbahor» nomli bayram bilan almashtirildi. Biroq milliy bayramlarning taqiqlab qo‘yilishi xalq noroziligiga sabab bo‘la boshlaganligi uchun mil­liy an’analar, marosimlar va bayramlarni qayta tiklash jiddiy masalaga aylandi. «Navbahor» deb atalgan yangi bay­ram moddiy zaminga ega bo‘lmaganligi sababli uzoq yashay olmadi.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, o‘sha yillarda respub­lika rahbariyati turli yig‘inlarda bu bayram va uning «zararli» tomonlari haqida ma’ruza qilib, yangi madaniyatni shakllantirishda asosiy to‘siq deb ta’riflab kelganlar. O‘rganilayotgan davrda matbuotda berilgan ma’lumotlar asosan «Navro‘z» bayramiga munosabat mazmuniga ega edi.

XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib Respublika mafkura komissiyasi «Navro‘z» bayramini nishonlash masalasini qayta ko‘rib chiqdi. Natijada, «Xalq bayramlarini tiklash muammolari» yuzasidan ishchi guruhi tashkil etildi. Ushbu ishchi guruhiga O‘zbekiston SSR Madaniyat vaziri, yozuvchi O‘. Umarbekov rais etib saylandi. Olib borilgan faol harakatlar natijasida ishchi guruhi tomo­nidan 21 martdan 21 aprelgacha bo‘lgan kunlarni «Navro‘z» emas (chunki ateistik va antigumanistik kommunistik g‘oyalar va tazyiq kuchli bo‘lgan), balki «Insoniylik va tabiatni e’zozlash oyligi», deb e’lon qilish tavsiya etil­di. Shu muddat ichida «Xotira kuni», «Birinchi pushta», «Birinchi ekin», «Don, maysa va suv kuni», bolalarning «Boychechak» bayramini va boshqa marosimlarni o‘tkazish belgilandi103. E’tiborli tomoni shundaki, bu bayramlar­ni tiklash uchun harakat juda murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ichida kechdi. Chunki bayramlarning ta’qib ostida bo‘lishi xalq xotirasidan bayramlarda uyushtiriladigan «katta tomoshalar»ni, bayram oldidan qariyalarni, xastalar va nochorlarni borib ko‘rish kabi insoniy xislatlarni o‘chirib yuborayozgandi. Shunday bo‘lsada, bu bayramlarga O‘zbekiston SSR Kompartiyasi MQ qoshida xalq bayramlari va marosimlarini tiklash muammolari yuza­sidan tuzilgan ishchi guruhi boshchilik qildi. Bu tadbirlar respublikada kuchaygan milliy uyg‘onish jarayenining muhim qadamlaridan biri edi.

XX asrning 80-yillari, shuningdek, O‘zbekistonda dinga va diniy qadriyatlarga qarshi yangi harakatlar bo‘lganligi bilan ham xarakterlanadi. Shu yillarda mamlakatda diniy idoralarni qattiq nazorat qilish, ularning sonini kamaytirish va faoliyatini doimiy nazorat ostiga olish kuchaydi. O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov dinning ma’naviy, ijtimoiy, tarixiy ildizlari, inson kamolotidagi o‘rni va ahamiyati ustida to‘xtalib, mustaqil taraqqiyotimizning ilk bosqichlaridayoq quyidagi teran fikrlarni aytgan edi: «Din inson poklanishi, ruxiy qudrat olishi, qalban uyg‘onishi manbaidir. Shu paytgacha bizga din afyundir, deb kelindi. Dindorlar quvg‘in qilindilar. Otaonasiga janoza o‘qiganlar jazoga tortildilar. Xullas, ne hunarlar ko‘rsatmasinlar islom yashashdan to‘xtamadi. Nega? Chunki u bizning ongimiz, shuurimiz, hayotimiz, borlig‘imizdir. Bugun ana shu din orqali vujudimizga musaffolik, dilimizga, inshoolloh, poklik kirib kelmoqda. Axloqodob, ma’rifat yana xonadonlarimiz fayziga, odamlar xislatiga aylanishida islomning o‘rni benihoya bo‘lmoqda»1.

Sovet davlatining ateistik tarbiyaga zo‘r berishi, kishilarni diniy e’tiqodi uchun jazolash siyosati xorijlik tadqiqotlarda ham o‘z aksini tottgandi. Ko‘pgina g‘arb va sharq mamlakatlaridagi sovetshunos olimlar sovet dav­latining dinga nisbatan munosabatini o‘tgan asr 80-yillarining boshlaridayoq xolis baholaganlar. Bu o‘rinda Londonda chiqadigan «SSSR va musulmon dunyosi» nomli maqolalar to‘plami muharriri Yakov Rayning 1984 yilda bosilgan «70-yillar oxirida islom traditsionalizmining jonlanishi va uning sovetlarning dinga bo‘lgan munosabatiga ta’siri» nomli maqolasini misol keltirish mumkin. Muallifning fikricha, bu yillarda ayrim musul­mon mamlakatlarida yuz bergan siyosiy o‘zgarishlar sovet hukumatining islom din iga bo‘lgan munosabatiga ta’sir etgan, lekin uning mohiyatini o‘zgartirib yubormagan. Ikkinchi jahon urushidan keyin din, jumladan, islom butunlay reaksion deb baholanib, «xalqlarni qul qilish vositasi» sifatida ta’riflab kelingan bo‘lsa, 1970 yillarga kelib ayrim sharq xalqdari islom bayrog‘i ostida imperializmga qarshi olib borgan kurashi «progressiv harakat» sifatida baholandi. Bizningcha, bu sovet davla­tining tashki siyosatida katta o‘rin olgan edi. Lekin «mamlakat ichida islom, agar ateistik tarbiya zaiflashtirilsa, mamlakatni ichichidan qo‘porib tashlaydigan kuch» sifa­tida baholandi. Xorijdagi mamlakatlar tomonidan so­vet davlatining bu boradagi siyosati tanqid qilinishi «burjua propagandasi», «sovet tuzumiga qilingan tuhmat» deb baholandi.

Darhaqiqat, sobiq SSSRda XX asr 80-yillarida dinga qarshi kurash yangicha va ancha kuchli shakllarda olib borildi. Bu davrda diniy idoralar faoliyatini cheklash, dindorlar va ruhoniylarni ta’qib etish, masjidlarni xarob holga keltirish, muqaddas ziyoratgohlarni buzib tashlash, diniy marosimlarda ishtirok etganlarni ta’qib ostiga olish, hatto yoshlarning milliy kiyimlarni kiyib yurishi ham ochiqdanochiq qoralandi. Bunday beboshliklarning sabablari ustida to‘xtab, akademik E. Yusupov quyidagi fikrlarni aytgan edi: «Kishilarning hali kuchli bo‘lgan e’tiqodlariga munosabatda ma’muriy usullarni qo‘llashga o‘tib olish ma’naviy ojizlik va ilojsizlikning oqibatidir. Omma o‘rtasida ishonchini yo‘qotgan, xalqning qalbiga to‘g‘ri yo‘l topa olmaydigan, uning talab va ehtiyojlarini, jamoatchilik fikrini bilmaydigan va bilishni istamaydigan kishilargina shu yo‘ldan borishi mumkin. Jamiyatning ma’naviy kamoloti, ehtiyojlariga nisbatan zo‘ravonlik usullarini qo‘llash har doim ham tanazzul oldidagi og‘ir talvasaning ifodasi bo‘lgan».

1981 yili SSSR Ministrlar Soveti qoshidagi Diniy ishlar bo‘yicha bo‘lim tomonidan partiyaning dinga nisbatan olib borayotgan siyosatini ifodalovchi «Mahalliy sovetlar tomonidan din va diniy marosimlar haqidagi qonunga amal qilinishini nazorat etishning ba’zi masalalari» nomli maxsus qo‘llanma tayyorlanib, ittifoqdosh respublikalarning barcha Markaziy Ko‘mitalariga yuborildi. Ushbu qo‘llan mada mahalliy sovetlarning asosiy vazifalari Konstitutsiyada belgalab berilgan vijdon erkinligi huquqini himoyalash, diniy tashkilotlar va ruhoniylar din haqidagi qonunlarga rioya etishini nazorat qilish, kishilarning diniy uyushmalarga birlashish «huquqini himoya etish», dinga ishonuvchilarning ariza va shikoyatlariga e’tibor bilan qarashdan iborat» ekanligi ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, mazkur qo‘llanmada «dindorlarning diniy ehtiyojlarini qondirishga to‘sqinlik qilish, dinga e’tiqod qilish erkinligini cheklash sotsialistik demokratiya talablariga butunlay zid» ekanligi ham ko‘rsatib o‘tildi. Qaqiqatda bu hujjat yuzaki bir ko‘rinish bo‘lib, dinga va dindorlarga munosabat mohiyatini yashirishga qaratilgan edi.

Chunonchi, bu qo‘llanmada barcha respublikalar mahal­liy sovetlarida din va dindorlar bilan bo‘lgan munosabatlar masalasini hal etuvchi komissiyalar tuzish lozimligi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu komissiyalar aslida partiyaning din va dindorlarga munosabatini belgilab berishi kerak edi. Jumladan, mazkur komissiyalar zimmasiga «din haqidagi davlat qonunlarini tan olmaydigan, ro‘yxatdan o‘tishdan bosh tortayotgan, norasmiy yig‘inlar o‘tkazayotgan, diniy adabiyotlarni nashr etayotgan, yosh bolalarni to‘plab diniy ta’lim berayotganlarga qarshi murosasiz kurashish» vazifasi yuklatildi. Bu dindor­larga qarshi ma’muriy yo‘l bilan kurashish yana dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilayotganligidan darak berar edi.

KPSS MKning 1981 yil 22 sentabrdagi «Ateistik propagandani kuchaytirish» to‘g‘risidagi qarori, SSSR Ministrlar Soveti qoshidagi diniy ishlar bo‘yicha qumitaning qarorlarini amalga oshirish maqsadida V O‘zbekiston SSR partiya va davlat idoralari tomonidan ham dindorlar va diniy muassasalar o‘z faoliyatida hukumat qabul qilgan qonunlarga rioya qilishini nazorat qiluvchi komissiyalarning faoliyatini yanada kuchayti­rish tadbirlari belgilandi. O‘zbekiston SSR Kompar­tiyam MKda bu masala bo‘yicha alohida qaror qabul qilindi. Ushbu qarorda barcha partiya va sovet tashkilot­lari din va diniy idoralar faoliyatiga munosabatda kommunistik mafkura g‘oyalariga rioya qilishi shart ekani ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu komissiyalarni tashkil etish, faoliyatini takomillashtirishda komissiya a’zoligiga ko‘proq partiya a’zolarini, jamoat tashkilotla­ri, mehnat jamoalari vakillarini jalb etish lozimligi ham alohida ta’kidlandi. Komissiyalar doimiy ravishda ruhoniylar o‘z ishini qonun doirasida olib borishlarini, sunnat to‘ylari, nikoh o‘qish, janozada kishilar ishtirok etishini doimiy nazorat qilib turishi kerak edi. Bu hujjatlar respublikadagi barcha viloyatlarda, korxonalarda muhokamaga qo‘yilib, ular oldidagi asosiy vazifalar belgilab olindi.

Respublikada tarkibiga jami 6.500 nafar kishini birlashtirgan 587 nafar ana shunday komissiya ish olib bordi114. Xar bir viloyatda tashkil etilgan doimiy komissiya­lar tarkibiga jamoat tashkilotlari vakillari muntazam ravishda jalb qilindi. Natijada 1980 yil boshida Farg‘ona viloyatida 150 ta, Qashqadaryo viloyatida 137 ta, Surxondaryo viloyatida 60 ta, Toshkent viloyatida 23 ta, Buxoro viloyatida 20 ta, Qoraqalpog‘iston ASSRda 24 ta ko­missiya tashkil etildi1.

1982 yil 26 yanvarda O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetida bu masala yuzasidan yana maxsus qaror qabul qilinib, unda joylardagi komissiyalarning faoliyatini jonlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar belgilandi. Bu qarordan avval ham respublikada tashkil etilgan komis­siyalarning faoliyati har tomonlama o‘rganib chiqilgan edi.

Qarorda belgilangan vazifalarni bajarish masalasi Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Sovetida, Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasida ham maxsus muhokama etildi.

Komissiya nizomi ham 2000 nusxada o‘zbek va rus tillarida nashr etilib, tezda xalq deputatlari mahalliy sovetlari ijroiya qo‘mitalariga, mutasaddi vazirliklar va boshqa idoralarga yuborildi. Shuningdek, yuqoridagi ni­zom qoraqalpoq tilida ham qo‘shimcha tarzda 200 nusxada nashr etildi.

Yuqoridagi qarordan so‘ng Respublikaning bir qancha viloyatlarida qarorni bajarishga bag‘ishlangan seminarkengashlar bo‘lib o‘tdi. Partiya tashkilotlari viloyatlarda tuzilgan komissiyalarga katta vakolatlar berdi. Komissiyalar diniy tashkilotlarda asosan partiya olib borayotgan siyosatni targ‘ib qilishi, SSSR Konstitutsiyasiga asosan ularga vazifalarini tushuntirib borishi lozim edi.

O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Diniy ishlar qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bu tadbirlar natijasida «shahar va qishloqlarda yashovchi aholi o‘rtasida din na diniy muassasalarning ta’siri kamayib, qurbonlikka mol so‘yish, ro‘yxatdan o‘tmagan masjidlarda namoz o‘qish hollari kamaygan».

Ta’kidlash lozimki, ushbu ma’lumotlarda respublika­da bu sohadagi vaziyat ancha yumshatib ko‘rsatilgan. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, birgina 1982 yilning o‘zida Ramazon hayiti namozida ro‘yxatdan o‘tgan masjidlarda 139 ming kishi ishtirok etgan. Tushgan xayriya mablag‘lari esa 158 ming rublni tashkil etgan. Qurbonlik qilish maqsadida so‘yilgan qo‘ylarning soni 2290 tani tashkil et­gan. hayit namozida qatnashganlar Namanganda 900 kishiga, Buxoroda 550 kishiga, Jizzaxda 300 kishiga, Tosh­kent viloyatida 800 kishiga, Surxondaryoda 530 kishiga kamaygan121. O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti qoshidagi Diniy ishlar qo‘mitasi Qurbon hayiti kunlarida o‘tkazilgan tadbirlar va ularning natijalari haqida markazga yozgan hisobotlarida «partiya va sovet tashkilotlari rahbarligi ostida joylarda o‘tkazilgan ogohlantirish tadbirlari shahar va qishlokdarda yashovchi aholining diniy e’tiqodi biroz pasayishiga, «soxta ruhoniylarning ta’­siri kamaiishiga, ro‘yxatdan o‘tmagan masjidlarda namoz o‘qish hollari ozayishiga olib keldi. Ayrim joylarda qur­bonlikka so‘yilayotgan qo‘y va mollarning soni ham kamaydi», deb ko‘rsatilgan.


Download 196,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish