BMIning maqsad va vazifalari: Tadqiqotning asosiy maqsadi XX asrning 80 yillarida O‘zbekistondagi milliy siyosat, madaniyat rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari va muammolarini o‘rganishdan iborat.
Maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar belgilandi:
-Sovet davlati milliy siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari va uning oqibatlarini yoritish;
-Sovet hokimiyati milliy siyosatining O‘zbekistonda amalga oshirilishi jarayonini aks ettirish;
-O‘zbekiston ma’naviy hayotida milliy urf-odat va diniy qadriyatlarga munosabatini o’rganish;
-Milliy tillar masalasi va uning mohiyatini ochib berish;
-XX asrning 80- yillarida O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va ularning ko‘rinishini tahlil etish;
-O‘zbekistonda istiqomat qilgan millatlarning o‘z huquqlari uchun kurashlari va uning ahamiyatini bayon etish;
-O‘zbekistonda etnik munosabatlar va ularning oqibatlarini yoritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |