Mavzu: XX chi asrning 80 chi yil o'rtalarida Respublika ijtimoiy iqtisodiy va manaviy hayotidagi inqirozli o'garishlar
1. Sovet davlati milliy siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari va uning oqibatlari
2. Sovet hokimiyati milliy siyosatining O‘zbekistonda amalga oshirilishi jarayoni
2. XX asrning 80- yillarida O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va ularning ko‘rinishi
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston XX asrning oxirida o‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritib ijtimoiy-siyosiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda juda katta yutuqlar va katta imkoniyatlar bilan uchinchi ming yillikka jadal kirib bordi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli istilohotlar ichida ma’naviy-ma’rifiy poklanish juda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Zero, Prezidentimiz Karimov I. A. ta’kidlaganidek, “Bugun bosib o‘tgan yo‘limizga o‘z-o‘zini tanqid ruhida nazar tashlab, shuni ro‘yi-rost tan olishimiz kerakki, biz madaniyat muammolariga kechirib bo‘lmaydigan tarzda kam e’tibor bergan ekanmiz. Nutqlar va ma’ruzalarda jamiyatning ma’naviy taraqqiyotida madaniyatning tutgan o‘rni haqida juda balandparvoz gaplarni ko‘p aytdik”1.
Darhaqiqat, istiqlol yillarida jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan kuchli ma’naviy-axloqiy poklanish xalqimizning tarixiy xotirasini, tarixiy haqiqatni tiklash asnosida yuz bermoqda.
Mamlakat Prezidentining O‘zbekiston tarixi to‘g‘risidagi nihoyatda dolzarb fikrlari, ko‘rsatmalari, Prezidentimiz tashabbusi bilan 1996 yil sentabr oyida “O‘zbekistonning yangi tarixi markaz”ining tashkil etilishi, ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil iyul oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida hozirgi o‘zbek milliy davlatchilik tarixi, xususan, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy hayoti masalalarini o‘rganishdan iborat jiddiy vazifalarning qo‘yilishi O‘zbekiston tarixi fanining ijtimoiy ahamiyatini yanada oshirdi.
Rivojlanishning hozirgi bosqichsida O‘zbekiston tarixining barcha sahifalarini jiddiy ilmiy tahlil etish, ularni yangi nazariy-metodologik asosda o‘rganish, xolis xulosalar chiqarish juda zarur bo‘lmoqda. Ana shunday masalalar sirasida XX asr 80- yillarida O‘zbekistonning milliy siyosati, madaniy-ma’naviy hayoti masalalarini alohida tahlil etish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Sovetlar mustabid tuzumining yuqorida ta’kidlab o‘tilgan davriy doirasida O‘zbekistondagi milliy siyosat, urf-odat, diniy qadriyat, millatlararo munosabatlar kabi masalalar kompleks tarzda, yangi nazariy-metodologik asosda, mafkuraviy yakkahokimlik tazyiqlarisiz, xolisona ravishda ilmiy tahlil etish muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |