Mavzu: O‘zbekistonda milliy siyosat (XX asr 80-yillar misolida)


II BOB. XX ASRNING 80- YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO MUNOSABATLAR VA ULARNING KO‘RINISHI



Download 196,5 Kb.
bet9/16
Sana11.01.2022
Hajmi196,5 Kb.
#346615
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
O‘zbekistonda milliy

II BOB. XX ASRNING 80- YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO MUNOSABATLAR VA ULARNING KO‘RINISHI

2.1.O‘zbekistonda istiqomat qilgan millatlarning o‘z huquqlari uchun kurashlari va uning ahamiyati
Sovet hukmronligi davrida O‘zbekiston hududida yashagan turli millatlar va ularning taqsiri KPSS XXII syezdida (1961) ilgari surilgan fikr, ya’ni «lenincha» mil­lim siyosatning kelajak istiqboli oxiroqibatda barcha kichik xalq va elatlar «yagona sovet xalqi»ga birlashishiga olib keladi, degan siyosiy konsepsiyaga bog‘liq bo‘lib qolgan edi. «Rus tili — ikkinchi til», «umumsovet xalqi», «yagona sovet xalqi», degan atamalar ijtimoiy-siyosiy nashrlardan, «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» iborasi badiiy adabiyotdan chuqur joy oldi. Aslida balandparvoz g‘oya va shiorlar ortida xalq va elatlar manfaatlari, ularning madaniy-ma’rifiy hamda ma’naviy ehtiyojlariga bepisandlik bilan qarash, ularning ahamiyati bilan hisoblashmaslik kuchayib bordi1.

Sovet davlatining ko‘chirilgan xalqlarga nisbatan olib borgan zo‘ravonlarcha qatag‘on siyosatidan qati nazar o‘zbek xalqi bu xalqlarga nisbatan hamisha o‘zining olijanob insonparvarlik fazilatlarini namoyon qilib, bir zaminda ular bilan uzoq yillar davomida do‘stlik va ahillikda yashab keldi. Xalq­lar o‘rtasidagi hamjihatlik, o‘zaro hurmat yillar davo­mida shakllandi, do‘stona munosabat ularni O‘zbekistonni o‘z Vatani deb anglashlariga sabab bo‘ldi. «Men koreys bo‘lsam ham o‘zbeklashib ketganman, — deydi koreyslarning Andijon viloyati milliy madaniy markazi rahbari.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, SSSRdagi ko‘chirish, migratsiya bilan bog‘liq jarayonlar, qatag‘onga uchragan xalqlar taqdiri tadqiqotchilarni qiziqtirib kelgan mavzulardan edi. Mazkur tadqiqotlarda yuqoridagi jarayonlar masalasida turli fikrmulohazalar, ilmiy qarashlar ham yuzaga kelgan. Masalan, sovet tadqiqotchisi S. I. Brukning «Naseleniye mira» deb nomlangan etnodemografik ma’lumotnomasida «Millatlar kapitalizm yoki sotsializmda shakllanadi. Ular o‘zlarining kam sonli ekanliklari hisobiga milliy kadrlar orqali o‘z madaniyatlarini har tomonlama rivojlantira olmaydilar. Vaqt o‘tishi bilan ular o‘zlariga nisbatan ko‘proq rivojlangan etnoslar bilan mustahkam aloqa o‘rnatishlari hisobiga ularning madaniyati, tilini o‘zlashtiradi yoki ular bilan butunlay qo‘shilib ketadi», degan g‘oya keltirilgan. Garchi bunday g‘oya, fikrlar tarixiy taraqqiyot mazmun-mohiyatiga mutlaqo mos kelmasada, sovet davlatining so‘nggi o‘n yilligida unga ko‘p marotaba murojaat etilgan edi.

XX asrning 80-yillari o‘rtalarida sovet jamiyatida boshlangan ma’lum o‘zgarishlar O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar hayotiga ham kirib bora boshladi. Ular orasida avvalo Buxoro yahudiylari ona tili, madaniyati, urf-odatlarini saqlab qolish, rivojlantirish yo‘lidagi ommaviy harakatlarni boshlab yubordilar. 1988 yildan boshlab respublika poytaxtida yashab kelayotgan yahudiylar ijgimoiy madaniyat markazi qoshida turli yo‘nalishdagi klublarda faoliyat ko‘rsata boshladilar. Xaftaning har yakshanbasida mazkur klublarda yahudiylar tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan turli ma’ruza va yig‘inlar ham o‘tkazib kelindi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda yashagan turli millat vakillari barcha muammolarni mavjud tuzum sharoitida hal etishga qaratdi. Lekin «qayta qurish» va «oshkoralik» bu xalqlarning o‘z vataniga qaytishini tashkillashtirgani bilan to SSSR tarqalib ketguniga qadar uch xalq vakillariga, ya’ni nemis, qrim tatarlari, mesxeti turklariga vatanlariga qaytish uchun ruxsat berilmagan edi.

Umuman, 1980 yilda O‘zbekistonga yashash uchun 88,6 ming kishi ko‘chib kelgan bo‘lsa, 94,6 ming kishi chiqib ketgan, 1985 yilda esa bu raqam tegishincha 113,9 ming va 114,4 ming kishini, 1986 yilda 132,2 ming va 143,1 ming kishini tashkil etgan. Natijada manfiy migratsion saldo ko‘rsatilgan yillarda tegishincha 6,0 ming kishini, 0,5 ming kishini va 10,9 ming kishini tashkil etgan. Yuqoridagilarga asoslanib shuni ta’kidlash lozimki, XX asr 80-yillari oxiriga qadar boshqa respublikalar bilan O‘zbekistan o‘rtasidagi migratsion aloqalar normal holatda kechgan.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, sovet davlati milliy siyesatining eng ayanchli nuqtalaridan biri xalqlarning o‘z ona tilini bilmasligi edi. Ma’lum bo‘lishicha, 1989 yilga kelib O‘zbekistonda istiqomat qilgan 183140 nafar koreyslarning 99 foizi o‘z ona tillarida o‘qishni ham, yozishni ham bilmaganlar, 39809 nafar nemislarning 70 foizi ona tillarini bilmaganlar.

1987 yili nemislarning Butunittifoq miqyosida siyosiy yo‘naltirilgan, ularning milliy manfaatlarini ifodalovchi harakatlari boshlandi208. Sovet nemislarining «Neues Leben» (Yangi hayot) gazetasida nemislarning fojiali tarixini aks ettiruvchi maqolalar chop etila boshladi. 1989 yili «Tiklanish» (Vozrojdeniye) nomini olgan tashkilot o‘z nizomini qabul qilib, nemis xalqi milliy manfaatlarini himoya qiluvchi harakatni boshladi. O‘z navbatida nemislar ham boshqa millatlar singari KPSS MQga bir necha bor maktub yo‘lladilar. 1989 yil 12 iyulda SSSR xalq deputatlari 1 syezdida sovet nemislari masalasi bilan shug‘ullanuvchi G. N. Kiselev rahbarligida davlat komissiyasi tashkil etildi211. Komissiyaga nemis xalqini ko‘chirish masalasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish topshirildi. Lekin bu komissiya ish jarayoni axborot vositalaridan tushib qoldi.

Bu vaqtga kelib, ularning o‘z vataniga ko‘chishlarini ifoda etuvchi turli mitinglar bo‘lib o‘tdi. Volgabo‘yida joylashgan kup shahar va qishloqlarning aholisi esa «Volgabo‘yida nemis avtonomiyasi tiklanishiga yo‘l qo‘ymaymiz» degan shiorlar ostida ommaviy namoyishlar o‘tkazdi. Bu, albatta, O‘zbe­kistonda yashab kelayottan nemislar takdiriga ham o‘zgarish kiritgandi. XX asr 80-yillarining ikkinchi yarmidan O‘rta Osiyo va Qozog‘istondagi nemislar Volgabo‘yiga kela olmay. Germaniyaga ko‘chib ketdilar. Shunday qilib, 1989 yildan 1998 yilga qadar O‘zbekisto?shan jami 40575 nemis chiqib ketdi.

O‘zbekistondan ko‘chib ketish holatlari koreys xalqi orasida ham ko‘zga tashlanadi. Agar 1989 yil boshiga kelib respublikada 183 ming koreys yashagan bo‘lsa, 1989 yildan 1999 yilga qadar 83338 koreys chiqib ketgan. Shu yillarda ular­ning ko‘chib kelishi 64003 kishini tashkil etgan. Natijada koreyslar orasida ham koreys madaniy markazini tash­kil etish uchun harakatlar 1988 yili Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koreyslar jamiyatining 100 dan ortiq vakili to‘plangan yig‘ilishlaridan boshlandi. Yig‘ilishdatashkiliy qo‘mita tuzilib, uni professor S. M. Xan boshqardi. Ushbu markaz dastlabki vaqtdanoq koreyslar istiqomat qiladigan joylarda koreys tilini o‘rgatuvchi markaz va koreys madaniy markazini tuzishga harakat boshladi. Natijada M. Xan rahbarligida 25 kishidan iborat «Kore» deb nomlangan o‘yinchilar guruhi Assotsiatsiya a’zosi bo‘ldi. 1980 yilning boshiga kelib esa tarkibida 20 kishidan iborat S. Ten rahbarligidagi «Chinsen» folklor ansambli tashkil etildi.

O‘zbekistonda vataniga qaytish uchun ko‘proq faol harakat olib borganlardan biri qrim tatarlari edi. Saqlanayotgan hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, ularning harakatlari ayniqsa «qayta qurish» yillarida faollashib ketgan. Ular Stalin tamg‘asi bilan begunohayblanib ko‘chirilgan xalqtardan biri bo‘lganligi sababli ko‘chirib keltirilgan vaqtdanoq nihoyatda og‘ir sharoitda yashaganlar. Namangan viloyati qrim tatar xalqi harakati vakillarining KPSS MQga yo‘llagan maktublarida yozilishicha, «ular yashagan lagerlarda elementar sharoitlar ham bo‘lmagan, natijada qrim tatarlari ko‘chirib keltirilgan birinchi yilning o‘zidayoq ular orasidan 195.000 kishi vafot etgan».

Siyosiy huquqsizlik, iqtisodiy qiyinchiliklardan tashqari, ko‘chirib keltirilgan qrim tatarlarining milliy mansubligini kamsitish hollari ham bo‘lgan. Davlat arxivida saqlanayotgan ayrim hujjatlarda «qrim tatarla­ri istiqomat qiladigan yerlardagi aholi ro‘yxatini qayd qiluvchi ma’lumotlarda agar biror kishi qrim tatar millatiga mansub bo‘lsa, unga nisbatan «qrim tatari» degan so‘z qo‘llanilmay, «tatar» degan atama ishlatildi» deb ko‘rsatiladi. Ma’lum bo‘lishicha, qrim tatarlarining milliy mansubligini tatar yoki o‘zbek deb yozishga majburlash holatlari ham bo‘lgan.

Xalqlarni kamsitish hollari sovet tuzumi siyosatining asosiy maqsadi bo‘lganligini qrim tatarlariga ayblar qo‘yilishidan ham ko‘rish mumkin. Bu xalqning milliy mansubligini kamsitish hollari bilan birga ularning sonini kamaytirib ko‘rsatishga ham urinishlar bo‘lgan. Faqat 1989 yilgi Butunittifoq aholini ro‘yxatga olish vaqtida qrim tatarlari vakillari bu ishlarning oldini olishga muvaffaq bo‘ldilar. Shuni aytish lozimki, bu harakatlar ham xalqdarni birbiriga qaramaqarshi qilib qo‘yishga qaratilgan siyosat natijasi edi. Ammo kishilarning milliy ruhiyatiga zid bo‘lgan bu soxta tashviqotlar mahalliy xalqlar orasida singmadi. Qrim tatarlarini mahalliy xalqlar bilan assimilyatsiya qilib yuborish yo‘li

«Xalqlar otasi» Stalinning vafoti «ishonchsiz» hisoblangan xalqlarga nisbatan bir oz «iliklik»ni paydo qilgan edi. Lekin bu aynan qrim tatarlariga nisbatan qo‘llanilmadi. Aksincha, markaz buyruqlariga binoan respub­lika, viloyat, shahar rahbarlari qrim tatarlari orasida «vatanparvarlik» kayfiyatini kuchaytirishga qaratilgan tashviqot va targ‘ibot ishlarini davom ettirdilar. O‘zbekistan Markaziy davlat arxividagi ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, qrim tatarlarining o‘z vatanlariga qaytish uchun tuxtovsiz harakatlari mamlakatdagi ilg‘or kuchlarning e’tiborini tortgan. Matbuotda bu harakatlar hamma vaqt separatchilik, ashaddiy millatchilik sifatida baholandi. Buning ustiga, XX asr 80-yillarga kelib kuchayib ketgan bu harakatlarda yana O‘zbekistan asosiy aybdor qilib ko‘rsatildi. 1988 yil sentabr oyida «Sovetskaya Kuban» gazetasida «So‘qir yo‘lboshlovchi qayoqqa yetaklayapti» nomli maqola e’lon qilindi. Bu maqola markaz tashabbusi bilan sobiq ittifoqsosh respublikalardagi barcha gazetalar sahifalarida bosilib chiqdi. Maqolada qrim tatarlari butun mamlakatdagi vaziyatni keskinlashtirayotgan «ashad­diy millatchi ekstremistlar» sifatida ta’riflandi. Ma­qolada aytilgan quyidagi fikrlar aynan shu ma’noni ifoda etadi: «So‘nggi yillarda qrim tatarlari gavjum bo‘lib yashaydigan yerlarda ekstremistik kayfiyatdagi shaxslar o‘z vatandoshlari o‘rtasida ommaviy harakat — «Tamandan Qrimga marshpoxod» o‘tkazish uchun tashviqotni kuchaytirib yubordilar. Rejalashtirilgan ishning ig‘vogarlik xarakterini uni o‘tkazish muljallangan vaqtdan ham bilib olish mumkin. Bu 7 noyabr va SSSR Konstitutsiyasi kunidir. Shu kuni qrim tatarlarining ekstremistik kuchlari Taman stansiyasida namoyish va miting o‘tka zib, so‘ngra «Qrim sari piyoda yurish»ga otlanish niyatidalar. Bu voqealarning ildizi O‘zbekistondir».

Bu yerda yana bir masalaga e’tibor bermoq lozim. Qrim tatarlari o‘z yerlaridan ko‘chirilgan vaqtda ular avval istiqomat qilgan uylarga va ularning yerlariga Rossiyaning markaziy viloyatlaridan, Ukrainadan aholi ko‘chirib keltirilgan bo‘lib, «ular o‘rnashib olgunga qadar muntazam mablag‘ bilan ham ta’minlab turilgan». To‘plangan hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, Qrimda 2 million kishiga yaqin turli millat vakillari istiqomat qilganlar. Ikkinchi jahon urushidan avval Qrimdagi milliy tarkibga ko‘ra ukrainaliklar 13 foizni, ruslar 49 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1980 yillarga kelib ukrainaliklar 26 foizni, rus­lar 68 foizni tashkil etgan. Shuning uchun ham markaz rahbariyati Qrimda yashab kelayotgan aholini ko‘chirishdan manfaatdor emas edi. Qrimda yashayotgan ruslar va ukrainlar mamlakatning chegaraga yaqin hududidagi asosiy tayanch sifatida qaralgan. Yuqorida keltirilgan maqola muallifi ham bu masala ustida to‘xtalib, «qirq yidsan buyen Qrimda yashab kelayotgan boshqa xalqlarni ko‘chirish hisobiga qrim tatarlariga nisbatan «adolatni tiklash» kerak emas», deb xulosa qilgan. Masalaning asosiy mohiyati aynan shu yerda edi1.

1987 yil iyul-sentabr oylarida Krasnodar o‘lkasida istiqomat qilayotgan qrim tatarlari vakillari bilan so­vet hukumati vakillari o‘rtasida bo‘lgan uchrashuv ham keskin bahsmunozara tarzida o‘tdi. Qukumat vakillari qrim tatarlarining tarixiy vatanlariga qaytishi uchun muayyan vaqt kerak bo‘lishidan boshqa hech narsani va’da qilolmadilar. Bu o‘rinda ularning haq-huquklari masalasini ko‘rib chiqish o‘rniga markaz o‘z qaramaqarshi harakatla­rini boshlab yubordi. 1987 yil 27 dekabrda jamoat xavfsizligini saqlash, aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash bahonasi ostida, vaqtincha tadbir sifatida, nomi ro‘yxatda e’lon qilingan shaharlar va qishloqlarda doimiy yashash uchun ko‘chib kelayotgan kishilarni ro‘yxatga olish to‘xtatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Qarorga ilova ham mavjud bo‘lib, unda mahalliy tashkilotlarga istisno tariqasida, ma’lum zaruriyat bilan ko‘chib kelayotgan kishi­larni ro‘yxatga olish va ishga joylashtirish huquqi berildi. Ammo shuni ta’kidlash joizki, bu ilova aksariyat Rossiyaning turli viloyatlaridan Qrim va Krasnodar o‘lkasiga ko‘chib kelayotganlar uchun qo‘llanildi. Ko‘chib kelayotganlarni ro‘yxatga olish taqiqlangan joylar asosan qrim tatarlari tarixan yashab kelgan va aynan ular borib joylashish uchun intilayotgan yerlar edi. Alushta, Yevpatoriya, Kerch, Sevastopol, Simferopol, Feodosiya, Yalta shaharlari shular jumlasidandir.

Markazning ushbu qarorlaridan ko‘zlangan maqsad naqadar adolatsizligi Namangan viloyatida yashovchi bir guruh qrim tatarlarining KPSS MQ Siyosiy byurosi, SSSR Ministrlar Soveti, Davlat statistika qo‘mitasi, matbuot tashkilotlariga yozgan xatlarida ham fosh etilgan edi. Jumladan, xatda shunday deyilgandi: «Qrim tatarlariga bo‘lgan munosabat mustamlakachilik siyosatining davomidir. Rossiya podsholari, imperatorlari ham asrlar davo­mida shunday siyosatni amalga oshirgan. Sovet davlati ham bu siyosatni izchillik bilan amalga oshirmoqda ..., butun bir millatni o‘z yurtidan badarg‘a qilish, jismoniy azoblash va yo‘q qilish, turli joylarga tarqatib yuborib, boshqa xalqlar bilan assimilyatsiyalashtirish, tili, milliy madaniyati rivojlanishi imkoniyatlarini cheklash mil­liy adolatsizlikning yorqin ko‘rinishidir. SSSR Mi­nistrlar Sovetining qarorlari butun bir millatga qarshi bo‘lgan jinoyatni yashirish uchun chiqarilgan».

1987 yilga kelib mamlakatning asosiy marosimlar maydonida Qrim avtonom respublikasini tiklashni talab qilib borgan qrim tatarlarining harakati bo‘lib o‘tdi. Vaziyatning og‘irlashib borishi natijasida 1987 yilda KPSS MQ Siyosiy byurosida qrim tatarlari muammosi masalasi ko‘rib chiqildi. Siyosiy byuroda qrim tatarlarini Qrimga ko‘chirish masalasi «Markaziy qo‘mitaga ortiqcha ekanligi» ta’kidlandi. Majlisda ma’ruza qilgan M. S. Gorbachyov bu masala xususida shunday dedi: «Qrim avtonomiyasini tiklash Lenin g‘oyalari bo‘yicha umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. O‘tgan 45 yil davomida Qrimda juda ko‘p narsalar o‘zgardi. Krimning rivojlanishi uchun boshqa xalqlar, ayniqsa ruslar, ukrainlar juda katta hissa qo‘shdilar. Shuning uchun Qrimni tatarlar qo‘liga topshirishning iloji yo‘q. Ammo Qrimga ko‘chib kelayotganlarga janubiy qirg‘oqlarni berkitib, 15—20 yillar davomida Krimning boshqa, o‘zlari istagan qismlarida joylashishlari uchun yordam berish mumkin».

KPSS MQ Siyosiy byurosi O‘zbekistonda ham qrim ta­tarlari harakatini to‘xtatish uchun resggublikada barcha tadbirlarni amalga oshirish, ommaviy axborot vositalari orqali turli ko‘rsatuvlar uyushtirish lozimligini ta’kidladi. Bu ishlarni nazorat qilib turish uchun A. A. Gromiko, V. V. Shcherbitskiy, V. I. Vo-rotnikov, I. B. Usmonxo‘jayev, P. N. Demichev, V. M. Chebrikov, A. I. Lukyanov, G. P. Razumovskiy, A. N. Yakovlevdan iborat komissiya tuzilib, ularga qrim tatarlari vakillari bilan uchrashish, omma­viy axborot vositalari orqali turli chiqishlar uyushti­rish kabi vazifalar yuklatildi. Shunga qaramay, 1987 yil 25—27 iyul kunlari qrim tatarlarining ommaviy chiqishlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda ham qrim tatarlari milliy harakati muammolari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar respublikaning sakkiz viloyatida tashkil etilgandi. Komissiyalarning asosiy vazifalari qrim tatar tilida nashr etilayotrart adabiyotlar hajmini kengaytirish, tegishli o‘quv dasturlari va darsliklarni yaratish, O‘zbekistonda qrim ta­tarlari madaniyat va san’atini yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Komissiyalar tarkibiga qrim tatarlari va­killari, ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari ham kiritildi. Bu komissiyalar qrim tatarlari vakillari bilan jami 80 ga yaqin uchrashuvlar o‘tkazib, 12 mingdan ko‘proq kishi bilan suhbatlar qildi. Shuningdek, komissiyalar asosan qrim tatarlaridan kelib tushgan shikoyat va takliflarni markazning tegishli tashkilotlariga yuborish bilan ham shug‘ullandilar. O‘zbekistondan Ukrainaning Qrim va Xerson viloyatlariga, Krasnodar o‘lkasiga qrim tatar tilidagi kitoblar jo‘natib turildi. Shubhasiz, madaniy-ma’rifiy sohadagi bu kabi tadbirlar qrim tatar­lari aslida o‘z oldilariga qo‘ygan tarixiy vatanga qaytish talabidan yiroq edi1.

«Tashabbus» guruhi qrim tatarlari o‘z vatanlariga ko‘chib borishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni tezroq hal etish maqsadida bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Tuzil­gan komissiyalar respublika viloyatlarida qrim tatar xalqi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning fikrlarini o‘rganib chiqsi. Masalan, Toshkent viloyatida tuzilgan komissiya 1987 yil 31 avgustdan 17 sentabrga qadar 17 ta mehnat jamoasida uchrashuvlar o‘tkazdi. Shu davr ichida komissiyaga 9096 kishi murojat qilib, 1590 ta ariza ko‘rib chiqildi.

Farg‘ona viloyatida tuzilgan komissiya fuqarolarni muntazam qabul qilib, ularning fikrlarini o‘rgandi, joylardan kelgan jami 3005 ariza ko‘rib chiqildi. Bu arizalarga o‘z navbatida 15 ming kishi imzo qo‘ygan edi. Ko­missiya, shuningdek, 34 mehnat jamoasida turli uchrashuv­lar o‘tkazdi.

Qashqadaryoda tuzilgan shunday komissiya 7316 kishi ning arizasini ko‘rib, joylarda turli uchrashuvlar o‘tkazdi.

Namangan viloyatidagi komissiya ham 1987 yilning sen­tabroktabr oylarida 2246 nafar kishini qabul qilib, 5355 kishi imzo qo‘ygan jami 1020 ta xat va telefon orqali 1408 ta taklif oldi.

1988 yil 24 aprelda Chinoz tumanining Olmazor qishlog‘ida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston respublikalari, Krasnodar o‘lkasi, Ukrainaning Xer­son viloyati hamda Qrim va Moskvadan kelgan 112 vakil ishtirokida «Tashabbus» guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvda «Qrim tatarlari milliy harakatining yaqin davrlardagi faoliyati haqida» qaror qabul qilindi234. Mustafo Jemilov Markaziy ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi. Shuningdek, uchrashuvda qabul qilingan qarorni tezda KPSS MQ Bosh kotibi M. S. Gorbachyovga yuborish masalasi to‘g‘risida kelishib olindi. M. Gorbachyov nomiga yuborilgan xatda qrim tatarlarining o‘z tarixiy vatanlariga qaytish uchun o‘tkazayotgan miting va namoyishlarini qonuniy deb hisoblash, ularning Qrimga ommaviy ko‘chib borishini qo‘llabquvvatlash, qrim tatarlari badarg‘a qilingan kun — 18 mayni milliy fojia kuni deb e’lon kilish va igu kuni namoiishlar utkazish, qrim tatarlari milliy harakatida boshqa xalqlar vakillari ham ishtirok etishini ta’minlash, milliy harakat faoliyatini yorituvchi nashrni tayyorlash va bu ishdagi xarajatlarni ta’minlash uchun milliy fond tashkil etish kabi talablar qayd etilgan edi. Ammo markaz bu tinch xarakterdagi tadbirlarni «ekstremistik harakat» deb baholab, bunga javoban SSSR Oliy Soveta Prezidiumi 1988 yil 28 iyulda «SSSRda yig‘ilishlar, mitinglar, kucha yurishlari va namoyishlarni uyushtirish hamda o‘tkazishning tartibi to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq, tadbirlar utkazish uchun hududda bu tadbirlar o‘tkazilayotgan mahalliy sovet, ijroiya qo‘mitalarning yozma ruxsatini olish lozim edi. Ikki va undan ko‘p mahalliy sovetlar territoriyasida ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan bo‘lsa, ulardan yuqori turgan idoralarning ruxsati olinishi shart qilib qo‘yildi. Ruxsat so‘rab yozilgan ariza mo‘ljallanayotgan tadbir o‘tkaziladigan kundan kamida 7 kun avval tegishli mahalliy sovet ijroiya qo‘mitasiga berilishi va ijroiya qo‘mitasi uni uch kun ichida ko‘rib chiqib, javob berishi kerak edi. Arizada shu tadbirni o‘tkazadigan tashkilotning aniq nomi, tadbirning maqsadi, tarzi, joyi va o‘tkazilish vaqgi, shuningdek, qatnashchilarning taxminiy soni ko‘rsatilmog‘i ham lozim edi. Bunday yo‘l esa o‘z navbatida bironbir tadbir utkazish uchun ruxsat olishni nihoyatda qiyinlashtirardi.




Download 196,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish