Mavzu: ovqatlantirish korxonalari va ularning tasniflanishI


Ovqatlantirish korxonalarining toifalari



Download 50,99 Kb.
bet7/11
Sana29.05.2022
Hajmi50,99 Kb.
#615102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 mavzu

2. Ovqatlantirish korxonalarining toifalari
Ovqatlantirish korxonalari ma’lum toifalarga bo‘linadi. Ulardan <>, «oliy» va «birinchi toifali degan nomlar restoran va barlarga beriladi. Kafe, oshxona, tamaddixonalar toifalarga bo‘linmaydi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, restoran murakkab usullarda taomlarning keng assortimentini tayyorlaydigan ovqatlantirish korxonasidir. Bu kabi korxonalar mijozlarga buyurtma va firma taomlari, ichimliklar, tamaki va qandolat maxsulotlarini taklif qilib, mijozlarning yaxshi dam olishlari uchun yuksak darajada xizmat ko‘rsatadi.
Ular markaziy odamlar gavjum ko’chalarda, temiryo‘l va avtomobil vokzallarida, aeroportlar, kemalar to’xtash joylarida, teploxod, dengiz kemalarida, suzuvchi dam olish uylarida, shuningdek, stadion, shaxarlararo xududlarda, ma’muriy tomosha maskanlari majmualarida, tarixiy va arxitektura yodgorliklari joylashgan joylarda, O‘zbekiston sharoitida katta bozorlar, o‘yingoxlar yaqinida faoliyat yuritadi.
Restoranlarda mijozlarga restoran xodimlari, bosh ofitsiant va ofitsiantlar xizmat ko‘rsatishadi. Taom va ichimliklarni oliy darajadagi oshpazlar tayyorlaydilar.
Xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatadigan restoran ofitsiantlari birorta xorijiy tilni bilishi va ular bilan gaplasha olishi lozim. Restoranlar ayrim mijozlargagina xizmat qilish bilan cheklanmaydi va aksincha, davlat miqyosidagi katta anjumanlar, majlislar, konferensiyalar, seminarlar, rasmiy qabul marosimlari, shuningdek to’y bazmlari, oila tadbirlari, banketlar va boshqa tadbirlarga xizmat ko‘rsatadi. Restoranlarda mijozlarga asosan tushlik va kechki taom, katta yig’inlar, konferensiya ishtirokchilariga esa taomning to‘la ratsioni taqdim etiladi. Ko‘pgina restoranlarda bayram kuni oldidan yoki shanba va yakshanba kunlari milliy taomlar ta’mini aniqlash (degustatsiya) tadbirlari xam o‘tkazilishi mumkin.
Luks toifa - standartda aytilishicha, restoran va barlarga beriladi. Ular kuyidagi talablarga javob berishi kerak:
> bino intererning oliy darajada bo’lishi;
> ko‘zni qamashtiradigan chiroy:
> xizmat turlarining kengligi;
> noyob assortiment:
> kungildagidek buyurtma va firma mavjudligi.
> buyurtma va firma ichimliklarining keng assortimenti?
Ovqatlantirish korxonalarining lyuks toifasiga restoran va barlar kirib, ular boshqa toifalardan binolarning noyob xarakterdagi arxitekturasiga ega bo‘lishi, zalning mijozlar uchun a’lo darajada bezatilishi xamda turli xildagi xizmatlari bilan farq qilishi shart. Bunday talab an’anaviy arxitekturadagi restoran va barlarga, shuningdek, tematik restoran va barlarga xam tegishlidir. Zamonaviy jixozlarning mavjudligi, turli musiqa dasturlaridan keng foydalanish, qimmatbaxo kumush, billur, chinni idish-tovoq va anjomlarda taomlarning taqdim qilinishi (idish tovoq va anjomlar maxsus buyurtma buyicha tayyorlanadi), yorituvchi vositalar restoran zalining arxitektura badiiy bezagini takomillashtiradi hamda xizmatning umumiy didli manzarasini namoyish qiladi.
Luks toifadagi restoranlarda buyurtma firma va taomlaridan tashqari taomnomada yozilmagan taomlar buyurtmasini ham qabul qilish mumkin. Restoranning taomlar assortimentida shirinliklar, xo‘l meva va sabzavotlar bo‘lishi kerak.
Luks va oliy toifadagi restoran vitrinalari turli badiiy manzarali fotosuratlar, optik yoritkichlar, rangli diapozitivlar bilan bezatiladi. Vitrinalarda korxonaning xususiyatlari, oshxonaning o‘ziga xos hususiyati, mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar majmui aks etishi kerak.
Luks toifadagi restoranlarda albatta quyidagi qo‘shimcha xizmatlar bo‘lishi shart.
* bayram taomlarini tayyorlash va tadbirlarni tashkillashtirish;
* uyga taom yetkazib berish va buyurtmalar qabul qilish;
* ma’lum muddatga joyni band qilish;
* mijoz iltimosiga ko‘ra taksi chaqirib berish;
* gul va sovg’alar sotish.

Download 50,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish