7. Nazariya va metodning o‘zaro bog‘liqligi
7. Nazariya va metodning o‘zaro bog‘liqligi
Kutubxonashunoslik metadologiyasi deganda biz ko‘proq bir qancha bilish nazariyasi usullarini, umumiy, boshlang‘ich, va asos bo‘ladigan qat’iylikni va tashkilotlardagi bir necha ilmiy tamoillar va tizimlarga tushunamiz.
Kutubxonachlikda bir necha 10 yillar davomida fan metadologiyasi mavjud bo‘lgan va bu metadologiya “Markistik lininistik bilish nazariyasi” asosida rivojlangan bo‘lib, bu fanlar bir butunligicha o‘rganilgan. Chet ellarda esa rivojlangan mamlakatlarda tamoman teskari bo‘lib, kutubxonachilik metodologiyasi “gumanistik, nomatirializm” asosida tashkil etildi.
Kutubxonachilikning yangi ma’lumotlariga ko‘ra yo‘nalishi quyidagilardan tashkil topgan:
-shahar falsafasi,bilish jarayoniga murojaat etish orqali;
-mantiq fani asosida;
- Kutubxonachilik faniga xos bo‘lgan qoidalar va tamoillar asosida;
Xar bir nazariyotchi va amaliyotchi o‘z faoliyatida nafaqat kutubxonachilikning kasbiy bilishlariga emas, balki Kutubxonachilikning umumiy va maxsus metadalogiyasini ham bilish kerak.
8. Metod nazariyasini asoslash
Forobiyning ilmiy qiziqishlari o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan barcha ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar tizimini qamrab olgan. Olimning xizmati shundaki, u qotib qolgan diniy aqidalarni tish-tirnog’i bilan himoya qiluvchi mutaassib dindorlar hukm surgan sharoitda insonning bilish qobiliyati va mantiqiy fikrlashga asoslangan bilishning ratsionalistik ilmiy metodini nafaqat ishlab chiqdi, balki uni amalda muvaffaqiyat bilan qo‘llashga ham erishdi, o‘rta asrlarda o‘sha davrdagi ilmiy bilimlarning qomusi sifatida e’tirof etilgan birinchi to‘liq fanlar tasnifini yaratdi, musiqa nazariyasi, tibbiyot, davlatshunoslik, axloq fanlariga ulkan hissa qo‘shdi. Forobiyning diqqat markazida avvalo taraqqiyot va ilmiy bilishning nazariy jihatlari va falsafiy muammolari turgan. Aynan falsafa bilimdoni bo‘lgani va murakkab falsafiy muammolarning mohiyatini teran anglagani uchun Forobiy «Al-muallimi soniy» - «ikkinchi (Aristoteldan keyingi) muallim» va «SHarq Aristoteli» degan nomlarga sazovor bo‘lgan. SHu davrda Aristotel YAqin va O‘rta SHarq mamlakatlarida jahonning eng buyuk allomasi sifatida dovruq taratgan, uning ilmiy dahosi qarshisida barcha taraqqiyparvar kishilar bosh eggan. Forobiyning o‘zi Bag’doddagi ilmiy faoliyatining dastlabki yillarida qadimgi davrning ilmiy merosini o‘zlashtirar ekan, yunon olimlarining asarlariga ko‘p sonli sharhlar yozgan. Xususan, u qadimgi yunon ilm-fanining bilimdoni sifatida Aristotelning mantiqqa oid «Birinchi analitika», «Talqin qilish haqida», «Topika», «Kategoriyalar» kabi asarlariga, uning tabiiy-ilmiy asarlariga, shuningdek «Etika», «Ritorika», «Poetika», «Metafizika», «Sofistika» asarlariga, Evklid «Geometriya»sining ayrim boblariga, Porfiriyning «Izagoga» asariga, Ptolemeyning «Almagest»iga, afrodeziyalik Aleksandrning «Jon haqida» deb nomlangan asariga chuqur talqin uslubidagi sharhlar yozgan.
Hozirgi vaqtda fan tarixchilari tomonidan Forobiy qalamiga mansub 160 dan ortiq asarlar aniqlangan. Forobiyning bizgacha yetib kelgan risolalarining aksariyatini bilimning turli sohalariga oid original ilmiy asarlar tashkil etadi. Ularni shartli ravishda quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |