Xuddi jahonning boshqa xalqlari kitobati kabi, Turonzamin qo‘lyozma kitobi ham asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tuvchi o‘lmas ma’naviy qadriyatlarni, ilmiy tafakkur yutuqlarini o‘zida mujassam etib bordi. Uning sahifalarida jahon fani va adabiyoti xazinasiga katta hissa qo‘shgan, dunyoda dong taratgan o‘nlab-yuzlab allomalarning, shoir va faylasuflarning ijodiy merosi muhrlanib qoldi. Mazkur kitoblar orqali bizga yetib kelgan ularning o‘lmas fikrlari, tajriba va bilimlari bugungi kunda ham kishilarga xizmat qilmoqda. Qadimiy davrlarda, o‘rta asrlarda hamda undan keyingi davrlarda, bir so‘z bilan aytganda o‘tmishda yashab ijod etgan barcha allomalarning ilmiy tadqiqotlari, shoir va yozuvchilarning asarlari, faylasuf va tarixchilarning ilmiy risolalari faqat bizning milliy madaniy merosimizning tarkibiy qismi yoki ma’naviy madaniyatimizning bebaho boyliklarigina bo‘lib qolmasdan, ayni paytda ular ma’naviyatimiz va madaniyatimizning kelgusidagi taraqqiyotining ham garovidir. Xuddi jahonning boshqa xalqlari kitobati kabi, Turonzamin qo‘lyozma kitobi ham asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tuvchi o‘lmas ma’naviy qadriyatlarni, ilmiy tafakkur yutuqlarini o‘zida mujassam etib bordi. Uning sahifalarida jahon fani va adabiyoti xazinasiga katta hissa qo‘shgan, dunyoda dong taratgan o‘nlab-yuzlab allomalarning, shoir va faylasuflarning ijodiy merosi muhrlanib qoldi. Mazkur kitoblar orqali bizga yetib kelgan ularning o‘lmas fikrlari, tajriba va bilimlari bugungi kunda ham kishilarga xizmat qilmoqda. Qadimiy davrlarda, o‘rta asrlarda hamda undan keyingi davrlarda, bir so‘z bilan aytganda o‘tmishda yashab ijod etgan barcha allomalarning ilmiy tadqiqotlari, shoir va yozuvchilarning asarlari, faylasuf va tarixchilarning ilmiy risolalari faqat bizning milliy madaniy merosimizning tarkibiy qismi yoki ma’naviy madaniyatimizning bebaho boyliklarigina bo‘lib qolmasdan, ayni paytda ular ma’naviyatimiz va madaniyatimizning kelgusidagi taraqqiyotining ham garovidir. Qadimgi o‘tmishimizning «sak-skif zamonasi» masalasidan keyin tariximizning yozma yodgorliklarida aks etgan «yozma manbali» davri boshlanadi. Bu davr ahomaniy podsholarining Behistun qoyatosh bitiklarida aks etgan. Keyinroq yunon va boshqa xalqlar tarixnavislik an’analarida qayta-qayta tilga olinadi. Ularda ajdodlarimizning etnogenetik evolyutsiyasiga doir, hayotining ijtimoiy-siyosiy ahvoli, madaniy-maishiy tarixi, ma’naviy dunyosi haqidagi ko‘plab ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |