Ana shu Ko‘rsatkichlarda «Turkiston to‘plami»ning tegishli jildida havola qilish barobarida u yoki bu material chop etilgan nashrga ham havola berib borilgan. Bu narsa nafaqat o‘zi saqlanayotgan Toshkent shahrida, boshqa joylarda to‘plamga kiritilgan adabiyotlardan foydalanish imkonini beradi. To‘plamga tuzilgan Sistematik ko‘rsatkichdagi butun material quyidagi guruhlashtirilgan:

1) «Umuman O‘rta Osiyo: 1 — tarixiy, geografik va siyosiy xarakterdagi asarlar. 2 — O‘rta Osiyo mamlakatlari bo‘ylab sayohat va turli ilmiy ekspeditsiyalar»;
2) «Xususan O‘rta Osiyo: 1 — O‘rta Osiyodagi rus mulklari; 2- O‘rta Osiyodagi Rossiyaga bo‘ysunmagan mulklar».
1887 yildan keyin 20 yil davomida to‘plam nashr etilmadi. Faqat 1907 yilda uni tuzish ustida ishlar qaytadan boshlandi. N.V.Dmitrovskiy, A.A.Divayev, Bonch-Osmolovskiy, Zikov bu ishga jalb etildi, A.A.Semyonov alohida rol o‘ynadi. 1907 yilda — 34 jildi, 1908 yilda — 45 jild, 1909 yilda esa 44 jild tayyorlandi. 1888 yildan keyingi davrdagi barcha eng muhim materiallar iloji boricha to‘plangan edi. To‘plamni tuzish 1917 yili 591 jildda to‘xtatildi, keyinchalik YE.K.Betger tag’in uch jildni qo‘shib qo‘ydi. V.I.Mejovning boshqa bir muhim ishi 1891 yilda ikki jildda bosmadan chiqqan «Osiyo bibliografiyasi» bo‘ldi. Unda rus va xorijiy tillarda O‘rta Osiyoda haqida XVII—XIX asrlarda (1880-yillarning so‘ngi) adabiyotlar haqidagi ma’lumotlar keng tanishtirildi. Ko‘rsatkichda materiallar joylashuvi tartibi quyidagicha: 1) Umuman O‘rta Osiyo. 2) Xususan O‘rta Osiyo. Har bir bob ichida — sistematik tartib. Boblarda qaydnomalar joylashuvi yagona tartibi yo‘q. Ba’zan tuzuvchi xronologik ketma-ketlikni tanlaydi (masalan, «Angliya va Rossiya O‘rta Osiyoda», «O‘rta Osiyo tarixi» boblarida), boshqa hollarda esa voqealar adabiyotida bayon etilgan xronologiyani asos qilib oladi (masalan, «Sayohat» bobi). «Osiyo bibliografiyasi»dan foydalanish yordamchi ko‘rsatkichlar yo‘qligi tufayli qiyinlashgan edi. 1947 yilda bibliograflar YE.K.Better va YE.D.Svidina V.I.Mejovning «Osiyo bibliografiyasi»da uchraydigan mualliflar, kishi va geografik nomlar Ko‘rsatkichi»ni tuzgan edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |