XIX asrning ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida Turkistonda bibliografiya rivojlanishi kutubxona-bibliografiya ishi tashkilotchisi, kutubxona ishi bo‘yicha kuzatuv qo‘mitasi va «Turkiston to‘plami»ni davom ettirish bo‘yicha byuro rahbari, ajoyib rus bibliograf-o‘lkashunosi N.V.Dmitrovskiy nomi bilan chambarchas bog’liq. U bir qator bibliografiya ko‘rsatkichlari tuzgan edi, jumladan: 1874 yilda har yilgi «Turkiston o‘lkasi statistikasi uchun materiallar»da e’lon qilingan «1862—1870 yillarda Rossiyada rus tilida chop etilgan O‘rta Osiyo to‘g’risidagi asarlarning bibliografik ko‘rsatkichi», «Turkiston to‘plami» mavjud bo‘lgan davrda (1867—1907 yillar) unga kiritilmay qolgan O‘rta Osiyo to‘g’risidagi maqolalar ko‘rsatkichi» va boshqalar.
6. Metod haqida umumiy tushuncha
Kutubxonashunoslik metadologiyasi deganda biz ko‘proq bir qancha bilish nazariyasi usullarini, umumiy, boshlang‘ich, va asos bo‘ladigan qat’iylikni va tashkilotlardagi bir necha ilmiy tamoillar va tizimlarga tushunamiz.
Kutubxonachlikda bir necha 10 yillar davomida fan metadologiyasi mavjud bo‘lgan va bu metadologiya “Markistik lininistik bilish nazariyasi” asosida rivojlangan bo‘lib, bu fanlar bir butunligicha o‘rganilgan. Chet ellarda esa rivojlangan mamlakatlarda tamoman teskari bo‘lib, kutubxonachilik metodologiyasi “gumanistik, nomatirializm” asosida tashkil etildi.
Kutubxonachilikning yangi ma’lumotlariga ko‘ra yo‘nalishi quyidagilardan tashkil topgan:
-shahar falsafasi,bilish jarayoniga murojaat etish orqali;
-mantiq fani asosida;
- Kutubxonachilik faniga xos bo‘lgan qoidalar va tamoillar asosida;
Xar bir nazariyotchi va amaliyotchi o‘z faoliyatida nafaqat kutubxonachilikning kasbiy bilishlariga emas, balki Kutubxonachilikning umumiy va maxsus metadalogiyasini ham bilish kerak.Kutubxonachilikning umumiy metadologiyasida asosiy o‘rin falsafa faniga tegishli bo‘lib, bu ma’noviy faoliyatning jamiyat va tafakkur xamda fikr yuritishni , tabiatning umumiy qonun-qoidalariga amal qilishni talab etadi.Falsafiy bilishlarning asosini Kutubxonachilikning metodologiyasi , bilish nazariyasi (genosologiya) tashkil etadi. Kutubxonachilik metodologiyasining nazariy faoliyatida ko‘rish faoliyati bor va bu unchalik kata bo‘lmagan damlarda bilishga oid faoliyatning solishtirma universal maydonidir. Bu “Kutubxonachilik ish” deb nomlanadi obektiv olami kichik fragmentga bag‘ishlanadi. Kutubxonachilikning muhim ahamiyati metodologik ma’noda dialektikaning falsafa kategoriyalariga tegishli bo‘lgan muhim qonun va tamoillari nazarda tutiladi. Bular quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |