Lirik asarlarni sharhlash tamoyillari (2 soat) Reja



Download 41,5 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi41,5 Kb.
#951586
  1   2
Bog'liq
Лирик асарларни шархлар тамойиллари


Lirik asarlarni sharhlash tamoyillari (2 soat)
Reja:

  1. Badiiy matn talqini asoslari.

  2. Sharh, tahlil, talqin, tafsir, ta’vil.

  3. Navoiy asarlariga sharh va izoh yozish an’anasi (lug`atlar, nasriy “Xamsa”lar, vazn ko`rsatkichlari)

Sharh arabcha so'z bo'lib, "tushuntirish", "izoh", "tavsif; "eslatma" kabi ma'nolarni anglatadi. Sharh rus tilida "kommentariy", sharhlash esa, "kommentirovanie" tarzida qabul qilingan. Uning ma'nosi "sharh' "tushuntirish; "tafsir", "tavsif, "izoh" kabi ma'nolarni anglatadi. Alisher Navoiy asarlari lug'atida esa, sharh "izoh, kengroq tushuntirish" tarzida ko'rsatilgan. Ayrim nazariy manbalarda, qadimgi qo'lyozmalarda sharhning tavsifga o'xshab ketishi, uning sharh bilan ma'nodosh bo'lsa-da, lekin kengroq mazmunni anglatishi ham ko'rsatiladi. "Farhangi zaboni tojiki"da u "oshkor va ravshan qilish, bayon, izoh, biror masalani tafsir va ma'nodor qilish" deya qayd etiladi.


Nazmni nasriy bayonga aylantirish?
Nazm – qat’iy tizim va intizom asosida birikkan butunlik. She’rda ma’no his-tuyg`ular yetovida ifodalanadi. His-tuyg`ularning harakati chaqmoqdek favqulodda, chopayotgan otdek shiddatli. Odatda ma’no mana shu kutilmagan shiddat ostida yashirin qoladi. Jaloliddin Rumiy “Nazm palaxmon toshi, uning mo`ljalga tegish-tegmasligi doim ehtimol”.
Ohangni sharhlab bo`lmaydi, ohang so`zga aylanishi bilan to`xtaydi. Biroq mastona kayfiyat, ichki bir ehtiyoj undovida she’rning qo`l, balki nigohlar yetmaydigan ufqlariga qadam urmoqchi bo`ladilar, natijada nazm ipiga tizilgan durlar nasr yo`liga tartibsiz sochib yuboriladi. Hech qachon far’ asl bo`lolmaydi, shox-novdalar ildiz o`rnida qabul qilinmaydi. Maqom e’tibori bilan bu ikki jihat farqlansa ham, vujud e’tibori bilan ular bir-birini taqozo qiluvchi mavjudlikdir. Nazmni nasriylashtirib izohlash majburiyati hamma zamonlarda qonuniy zarurat bo`lgan, negaki jamiyat faqat xlardan iborat emas.
Hikmatlarda tavsiya etilgan yo`l – mushkilni yechish, qiyinni osonlashtirish.
Adabiy qoidalar, badiiy vositalar haqiqatni majoz orqali anglashni o`rgatadi. Qachonki majoz ortidagi haqiqat unutilib, majozni haqiqat maqomida tushunish ommalashsa, bunday sharoitda ayni adabiy qoidalar va badiiy vositalar haqiqatga qaytish uchun xizmat qiladi. Alisher Navoiy:
Majozdin manga maqsud erur haqiqiy ishq,
Nedinki, ahli haqiqatqa bu tariqat erur.
Majozdin chu haqiqatqa yo`l topar oshiq,
Qilur majozni nafyi ulki, behaqiqat erur.
Adab ilmida mumtoz matnlarga nisbatan “Al-mujazul-mo`jiz” - “O`zi qisqa va ixcham, lekin mo`jizakor” degan ibora ishlatiladi. “Mujaz” shaklga, “mo`jiz” mazmunga aloqador. Har biri nechta gaplarga mazmun bag`ishlaydigan ko`p ma’nolarni bitta jumlaga joylash javomi’ul kalim deyiladi. Qur’on va hadis boshidan oxirigacha shu uslubda bayon qilingan.
Mushtoq so`zining o`zagi shavq (masdari ishtiyoq), o`zbek tilida qattiq xohish ma’nosini anglatadi. So`z o`rinlarining almashishi faqat nazm va vazn talabi uchun emas, tinglovchining diqqatini tortish, oldinroq bo`lib o`tgan suhbatning davomi ham bo`lishi mumkin, bog`lovchilarsiz, izohlovchilarsiz satrlarning o`z vazifasi mavjud.
Shorih – sharhlovchi.
“Xazoyinul ma’oniy” kulliyotini “Ashraqat min aksi shamsil ka’si anvorul hudo” jumlasi bilan boshlagan. Baytning avvalgi misrasi bir tilda, ikkinchi misrasi boshqaa tilda ifodalanadigan uslub mumtoz adabiyotda talmi’ san’ati deb nomlanadi.
Gavhari pok” – Odam farzandlari; Muhammad alayhissalom; iymon…
Idbor – lug`atda “orqa o`girish”, “teskari qarab ketish” ma’nosini ifodalaydi. Abu Ali Qoliyning “Amoliy” kitobida keltirilishicha, donishmandlardan biri deydi: “Bilginki, dunyoning quvonchi – g`am, iqboli idbordir”, ya’ni dunyoning senga yuzlanishi, aslida, sendan yuz o`girishidir. “Al-azkiyo” kitobida keltirilishicha, bir a’robiydan: “Holing nechuk?” – deb so`raldi. Shunda u: “Yaqinimdagi barcha narsalarni idbor holatida, ya’ni menga orqa o`girib turganini, teskari o`girilishi lozim bo`lgan narsalarning menga iqbol qilib, ya’ni yuzlanib turganini ko`ryapman” – degan ekan. Siyrat (xulq-atvor, axloq-odob) kitoblarida, adabiy manbalarda idbor so`zining lug`aviy ma’nosi yanada aniqlashib, haqdan yuz o`girish; ato etilgan ne’matga orqa o`girib olish holatini ifodalab keladi:
El qochsa birovdin el yomoni bil oni,
Ahvolida idbor nishoni bil oni.
Fe’l ichra ulus baloyi joni bil oni,
Olam elining yomon yomoni bil oni.
Zaqqum – “juda achchiq va sassiq, mevasi do`zaxiylarning taomi bo`lgan daraxt; har bir o`ldiruvchi taom”. Do`zax qa’rida o`sadigan bir daraxtdir. Uning butoqlari(dagi mevalari xunuklikda) xuddi shaytonlarning boshlariga o`xshar. Termiziy rivoyatida “Agar jahannam zaqqumidan bir tomchisi dunyo dengizlariga tushsa, dunyo ahlining butun hayotini buzadi” – deyilgan ekan.

Download 41,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish