THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH
TURKEY international scientific-online conference
Part 7, Issue 1: August 27
th
2022
~ 21 ~
www.interonconf.com
LIRIK TURKUMLARDA TIMSOLLILIK MASALASI
Obidaxon Xolbekovna Fayzullayeva
GulDU, O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti
Annotatsiya:
Mazkur maqola o‘zbek she’riy turkumlarida timsollar talqini
masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu masala Eshqobil Shukur qalamiga mansub sikl
she’rlari misolida tadqiq etilgan. Shuningdek, turkum she’rlarda ko‘plab obrazlar qatori
turfa insonlar obrazlari va mavhum tushunchalar ham obraz darajasida
shakllantirilganligi masalasi ham o‘rganilgan bo‘lib, kechinma-obrazlarning o‘ziga xos
jihatlari, shoirlarning turkumlarda o‘z kechinmalarinig davomli ifodasi uchun qulay
shakl sifatida tanlaganligi ham aniqlangan.
Kalit so‘zlar:
she’riy turkum, obrazlilik, majoziy timsollar, mifologik tushuncha,
lirik qahramon, timsol, allegoriya, badiiy tasvir, obraz turlari, kechinma-obraz, she’riy
ifoda, poetik tafakkur va xokazo.
Timsolsiz san’at, adabiyot, umuman, ijod bo‘lgan emas. Xalq og‘zaki ijodi bugun
faqat mifologik yoki tarixiy asos sifatida o‘rganiladigan ijod emas, balki u timsollar
san’ati sifatida o‘rganiladigan, tahlil etilishi lozim bo‘lgan san’atdir. Timsol – tashqi
dunyoning bizning ichki dunyomizda, qalbimiz va ongimizdagi aksidir. Demak, ichki
dunyomizda tashqi dunyoni o‘ziga xos qabul qiluvchi xususiyat bor. U tashqi dunyoni
ramzlar, timsollar orqali, ya’ni o‘zicha “qayta ishlab” qabul qilishga moslashgan. Inson
tug‘ilgandayoq dunyoga shunday ruhiy imkoniyat bilan kelgan. Ilk odamlar tabiat va
koinot sirlarini timsollar orqali qabul qilganlari bejiz emas”
6
.
Xalqimizning sevimli shoirlaridan bir Eshqobil Shukurning “Nasoyim ul
muhabbat”ga sayr” nomli turkumidagi she’rlar “Munojot” nomli she’ri bilan
boshlangan. Unda Yaratgan karamidan umidvorlik aks ettirilgan.
Shoir Eshqobil Shukur qalamiga mansub yana bir necha turkumlar mavjud bo‘lib,
bular “Qadimgi bitiktoshga yozuvlar”, “Surgun”, “Urushdan keyingi urush”. “Qadimgi
daftar” kabilardir.
Eshqobil Shukurning “Surgun” va “Urushdan keyingi urush” turkumlari nisbatan
kichik turkumlar bo‘lib, “Surgun” turkumida nohaq ayblovlar bilan surgun qilingan
momolarimizning surgundaligidagi og‘ir axvoli bayon qilingan bo‘lsa, “Urushdan
keyingi urush” turkumida esa urushning insonlar hayotida qoldirgan mudhish izlari
xususida so‘z boradi.
“Surgun” turkumiga shoir yana bir izoh sarlavha ham berib, uni “Qirmiz momo va
Qurbon momo bilan muloqotlar” deb ham nomlaydi. Ushbu turkumdagi shoir uslubi
6
Jabbor Eshonqul. Tush semantikasi va badiiy vazifalari/
O‘zbek folklorida tush va uning badiiy talqini” kitobi. –
Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2011. 34-b.
THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH
TURKEY international scientific-online conference
Do'stlaringiz bilan baham: |