Maxsus o g‘ z a k i mashqlar — matematika darsining zaruriy muhim qismi. Ularning o`rni, odatda, darsning boshida. Ammo ularni dars o`rtasida ham o`tkazish mumkin. Bunday mashqlarni dars oxirida bajartirish maqsadga muvofiq bo`lmaydi, chunki o`quvchilar toliqib qolgan bo`lishadi.. Misol va masalalargina emas, balki algebra va geometriya elementlari ham og‘zaki hisoblashlar uchun material bo`lib xizmat qilmog‘i kerak. Og‘zaki hisoblashlar uchun mashqlar tanlashda shunga intilmoq kerakki, bu mashqlar dars maqsadlariga javob bersin va darsning yangi o`quv materialini tayyorlashga xizmat qilsin.
3 Dars maqsadlarini etkazish (aytish). Aniq lo`nda va tushunarli qilib ifodalangan dars maqsadlari ko`p jihatdan dars materialini tushunib o`zlashtirishga imkon beradi, o`quvchi fikrini zarur yo`nalishga solish imkonini beradi, o`quvchilarning yangi materialni o`zlashtirishga bo`lgav qiziqishlarini orttiradi.
Yangi materialni o`rganishga tayyorlash. Ma’lumki, har qanday yangi bilimlar har doim asosan ilgari olingan bir qator bilimlar, malakalar va ko`nikmalarga asoslanadi. Shu sababli, yangi materialni o`rganish oldidan o`quvchilar xotiralarida yangi materialni o`zlashtirish uchun kerak bo`ladigan bilimlar va malakalarni tiklash kerak. Shu maqsadda o`qituvchi tayyorlash mashqlarini tanlaydi. Yangi materialning qanchalik qiyinligiga qarab, bilim va malakalarning qanday zapasi tiklanishi zarurligiga qarab, o`qituvchi tayyorlash mashqlarini o`tilayotgan dars (ya’ni yangi material qaraladigan dars) ga yoki oldingi bir yoki bir necha darsga taqsimlaydi. Bunda tayyorlash mashqlarini og‘zaki mashqlarga va o`quvchilarning uy vazifalariga kiritish mumkin.
Yangi materialni o`zlashtirish — hozirgi zamon ko`pchilik darslarining muhim tarkibiy qismidir. «Agar o`qitishning oldingi praktikasida, deb yozadi mashhur metodist A. S. Pchelko, yangi bilimlarni tushuntirish nisbatan kam son- dagi darslarda amalga oshirilgan bo`lsa, endi esa bizning o`quvchilarimiz ko`pchilik darslarda o`zi uchun biror yangilikni bilib oladi, bu esa uni yangi bilimlar bilan qurollantiradi, aqliy doirasini kengaytiradi»1.
Yangi materialni o`rganishga nisbatan ijobiy emotsional munosabat uyg‘otish, bolalarning o`zlari yangi bilimlarni olishda bevosita ishtirok etishadigan sharoitlarni yaratish muhimdir.
Misol. Ikki xonali sonni bir xonali songa ko`iaytirish..
yechish uchun ushbu misollar beriladi: 7 • 5, 63 : 9, 8-4, 9-8, 12-8.
Oxirgi 12 • 8 misolini o`quvchilar yecha olishmaydi, chunki ular hali ikki xonali sonni bir xonali songa ko`paytirish usuli bilan tanish emaslar. Problemali vaziyat hosil bo`ldi. O’quvchilardan biri echish uchun ko`paytirish amalining konkret mazmunini bilganlikka asoslanilgan tanish usuldan foyda- lanishni taklif qiladi: 12 • 8 = 12 + 12 + 12 + 12 + 12 + + 12 + 12 + 12. O`qituvchi yechishga ko`paytirishdan foydalanib ratsionalroq yaqinlashishni topishni taklif qiladi. Xususan, sonini qandaydir ikki qo`shiluvchining yig‘indisi shaklida tasvirlash va shundan keyin hosil bo`lgan ifodaning qiymatini yig‘indini songa ko`iaytirish xossasidan foydalanib topish kerak. O`quvchilar bir nechta variantni aytishlari mumkin:
(7 + 5) • 8 — 7 ■ 8 + 5 • 8 — 56 + 40 = 96 (8 + 4) • 8 = 8 • 8 + 4 • 8 = 64 + 32 = 96 (10 +2) -8 = 10-8 + 2-8 = 80 + 16 = 96.
O`quvchilar 12 sonini ikki sonning yig‘indisi shaklida tasvirlashning mumkin bo`lgan barcha usullarini taqqoslab, 12 ni .xona birliklarining yig‘indisi shaklida tasvirlash osonroq ratsional hisoblash usuliga olib kelishiga ishonch hosil qiladilar.
Yangi material ustida ishlash har xil metodlar bilan amalga oshirilishi mumkin. Yangi materialni dastlabki o`zlashtirish metodlarini tanlashda bilimlar tarkibining murakkabligidan; o`quvchilar umumiy rivojlanishining darajalaridan; ularning psixologik va yosh xususiyatlaridan; u yoki bu metoddan foydalaishi imkoniyatidan va metodik tarbiyaviy qimmatidan, ya’ni bu metod bolalarning bilish qobiliyatlarining, amaliy ko`nikmalarining rivojlanishiga qanchalik yordam berishdan; dunyoqarashlarining va xarakterlarining ma’lum xususiyatlarini shakllantirishga qanchalik yordam berishidan; o`quvchining har tomonlama faoliyatini qanchalik ta’minlashidan kelib chiqmoq kerak. Bilimlarni problemali bayon qilish, evristik xarakterdagi suhbat, o`quvchilarning mustaqil va amaliy ishlari muhim tushuntirish metodlari jumlasiga kiradi. YAngi materialni dastlabki idrok qilishda mustaqil ishlash metodidan foy dalanish muhimligini, ya’ni mazmuni bo`yicha o`z kuchlari eta- Digan yangi materialni o`quvchilarning mustaqil o`zlashtirishlarining muhim ekanini ta’kidlab o`tish kerak.
Boshlang‘ich sinflarda yangi materialni tushuntirishning asosiy yo`llaridan biri induktiv yo`ldir.Yangi materialni qarashda ko`rsatmaqo`llanmalardan va o`qitishning texnik vositalaridan to`g‘ri foydalanishiing katta ahamiyati bor.
Yangi materialni mustahkamlash ham darsning muhnm struktiv qismidir. Yangi bilimlarni mustahkamlash protsessida dastlabki malaka va ko`nikmalar shakllanadi, yangi materialning qanday o`zlashtirilganligi qisqa muddatli mustaqil ishlar o`tkazish bilan tekshiriladi, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinadi. Yangi materialni mustahkamlash asosan mashq qildirish xarakteridagn va ijodiy xarakterdagi mashqlar orqali amalga oshiriladi. Yangi materialni mustahkamlashga doir dastlabki mashqlar asosan o`qituvchi rahbarligida kollektiv ravishda bajariladi. Ammo shuni nazarda tutmoq kerakki, bu mashqlarni oldin kuchli o`quvchilar bajarishadi. Shunday qilinsa, qolgan o`quvchilar yangi materialni yana bir marta idrok qilnsh imkoniga ega bo`lishadi.
Agar yangi material mazmuni bo`yicha sodda bo`lsa, uni mustahkamlashni o`quvchilarning mustaqil ish bajarishlari'dan boshlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |