Uy vazifasini tekshirish.
Maxsus og‘zaki mashqlar.
O`quvchilar oldiga dars maqsadini qo`yish.
Bolalarni yangi materialni idrok qilishga tayyorlash.
YAngi materialni o`rganish.
YAngi materialni mustahkamlash.
Ilgari o`tilgan materialni takrorlash va mustahkamlash.
Darsni yakunlash va uyga vazifa (topshiriq) berish. Har qaysi alohida darega bu sanab o`tilgan elementlarning hammasi ham kiravermaydi, ammo bularning hammasi ham har bir tema bo`yicha darslar sistemasining zarur komponentalaridir. Murakkab dare tipida darsning hamma bosqichiga taxminan bir xil vaqt sarflanadi.
Murakkab darsning har bir tarkibiy qismini qarab chiqamiz.
Uy vazifasini tekshirish — darsning muhim qismi. Tekshirish sistemasi yaxshi yo`lga quyilsa, uy vazifa sini bajarmaslik yoki qoniqarsiz bajarish haqidagi fikr o`qunchi xayoliga ham kelmasligi kerak. O`quvchilarning uy ish- larini tekshirish o`qituvchining vazifasngina bo`lib qolmay, balki zarur narsadir ham. Bu ishni bajarmay turib, o`quvchilarning o`tilgan materialni qanday o`zlashtirganlari haqida yaqqol tasavvurga ega bo`lib bo`lmaydi. Uy vazifalarini (ishlarini) sistemali tekshirib borilmasa, ular o`z ma’nosini yo`qotadi. O`qituvchi uy vazifasinn doimiy tekshirib borishi plan o`zining o`quvchining o`quv faoliyatiga qiziqqanligini namoyon qiladi, topshiriqlarning bajarilishi muhimligini ko`rsatadi, o`quvchilarning qilgan mehnatlariga nisbatan hurmatini ko`rsatadi, shu yo`l bilan u o`quvchilarda uy vazifasiga nisbatan to`g‘ri munosabatni tarbiyalaydi.
Topshiriqlarning xarakteriga qarab uy vazifasnni tekshirish formasi (shakli) turli-tuman bo’lishi mumkin. Agar uy ishi oldingn dars materiali va o`tilayotgan dars vazifalari bilan tarkiban bog‘lanmagan bo`lsa, u holda darsning boshidagina emas, balki istalgan bosqichida tezgina qarab chiqish bilan cheklanish, ishning to`g‘ri bajarilganligini esa uyda qarash mumkin.
Agar uy ishi o`tilayotgan dars mazmuniga bog‘liq bo`lsa yoki u oldingi darsda o`rgatilgan yangi material bo`yicha berilgan bo`lsa, u holda javoblarning to`g‘riligini tekshirishning o`zigina emas, balki bajarilgan amallarni o`quvchilarning tushuntirishlarini tinglash ham muhimdir. Bunda ushbu savollarni berish muhimdir: «Nega?», «Qanday mulohaza qilding?», «Nimani bilib olding?», «Yechimning to`g‘riligini qanday tekshirarding?» va hokazo.
Va, nihoyat, agar o`qituvchi uy ishini hatto bo`sh o`quvchilar ham uddasidandan chiqganligiga ishonch hosil qilsa, u holda uy vazifalarini umuman tekshirmaslik ham mumkin.
Uy vazifasini tekshirish formalaridan yana biri tanlab tekshirishdir. Bu o`rinda berilgan uy vazifasidagi eng asosiy, qiyin joylarni tanlab tekshirish nazarda tutiladi. Uy vazifasini tekshirishning boshqa formalari ham mavjud, masalan: oldindai doskaga osib qo`yilgan asboblar bilan taqqoslash; berilgan topshiriqdagiga o`xshash topshiriqlarning bajarilganini o`zaro tekshirish va hokazo.
91 — 28 = 63
48 + 22 = 70
39 + 12 = 51
57 — 36 = 21
57 + 27 = 84
48 + 14 = 62
So`nggi yillarda og‘zaki sanoq (hisob) bilan bog‘lab berilgan uy vazifalarini tekshirish boshlang‘ich sinflarda keng tarqaldi. Masalan, ikkinchi sinf o`quvchilari o`quv yili boshida uyda ushbu ko`rinishdagi misollarni yechishgan60 hosil qilish uchun qanday misolning javobiga 9 ni qo`shish kerak?
Javobida nol bilan tugaydigan ikki xonali son hosil bo`lgan misolni o`qing.
Javobi 24 dan 3 ta kam bo`lgan misolni ayting.
Javobi 6 ta 2 xona birligidan va 3 ta 1 xona birligidan iborat bo`lgan misolni ayting.
Qiymati 8 o`nlik 4 birlikdan iborat sonli ifoda toping.
32 va 18 sonlari yig‘indisini 12 birlik orttiring. Uyga bershnap mnsollarda shunday natija chiqdimi? Qaisi mi- solda?
Do'stlaringiz bilan baham: |