Mavzu: Dars, dars mazmuni, texnologik xaritalar tuzish. Muammoli dars va uni tashkil qilish usullari. Darsni tahlil qilish. Reja


I l g a r i o`tilgan materialni mustahkam­lash



Download 68,93 Kb.
bet15/19
Sana31.12.2021
Hajmi68,93 Kb.
#263661
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1.3 -maruza 3-kurs mom

I l g a r i o`tilgan materialni mustahkam­lash. Pedagogik adabiyotda ushbu so`zlarni o`qiymiz: «Takrorlash zarurati o`quvchilarning o`rganilayotgan materialni puxta o`zlashtirish vazifalaridan, o`quvchilarning eslab qolishigina emas, balki o`qitish xususiyatiga ham ega bo`lgan xotiralarining rivojlanish xususiyatlaridan, ko’p martalab takrorlashni talab qiluvchi malaka va ko`nikmalarning hosil bo`lish qonuniyatlaridan kelib chiqishi bilan asoslanadi»1. Darslarni takrorlash bilan to`yintirish, yangi o`rganilayotgan mate­rialni ilgari o`tilgan material bilan bog‘lash lozim, degan didaktik talabni K. D. Ushinskiy ham aniq va ifodali tasvirlab bergan. U o`zining «Shveysariya bo`ylab pedagogik safarida»gi xatlaridan birida bunday yozadi: «...takrorlash to`xtovsiz bormoqda, har qaysi darsda oldingi darslarda o`zlashtirilganlar takrorlanadi: har qaysi sinfda oldingi sinflarda bilib olinganlar takrorlanadi, qarab chiqiladi, buning natijasida esa so`z va fikrgina kuchli rivojlanib qolmay, balki faktik ma’lumotlarning ajoyib mo`l-ko`lligi hosil bo`ladi... Bu to`xtovsiz takrorlanuvchi metodlar, to`xtovsiz eskiga qaytuvchi va unga yangini qo`shuvchi metodlarning hammasi ushbu muhim psixologik faktorga asoslanadi: jon dildan o`zlashtirib olingan har qanday bilim yangidan ongga qaytib, puxta va tushunarliroq bo`lib qolmay, balki o`ziga yangi bilimlarni tortuvchi xususiyatga ega bo`lib, bu bilimlarga o`zining puxtaligini beradi»!.

Bu fikrlar yangi materialni o`rganish bilan birga ilgari o’tilganlarni sistemali takrorlash zaruratiga nisbatan qilinadigan hozirgi talablarga mos keluvchi qanday ajoyib aniq, hamohang fikrlardir.

Shuni ta’kidlash kerakki, takrorlash bu ilgari o`tilganlarni to`gridan-to`g‘ri qayta tiklash bo`lmay, balki bunda «eskiga boshqa pozitsiyalardan qarash, masalan, yangi material nuqtai' nazaridan qarash imkonini beruvchi biror yangilik albatta paydo bo`lishi kerak. Qanday qilinganda takrorlash samalradorroq bo`ladi? Balki o`quvchini shunday talablar bilan ko’mib tashlash kerakki, u aktiv aqliy faoliyat qilsin, takrorlanayotgan material qatnashgan, ilgari hech bir bajarilmagan mashqlarni bajarishda qatnashsin.Permanent (uzluksiz) takrorlash prinsipi o`quv protsessida har xil tarzda va turli o`rinlarda takrorlashni, o`quvchilar aktivligini nazarda tutadi. ,

Uyga vazifa. Uyga beriladigan topshiriqlar darsdan mustaqil vaqtlarda o`quvchilar mustaqil ishlarini tash­kil qilish formasi shaklida zarurdir. Bunda uy vazifalarining o`quvchilar kuchlariga mos kelishi lozimligi talabi ayniqsa muhimdir. Shuningdek, topshiriq mazmuniga oid va uni bajarish metodikasiga doir aniq ko`rsatmalar muhimdir.

Uy vazifalarini o`qituvchi dars o`rtasida yoki boshqa qismida berishi mumkin, faqat dars oxirida berish maqsadga muvofiq kelmaydi, chunki bu vaqtda o`quvchilarning diqqatlari bo`shatib qoladi. Odatda, uy vazifalarini o`qituvchi qisqa shaklda doskaga yozadi, o`quvchilar esa o`z kundaliklariga yozib oladilar.




Download 68,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish