Mavzu: Dars, dars mazmuni, texnologik xaritalar tuzish. Muammoli dars va uni tashkil qilish usullari. Darsni tahlil qilish. Reja



Download 68,93 Kb.
bet16/19
Sana31.12.2021
Hajmi68,93 Kb.
#263661
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1.3 -maruza 3-kurs mom

Darsni yakunlash. Darsni tashkiliy ravishda aniq yakunlash darsning mantiqan bugunliginn ta’minlashda katta ahamiyatga egadir. Dars oxirida o`qituvchi o`quvchilarga dars­ning asosiy maqsadini eslatib, bolalarga savollar berish yo`li bilan darsni yakunlaydi. O`qituvchining savollari mujmal, noaniq bo`lmasligi kerak. Masalan, bolalardan darsda nima qildilaring deb so`ralsa, ular beradigan javob ham umumiy xarakterga ega bo`ladi va taxminan bunday bo`ladi: «Biz bugun misollar, masalalar yechdik...» Shu sababli bu o`rinda konkretroq, masalan, bunday savollar o`rinli: «Darsda nima qilishni o`rgandingiz?» «Qanday yangiliklarni bilib oldingiz?» va hokazo.

Oxirida shuni ta’kidlaymizki, «Murakkab tipdagi darsda takrorlash va ilgari o`rganilganlarni tekshirishga, yangi mate­rialni o`rganishga va uni mustahkamlashga taxminan bir xil vaqt sarflanadi. Bunda ko`pincha o`qituvchi ilgari o`rganilganlarni mustahkamlash bilan bir vaqtda bolalar bu material­ni qanday, o`zlashtirganliklarini tekshiradi. Yangi materialni o`rganish bilan yo`l-yo`lakay bu material bo`yicha olingan bilimlar, malakalar va ko`nikmalar mustahkamlana boradi. Mustahkamlash keyingi temani o`rganishga tayyorgarlik bilan qo`shib olib boriladi va h. k. SHu bilan o`quvchilarning dars davomidagi aktiv ishlashlari ta’minlaiadi»1.

Yangi materialni o`rganish darslari. Murakkab tipdagi darslarda yangi materialni tushuntirishga taxminan 10—15 minut vaqt beriladi. Ammo yangi materialni o`rganish usul va metodlari har xillashtirilsa, boshlang‘ich sinflarda tushun­tirishga 20—25 minut vaqt ajratish mumkin. Bu holda yangi tip dars yangi materialni tushuntirish darsi hosil bo`ladi. Yangi materialni o`rganish darsining strukturasi:

Uyga berilgan vazifani tekshirish (agar uy vazifasi o`quvchilarni yangi materialni o`rganishga tayyorlovchi materi­alni o`z ichiga olgan bo`lsa, bu tekshirish ayniqsa zarur).

O`quvchilarga darsning maqsadini etkazish.

Yangi materialni o`rganishga tayyorlash.

Yangi materialni o`rganish.

Yangi materialni dastlabki puxtalash.

Yakuilash va uyga vazifa berish.

Murakkab va yangi materialni tushuntirish darslari strukturalarini taqqoslab ular deyarli bir xil ekanini ko`ramiz. Bunda farq shundaki, yangi materialni tushuntirish darslarida asosiy vaqt yangi materialni o`rganishga beriladi.

Bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni mustahkamlash darslari. Yuqorida har bir darsda bolalar yangi bilimlarni olib ilgarilab borishlari haqida gapirilgan edi. Ammo shun­day darslar ham borki, ularning asosiy qismlari ilgari olingan bilimlarni mustahkamlashga yo`naltirilgan bo`ladi. Bundan darslar bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni mus­tahkamlash darslari deb ataladi.

Mashqlar, amaliy va mustaqil ishlar bilimlarni mustahkamlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Shu sababli mustahkamlash darslarining strukturasi taxminan bunday bo`lishi mumkin:

Dars maqsadini qo`yish.

Uy vazifasini tekshirish va o`rganilgan materialni mashqlar, amaliy, laboratoriya ishlari va mustaqil ishlar tariqasida mustahkamlash.




Download 68,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish