Statistik tartibga solish. Ko'rsatkichlarni aniqlash va o'lchash tizimi tuzilgach, jarayonni takomillashtirish bo'yicha guruh statistik nazorat usullari yordamida butun jarayonni tahlil qilishi va tartibga solish mumkin bo'lgan ko'rsatkichlarni aniqlashi kerak.
Jarayonning statistik nazorati ko'plab tashkilotlarda xodimlarning fikrlashini tubdan o'zgartirishni talab qilishi mumkin. Statistik nazoratning texnik jihatlari yetarlicha yaxshi ishlab chiqilgan, matematik asoslanilgan va kompyuterlar uchun dasturlar bilan ta'minlangan. Jarayonning ko'rsatkichlari va chiqish ma'lumotlarini o'lchash uchun qo'llaniladigan asMAVZUlar tobora aniq va tejamkor bo'lib bormoqda. Bu o'z navbatida texnologik jarayonga kiritilgan o'lchashlar va ma'lumotlarni tahlil qilishning avtomatlashgan vositalarining keng tarqalishiga imkon berdi.
Tartibga solish tizimining shakllanishi. Faoliyatning dastlabki bosqichida jarayonni barqarorlashtirish, nazorat qilish, so'ng uni takomillashtirish tadbirlarini o'tkazish zarur. Bunday jarayon to'rt bosqichda rivojlanadi: 1) jarayon nazorat qilinadigan holatda bo'lmaydi; 2) jarayon barqaror; 3) jarayonni bosqichma - bosqich takomillashtirish; 4) jarayonni doimiy takomillashtirish.
Birinchi bosqichda jarayonni takomillashtirish guruhining vazifasi o'rnatilgan chegaralar bo'yicha jarayonning har bir ishdan chiqish holatining sababini aniqlash va nosozliklarni yuzaga keltiradigan elementlarni aniqlashdan iborat. Bu elementlarni bilgan va nazorat qilgan holda guruh jarayonni yo'lga qo'yishni boshlaydi. So'ng jarayon barqarorlashadi va ikkinchi bosqichga o'tiladi.
Ikkinchi bosqich uchun jarayonning statistik barqaror xususiyati xos, ammo u hali iste'molchining talablarini qoniqtiradigan natijalarni bermaydi.
Uchinchi bosqichda jarayon takomillashtiriladi. Jarayon nazorat qilish holatida bo'lganda uni takomillashtirishning muhim yo'nalishlarini diqqat bilan tahlil qilish va aniqlash zarur. Bunday tahlilda taklif qilinyapgan tadbirlarni tatbiq qilish imkoniyatlari va harajatlari, kutilyapgan samara hisobga olinishi kerak. Shundan so'ng, jarayonni takomillashtirish va baholash takliflarini bosqichma - bosqich tatbiq qilish rejasi ishlab chiqiladi. Har bir tadbirdan so'ng jarayonni barqarorlashtirish uchun vaqt beriladi. Har bir tadbirning butun jarayonga ta'sirini baholash juda muhim.
To'rtinchi bosqich jarayonni doimiy takomillashtirishni o'z ichiga oladi. Hatto jarayon natijasining iste'molchi talablariga javob berishini mavjud ma'lumotlar tasdiqlaganda ham iste'molchining talablari doimiy oshib borayotganni va shunga mos ravishda jarayonni doimiy takomillashtirish zarurligini unutmaslik lozim.