SSS kompaniyasining o’n yilliklar bo’yicha foyda va zarar hisoboti
|
1958y
|
1968y
|
1978y
|
1988y
|
1998y
|
Sotuv
|
144
|
987
|
1956
|
3678
|
5324
|
Xarajatlar
|
136.2
|
840.2
|
1607.4
|
3012.2
|
4734.6
|
Aktsiya va soliq bo’yicha to’lovlardan oldingi foyda
|
7.8
|
46.8
|
348.6
|
665.8
|
589.4
|
Atamaning o’zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Bozor
|
rinok
|
market
|
tovarlarning real va potensial sotuvchi va xaridorlari majmui xarakat qiladigan almashinish soxasi; tovarlarni sotish bilan borliq almashinish soxasidagi iqtisodiy munosabatlar majmui.
|
Bozorni segmantlash
|
Rinochnie segmenti
|
Market segments
|
xaridorlar, bozorlarni xaridorlar undovi va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarga qarab, aloxida guruh, qism (segment) larga ajratish.
|
Bozor segmenti
|
Segment rinka
|
Market segment
|
marketingning undovchi rag‘batlantirishiga bir xil javob beradigan xaridorlar majmui.
|
Buyurtma
|
Zakaz tovarov (uslug)
|
Order of goods (services)
|
ma’lum tovar (xizmat) ni xarid qilish xaqida jiddiy niyat bildirilgan va sotib olish uchun barcha zaruriy talablar bayon qilingan xujjat.
|
sertifikatlashtirish
|
sertifikatsiya
|
certification
|
muayyan ob’ektlari va elementlarini baholash yuzasidan uchinchi tomonning harakati bo’lib, talablar, berilgan standartlar yoki bu mahsulotga texnik talablarga mos ravishda muayyan mahsulotni tayyorlash barqarorligini ta’minlash imkoniyatini tasdiqlash maqsadida o’tkaziladi.
|
7 - MAVZU. BOSHQARUV TIZIMLARINI TAKOMILLASHTIRISH.
1.Jarayonlarni boshqarishni tashkil qilish.
2.Jarayonlarni attestatsiyalash.
3. Jarayonlarni takomillashtirish bo'yicha guruhlarning faoliyati.
4.Sifatni ta'minlash tizimining amal qilinishi.
1.Jarayonlarni boshqarishni tashkil qilish.
Boshqarish jarayonlari va tizimlari. Jarayonlarni boshqarish va nazorat qilish tizimlarini o'zgartirish tashkilot, firma faoliyatining takomillashuviga olib keladi. Ko'plab tashkilotlar, firmalar, muassasalarda vertikal - funktsional tamoyil bo'yicha tashkiliy tuzilmalar yaratilgan bo'lib, ular bir ixtisoslikdagi mutaxassislarni yagona bo'linmaga jamlaydi. Natijada bir butunlik sifatida samarali faoliyat yurituvchi jamoa tashkil topadi.
Afsuski, faoliyatning ko'p turlari ishni vertikal emas, balki gorizontal tashkil qilishni talab qiladi. Vertikal tashkiliy tuzilmada bo'linmalar bo'yicha yagona jarayonlarning elementlarini taqsimlash yanglishish va paralellizmga olib keladi, bu esa samaradorlik va sifatga salbiy ta'sir etadi. Eng yuqori samaraga erishishni ta'minlovchi, barcha faoliyat turlarini korxona uchun yakuniy maksimal samaraga yo'naltiruvchi strategiya jarayonlarni boshqarishni o'z ichiga oladi.
Jarayonni boshqarishning mohiyati. O'tgan davrda ishlab chiqarish jarayonini boshqarishga asosiy e'tibor qaratilgan. Lekin samaradorlikka faqat faoliyatning barcha turlarini boshqarish hamda bir necha jarayonlardan tashkil topgan tashkilotning faoliyati hisobiga erishish mumkin.
Barcha xizmatchilar va ishchilar faoliyatining boshqarilishi ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish bilan bir xilda amalga oshiriladigan jarayonlar sifatida ko'riladi. Xizmatchilarning loyihalash - konstruktorlik ishlari, mahsulotni sotish, xodimlar masalasi, ma'lumotlar va hujjatlarni qayta ishlash kabi ko'plab faoliyatlari murakkabligi va qo'shimcha qiymatiga ko'ra ishlab chiqarish jarayonlaridan qolishmaydi.
Jarayon - bu boshlang'ich materiallar (jarayonning kirishi) ustida bajariladigan, ularning qiymatini oshiradigan va muayyan natijaga olib keladigan (jarayonning chiqishlari) operatsiyalar majmui (faoliyat turlari). Boshlang'ich ma'lumotning qiymati malakali mehnat va bilimlarni qo'llash hisobiga ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |