Hisobot. Jarayonni takomillashtirish bo'yicha guruh jiddiy va murakkab muammolarni ko'rib chiqar ekan, ularni hal qilishning kechishi maxsus jurnal yoki faylga qayd qilib borilishi kerak. Jiddiy muammolarning hal qilinishi, nazorat qilishni ko'zlovchi tizim bunday ishlarga sarflanadigan vaqtni 50% ga qisqartirish imkonini beradi. Ma'lumotlar ombori quyidagi axborotlarni o'z ichiga olishi kerak:
Muammoni, uni aniqlash yo'llarini tavsiflash.
Muammo yuzaga kelishining asosiy sababi.
Ishlarning kalendar rejasi.
Tuzatish tadbirlarini olib borish uchun mas'ul shaxslar va ularni o'tkazish muddatlari.
Taklif qilinyapgan samara.
Haqiqiy samara.
Nazorat tartibining o'zgarishi.
Taklif qilinyapgan iqtisod.
Tuzatish ta'sirlarining boshqa sohalari.
Jarayonni takomillashtirish bo'yicha guruh rahbariyatga jarayonning samaradorligi va natijaviyligi to'g'risida hisobotni taqdim etadi. Hisobotga qo'yilyapgan talablar jarayonning murakkabligiga bog'liq. Talablar oson yoki haddan tashqari murakkab bo'lishi mumkin. Hisobot tartibini tashqi iste'molchi uchun ishlab chiqarilgan mahsulot misolida ko'rish mumkin.
Jarayonni takomillashtirish bo'yicha guruhning barcha yig'ilishlarida bayonnomalar yozilishi kerak.
Muammolarni ro'yxatga olish jurnali yoki faylini tutish kerak.
Rejalashtirilgan asosiy masalalar va tadbirlar muhokama qilinishi lozim bo'lgan haftalik qisqa yig'ilishlarni yuqori rahbarning ishtirokida o'tkazish zarur.
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi haqida haftalik hisobotlar tayyorlangan bo'lishi zarur. Natijada yangi muammolarni aniqlanadi va ilgari o'tkazilgan tuzatish ta'sirlarining samaradorligi baholanadi.
Jarayonni takomillashtirish bo'yicha guruhning ishtirokida rasmiy yig'ilish paytida oylik hisobotlar tayyorlanishi va yuqori pog'ona rahbariyati bilan muhokama qilingan masalalar bo'yicha xulosalar undan o'rin olishi kerak.
Jarayonni takomillashtirish bo'yicha guruhning faoliyat natijalarini hujjatlarda rasmiylashtirish uchun maxsus blankalardan foydalanish zarur.
Jarayonni takomillashtirish haqida hisobotlar va yig'ilishlar o'tkazish tashkilotning e'tiborini birinchi darajali muammolarga qaratish imkonini beradi. Bu yig'ilishlar va hisobotlarning asosiy qismi rejalashtirilgan muddatlarda hal qilinmaydigan masalalarga bag'ishlanishi va yig'ilishlar kun tartiblarining 25% dan ko'p bo'lmagan qismini ishlarning borishini muhokama qilish uchun ajratish kerak.
Rahbariyatga taqdim etiladigan oylik hisobotni tayyorlash murakkab vazifa hisoblanadi. Hisobotning tuzilmasi rahbariyat nuqtai nazaridan ishlab chiqilishi kerak. Hisobotning quyidagi tuzilmasini taklif qilish mumkin:
Umumiy qism: A) Asosiy muammolar va ularni hal qilish uchun tuzatish ta'sirlari. B) yuqori rahbariyat tomonidan choralar ko'rilishini talab qiluvchi jarayonning nazorat qilib bo'lmaydigan elementlari.C) Qoniqarsiz mahsulot ishlab chiqarishdan umumiy yo'qotishlarni oxirgi oylardagi o'rtacha ko'rsatkich bilan taqqoslash.
Buyurtmachi tomonidan ish sifatining baholanishi.
Umumiy mahsulot hajmi va uning birinchi galdayoq sifatli tayyorlangan ulushi haqida ma'lumotlar kiritilgan jarayonning unumdorligi haqida qisqa axborot.
Jarayonni takomillashtirish g'oyasini ifodalovchi grafiklar.
Boshlang'ich materiallarning sifatini baholash.
Qoniqarsiz sifatli mahsulot ishlab chiqarishdagi yo'qotishlar.