Mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik. 1 Sifat XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni



Download 3,65 Mb.
bet64/117
Sana16.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#556140
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   117
Bog'liq
Sifatda ma’ruzalar matni

Rakerning dasturlari ishlab chiqarish harajatlarini qisqartirish, mahsulot sifati va mehnat unumdorligini oshirishda foydani taqsimlash formulalaridan foydalanishni nazarda tutadi. Bu dasturga ko'ra yuqori rahbariyatdan tashqari barcha ishchilar orasida foyda foiz hisobida taqsimlanadi.
Foydani taqsimlash yo'li bilan unumdorlikni oshirish dasturi
mehnat harajatlarini qisqartirish hisobiga tayyor mahsulot ishlab hajmini ko'paytirishni nazarda tutadi. Bu dasturga ko'ra xodimlarning to'lovlarini hisoblash uchun ishlangan vaqtlarning umumiy yig'indisi hisoblanadi.
Dastur ishlab chiqarishga ham bevosita, ham bilvosita aloqador xodimlarga mo'ljallangan.
To'lovlar miqdorini aniqlash uchun eng samarali formula bo'lib ishlab chiqarish va nuqsonni o'z ichiga olgan nisbatlarning birikmasi hisoblanadi. Bunday yondashuv unumdorlik va sifat o'rtasida o'zaro bog'liqlikni ta'minlaydi. Hattoki mehnat unumdorligi yuqori bo'lsa ham, past sifatda hisoblangan to'lovlar past va hatto manfiy bo'ladi.
Shaxsiy pullik mukofotlar ham tan olishning shakli hisoblanadi. Mukofotlash deganda, firmaning oldida turgan vazifalarni bajarishga ko'maklashgan alohida shaxslar yoki xodimlarning katta bo'lmagan guruhining yutuqlarini e'tirof etish tushuniladi. Pullik mukofotlar faoliyatning hayratlanarli va noyob natijalari uchun darhol to'lanadigan bir martalik mukofotlar hisoblanadi. Pullik mukofotlar alohida shaxslarga uzoq muddatli, uzluksiz va yuqori natijali faoliyat hamda boshqaruv lavozimidagi alohida xizmatlari uchun ham to'lanishi mumkin. Pullik mukofotlarning yig'indisi qo'shilgan hissaning amaliy ahamiyatiga bog'liq.
Faoliyatning alohida natij alari:

  1. Katta iqtisodiy samara, agar u haddan ortiq samarali yoki xodimning bevosita majburiyatlari doirasidan kirmaydigan ishning natijasi hisoblansa. Buning uchun pul mukofoti to'lanishi mumkin.

  2. Samarali rahbarlik. Samarali rahbarlik uchun pul mukofoti rahbarning xodimlar ijodiy imkoniyatlarini oshirib, korxonaning jiddiy muvaffaqiyatiga ko'maklashgan alohida xizmatlarni tan olish shakli hisoblanadi.

  3. Muhandisik yoki ilmiy yutuqlar. Xodimlar mahsulot yoki jarayonning xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilash maqsadida olib borgan ilmiy yoki boshqa turdagi faoliyatlari uchun pul bilan mukofotlanishlari lozim.

  4. Yangi kontseptsiyalarni ishlab chiqish. Bunday pul mukofoti jiddiy muvaffaqiyat keltiradigan yangi g'oyalar, usullarni ishlab chiqish, va qo'llash bo'yicha alohida shaxs yoki xodimlar guruhi faoliyatini tan olish shakli hisoblanadi.

  5. Tijorat ahamiyatiga ega bo'lgan yutuqlar. Pul mukofotlari sotiladigan mahsulot hajmi, ko'rsatiladigan xizmatlar saviyasini oshirish, korxonaning nufuzini ko'tarish, sotuv bozorlarini kengaytirish yoki yangi mahsulotlar loyihasini ishlab chiqish bo'yicha xodimlar faoliyatini tan olish shakli hisoblanadi.

  6. Tashabbus ko'rsatish, kashfiyotchilik. Tashabbuskorlik uchun pul mukofoti xodimning mustaqil erishilgan va korxonaning muvaffaqiyatini ta'minlovchi ish natijalarini tan olish shakli hisoblanadi.

  7. Alohida xizmatlar. Alohida xizmatlar uchun pul mukofotlari xodimlar va rahbarlarning inqirozli vaziyatlarda korxonaning muammolari muvaffaqiyatli hal qiladigan harakatlarini tan olishdir.

  8. Patentlar yoki kashfiyotlar. Kashfiyotlar muallifi bo'lgan xodimlar firma yashab qolishining kafolatchichidirlar. Ularning kashfiyotlari qisman patentlar ko'rinishida rasmiylashtiriladi, so'ng hayotga tatbiq etiladi. Shuning uchun ularning faoliyatini tan olish va rag'batlantirish maqsadida pullik mukofotlash dasturlari tayyorlanadi.

  9. Mehnat natijalarini yaxshilash sohasidagi yutuqlar. Bu sohadagi yutuqlar uchun pul mukofotlari alohida shaxs yoki xodimlar guruhining mahsulot sifati va mehnat unumdorligini oshirish bo'yicha faoliyatini tan olish shakli sanaladi.

  10. Muammolarning oldini olish yuzasidan tadbirlarni o'tkazish uchun mukofotlar. Yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaraganda ularning oldini olishga kamroq mablag' sarflanadi. Bu masalada muammolarni bashorat qilish bilan shug'illanuvchi va oldini olishning zarur choralarini ko'ruvchi alohida xodimlar faoliyati mukofotlanishi lozim. Rahbariyatning tegishli choralar ko'rilishining muhimligini tushunishi bunday faoliyatni tan olishga zamin yaratadi.

Jamiyat tomonidan tan olinish.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish