Mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik. 1 Sifat XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni



Download 3,65 Mb.
bet68/117
Sana16.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#556140
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   117
Bog'liq
Sifatda ma’ruzalar matni

Jarayonlarni boshqaruvchi. Jarayonlarni boshqaruvchining majburiyatlariga barcha tashkiliy bo'linmalar bilan o'zaro aloqadorlikda butun jarayonning faoliyat yuritishini ta'minlash, jarayonning samaradorligini oshirish kiradi.
Tashkilotlardagi jarayonlarning ko'pchiligi boshqaruvchilariga ega bo'lmaydi yoki bir nechta xodimlar tomonidan bajariladi. Bu esa jarayonlarning amalga oshirilmayapganini anglatadi.
Jarayonlarni boshqaruvchining asosiy vazifasi jarayon uchun zarur bo'lgan resurslarning "ta'minotchisi" va "iste'molchisi" o'rtasida aloqalarni mustahkamlash va ularning chegarasini o'rnatish hisoblanadi.
Masalan, ishga yollash jarayoni yangi xodimni ishga qabul qilishning zaruratini tushunishdan boshlanadi va ishga yangi kelgan xodimning boshlang'ich tayyorgarlik, o'qitishdan o'tishi va ishga kirishidan so'ng tugaydi. Jarayonning chegaralari aniqlangandan so'ng jarayonni takomillashtirish bo'yicha guruhni yig'ishni boshlash mumkin.
Jarayonni takomillashtirish bo'yicha guruh. Jarayonni boshqaruvchi jarayonni takomillashtirish guruhining tarkibiga bu jarayon bilan bog'langan barcha bo'linmalarning vakillarini kiritishi zarur. Guruhning har bir a'zosi jarayonni takomillashtirishni harakatlarini aniqlash uchun yuborilgan vakil hisoblanadi va mos bo'linma rahbari tomonidan tayinlanadi.
Guruhning asosiy majburiyatlari:

              1. Jarayonning marshrut chizmasini ishlab chiqish.

              2. Nazorat uchastkalarini va teskari aloqaning liniyalarini aniqlash.

              3. Jarayonni attestatsiyalash.

              4. Jarayonni takomillashtirish rejalarini ishlab chiqish va tatbiq qilish.

              5. Jarayon natijalarining sifati, jarayonning samaradorligi va undagi o'zgarishlar to'g'risida hisobot tayyorlash.

              6. "O'z vaqtida" tamoyili asosida amal qilinadigan tizimni ishlab chiqish va tatbiq qilish.

Jarayonning marshrut chizmasini ishlab chiqish. Marshrut chizmasida ishning jarayon bilan hamma aloqalari ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Misol tariqasida ishga yollash jarayonining besh bosqichini keltirish mumkin:

                1. Rahbar ishga qabul qilish haqidagi buyruqning xomaki variantini tayyorlaydi.

                2. Kotiba buyruqni chop etadi.

                3. Rahbar buyruqni tekshiradi va imzolaydi.

                4. Kotiba yanada yuqori pog'onadagi boshliqqa imzolash uchun buyruqni yuboradi.

                5. Yuqoriroq pog'onadagi boshliq uni tayyorlashning to'g'riligini tekshiradi, ishga qabul qilinyapgan xodimga ish haqini to'lash uchun kerakli mablag'ning borligi haqida rahbarni xabardor qiladi, buyruqni imzolaydi.

Jarayonning boshqa qismlarini ham shu tarzda bosqichlarga ajratish mumkin.
Jarayonni takomillashtirish bo'yicha guruhning navbatdagi vazifasi har bir operatsiyani bajarish uchun zarur bo'lgan tartiblarni aniqlash hisoblanadi. Har bir operatsiyani bajaradigan xodimlarni tayyorlash va o'qitishga talablarni o'rnatuvchi hujjatlar aniqlanadi.
Guruh a'zolarining o'tkazadigan jarayonning tajribaviy tekshiruvi marshrut chizmasining to'g'riligi va aniqligini kafolatlaydi. Guruhning a'zolari har bir uchastkada berishi mumkin bo'lgan savollarni keltirish mumkin:

                  1. Ishning bu turini nazorat qilish uchun qaysi hujjatdan foydalanilyapti?

                  2. Bu ishni bajarish uchun siz qanday tayyorgarlik va o'qitishdan o'tdingiz?

                  3. Tayyorgarlik o'rnatilgan talablarga javob berdi deb hisoblaysizmi?

                  4. Ishning berilgan turi uchun boshlang'ich ma'lumot sizga qayerdan keladi?

                  5. Siz operatsiyaning to'g'ri bajarilyapganini qanday qilib aniqlaysiz?

                  6. Boshlang'ich ma'lumotlarda siz qanday xatolarga duch kelasiz?

                  7. Bu ishni bajarishda sizda muammolar yuzaga keladimi?

                  8. Ishingizni takomillashtirish bo'yicha o'zingizda takliflar bormi?

                  9. Ishni bajarishga nima to'sqinlik qiladi?

Bunday tahlil guruhga ish joylarida aniqlangan muammolar ro'yxatini tuzish, jarayonni takomillashtirish bo'yicha takliflar ro'yxatini ishlab chiqish, o'qitish va kadrlar tayyorlash dasturining maqsadga muvofiqligini, jarayonning afzalliklari va kamchiliklarini aniqlashga imkon beradi.
Kam sonli o'lchash nuqtalari mavjud bo'lgan noishlab chiqarish sohalarida teskari aloqa sezilarsiz yoki umuman bo'lmaydi. Lekin samaraliroq ish yurituvchi tashkilotlarda bunday emas. Masalan, ko'plab havo yo'llarida telefonlarda aviabiletlarga buyurtma berishga sarflangan vaqt aniqlanadi, ish jadvali bo'yicha 5 daqiqalik to'xtab qolish bilan jo'natilgan va 15 daqiqalik kechikish bilan kelgan reyslar soni qayd qilnadi. Avialiniyalarning xodimlari yo'lovchilarning talablarini qondirish bilan bog'liq boshqa ko'plab muammolarni hal qilish bilan shug'illanadilar.
Yo'l qo'yilgan xatolar bilan bog'liq o'lchashlar bo'lmaganda miqdoriy o'lchashlarni iste'molchilarga taqdim etish lozim.
Bajarilyapgan ishdan yaqinroqqa o'lchash nuqtasini joylashtirish muhim. Operatsiyaning qismi hisoblangan o'lchash nuqtasi juda soz variant sifatida taqdim etiladi. Teskari aloqa vaqtining qisarishi ikki xil samara beradi. Birinchidan, xodimlar xato qilishni to'xtatadilar, ikkinchidan, nuqsonli mahsulotlarning ishlab chiqarish bosqichlaridan o'tishi tugaydi.
Istalgan o'lchashlar tizimlari va teskari aloqaning muhim elementi bo'lib mustaqil tekshirish tizimi hisoblanadi. U mavjud tartiblarga rioya qilinishini kafolatlaydi. Xodimlarning ko'pchiligi ma'lumotlarni buzib ko'rsatishni xohlamaydilar, lekin rahbariyatga faqat yaxshi xabarlarni yetkazishga intilish kuchli.
Jarayonni takomillashtirish bo'yicha guruh mahsulot yoki mehnatning boshqa natijasi uchun tegishli hujjatlarning mavjudligiga ishonch hosil qilishi va iste'molchi bilan teskari aloqaning samaradorligini aniqlashi kerak. Chunki teskari aloqa iste'molchining talablari va qoniqish darajasini bilishga imkon beradi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish