Bezovta etuvchi bo`yicha sathni barqarorlashtirish tizimi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana22.06.2022
Hajmi1,11 Mb.
#693236
  1   2   3
Bog'liq
Bezovta etuvchi bo`yicha sathni barqarorlashtirish tizimi



Bezovta etuvchi bo`yicha sathni
barqarorlashtirish tizimi



Barqarorlik sistema ishga yaroqliligini ko'rsatuvchi birinchi shart
hisoblanadi. Shu bilan birga nobarqaror sistemani rostlash yordamida
barqaror ko'rinishga keltirish mumkin. Avtomatik boshqaruv tizimlari uchta
masala bo`yicha bo`linadi: boshqariladigan o'zgaruvchini barqarorlashtirish
(stabillashtiruvchi ABT), boshqariladigan o'zgaruvchini ma'lum bo`lganda
(dasturiy ABT) yoki noma'lum (kuzatuvchi ABT).
Barqarorlashtiruvchi
ABTlarida
boshqariladigan
o'zgaruvchining
belgilangan
qiymati
o`zgarmasdir.
Dasturiy
ABTda
boshqariladigan
o'zgaruvchining qiymati oldindan ishlab chiqilgan (aniq) dasturga muvofiq
vaqt o'tishi bilan o'zgaradi. Kuzatuvchi tizimlarda rostlanadigan kattalikning
berilgan qiymati oldindan noma'lum bo'ladi, dasturga muvofiq vaqt bo`yicha
o'zgaradi. Kuzatuvchi va dasturiy ABT berilayotgan signalni qayta ishlashda
barqarorlashtiruvchi printsipi bilan farq qiladi.


Texnologik jarayon borishida berilgan qonunining buzishilishi ob'ektga
tashqi ta'sirlar ostida sodir bo'ladi, ular g`alayon ta'sirlar deb ataladi.
Avtomatik rostlash tizimlari harakatlantiruvchi ta'sirlarning tabiatiga
ko'ra bo'linadi. Agar rostlanadigan qiymat doimiy, o`zgarmas bo'lishi
kerak bo'lsa, tizim avtomatik barqarorlashtirish tizimi (yoki oddiygina
rostlash tizimi) deb ataladi.
Avtomatik barqarorlashtirish tizimlari - bu aniq vaqt oralig`ida
rostlanadigan parametrni berilgan sathda ushlab turiladigan avtomatik
boshqaruv tizimlarining bir turidir.
Avtomatik barqarorlashtirish tizimining asosiy vazifasi xato signalini
eng
kichik
qiymatga
kamaytirishdir.
Xato
signali
pasayganda,
rostlanadigan paramet belgilangan qiymatga intiladi.


Rostlanadigan o'zgaruvchi, mumkin bo`lgan xatolik bilan ta’sir etuvchi tashqi
harakatdagi g`alayonlarga qaramasdan, o`zgarmas sathda qolishi kerak. Mavjud
g`alayonlarning ta'siri rostlanadigan o'zgaruvchining belgilangan qiymatdan
chetlanishiga olib keladi. Rostlanadigan o'zgaruvchining og'ishi uning ma'lum bir
vaqtdagi qiymati va belgilangan qiymat o'rtasidagi farq bilan aniqlanadi.
Barqarorlashtirish tizimlarining ishlash printsipi. Boshqa turdagi avtomatik
rostlash tizimlaridan barqarorlashtirish tizimi blok-sxemaning asosiy elementidagi
farq bilan ajralib turadi. Tizimning ishlashi davomida rostlanadigan qiymat doimiy
ravishda rostlash qurilmalari bilan taqqoslanadi. Rostlash qurilmasi doimiy
o'zgaruvchini boshqarish harakati hisoblanadi.
Avtomatik barqarorlashtirish tizimlari tezlikni, kuchlanishni, haroratni, bosimni
rostlash uchun mo'ljallangan. Barqarorlashtirish tizimlari tufayli bug`generatorlari
uchun quyidagi parametrlar doimiy ravishda saqlanadi: bug`harorati, barabandagi
suv sathi, bosim va boshqalar.


Barqarorlikning zarur va etarli sharti uzatish fimksiyasining qutblari yoki
xarakteristik tenglama barcha ildizlari haqiqiy qismlarining mavhumligidir:
𝑊
𝑜𝑐ℎ𝑖𝑞
𝑝 =
𝐾(𝑝)
𝐷(𝑝)
; 𝐷 𝑝 = 0
𝑊
𝑦𝑜𝑝𝑖𝑞
𝑝 =
𝐾(𝑝)
𝐾 𝑝 + 𝐷(𝑝)
; 𝐴 𝑝 = 𝐾 𝑝 + 𝐷 𝑝 = 0
Xarakteristik tenglama ildizlarini topish, ma’lum bo‘lgan algebraik
tenglamani yechish qiyinchiliklari bilan bog‘liq. Malumki, 4 - darajadan yuqori
darajali tenglamalarni analitik ko‘rinishda yechish mumkin emas. Shuni
hisobga olgan holda xarakteristik tenglama ildizlarini kompleks sonlar
tekisligida mavhum sonlar o‘qiga nisbatan joylashishini shu tenglamani
echmasdan, ya’ni ildizlar son qiymatlarini topmasdan, aniqlash juda qulay
hisoblanadi.


Ildizlarni mavhum sonlar o‘qiga nisbatan joylashishini aniqlaydigan
qoidalar

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish