lll – BOB . Aqli zaif bolalarning muloqot
xususiyatlarinirivojlantirish yo’llari .
3.1. Aqli zaif bolalar muloqot malakalarini shakllantirish .
Biz muloqotga bo‘lgan ehtiyoj insonning muhim ehtiyojlaridan biri
ekanligi haqida so‘zlashgan edik . Alohida xususiyatli bola uchun
muloqot qila olish ko‘nikmalarini egallash o‘ta muhim ahamiyatga
molik , chunki bu nafaqat uning keyingi rivojlanishiga ijobiy ta‘sir
ko‘rsatadi balki bolaning kundalik hayotidagi chegaralarni muloqot
uchun yanada kengaytiradi va bola uchun katta olamga kirish
imkoniyatini yaratadi . Bola muloqot jarayoniga kirib, olam, insonlar va
o‘zi haqida yangi ma‘lumotlarni oladi, hatti – harakatning yangi
shakllarini o‘zlashtiradi , atrof muhit bilan o‘z munosabatini o‘rgatadi.
Muloqot jarayonida bolada bilish qobiliyati rivojlanadi, qabul
qilish va tushunish ehtiyoji qoniqtiriladi yolg‘izlik va ajralib qolish
hissini tark eta oladi .Aqli zaif bolalarni ijtimoiy rivojlanishi uchun
nafaqat oila a‘zolari bilan , balki boshqalar, ya‘ni tarbiyachilar,
defektolog, turli yoshdagi bolalar va kattalar bilan ham muloqotda
bo‘lishi zarurdir.
Bolaga insonlar bilan aloqa o‘rnatishga yordam beradigan
ko‘nikmalarning shakllanish jarayoni , bola birinchi so‘z va jumlalarni
aytmasdan oldin boshlanadi . Ilk bolalik davrida o‘zlashtiradigan va
uning asosida o‗zaro ijtimoiy aloqalarni shakllantiradigan ko‘nikmalar
sifatida quyidagilarni ajratish mumkin:
-
insonlarga va ularning e‘tiborini tortishga nisbatan qiziqishning paydo
bo‘lishi ;
-
o‘z diqqatini to‘play va javob qaytara olish qobiliyati ;
-
o‘yin o‘ynay olish qobiliyati ;
-
navbatga rioya qila olishi va bo‘lisha olish qobiliyati;
-
taqlid qilish va hamkorlikdagi faoliyat .
Aqli zaif bolalarning ham ijtimoiylashuvida tarbiyachi va
defektolog, yuqoridagi ko‘nikmalarni rivojlantirishini hal qilishlari lozim
. Ularning muhim vazifalaridan biri maktabgacha yoshdagi aqli zaif
bolalarni muloqotga kirishishga jalb etishdir .
Bola tug‘ilganidayoq insonlarga nisbatan o‘z qiziqishlarini
namoyon eta boshlaydi , aynan inson yuzi yangi tug‘ilgan chaqaloqni
hamma narsadan ko‘proq qiziqtiradi . Bola rivojlanish darajasiga ko‘ra
jilmayadi va guvrana boshlaydi va bunga kattalar tomonidan ijobiy
javob qaytariladi . Agarda bola biron narsani hohlasa kattalarning
e‘tiborini jalb etish va istagan narsasini olish uchun baqiradi , yig‘laydi
yoki har xil tovushlarni chiqaradi , oyoq va qo‘lchalarini harakatlantira
boshlaydi.
Shunday qilib bola boshqa kishilar o‘zaro aloqaga kira olish
qobiliyatiga ega ekanligini tushunishni o‘rganadi va uning belgilangan
harakatlari unga boshqalarning e‘tiborini tortish hamda o‘zi xohlagan
narsani egallash imkoniyatini beradi .
Ba‘zi bir alohida xususiyatli bolalarda boshqa kishilarga
nisbatan qiziqishning paydo bo‘lishiga qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin ,
rivojlanishdagi ba‘zi bir buzilishlar esa kattalar e‘tiborini jalb etish
qobiliyatini cheklab qo‘yadi . Bu yerda ota - onalar albatta yodda
tutishlari kerakki , bola atrofidagi kishilarga nisbatan qiziqishini
namoyon etmasa , sust javob qaytarsa yoki umuman javob qaytarmasa
ham bizlar muloqot qilishni aslo to‘htatmasligimiz kerak .
Agarda biz bolaga diqqat - e‘tiborimizni qaratishni to‘htatsak ,
uning aloqa o‘rnatish va bizning e‘tiborimizni tortishga qilgan
harakatlariga e‘tibor bermasak , bolalarning kishilar va atrof muhitga
nisbatan qiziqishini yo‘qotadi . Muloqot qilishni o‘rganmaslik bola
rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi .
Qanday qilib bolalarda boshqalarga nisbatan qiziqish uyg‘otish
va o‘ziga e‘tiborini jalb qildirish mumkin :
Avvalo bola bilan ko‘rish aloqasini o‘rnatish kerak va uni ham
shu harakatni bajarishga o‘rgatishimiz lozim . Ko‘rish aloqasini
o‘rnatish bola nutqining to‘laqonli rivojlanishi uchun muhim hayotiy
qobiliyat hisoblanadi .
Muloqot nimaligini tushunish , so‘zlashuv vaqtida o‘z navbatini
kutishni va suhbatdoshining hislarini tushunib yetishni o‘rganishi uchun
bola insonning yuziga qarashi lozim . Shuning uchun agar bola ko‘rish
aloqasini o‘rnatishda qiyinchiliklarga ega bo‘lsa albatta ushbu
ko‘nikmani rivojlantirishga harakat qilish lozim, bolaning e‘tiborini
yuzimizga jalb etish uchun yoyilib jilmayish , yuz qiyofamizni turli
holatlarga keltirish , yorqin ro‘mol va qalpoqlarni kiyish lozim . Bolani
kundalik parvarish qilish vaqtida uning yuziga to‘g‘ri bo‘ladigan
holatni egallashimiz darkor. Hatto bolaning ko‘rishida nuqsoni bo‘lsa-da,
bizning ovozimizni eshitishi va teginishlarimizni his eta olishi uchun
uning yuziga ro‘para bo‘lib turish lozim .
Ilk bolalik davridayoq bola bilan iloji boricha so‘zlashish kerak ,
unga kichkina qofiyadosh she‘rlarni o‘qib berish lozim .
Bola bilan so‘zlasha turib , uni qo‘lga olish ismini aytib
chaqirish, boshqa oila a‘zolaridan bola bilan faol so‘zlashishlarini , uning
ismini aytib chaqirishlari va birgalikda o‘ynashlarini so‘rashimiz lozim .
Bola va o‘z yuzingizni qo‘llaringiz bilan berkitib va ochib
bekinmachoq o‘yinini o‘ynash mumkin . Eshik yoki devor ortiga
berkining , bola e‘tiborini jalb etish uchun u joydan qarab ― ku – ku‖
deb aytish kerak . Bola bilan o‘ynab, yorqin rangli, qiziqarli tovushli
o‘yinchoqlar yoki predmetlardan foydalanish va ularni bola yuziga
yaqin keltirish kerak .
Agarda bola u yoki bu usullar bilan sizning e‘tiboringizni
qaratishga harakat qilsa , unga darhol javob berish kerak bo‘ladi .Bizning
e‘tiborimizni jalb etishga qaratilgan so‘z, imo – ishora , jilmayish, ko‘z
harakati yordamida bajarilgan har qanday usulni qo‘llab quvvatlashimiz
darkor . Bola so‘ragan narsani bajarishga harakat qilish, shu orqali bolani
rag‘batlantirish kerak . Bola qaysidir ma‘lumotni yetkazish uchun
bajarilgan har qanday harakatiga e‘tibor berishga va qo‘llab
quvvatlashga intilish, uni maqtash va biz uni tushunishimizni, uni
intilishlarini qadrlashimizni unga bildirishimiz lozim .
Bola o‘zini o‘rab turgan muhitga nisbatan o‘z qiziqishlarini
namoyon etish darajasiga ko‘ra , u narsa va insonlarga nisbatan
diqqatini to‘plashni va ro‘y berayotgan hodisalarga nisbatan esa javob
qaytarishni o‘ganishni boshlaydi.
Narsalarga nisbatan o‘z diqqatini to‘play olish bolaga ularni
o‘rganishni, inson yuzi , ovozi va xatti – harakatiga e‘tiborini qaratish
unga tovushlarga quloq solish va so‘zlarni takrorlash, kattalar xatti-
harakatidan nusha ko‘chirish imkoniyatini beradi. Ushbu ko‘nikmalarni
bolalarda rivojlantirishga yordam berish uchun bolani atrofidagi olamga
qiziqishlarini faollashtirish uchun barcha usullardan foydalanish lozim ,
shuningdek bolaga qisqa muddat ichida bo‘lsa –da undan, diqqatini
to‘plash va kutishni talab etuvchi mashg‘ulotlarni taklif eting.
Shar yoki mashina tunnelga qarab harakatlanuvchi va bola ko‘zi
bilan kuzatish kerak bo‘lgan o‘yin o‘ynash kerak, masalan , sovun
ko‘piklarini sekin puflash va pufaklarni chiqarish, bola keyingi
pufaklarning chiqishini bir necha daqiqa kutib tursin. Bola diqqat bilan
eshitish va ko‘rishdek muhim bo‘lgan ko‘nikmani ham rivojlantirish
kerak .Buning uchun bolaga unga yoqadigan kitob o‘qib berish,
hikoyalar so‘zlab berish, suratlar, fotosuratlarni tomosha qilish,
konstruktor va pazllarni to‘plashimiz kerak.
Bolaga sodir bo‘layotgan hodisalarni to‘g‘ri tushunishi va javob
qaytarishida yordam berishimiz kerak . Buning uchun bola hayotini kun
tartibi asosida qurish , shu bilan unga kundalik harakatlarning ketma –
ketligi, haqidagi tasavvurlarini shakllanishiga yordam bergan bo‘lamiz.
Bolaga g‘amho‘rlik qilish faoliyatimizni bir xil harakatlar va
belgilangan so‘zlar, imo – ishoralar bilan olib borish bilan birga, masalan
― mening yonimga kel―, ―cho‘milamiz― , ― hozir ovqatlanamiz ― deyish
bilan unga ushbu so‘zlarni hodisalar bilan bog‘lashga yordam bergan
bo‘lamiz . Bolani tez muddat ichida nima sodir bo‘lishini anglab
yetishiga yordam bergan holda uning e‘tiborini kundalik hayotdagi
tovush va harakatlarga jalb etish kerak . Masalan qadam tovushlari ,
kimdir kelayapti , suvning shovqini - cho‘milish vaqti keldi , dasturhon
tuzalsa , demak tushlik vaqti bo‘ldi .
O‘yin bola uchun o‘z – o‘zini , boshqa odamlarni va olamni
anglashidagi muhim usullardan biridir . O‘yinda bolaning aqliy ,
jismoniy, hissiy rivojlanishi jarayoni kechadi , nutq faol rivojlanadi va
muloqot hamda ijtimoiy o‘zaro harakatlar ko‘nikmalari shakllanadi .
O‘yin bu – bola uchun tabiiy o‘qish jarayonidir , agarda farzandingiz
uchun qaysi bir sabablar bilan o‘ynash qiyin bo‘lsa, ular boshqa
muhim ko‘nikmalar uchun asos ekanligini yodda tutgan holda, albatta,
uni o‘yin ko‘nikmalarini o‘zlahtirishiga yordam berish kerak.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi uchun o‘yin muhim ahamiyatga
molikdir chunki o‘yin bolaga boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ,
o‘zaro harakat qilish , ular bilan kelishish , qoidalarga rioya qilish
imkoniyatini beradi . O‘yin jarayonida bola boshqalarni tushunishni
o‘rganadi , ular bilan o‘z munosabatni o‘rnatadi , ularning his -
tuyg‘ulariga e‘tiborini qaratishni , o‘z navbatini kutish va atrofdagilar
bilan bo‘lishish kabi ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantiradi .
O‘z navbatini kuta olish umuman so‘zlashish va muloqot
jarayoninig asosiy sharti hisoblanadi . Bolada ushbu ko‘nikmani iloji
boricha erta rivojlantirishni boshlash kerak : u bilan muloqotni dialog
shaklida qurish va undan javobni har qanday shaklda kutish kerak .
Agar biz boladan biror narsani so‘rasak , sabr bilan javobini
kutishimiz va biz ham o‘z navbatida uning savollariga javob berishimiz
, uning so‘zlashish uchun qilgan barcha harakatlariga javob
qaytarishimiz kerak.
Bolani navbat kutishga rioya qilishni o‘rgatish uchun :
Navbatma – navbat harakatlarni talab etuvchi o‘yinlarni o‘ynash
kerak Masalan , mashinani bir birligi tomonga surish , koptok yoki
yumshoq o‘yinchoqni irg‘itish .
Bola bilan birgalikda harakatlarni navbatma navbat bajarish kerak
. Masalan qoshiq bilan stolni taqillatish, so‘ngra boladan taqillatishni
so‘rash kerak , huddi shu usul bilan qarsak chalish , stuldan sakrash ,
navbatma – navbat kubiklarni qo‘shish bilan minora qurish , surat
chizish , vazaga mevalarni tahlash mumkin . Bola bilan sayr vaqtida ,
tanish qo‘shiqning qatorlarini navbatma – navbat aytish , suvga tosh
irg‘itish mumkin va hokazo .
Taqlid qila olish bolani ta‘lim olish jarayoni uchun muhim
hayotiy qobiliyat bo‘lib , ayniqsa , muloqot va umuman ijtimoiy
ko‘nikmlarini rivojlanishi uchun muhim hisoblanadi . Kattalarga taqlid
qilib , bola tovush va so‘zlarni talaffuz qilishni o‘rganadi va uning
asosida nutq shakllanishi imo – ishora va xatti – harakatlardan nusha
ko‘chirgan holda o‘zini tutishni o‘rganadi . Bola boshqa kishilar ,
birinchi navbatda esa o‘ziga ahamiyatli bo‘lgan kishilar ortidan hatti –
harakatlarni takrorlab so‘zlashishni ,muloqot qilish usullarini o‘z – o‘ziga
xizmat qilish ko‘nikmalarini o‘rganadi .
Hamkorlikdagi o‘yin yoki boshqa faoliyat bolaning bu kabi
ko‘nikmalarini faol rivojlantiradi , bundan tashqari esa uning o‘zi ham
bolada yangi ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi uchun muhim vosita
hisoblanadi .Tengdoshlari bilan o‘ynab , oila a‘zolari bilan kundalik
turmush ishlari bilan mashg‘ul bo‘lib , bola aloqa o‘rnatish va qo‘llab
quvvatlash , o‘z xoxishlarini boshqalarning istaklariga mos keltirishi ,
xatti – harakatning yangi shakllarini o‘zlashtiradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |