Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar .
Kirish
Mavzuning dolzarbligi
Prezident I.A.Karimovning ― O‘zbekiston
istiqlol va taraqqiyot yo‘li ― risolasida ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga
chiqarish , aholining eng nochor qatlamlari - keksalar , nogironlar , yetim –
yesirlar , ko‘p bolali oilalarning davlat tomonidan ijtimoiy muhofazasi kafolatli
ekanligi alohida ta‘kidlab o‘tilgan
1
. Sharqning buyuk allomalari hisoblangan
Abu Nasr Forobiy , Abu Rayhon Beruniy , Abu Ali ibn Sino , Yusuf Xos
Hojib , Mahmud Qoshg‘ariy , Kaykovus , Xotam ibn Tay , Alisher Navoiy ,
Zahiriddin Muhammad Bobur , Rizouddin ibn Faxriddin , Muqimiy , Furqat ,
Zavqiy , Uvaysiy , Nodira , Abdurauf Fitrat , Abdulla Avloniy kabi ko‘plab
1
I.A.Karimov “ O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li “ Toshkent : O’zbekiston ,2011 – 58
bet.
olim va yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o‘zlarining durdona fikrlarini
tarixda qoldirib ketganlarki , ular hozirgi zamon fani uchun ham katta
ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir . Sharq mutafakkirlarining
barchasini g‘oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu bo‘lganki , ular shaxs
ahloqiy tarbiyasi va kamolotida oilaning , oilaviy tarbiyaning rolini yuqori
qo‘yishgan , ayniqsa , shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o‘rni ,
ota – ona va yaqin kishilarning yo‘naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga
alohida e‘tibor berganlar . Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo‘lgan
sifatlar – halollik , poklik , mardlik, mehribonlik , haqgo‘ylik kabi qator
fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo‘yishlari bilan birga insoniy
munosabatlarda namoyon bo‘ladigan yuksak fazilatlar ota – onadan bolaga
o‘tishi va ularning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta‘siri kabi qimmatli fikrlar
va bu boradagi amaliy ko‘rsatmalarni o‘z falsafiy – axloqiy , sotsiologik va
psixologik qarashlarida ifodalab berganlar . Barkamol avlodni tarbiyalash va
jamiyatda faoliyat yuritishi insoniyatning eng yorqin orzusi bo‘lib kelgan .
Demak , mukammal yetuk inson bo‘lib yetishishdaqobiliyat , ko‘rish qobiliyati
, eshitish qobiliyati , nutqiy malakalari , umumiy rivojlanishi katta asos bo‘lib
xizmat qiladi .
Mamlakatimizda rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarning barcha
sog‘lom tengqurlari qatori milliy ruhda tarbiyalanishlari aqliy , ahloqiy ,
jismoniy jihatdan kamol topishlari , ijtimoiy hayotga mustaqil yetuk fuqarolik
darajasida tayyor bo‘lib yetishishlari masalalariga jiddiy e‘tibor qaratilmoqda .
Shu bois mamlakatimizda rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar
salomatligini tiklash, ta‘lim tarbiyasi takomillashtirish , ijtimoiy himoyalash
tizimini izchillik bilan isloh etish maqsadida har bir yil uchun qabul
qilinayotgan Davlat dasturlarida bu masalalarni hal etishga qaratilgan qator
chora – tadbirlar rejalashtirilib , muvaffaqiyatli amalga oshirib borilmoqda .
Hususan , ― Barkamol avlod yili davlat dasturi ― ning 3- bo‘limi 29 – bandida
imkoniyatlari cheklangan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha loyihani
amalga oshirish tadbirlari orqali ushbu toifaga mansub bolalar ta‘limi qulay
shart – sharoitlar yaratish , ularning keyinchalik hayotga integratsiyalashuvi
uchun shart – sharoitlarni shakllantirishga erishish maqsadi nazarda tutilgan .
Shuningdek , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ― O‘zbekiston
Respublikasining 2010 – yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat
byudjeti parametrlari to‘g‘risida ― 2009 – yil 22 – dekabrdagi PQ – 1245 – sonli
qaroriga muvofiq ― Davlat maxsus maktabgacha ta‘lim muassasalarining
faoliyatini takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risidagi ― 117 – sonli qaror
qabul qilindi. Ushbu qarorning ikkinchi bandida Xalq ta‘limi vazirligi va
Sog‘liqni saqlash vazirligi maxsus maktabgacha ta‘lim muassasalarining sonini
ularning ixtisoslashuvi va joylashuvini qayta ko‘rib chiqgan holda ,
shuningdek jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalar
kontigendidan kelib chiqib , maqbullashtirish , umumiy tipdagi davlat
maktabgacha ta‘lim muassasalarida maxsus guruhlarning tugatish , nutqi ,
eshitishi va ko‘rishi yengil nuqsonli bolalar bo‘lgan taqdirda ular defektolog
lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi takliflarga rozilik berilishi kabi topshiriqlarni
qayd etilgan .Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda har tomonlama sog‘lom
avlodni voyaga yetkazish borasidagi islohotlarni izchil davom ettirish va
yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida kirib kelayotgan yangi - 2014 – yil
mamlakatimizda ― Sog‘lom bola yili ― deb e‘lon qilindi . Yurtimiz qudrati ,
jamiyat ravnaqi kelajagimiz egalari bo‘lgan bolalarning ham jismoniy , ham
ma‘naviy jihatdan sog‘lomligiga bog‘liqdir . Bu tashabbus mamlakatimiz ahli
tomonidan iliq kutib olinganligining sababi ham shundan . Qabul qilinajak ―
Sog‘lom bola yili ― davlat dasturi mamlakatimizda ona va bola erkinligi ,
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash , sog‘lom bola tug‘ilishi ,
jismoniy va ma‘naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni
yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirishga oid chora - tadbirlarning
uzviy davomi sifatida samarali bo‘lishiga to‘liq asos bor .
Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom , ma‘naviy yetuk , har tomonlama
uyg‘un va barkamol rivojlangan , mustaqil fikrlaydigan , intellektual
salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega , Vatanimizning
taqdiri va kelajagi uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan
yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish
uchun aniq maqsadga qaratilgan keng ko‘lamdagi kompleks chora - tadbirlarni
amalga oshirish , davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu
yo‘lda safarbar etish maqsadida hamda 2014 – yil ― Sog‘lom bola yili ― deb
e‘lon qilinishi munosabati bilan― Sog‘lom bola yili ― Davlat dasturi tayyorlandi
2
―Sog‘lom bola yili ― Davlat dasturida quyidagilar ko‘zda tutiladi .‖ Sog‘lom
bola yili ― Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifalari va
yo‘nalishlari etib belgilansin ; sog‘lom va har tomonlama barkamol avlodni
shakllantirish uchun qonunchilik va normativ - huquqiy bazani yanada
takomillashtirish , bu borada qulay tashkiliy – huquqiy shart – sharoitlarni
yaratishga qaratilgan yangi qoida va me‘yorlarni ishlab chiqish ; va
bulardan dan tashqari sog‘lom
bolani voyaga yetkazishda , patalogiyalarsiz bolalar tug‘ilishida sog‘liqni
saqlash tizimi tibbiyot hodimlarining roli va mas‘uliyatini oshirish , sog‘liqni
saqlash tiziminig moddiy - texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada
mustahkamlash , aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha keng
ko‘lamli axborot tushuntirish ishlarini muntazam olib borish zarur .
Bugungi kunda mamlakat bo‘yicha maktablar , o‘qituvchilarni
tayyorlash, darsliklar va ta‘lim dasturlarini moliyalashtirishga oid sakkizta
loyiha ma‘qullangan. Ta‘lim imkoniyatlar tengligini ta‘minlaydigan buyuk
me‘zon.U jamiyat aql – zakovatining yuksalishi , raqobatdoshlikning kuchayishi
va yutuqlar ko‘payishining muhim omili vazifasini o‘taydi
3
Bugungi kunda ayolga e‘tibor qaratish jamiyatga e‘tibor qaratish
demakdir . Chunki ayol kelajak avlodni tarbiyalab kamolga yetkazadi . Agar
ona sog‘lom bo‘lsa , undan sog‘lom avlod unyoga keladi . Bu ayni haqiqat.
Shuni chuqur anglagan holda davlatimizda respublika va xalqaro miqyosda
2
“ Sog’lom bola yili “ Davlat dasturi Toshkent , 2014
3
“
Ishonch “ gazetasi . 2012 yil 18 fevral .
turli mavzularda tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur sohadagi ishlarni
takomillashtirishga qaratilgan vazifalar Davlat dasturining 5 – bo‘limida o‘z
aksini topgan. ‖Sog‘lom ona – sog‘lom bola ―tamoyiliga muvofiq oila
salomatligini , onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada
takomillashtirishni nazarda tutuvchi mazkur bo‘limda onalar va bolalar
salomatligini , aholi reproduktiv salomatligini yahshilash bo‘yicha ko‘plab
xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
―Mustahkam oila yili ― dasturi asosida sog‘liqni saqlash sohasi
bo‘yicha ham ulkan ishlar amalga oshirildi . Xususan , mamlakatimizda
mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab joriy etib kelinayotgan , xalqaro
hamjamiyat tomonidan tan olingan ― sog‘lom ona sog‘lom bola ― dasturi
doirasidagi chora tadbirlar yil davomida yangi bosqichga ko‘tarildi.
Ayniqsa , Birlashgan Millatlar Tashkiloti , YUNISEF va boshqa
xalqaro jamg‘armalar bilan hamkorlikda ― Salomatlik - 3 ― loyihasi doirasida
tibbiyot hodimlarining malakasini oshrish , zamonaviy tehnik vositalar
yordamida malakali tashxis qo‘yish , kasalliklarni ilk bosqichda davolash
ishlari aniq reja asosida olib boriladi , profilaktik tadbirlarda aholining barcha
qatlamlarini qamrab olishga alohida e‘tibor qaratiladi.
Aqli zaif bola nutqini egallashning o‘ziga xosliklarini tekshirish , ular
bilan ishlash mazmuni va usullarini aynan maktabgacha yoshda , ya‘ni
nutqini egallash uchun eng ma‘qul bo‘lgan davrda o‘rganish muhimdir .
Aqli zaif bolalar nutqini o‘stirish qiyin kechsa – da , ta‘lim – tarbiya
jarayonida nutq hamisha diqqat markazida turishi lozim . Nutq tarbiyasi talim
asosini tashkil qiladi .
Shuning uchun ham aqli zaif bolalar nutqini o‘rganish dolzarb
masalalardan biridir .Bolalarda nutqning o‘sishiga yordam beradigan
vositalarni yoki uni orqada qolish sababini aniqlash bu jarayonga muvofiq
pedagogik ta‘sirni tashkil etishning kaliti bo‘lib xizmat qiladi .
Aqli zaif bolalar nutqidagi kamchiliklar ularning bog‘lanishli nutqini
shakllantirishda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi . Materialning
ma‘nosini anglash qiyinchiliklari , hodisalarning mantiqini tushuna olmaslik ,
vaqt haqidagi tasavvurlarning yetishmasligi , mavzudan chalg‘ib ketish ,
shuningdek , tevarak – atrofdagi predmet va hodisalar haqidagi yetarli
ma‘lumotga ega emasliklari oqibatida ularning so‘z boyliklari
kambag‘allashadi va muloqotga kirishishni qiyinlashtiradi .
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarining oldida bolalar nutqini
o‘stirish vazifasi turadi .Bunda aqli zaif bolalarga o‘z fikrini, istak – orzusini ,
hissiyotini aniq ifoda etish , ona tilida kishilar bilan aloqa o‘rnatishda ,
hayotga o‘rgatish jarayonida foydalanishga o‘rgatish , aqliy jihatdan
kamchililarni bartaraf etish , ijtimoiy hayotga moslashtirish , hamda yordamchi
maktab ta‘limiga tayyorlashdan iborat .
Defektolog bolalar nutqini atrofdagi hayot bilan , oilaviy turmush ,
bolalar bog‘chasining hayoti bilan , mamlakatimizning ijtimoiy hayotidagi
voqea va hodisalar , o‘zbek xalqining mehnati , jonli va jonsiz tabiat bilan
tanishtirish asosida o‘stirib boradi .
Maxsus usullar yordamida bolalarni faqat lozim bo‘lgan so‘zlarning
ma‘nosini tushuntiribgina qolmasdan , balki undan o‘z nutqlarida faol
qo‘llashga o‘rgatib boriladi .
Bilish faoliyatining holati , atrofdagilar bilan bolaning muloqotga
kirishish imkoniyati , odob – axloq normalarini o‘zlashtirish , ijtimoiy
adaptatsiyaning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan bola nutqining
rivojlanish darajasiga bog‘liq . Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni
o‘qitish va tarbiyalash tizimining asosiy vazifasi – ularning nutqini
rivojlantirish yuzasidan ishlar hisoblanadi . Maxsus bolalar bog‘chasining
ta‘lim va tarbiya jarayonida aqli zaif bolalar nutq o‘stirish bo‘yicha quyidagi
bilim , ko‘nikma , malakalar bilan qurollantiriladi :
Aqli zaif bolalarni nutq o‘stirish jarayonida ma‘lum bilim va
malakalarni o‘zlashtirib olishlarinigina emas , balki idrok , xotira , tafakkur ,
tasavvur kabi bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni ham nazarda tutadi .Bu
yo‘nalishda olib boriladigan ish ularga aqliy faoliyatning muhim usullarini
o‘rgatish , analiz , sintez , taqqoslash , umumlashtirish , konkretlashtirish kabi
aqliy operatsiyalarni bajarishga imkon beradi . Bunda korreksion pedagogik
ishning ahamiyati muhimdir . Korreksion pedagogik ishda aqli zaif
bolalarning yoshi , psixik xususiyatlari , oilaviy sharoitlari , ona tilining o‘ziga
xos tomonlarini hisobga olgan holda nutqini o‘stirishga qaratilgan maxsus
usullardan foydalanish va ularni hayotga moslashtirish imkoniyatini
ta‘minlaydi . Maxsus tashkil qilingan mashg‘ulotlar tizimi negizidagina
maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishiga erishish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |