Мавзу: Aqli zaif bolalarning muloqat xususiyatlari Бажарди: Tajibayeva Dilafruz



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana26.04.2022
Hajmi0,63 Mb.
#584678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
aqli zaif bolalarning muloqat xususiyatlari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


l-BOB. Muammoni o’rganishning ilmiy – nazariy asoslari . 
1.1. Muammoni pedagogik , psixologik va metodik adabiyotlarda 
o’rganilishi .
Oligofreniya nuqsonining tuzilishida nutqning o‘ziga xos kamchiliklari
alohida o‘rin tutadi . Bu kamchiliklar ana shu toifaga kiruvchi bolalarning
intellektual va shaxs sifatlarining kamchiliklari bilan bog‘liq . Yuqoridagi
fikrlardan kelib chiqib , aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan ta‘lim tarbiya
ishlari tizimida maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab nutqiy rivojlanishda
kuzatiladigan kamchiliklarni korreksiya qilishga alohida diqqatni jalb qiladi
degan xulosaga kelish mumkin .
Nuqsonli bolalarni og‘zaki nutqni egallashi shakllanishning o‘ziga xos 
hususiyatlari , aynan shu bolalar bilan maktabgacha tarbiya yoshida olib
boriladigan ishlarning mazmuni va metodlarini o‘rganish alohida dolzarblik
kasb etadi . Adabiyotlarda oligofreniya muammosi bo‘yicha ushbu toifaga
kiruvchi bolalarning nutqiy rivojlanishining birlamchi bosqichlari o‘ziga xos 
xususiyatlari haqida juda kam ma‘lumotlar keltirilgan . Ma‘lumotlarga ko‘ra , 
ilk yoshlarda jarohatlanishi natijasida bolada birinchi nutqiy harakatlarda
qo‘pol kamchiliklar kelib chiqadi . Oligofren bolalarning nutqiy rivojlanishida
gugulash davrini juda kech paydo bo‘lishi xos . Mualliflarning fikricha , aqli
zaif bolalarda birinchi so‘zlarni kechikib paydo bo‘lishi , jumlali nutqni
egallash jarayonini kechikishi va qiyinchiliklar bilan kechadi 


 
Homilalik yoki rivojlanish davrida markaziy nerv tizimining organik 
jarohatlanishini aqli zaif bolaning tevarak-atrof bilan nutqiy aloqa turining 
shakllanishigacha bo‘lgan davridayoq normal rivojlanayotgan tengdoshlaridan farq 
qilishiga olib keladi. 1 yoshdan boshlaboq, aqli zaif bolalarda normal 
rivojlanishidan chetlashish kuzatiladi. Ular uzoq vaqtgacha nigohlarini narsalarga, 
hattoki o‘z qo‘llariga ham qaratmaydilar, harakatlanayotgan ob‘ektni 
kuzatmaydilar, ularda bosh miya po‘stloqlarining integrativ funktsiyasi buziladi.
4
Yeryomenko I.G.- Oligofrenopedagogika . – Kiev : 1985 . – 56 .b


Bu esa oligofreniyada nuqson tuzilishining asosiy jabhalaridan biridir. Aqli 
zaif bolalarda ―jonlanish kompleks‖ ko‘p holatlarda ko‘zga tashlanmaydi yoki u 
rudementar shaklida namoyon bo‘ladi. ―Jonlanish kompleksi‖ aqli zaif bolalarda 1 
yoshning oxiriga kelib juda sodda tarzda yuzaga kelishi kuzatiladi.
Nutqning paydo bo‘lgunga qadar davrda kattalar bilan muloqotning to‘la 
emasligi, predmetli harakatlarning yo‘qligi (predmetlar bilan harakat qilish), 
mayda motorikaning rivojlanishidan orqada qolganligi 1 yoshning oxiriga 
kelganda aqli zaif bolalarda nutqning boshlang‘ich ko‘rinishlarini rivojdan 
kechiqish holati bilan chambarchas bog‘liqdir (V.I.Lubovskiy). 
Qator mualliflar (M.F.Gnezdilov, G.A.Kashe, A.R.Luriya, V.I.Lubovskiy, 
M.S.Pevzner, V.G.Petrova, J.I.SHif, S.Ya.Rubinshteyn va boshqalar) aqli zaif 
bolalar nutqining normal rivojlanayotgan bolalar nutqidan muayyan darajada 
orqada qolishini ishonarli qilib dalillab beradilar. 
Aqli zaif bolalarda eshitib ajratish, so‘zlarning va jumlalarning talaffuzi 
ancha kechikib paydo bo‘ladi. Aqli zaif bolalar nutqida birinchi so‘zlar 3, 4 va 
hatto 5 yoshda yuzaga keladi.
M.Zeemanning ma‘lumotlaricha, aqli zaif bolalarning 40% da uch yoshdan 
keyin nutq faoliyati ish tutadi.
Aqli zaif bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini xarakterlab A.R.Luriya 
― nutqiy faoliyatning murakkab shakllari – mavhumlashtirish va umumlashtirish 
bilan bog‘langan bilish jarayonlari rivojlanmay qoladi‖, - deb ta‘kidlaydi.
Aqli zaif bolalar nuqsonlarining korrektsiyalanishi, kompensatsiyalanashi 
mumkin. Ammo buning uchun shaxsni shakllantirishning haraktlari, eng avvalo, 
birlamchi nuqsonni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 
L.S.Vigotskiy oliy psixik jarayonlarning rivojlanmay qolish holati 
ikkilamchi bo‘lganligi tufayli ―... ular bir xalqani eslatadi ...., shu xalqaning eng 
zaif joyiga tarbiyaning butun kuchini qaratib, so‘ng uni parchalab yuborish lozim‖, 
- deb ko‘rsatadi. A.R.Luriyaning ma‘lumoticha, oliy psixik jarayonlarning 
rivojlanishida nutq g‘oyat katta rol o‘ynaydi, chunki ―... so‘z ... bilish faoliyatini 
shakllantiradigan, borliqni aks ettirishni takomillashtiradigan, diqqat, xotira va 


tasavvurni, tafakkur va haraktning yangi shakllarini yuzaga keltiradigan kuchli 
omildir‖. Shaxsning rivojlanishida nutqning alohida ahamiyat kasb etishini 
nuqsonli bolalar kamolat u yoki bu qonuniyatini o‘rganib chiqqan mualliflarning 
barchasi ta‘kidlaydilar. Jumladan, A.R.Luriya ―Nutqning ... murakkab psixik 
jarayonlarning shakllanishidagi ishtirokining buzilishi va uni umumlashiruvchi va 
boshqaruvchi funktsiyalarining nuqsonlari aqli zaif bolalarga xos xususiyatlardir‖, 
- deb yozadi.
Aqli zaif bolalar nutqidagi nuqsonlar, ya‘ni faol lug‘atning qashshoqligi, 
tushunchalar ahamiyatining (mohiyatining) cheklanganligi, ularni noto‘g‘ri 
qo‘llash, grammatik vositalarning bo‘shligi va stereotipligi, mustaqil nutqning 
zaifligi va boshqa omillar bunday toifadagi bolalar psixikasining shakllanishiga 
salbiy ta‘sir qiladi.
Aqli zaif bolalar uchun xos bo‘lgan nutqning umumiy rivojlanish 
xususiyatlaridan tashqari, ularda tovushlar talaffuzining buzilishi, duduqlanish kabi 
nutqiy kamchiliklar kuzatiladi. Aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishini tadqiqoti 
bilan shug‘ullangan barcha tadqiqotchilar debil darajadagi aqli zaiflarda intellekti 
birlamchi saqlanib qolgan tengdoshlariga qaraganda juda ko‘p nutqiy kamchiliklar 
tarqalganligini kuzatish mumkin, deb ko‘rsatadilar
5

A.A.Popova nutqida kamchiligi bo‘lgan va yordamchi maktabda o‘qiyotgan 
debil darajadagi aqli zaif bolalarning soni 14 %dan 34 % gachadir, deb hisoblaydi.
M.E.Xvattsevning ma‘lumotlaricha, yordamchi maktab o‘quvchilarining 
30%ida nutqiy nuqsonlar kuzatiladi.
Yordamchi maktab o‘quvchilarini tavsiflagan S.S.Lyapidevskiy ko‘pincha 
debil darajasidagi oligofren bolalarda nutq nuqsonlari uchraydi, deb yozadi.
Aqli zaif bolalar orasida nutqiy nuqsonlar juda ko‘p tarqalganligini 
A.N.Graborov, V.I.Lubovskiy, M.S.Pevzner, O.V.Pravdina, B.M.Grinshpun, 
R.I.Lalaeva va ko‘pgina boshqa mualliflar ham ko‘rsatib o‘tganlar. 
5
Po’latova P. Maxsus pedagogika , Toshkent . 2005


Me‘yorida rivojlanayotgan bolalarga qaraganda, aqli zaif toifadagilar orasida 
nutq kamchiliklarining juda ko‘p hollarda uchratish mumkinligini M.Zeeman ham 
ko‘rsatgan. 
E.I.Butskovaning ma‘lumoticha, taxminan 60-70 % aqli zaif bolalar turli 
nutq kamchiliklariga egadirlar. L.V.Zankov kichik maktab yoshidagi aqli zaif 
bolalarning ko‘pchiligida tovushlar talaffuzining buzilishi kuzatiladi, deb uqtiradi.
G.Ya.Troshin ham aqli zaif bolalarda nutq kamchiliklari me‘yorida 
rivojlanayotgan tengdoshlardagidan bir necha marta ko‘p uchraydi, deb yozadi. 
Muallifning ma‘lumoticha, nutqida turli nuqsoni bo‘lgan aqli zaif bolalar barcha 
o‘quvchilar sonining 43%ini tashkil etadi. 
I.P.Kornevning kuzatishlaricha, yordamchi maktabga o‘qishga qabul 
qilinayotgan vaqtda debil darajadagi aqli zaif bolalarning 60% i turli talaffuz 
kamchiliklariga egadir. 
R.E.Levina va G.A.Kashelarning yordamchi maktablarda o‘tkazgan 
tekshirishlarida 1 sinf o‘quvchilarining 65%ida nutq kamchiliklari kuzatilgan. 
CHet el olimlaridan M.Zeemanning kuzatishicha, yordamchi maktabning 1-
sinf o‘quvchilarining 40-50% ida turli nutq nuqsonlari mavjuddir. M.Zeemanning 
fikricha, aqli zaif va normal bolalar nutqidagi tovushlar talaffuzining buzilishi 
o‘rtasidagi asosiy tafovut shundaki, oligofrenlarda ushbu nuqsonlar organiq 
xarakterni namoyish etadi.
M.Zeemanning ma‘lumotlaricha, yordamchi maktab o‘quvchilarida 
bradilaliya va tezlashgan, qo‘zg‘algan nutq ko‘p kuzatiladi. SHuningdek, 
M.Zeeman ularda noto‘g‘ri tishlamning (yuqori va pastki jag‘larning 
jipslashuvidagi tishlarning holatini) ko‘proq uchrashi mumkinligini, bu esa 
tovushlar talaffuzi buzilishining sabablaridan biri ekanligini ko‘rsatib o‘tgan. 
A.R.Luriya, V.I.Lubovskiylarning izlanishlarida aqli zaif bolalarda harakat 
malaklarining shakllanishiga ushbu toifadagi sub‘ektlar uchun xarakterli bo‘lishi 
nutqning boshqaruvchilik funktsiyasining buzilishi juda katta salbiy ta‘sir 
ko‘rsatish isbotlab beriladi.


V.I.Lubovskiy eksperimental ravishda maktabgacha yoshdagi aqli zaif 
bolalarda nutqning boshqaruvchilik funktsiyasining qo‘pol buzilishi uning barcha 
ko‘rinishlarini izohlab berib, 4-5 yoshga kelib ularda so‘zning faqatgina undovchi 
va faoliyatga tushiruvchi funktsiyalar 2 yoshning oxiriga kelib shakllangan bo‘ladi 
(A.R.Luriya, 1958), maktabgacha yoshdagi oligofren bolalarda faoliyatini so‘z 
orqali boshqarish ta‘lim jarayonisiz sodda shaklda vujudga keladi
6

Motorikaning buzilishi, nutqdagi tovushlarning ixtiyoriy talaffuziga, 
shuningdek, so‘zlarning talaffuziga ta‘sir qiladi, chunki talaffuz qilish uchun nutq 
a‘zolari harakatining yuqori darajadagi koordinatsiyasi talab etiladi. 
Artikulyatsiyaning rivojlanishi fonetik ya‘ni eshituv idrokining shakllanishi 
bilan bevosita bog‘liq. 
Yordamchi maktab o‘quvchilari talaffuzidagi kamchiliklar muammosi 
R.E.Levina, G.A.Kashe, L.I.Orlova, R.I.Lalaeva va boshqalar tomonidan 
o‘rganilgan. 
Aqli azif bolalarning talaffuzidagi kamchiliklarini o‘rgangan G.A.Kashe 
yordamchi maktabning 1-sinf o‘quvchilarining 65% ida shunday nuqsonlar mavjud 
ekanliklarini aniqlaydi. 
L.I.Orlova tomonidan o‘tkazilgan izlanishlarda esa talaffuz qilishdagi 
kamchiliklar yordamchi maktabdagi 1-sinf o‘quvchilarining 65% ida, 2-sinfda 
tahsil olayotganlarning 55%ida kuzatilganligi ko‘rsatilgan. 
R.E.Levinaning izlanishlari aqli zaif bolalar talaffuzidagi kamchiliklarning 
turg‘unligi asosan nutqiy harakatdagi qiyinchiliklarga emas, balki to‘g‘ri 
artikulyatsiya qilinayotgan tovushlarning nutq mohiyatiga juda sekin kiritilishiga 
bog‘liqligi izohlab beriladi. 
Yordamchi maktabda o‘tkazilgan maqsadga yo‘naltirilgan tadqiqot ishlari 
natijasida bolalar talaffuzidagi kamchiliklar asta-sekin bartaraf etila boriladi 
G.A.Kashening ma‘lumoticha, 3-sinfda fonetik nuqsonlar o‘quvchilarning 30% da 
kuzatiladi. 
6
Yeryomenko I.G.- Oligofrenopedagogika . – Kiev : 1985. – 66b


L.I.Orlovaning tadqiqotlari G.A.Kashening ta‘lim ta‘siri natijasida sinfdan-
sinfga o‘tgan sari talaffuzida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning soni kamayib 
boradi, degan fikrini tasdiqlaydi.
M.A.Savchenkoning aqli zaif o‘quvchilarning fonetik idrokining 
rivojlanmay qolganligiga qaratilgan ishlarida bola tomonidan idrok etiladigan 
fonemalarning differentsial sifatlari haqidagi tasavvurlarini shakllantirish bo‘yicha 
olib boriladigan tajribaning ba‘zi bir qirralari ko‘rsatilgan. Muallif bu psixologik 
hodisani to‘g‘ri talaffuzni shakllantirishning tayyorlov davri, deb hisoblaydi.
Yordamchi maktabning 1-3 sinf o‘quvchilarida tovushlar talaffuzining 
polimorf va monomorf buzilishlarida tovushlarni almashtirish va buzib talaffuz 
etishning nisbatlari masalasini R.I.Lalaeva o‘z izlanishlarida o‘rganib chiqadi. 
Tadqiqotda tovushlar talaffuzining polimorf va monomorf buzilishlarida 
tovushlarni almashtirish va buzib talaffuz etish nisbatlari bir xil emasligi 
aniqlanadi. Eksperiment natijalari muallifga tovushlar talaffuzining buzilishiga ega 
bo‘lgan aqli zaif bolalarda nutq tovushlarini idrok etish va ularni differentsiatsiya 
qilish ruhiy holati rivojlanmay qolishi ekanligini ta‘kidlashga imkon beradi.
Engil darajadagi aqli zaif o‘quvchilar nutqidagi grammatik qurilishining 
buzilishi masalasi omillari M.S.Gnezdilov, L.N.Efimenkova, I.N.Sadovnikova, 
O.L.Jiltsova, M.P.Feofanov va boshqalarning ishlarida o‘rganilgan. Mualliflar 
tomonidan me‘yorida rivojlanayotgan bolalarga qaraganda, debil darajadagi aqli 
zaiflar nutq faoliyatidan ancha kechikib foydalana boshlashlari isbotlangan. 
M.F.Gnezdilovning ma‘lumoticha, aqli zaif o‘quvchilar murakkab gaplardan, 
tushunchalardan avval yozma nutqda, keyinchalik esa og‘zaki nutqda qo‘llay 
boshlaydilar.
Kichik maktab yoshidagi aqli zaif o‘quvchilarda ba‘zi grammatik shakllarini 
tushunishning buzilishi masalalari Z.N.Smirnovaning ishlarida yoritib berilgan. 
Muallif yordamchi maktabning 1-2 sinf o‘quvchilari va 3-4 sinfda esa ularning 
ko‘pchiligi so‘zlarning grammatik o‘zgarishlarini tushuna olmasligini ko‘rsatadi. 
Muallif ko‘pchilik o‘quvchilarda so‘zning leksik ma‘nosi birligida va grammatik 


o‘zgarishlarni tushunish shakllanmaganligini eksperimental tarzda isbotlab bergan 
va bu nuqsonni bartaraf etishga yordam beradigan ba‘zi metodlarni tavsiya etadi.
1970 yillardan boshlab maxsus psixologiya fanida aqli zaif bolalarni erta 
aniqlash va korrektsion-tiklash ta‘limini tashkil etish masalasi alohida ahamiyat 
berila boshlandi. Bunga bog‘liq ravishda ilmiy izlanishlarda maktabgacha 
yoshdagi aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishiga katta e‘tibor berilyapti. Aqli zaif 
bolalarni aniqlashni tashkil etish, erta diagnostikalash va maxsus maktabgacha 
muassasalarga 
saralash 
metodlari 
M.A.Aleksandrovskaya, O.L.Jilьtsova, 
A.A.Venger (Kataeva), A.L.Vengerlarning ishlarida yoritib berilgan.
G.V.Kuznetsova maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning atrofdagilar 
nutqini tushunishining xususiyatlarini o‘rgangan. Intellekti buzilganlar uchun 
xarakterli bo‘lgan bosh miya po‘stloqlarining diffuzli jarohatlari ular 
mikromuhitdagi odamlar zarur darajada mustaqil ravishda tushunishga imkon 
bermasligini ko‘rsatadi. Muallifning fikricha, bolaning atrofdagilar nutqini 
tushunishi uchun uning psixikasi va nutqi yetarli darajada rivojlangan bo‘lishi 
lozim. SHuning uchun maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini 
rivolanishi doimo shaxslararo bo‘lishi ularning tevarak-atrof ob‘ektlari bilan 
tanishishi jarayonida amalga oshiriladi.
G.V.Vigodskaya va N.D.Sokolovalarning ilmiy izlanishlari maktabgacha 
yoshdagi aqli zaif bolalarning mustaqil o‘rinlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. 
Mualliflar maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning harakati va xulqini 
uyushtradigan va o‘yinning zarur sharti bo‘lgan o‘yin vaziyatni yuzaga keltira 
olmasliklarini ekperimental ravishda asoslab berdilar. N.D.Sokolova o‘yin va 
nutqning bog‘liqligini ko‘rsata olgan. Bu bog‘liqlik bola nutqini shakllantirishda 
lug‘atni boyitishda, shuningdek, o‘yinning muvaffaqiyatini ta‘minlash uchun ham 
samaralidir. 
M.I.Kuzmitskaya va M.M.Nudelmanlar ham o‘yinni yordamchi maktab 
o‘quvchilarining aqliy va nutqiy nuqsonlarini korrektsiyalash vositasi sifatida 
ko‘rsatadilar. 


Aqli zaif bolalarda dialogning, ya‘ni irodaviy faoliyat rivojlanmaganligi 
M.F.Gnezdilov, M.P.Feofonov, V.G.Petrova, R.K.Luktsinalarning izlanishlarida 
ko‘rsatilgan. Nutqiy aloqaga kirishmaslik, nutdan foydalanishdagi ziflik, 
suhbatdoshning fikrlarini tushunmaslik, kommuniqatorning nutqiga e‘tiborsizlik – 
bularning barchasi suhbat jarayonida qiyinchiliklar tug‘diradi. Mualliflar aqli zaif 
bolalar muloqat jarayonida doimo kattalarning tashkiliy, yo‘naltiruvchi va 
rag‘batlantiruvchi ta‘siriga muhtoj bo‘ladilar, deb ko‘rsatadilar. 
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda tafakkurning ko‘rgazmali 
ko‘rinishlarini rivojlanishi yo‘llari masalasi yuzasidan ilmiy izlanish olib borgan 
Ye.A.Strebelova bilish faoliyatini tashkillashtirishda yetakchi omil nutq ekanligini 
va u taqlid qilish, birgalikda, umumlashtiruvchi, rejalashtiruvchi va bola faoliyatini 
boshqaruvchi kabi asosiy funktsiyalarni bajarishni ko‘rsatadi. Ye.A.Strebelova aqli 
zaif bolalarda tafakkurning ko‘rgazmali ko‘rinishlarini o‘z vaqtida rivojlantirish 
ularning barcha bilish faoliyatining takomillashtiruviga sifat o‘zgarishlar kiritishini 
va ularni maktab ta‘limiga tayyorlashda katta ahamiyatga ega ekanligini 
ta‘kidlaydi.
Respublikamizda rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta‘lim tarbiyasi
bilan Sh.M.Amirsaidova, D.A. Nurkeldieva, M.H. Hamidova, L.R.Mo‘minova , 
X.M.Po‘latova , P.M.Po‘latova , V. Rahmonova ,Q Mamedov M.I.Soatovlar o‘z 
ilmiy ishlari bilan tadqiqot ishlarini olib borganlar . Ular maktabgacha 
yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqlarini rivojlantirishga qaratilgan tadqiqot 
ishlarini olib borishgan.
P.M.Po‘latova o‘zining ilmiy izlanishida aqli zaif o‘quvchilarning o‘ziga xos 
xususiyatlari, ularning mustaqil faoliyatlarining imkoniyatlari, qiziqishlarini 
e‘tiborga olgan holda sinfdan tashqari mustaqil faoliyati uchun gazeta 
materiallarini saralash mezonlarini asoslab, ularning mavzu doirasi, janrlari, 
tuzilishi va tavsiya etiladigan matnlarning mazmunini ko‘rsatib bergan. Izlanishda 
gazeta materiallari bilan tanishish aqli zaif o‘quvchilarning umumiy rivojlanishi 
darajasini oshirishga, bilish va nutqiy faoliyatlarini takomillashtirishga ijobiy ta‘sir 
etishi ta‘kidlab o‘tilgan.


Biz intellekti buzilgan bolalar nutqining hamma tomonlari maktabgacha 
davrning barcha bosqichlarida o‘rganilishi lozim, deb hisoblaymiz. Maktabgacha 
yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqidagi nuqsonlarni korrektsiyalash respublikamiz 
defektologlari oldiga ushbu toifadagi shaxslar o‘quv faoliyati, bilish jarayoni 
mazmuni takomillashtirish vazifasini qo‘ymoqda. 



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish