Мавзу: Aqli zaif bolalarning muloqat xususiyatlari Бажарди: Tajibayeva Dilafruz


Muloqot tushunchasining umumiy tavsifi



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana26.04.2022
Hajmi0,63 Mb.
#584678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
aqli zaif bolalarning muloqat xususiyatlari

1.2 Muloqot tushunchasining umumiy tavsifi . 
Muloqot kategoriyasi psixologiya fanidagi markaziy kategoriyalardan biri 
bo‘lib hisoblanadi (ong, xulq-atvor, shaxs kategoriyalari singari). So‘nggi 20-25 yil 
ichida muloqot muammolari psixologiyaning, ayniqsa, ijtimoiy psixologiyaning
eng yirik tadqiqot predmetiga aylanib qoldi. 
Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lgani sababli unga yagona to‘g‘ri ta‘rifni 
berish juda mushkul. SHuning uchun, odatda, muloqot tushunchasi uning ayrim 
tomonlariga urg‘u berish orqali ta‘riflanadi. Psixologiya lug‘atida muloqot 
tushunchasiga ikki xil ta‘rif beriladi: 1)muloqot-hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji 
bilan taqozolangan aloqa o‘rnatish va uni rivojlantirish jarayoni; 2)muloqot-
belgilar tizimi orqali sub‘ektlarning o‘zaro ta‘sirlashuvi. Albatta, hech bir ta‘rif 
universallik maqomiga da‘vo qilmaydi. CHunki unda, odatda, muloqotning ayrim 
tomonlari e‘tibordan chetda qoladi, ikkinchi darajaga surib qo‘yiladi. SHunday 
bulsa-da, shartli ravishda muloqotga nisbatan umumiy bo‘lgan quyidagi ta‘rifni 
berish mumkin: muloqot-kamida ikki kishing o‘zaro ta‘sir jarayoni bo‘lib, bu ta‘sir 
davomida axborot almashiniladi, munosabat o‘rnatiladi va rivojlantiriladi, 
tugatiladi yoki korrektsiyalanadi.
Muloqot 
tushanchasini 
kommunikatsiyadan 
farqlash 
kerak. 
Kommunikatsiya-tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini 
anglatadi. Xayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar 
bilan aloqa qilishi-bularning barchasi kommunikatsiya. Muloqot faqat insonlar 
o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin. 
Muloqotning inson hayotidagi ahamiyati beqiyosdir. Inson bolasi aynan 
boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo‘lish jarayonida shaxsga aylanib 
boradi. Muloqot orqali inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Yangi 
tug‘ilgan inson boshqalar bilan muloqotda bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lsa,u 
hech qachon shaxsga aylana olmaydi, ya‘ni u o‘z psixik taraqqiyoti bo‘yicha 
biologik mavjudot darajasida qolib ketadi. Zero, inson psixik taraqqiyoti 


muloqotdan 
boshlanadi.Muloqot-ijtimoiy 
faollikning 
ontogenezda 
paydo 
bo‘ladigan birinchi turidir.
Muloqotda ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar ro‘yobga chiqariladi. 
Muloqotsiz insoniyat jamiyati bo‘lishi mumkin emas. Aynan muloqot hamkorlikda 
faoliyat yurituvchi individlar jamoasini shakllantiradi. O‘amkorlikdagi faoliyat 
rejasini tuzish uchun,uni ro‘yobga chiqarish uchun individlar o‘rtasida muloqot 
amalga oshirilishi shart. Muloqot vositasida hamkorlikdagi faoliyat tashkil etiladi 
va amalga oshiriladi. Ayni vaqtda faoliyat davomida insonlar o‘rtasida yangi-yangi 
munosabatlar va aloqalar shakllanadi. Demak, muloqot va faoliyat o‘zaro 
chambarchas bog‘liqdir. 
Muloqot inson hayotida qanchalik yuksak ahamiyatga ega ekanligini 
quyidagi misollar yaqqol ko‘rsatadi. 
1-misol.1938 yil Richard Bard o‘z xohishi bilan Antarktida muzliklarida 6 oy 
tanho qoladi. Bir tomondan u tajriba natijalariga qiziqsa, ikkinchi tomondan
kundalik hayotning g‘ala-g‘ovuridan biroz dam olishni istagan edi. Keyinchalik u 
mazkur davrni quyidagi so‘zlar bilan eslaydi: «Bu yerdagi hayotim davomida bora-
bora har bir harakatim, har bir ishim tobora mazmunsiz, mantiqsiz, maqsadsiz 
bo‘lib borayotganday edi. Xavf - xatarlardan qo‘rqmaydigan odam bo‘lsam-da, 
negadir bu yerda tomning bosib qolishidan, o‘choqdan o‘t ketib qolishidan 
xavfsiray boshladim. Ovqatlanishimda muntazamlik yo‘qoldi, yuvinmay 
qo‘ydim». 
2-misol. Tarixda yaponlarda Moritao ismli insonning o‘z-o‘zini 
takomillashtirish tizimi mavjud bo‘lgan. U shunday tizimlarning eng og‘iri va 
murakkabi bo‘lib hisoblanadi. Vaholanki, inson hech qanday jismoniy azoblarga 
duchor bo‘lmaydi. Faqatgina bir haftaga g‘orga kirib ketib, u yerda tanho qoladi. 
Bu yerda u, hatto, o‘zi bilan ham gaplashishi mumkin bo‘lmagan. Sinovdan 
o‘tganlar keyichalik har qanday uchrashuv va suhbatni hursandchilik bilan qarshi 


oladilar. Qizig‘i shundaki, ularda ko‘proq gapirish ehtiyoji emas, balki tinglash 
ehtiyoji kuchayar ekan. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish