Xulosa
Shunday qilib , maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni muloqot
xususiyatlarini rivojlantirish yo‘llari muammosi bo‘yicha olib bogan
tadqiqot ishimizda xulosa qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin :
1 ) Nutqning shakllanishi intellektning umumlashtiruvchi faoliyati
bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligi uchun aqli zaif bolalar nutqining
rivojlanishi ham bir qator turli xususiyatli buzilishlar bilan tavsiflanadi .
Aqli zaif bolalar uchun xarakterli bo‘lgan nutqning bunday tarzda
rivojlanish xususiyatlarini nuqsonli bolalarning
psixik faoliyatining turli
tomonlarini tadqiq etish bilan shug‘ullangan pedagoglar , psixologlar ,
vrachlar ilmiy jihatdan asoslab berganlar .
Aqli zaif bolalar nutqidagi nuqsonlar , ya‘ni faol va passiv
lug‘atning qashshoqligi , so‘zlar ahamiyatining cheklanganligi , ularni
noto‘g‘ri qo‘llash , grammatik vositalarning bo‘shligi
va stereotipligi ,
mustaqil nutqning zaifligi va boshqalar bunday toifadagi bolalar
psixikasining shakllanishiga salbiy ta‘sir qilmasdan qolmaydi .
Aqli zaif bolalar uchun xos bo‘lgan nutqning umumiy rivojlanish
xususiyatlaridan tashqari , ularda tovushlar talaffuzining buzilishi ,
duduqlanish kabi nutq kamchiliklari kuzatiladi . Aqli zaif bolalar
nutqning rivojlanishi o‘rganish bilan shug‘ullangan barcha tadqiqotchilar
debil darajadagi aqli zaif bolalarda intellekti
birlamchi saqlanib qolgan
tengdoshlariga qaraganda juda ko‘p nutq kamchiliklarining tarqalganligi
kuzatish mumkin deb ko‘rsatadilar .
Tadqiqotlarning tahlili ko‘rsatishicha aqli zaif bolalarda nutqning
o‘zigina emas , balki uning paydo bo‘lish zaminlari : chamalovchi
harakatlar rivojlanmagan bo‘ladi , atrofga qiziqish shakllanmagan ,
predmetli faoliyat rivojlanmagan bo‘ladi . Bunday muhim omillarning
asosida nutqning ma‘no tomoni va grammatik tizimining rivojlanishi
yotadi. Bundan tashqari aqli zaif bolalarda muloqotga ehtiyoj bo‘lmaydi,
va nutqgacha bo‘lgan aloqa vositalari : nutqning
tovush tomonini hosil
bo‘lishini ta‘minlaydigan artikulatsiya apparat va fonematik eshitish ,
diqqati va idroki shakllanmagan bo‘ladi .
2 ) Muammoni eksperimental o‘rganish uchun tashkil etilgan tajriba
natijalariga xulosa qilib shuni aytish mumkinki , aqli zaif bolalar
muloqoti bosh miyadagi organik jarohat , bilish jarayonlaridagi
rivojlanishning sezilarli
darajada orqada qolishi , xissiy - iroda
sohasidagi o‘ziga xos o‘zgarishlar va eng asosiysi , nutqning me‘yoriy
rivojlanmaganligi bilan cheklanib qoladi . Aqli zaif bolalar
muloqotining xusuiyatlari ular yashayotgan muhit , bajarayotgan faoliyat
jarayoni , tipologik va individual xusuiyatlari , nuqsonining
harakteri ,
shu bilan birga nutqiy rivojlanish darajasiga ko‘ra turlicha bo‘ladi .
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning muloqot xususiyatlarini
o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot mobaynida ularni diqqatini
jamlashda qiyinchilik bo‘ldi .
3 ) Tadqiqotning yakuniy bosqichida shu narsa aniq bo‘ldiki , aqli
zaif bolalarning muloqotini rivojlantirishda , ular bilan bog‘liq bo‘lgan
ko‘pgina muammolarning hal qilinishiga zamin yaratadi . Ularning
muloqotini ilk bolalik davridan boshlab rivojlantirish , maxsus ta‘lim
sharoitida ular muloqotini yanada takomillashtirish imkoniyatlarini
kengaytiradi .
Shu sababli , aqli zaif bolalar muloqotini rivojlantirishda hozirgi
kun talablariga javob bera oladigan maxsuslashtirilgan zamonaviy psixo
– korreksion rivojlantiruvchi usullar tizimida samarali foydalanish
masalalari muhim vazifalardan biriga aylanish zarur .
Bolalarni muloqotga jalb etishda turli zamonaviy pedagogik
texnologilyalardan , o‘yinlardan foydalanish yahshi natija beradi .