2.2 Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar muloqot
xususiyatlarini eksperimental tekshirish metodikasi .
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar muloqotini eksperimental
tekshirishda bolaning yoshi va individual xususiyatlari inobatga olinadi .
Bolalar bilan tadqiqot o‘tkazishda suhbatning ahamiyati kattadir.
To‘g‘ri o‘tkazilgan suhbat bolaning rivojlanishi va uning shaxsiy
xususiyatlari haqida ba‘zi tasavvurlarni beradi . Muloqot jarayonida
bolaning ongida o‘quv faoliyati qanday o‘rin egallashini , o‘qishdagi
qiyinchiliklarni anglay olishi , o‘z ishiga , xulqiga tanqidiy munosabatda
bo‘la olishi aniqlanadi .
Muloqot jarayoni natijasida boladagi neyrodinamik xususiyatlar
haqida ba‘zi ma‘lumotlarni olish mumkin . Bo‘shanglik , tormozlanganlik
yoki aksincha , qo‘zg‘aluvchanlik , diqqatning tarqoqligi , savol
doirasida qola olmaslik bularning barchasi bolada qo‘zg‘alish yoki
tormozlanishning sekinlashgan va tezlashgan reaksiyalarning ustunligini
tahmin qilishga imkon beradi .
Muloqot bilish faoliyatining darajasi haqida ham ba‘zi
tasavvurlarni beradi . Muloqot jarayonida biz bu bosqichda bola uchun
xos bo‘lgan atrof olamni aks etish darajasini aniqlaymiz . Suhbat
bolaning atrofdagi predmetlar va hodisalar haqidagi tasavvurlarining
to‘g‘riligini , sabab bog‘lanishlarini o‘rnatish va axamiyatini
axamiyatsizdan ajratishni bilishni aniqlashga imkon yaratadi .
Muloqot jarayonida bilish faoliyatining qaysi tomonlarini
chuqurroq o‘rganish lozimligini aniqlashadi . Shuning uchun muloqot
bolaning psixikasining alohida tomonlarini ancha chuqur va maxsus
o‘rganishdagi dastlabki qadamdir . Suhbatdan alohida faoliyat turlarini
tekshirishga o‘tish rejali va yetarlicha asoslangan bo‘lishi kerak .
Suhbatni tugatib , eksperimental - psixologik tekshirishga asta -
sekin o‘tish lozim . Bolaga ― endi mening ba‘zi topshiriqlarimni
bajarasan ― yoki yanada soddaroq tarzda ― qara , menda qanday rasmlar
bor ( o‘yin , shakllar ) ― deyiladi . Eksperimental – psixologik tekshirishni
o‘tkazishda bolaning ishga bo‘lgan munosabati , qiziqishi borligi yoki
yo‘qligi maqtov yoki tanbehga reaksiyasi va hokazolarga e‘tibor
beriladi . Bu kuzatishlar bola faoliyaini tuzilishini tahlil qilish ,
patologik xususiyatlarni ochishga imkon yaratadi .
Muloqot jarayonida bolaning xulqini va reaksiyasini sinchiklab
kuzatish lozim . Bunday kuzatishlarsiz suhbat o‘rganish metodi sifatida
o‘z ahamiyatini yoqotadi . Bolaning javoblarini baholash va ular asosida
qandaydir bir xulosalar chiqarish katta xatoga yo‘l qo‘yishdir . Masalan
, bola javob berishdan bosh tortsa yoki noto‘g‘ri javob bersa har vaqt
ham bu undan so‘ralayotganlarni bilmasligi haqida ishonch xosil
qilmasligi kerak . Ko‘pincha bola berilgan savolga diqqat e‘tiborini
yetarlicha jamlamasligi , uning tuzilishini tushunmasligini kuzatish
mumkin . Shu savol boshqacha qilib ( boshqa formulirovkada ) berilsa u
qiyinchilik tug‘dirmaydi . Ba‘zan , bola avval o‘tkazilgan suhbat
ta‘sirida berilgan savolga yetarlicha tayyor bo‘lmasligi va uni pedagog
taxminida boshqa doirada idrok etishi mumkin .
Muloqot jarayonidagi bola bilan pedagogning aloqa qilish
xarakteri uning shaxsi xususiyatlarni aniqlash uchun muhim
ahamiyatga ega . Shunday bolalar borki , ular aloqaga qiyinchilik bilan
kirishadilar , muloqot jarayonida keskin , qovog‘i soliq , bezovta,
kamgap holatda bo‘ladilar , savollarga istar – istamaslik bilan javob
beradilar , negativlik reaksiyalariga moyil bo‘ladilar . Boshqalari sharoitga
ancha tez moslashadilar , tez jonlanadilar , ishonuvchanlik , ochiq
ko‘ngillik bilan savollarga bajonidil javob beradilar .
Ba‘zi bolalar muloqot jarayonida o‘zlarini mustaqil tutadilar ,
vaziyatga qaramaydilar , savollarga o‘ylamasdan tez , oxirigacha
eshitmasdan javob beradilar ; boshqalari o‘zlarini vazmin , jiddiy
tutadilar , berilgan savollarga shoshilmasdan javob beradilar . Muloqot
jarayonidagi bunday kuzatishlar bolani konkret faoliyat jarayonida
o‘rganishga va turli ma‘lumotlarni taxlil qilish , taqqoslashga yordam
beradi .
Biz aqli zaif bolalarni nazariy jihatdan taxlil qilgach Yunusobod
tumanidagi 480 - MTM da ― Qaldirg‘och ― guruhidagi ― 10 ― nafar
bolalarning muloqot xususiyatlarini eksperimental o‘rganish va taxlil
qilish maqsadida sinov - tajribasini o‘tkazdik .
Eksperiment o‘tkazish uchun bolalarga odatiy o‘yin sharoiti
yaratildi . Eksperimentda ― Qaldirg‘och ― guruhidagi ― 10 ― nafar bolalar
ishtirok etdilar . Tajriba uchun bolalarning yoshi va ularning individual
rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘yinning uch turi
tanlab olindi :
1 ) ― Mening qiziqishlarim ― mavzusi bo‘yicha intervyu :
2 ) ― Bo‘g‘irsoq ― ertagi bo‘yicha syujetli – rolli o‘yin
3 ) ― Predmetlarni ta‘riflash ― bo‘yicha ―Do‘kon ― o‘yini .
― Mening qiziqishlarim ― mavzusi bo‘yicha intervyu o‘yini bolalar
uchun tabiiy o‘yin sharoitini yaratib , ularni ― Intervyu ― o‘yiniga taklif
etiladi . So‘ng tekshiruvchi , intervyu oluvchi shaxs bo‘lib , bolalardan
galma - gal intervyu oladi .
Bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan savollardan foydalaniladi .
Sinaluvchilarga mavzu yuzasidan quyidagi savollar bilan murojaat
qilinadi :
1 ) Sen nima bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘rasan ? ( kitob o‘qish
, o‘ynash , teleko‘rsatuvlarni tamosha qilish va hokazolar ) ?
2 ) Sen qanday o‘yinlarni yoqtirasan ?
3 ) Uyingda qanday o‘yinchoqlar bor ?
4 ) Sening sevimli o‘yinchog‘ing ?
5 ) Sen kim bilan o‘ynashni yahshi ko‘rasan ?
6 ) Televizorda qaysi ko‘rsatuvlarni tamosha qilishni yaxshi
ko‘rasan?
7 ) Sen nimalar qilishni bilasan ?
8 ) Uy ishlarida yordam berasanmi ?
Muloqot bola xulqining kuzatish ma‘lumotlari bilan birgalikda u
haqida dastlabki ma‘lumotlarni beradi . Bular asosida tekshiruvchi
bolaga tekshirishni qanday darajada murakkablikdagi topshiriqlardan
boshlash lozimligini aniqlab olishga yordam beradi .
Muloqot bola bilan bevosita aloqa qilish xarakterida bo‘lishi
lozim . Savollarning mazmuni , tartibi va tuzilishi , bolaning javoblari ,
uning reaksiyasiga ( masalan , hafa bo‘lish , ranjish , diqqati , sergapligi )
hamda umumiy holatiga ( bo‘shanglik , qo‘zg‘aluvchanlik , diqqatning
tarqoqligi va hokazolar ) bog‘liq .
Bolalarga suhbat uchun minnatdorchilik bildiriladi .
Intervyu asosida olingan javoblar taxlil qilinadi .
Tajribaning ikkinchi qismida syujetli - rolli o‘yin turidan
foydalaniladi. ― Bo‘g‘irsoq ― ertagi bo‘yicha syujetli - rolli o‘yin .
Mazkur o‘yin ― Bo‘g‘irsoq ― ertagini saxnalashtirish asosida tashkil
etiladi . Bolalarga ― Bo‘g‘irsoq ― ertagini sahnalashtrish taklif etiladi .
Ertak bolalar bilan birgalikda og‘zaki takrorlanadi . Ertak
qahramonlariga tavsif beriladi , rollar bolalarga taqsimlanadi va
tekshiruvchi tomonidan kuzatiladi. Bolalar o‘z rollarini ijro etadilar .
Tajribaning uchinchi qismida ― Do‘kon ― o‘yinidan foydalaniladi .
Bunda bolalarni predmetlarni nomlash , ta‘riflash tufayli muloqotga
kirishishga o‘rgatishdir .
Bolalar o‘yinchoqlar terilgan stol yoniga o‘tiradilar . Bolalarga
murojaat qilinadi : bog‘chamizning yonida yangi do‘kon ochildi ,
do‘konda bir qancha chiroyli o‘yinchoqlar bor . Bolalar o‘yinchoqlarni
harid qilib olishlari mumkin , ammo o‘yinchoqni sotib olish uchun
o‘yinchoqga to‘g‘ri ta‘rif beish kerak . Bolalarning ta‘rifiga binoan
sotuvchi uni topib bolalarga sotadi .
Avval o‘yin tarzi defektolog tomonidan ko‘rsatilib beriladi .
Masalan, ― men o‘yinchoq olmoqchiman , u dumaloq rezinkadan yasalgan
uni bolalar yahshi ko‘radilar ― .
Sotuvchi oluvchiga koptok uzatadi . ― Raxmat juda chiroyli koptok
ekan ― deyiladi .Defektolog koptokni olib stulga o‘tiradi . Endi sotuvchi
o‘yinga qatnashuvchilardan birontasini o‘zi tanlab uning nomini aytib
chaqiradi. Ismi aytilgan bola do‘kondan harid qilmoqchi bo‘lgan
o‘yinchog‘ini ta‘riflaydi va hokazo . O‘yin hamma qatnashuvchilar
o‘zlariga o‘yinchoq sotib olgunlarigacha davom etadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |