Yozma nomerlash. Uch xonali sonlarni yozma nomerlashni qarashga tayyorlash maqsadida ikki xonali sonlarni yozma nomerlashga oid asosiy masalalarni takrorlash kerak: «Son» va
«raqam» terminlarining ma’nolari va bular orasidagi farqlar; sonlarning yozilishida raqamlarning o’rin qiymati, shuningdek, ikki xonali sonlarning xona tarkibi analiziga oid bir qancha mashqlarni bajarish xerak.
Uch xonali sonlarni yozma nomerlashni o’rganishga doir ishni ularning doskaga oldindan chizib qo’yilgan demonstratsion jadvalda kvadratlar yoki cho’plar yordamidagi tasvirlarini qarashdan boshlash kerak. Bunda cho’plar va kvadratlar tegishli xonalarning nomlari — yuzliklar, o’nliklar, birliklar tagiga (masalan, katakli taxtacha tokchalariga qo’yiladi. Masalan, 235 sonini tasvirlash uchun «yuzliklar» grafasiga 2 ta katta kvadratni (yuzliklar), «o’nliklar» grafasiga 3 ta poloskani (o’nliklar) va «birliklar» grafasiga 5 ta kichik kvadratlarni (birliklar) joylashtirish kerak (33-rasmga k.). SHundan keyin o’quvchilarga o’z daftarlariga grafalarning nomlarini (jadvalni chizish shart emas) yozib, masalan, doirachalar yordamida biror sonni tasvirlashni taklif qilish mumkin. Masalan, bunday jadvalda 413 soni quyidagidek tasvirlanadi. «yuzliklar» grafasiga 4 ta
doiracha yoziladi (yoki o’rnatiladi), «o’nliklar» grafasiga 1 ta, «birliklar» grafasiga 3 ta doiracha o’rnatiladi
Shundan keyin sonlarni doirachalar bilan emas, raqamlar bilan tasvirlash mumkin.
Shu joyniig o’zida o’quvchilarga sonlarni sonli kartochkalar yordamida qapdan tasvirlashni ko’rsatish kerak. SHu maqsadlarda har bir o’quvchida 0, 1, 2, 3, ... 9, 10, 11, 20,
30, ...90, 100, 200, 300,... 900 sonlari yozilgan kartochkalar nabori bo’lishi kerak. Masalan, 637 sonini kartochkalar yordamida tasvirlash uchun 600 soni yozilgan kartochka olinadi, uning ustiga 30 soni yozilgan kartochka 600 ning oxirgi ikki xonasini, ya’ni ikkita nolni bekitadigan qilib qo’yiladi, ikkinchi kartochka ustiga 7 raqamli kartochka 30 ning nolini bekitadigan qilib qo’yiladi. 300 + 8, 740 — 40, 960—900, 400 + 60 + 7 kabi misollarni kartochkalardan foydalanib yechish bo’yicha mashq qildiriladi
O’quvchilar bilan bir xonali sonlar deb qanday sonlarni, ikki xonali sonlar deb qanday sonlarni aytishni eslangandan keyin, o’qituvchi o’quvchilarni uch xonali sonlar bilan tanishtiradi. SHu yerning o’zidayoq «son» va «raqam» terminlari qanday tushunilganligi aniqlantiriladi. Sonlarning yozilishida noldan foydalanishga alohida ahamiyat beriladi. Nolь raqami biror xona birligi yo’qligini bildirishini yana bir marta aniqlashtiriladi (bunda 0 xona yo’qligini bildiradi, deb bo’lmaydi). Bu yerda o’quvchilar o’zlariga tanish bo’lgan «birinchi xona birliklari», «ikkinchi xona birliklari» tushunchalarga asoslanib yangi tushuncha
«uchinchi xona birliklari» bilan tanishadilar. Kuzatishlar orasida xulosa chiqariladi: o’ngdan chapga qarab hisoblaganda birliklar birinchi o’ringa (ular birinchi xona birliklari deb ataladi), o’nliklar ikkinchi o’ringa (ular ikkinchi xona birliklari deb ataladi), yuzliklar uchinchi o’ringa yoziladi. 1000 soni qanday yozilishi ko’rsatiladi. Quyidagidek mashqlarni bajarish yozma nomerlashga oid bilimlarni mustahkamlaydi:
Sonlarni daftaringizga yozing: 196, 408, 699, 700, 1000,
100, 86.
Uch yuz bir soni va uch yuz o’n soni qanday yozilishini tushuntiring va ular nega shunday yozilishini tushuntirib bering.
696 bilan 703 orasida yotuvchi sonlarning hammasini yozing.
5, 7, 9 raqamlari yordamida yozish mumkin bo’lgan hamma uch xonali sonlarni yozing, har bir raqamdan har bir sonni yozishda faqat bir marta foydalaning.
Ushbu 635, 67, 306, 666 sonlarining yozilishida 6 raqami nimani bildiradi?
Olti yuzlik va 3 birlikdan; 5 o’nlik va 2 birlikdan; o’nta yuzlik va to’rtta o’nlikdan iborat sonni yozing.
71 va 701, 333 va 33; 500 va 501; 600, 601 va 160 sonlarini yozish uchun nechta raqam va qaysi raqamlar kerak? va h. k.
1000 ichida sonlarni nomerlashni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va ko’nikmalarni egallab olishlari kerak.
1000 ichida sonlarning nomlarini bilish, sondagi har bir navbatdagi sonning qanday hosil bo’lishini, bir berilgan son bevosita o’zidan oldin keladigan son kattaligini va o’zidan bevosita keyin keladigan pmm.t q III
cha kichikligini tushunish.
Har bir sonning sonlar qatoridagi o’rnini bilish.
Raqamlarning o’rin qiymatini bilgan holda sonlarini o’qiy va yoza olish.
Sonlarning xona tarkiblarini bilganlikdan foydalanib
ikkita sonni ularning sonlar qatoridagi olgan o’rinlari bo’yicha taqqoslay olish. Sonni uning xona qo’shiluvchilarining yig’indisi bilan
almashtira olish.
Sonlarning natural ketma-ketligi va o’nli tarkibiii bilganlik asosida sonlarni qo’shish va ayira olish.
«Uch xonali son», «uchinchi xona birliklari» terminlarini bilish.
1000 ichida sonlarni nomerlashni o’rganishga asos bo’ladigan mashqlar misollarini keltiring.
«Minglik» temasida sonlarni nomerlash ustida ishlashning asosiy bosqichlarini sanab bering va ularning xarakteristikasini bering.
O’quvchilarning sonlarning 1 dan 1000 gacha bo’lgan natural qatori haqidagi, uch xonali sonlarning o’nli tarkibi haqidagi tasavvurlarini shakllantirish va mustahkamlashga imkon beradigan mashqlar misollarini keltiring.
Uch xonali sonlarni nomerlashni o’rgaiishga bag’ishlangan darsning bir bo’lagini keltiring. 1000 ichida sonlarni nomerlashga oid bilimlarni
mustahkamlovchi mashqlar sistemasini keltiring. Shu temaga oid didaktik o’yinlar o’ylab toping va tanlang.
1-ilоva
Do'stlaringiz bilan baham: |