Маърузачи: Физика ўқитувчиси Дусмуратов Мансур Байсоатович 12-MAVZU: ENTROPIYA TUSHUNCHASI, UNING TERMO-DINAMIK VA STATISTIK MA’NOSI. IZOJARAYONLARDA HAMDA MODDA AGREGAT HOLATI O’ZGARGANDA ENTROPIYANI ANIQLASH. TERMODINAMIKANING3-QONUNI Reja: I. Entropiya tushunchasi. Entropiyaning termodinamik ma’nosi. Entropiyaning xossalari. II. Turli izojarayonlarda entropiyani hisoblash. Politropik jarayonda entropiyani aniqlash. III. Modda agregat holati o’zgarganda entropiyani aniqlash. IV. Entropiyaning statistik ma’nosi. V. Entropiyaning o‘sish qonuni va unga doir tekshirishlar. VI. Termodinamikaning 3-qonuni.. I. Entropiya tushunchasi. Entropiyaning termodinamik ma’nosi Entropiyaning xossalari. Oldingi mavzudagi tanishgan real va ideal issiqlik mashinalarining FIKlari ifodalarini esga olaylik. Agar real hamda Karnoning ideal issiqlik mashinasining FIKlarini bir-biriga tenglasak, u holda
natija kelib chiqadi. Bunda issqilik miqdori va temperaturaning nisbatini yangi
kattalik bilan belgilaymiz. Bu kattalikni keltirilgan issiqlik deb ataladi.
Issiqlik miqdorining izotermik jarayondagi isiqlik uzatish sodir bo‘lish temperaturasiga nisbatiga teng kattalikka keltirilgan issiqlik deyiladi. Ixtiyoriy jarayondagi keltirilgan issiqlikni hisoblash uchun bu jarayonni shunday kichik qismlarga bo‘lish kerakki, bunda bitta elementar qism uchun temperatura T ni o‘zgarmas deb hisoblash mumkin bo‘lsin. Bu elementar qismda keltirilgan issiqlik δQ’=δQ/T ga teng bo‘ladi. Har bir qismlardagi elementar keltirilgan issiqliklarni qo‘shib ixtiyoriy jarayon uchun keltirlgan issiqlikni hisoblash mumkin.
U holda oldingi mavzuda o‘tilgan Karno sikli uchun keltirilgan issiqlik quyidagicha bo‘ladi (12.1-rasm).
12.1-rasm Agar jarayon qaytar bo‘lsa, u holda yuqoridagi formuladan
natija kelib chiqadi. Bu esa qaytar jarayonlar uchun berk sikldagi keltirilgan issiqlik nolga teng ekanini ko‘rsatadi.
Berk sikldagi integralning nol ekanidan esa integral tagidagi δQ/T nisbatning to‘la differensial ekanligi, ya’ni bu nisbatning kattaligi jarayonning sodir bo‘lish trayektoriyasi shakliga bog‘liq bo‘lmasdan, balki faqat jarayonning boshdagi va oxiridagi holatlariga bog‘liq ekanligi kelib chiqadi. Bu esa jarayon uchun holat funksiyasini aniqlaydigan yangi S kattalik kiritishga imkon beradi.