Маърузачи: Физика ўқитувчиси Дусмуратов Мансур Байсоатович


Ideal gazning bo‘shliqqa adiabatik kengayishida entropiyaning ortishi



Download 0,8 Mb.
bet8/9
Sana05.07.2022
Hajmi0,8 Mb.
#742839
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12-Taqdimot

Ideal gazning bo‘shliqqa adiabatik kengayishida entropiyaning ortishi.
Biz yuqorida adiabatik jarayon uchun entropiya o‘zgarishi ΔS=0 degan edik. Lekin, bu shart qaytuvchan adiabatik jarayonlarga tegishlidir. Lekin, gaz bo‘shliqqa kengayishi qaytmas jarayon bo‘lgani uchun bunda vaziyat biroz boshqacharoq bo‘ladi.
Bizga tashqari bilan mutlaqo issiqlik almashmaydigan qilib izolyatsiyalangan V hajmdagi biror idsh berilgan bo‘lib, uning V1 hajmiga to‘siq qo‘yish orqali ν miqdordagi biror gazni joylashtirilgan bo‘lsin. Agar tirqish ochib yuborilsa, gaz adiabatik kengayib to‘la V hajmni egallaydi.
Bunda, ya’ni qaytmas adiabatik kengayishda entropiya o‘zgarishini hisoblashda dS=δQ/T formuladan foydalanib bo‘lmaydi. Bo‘shliqqa adiabatik kengayishda entropiya ortadi. Bu ortishni topish uchun holatning xuddi shunday o‘zgarishiga olib keluvchi qandaydir qaytar jarayonda entropiya o‘zgarishini hisoblash kerak. Bunday jarayon sifatida esa, masalan, gazning xuddi shunday temperaturada qaytuvchan izotermik jarayonni olish mumkin.
Chunki, bo‘shliqqa kengayishda V>V1 bo‘lgani uchun V/V1>1 bo‘ladi.
Shunday qilib, gazning bo‘shliqqa kengayishida ham entropiya ortar ekan.
Gazlarning o‘zaro diffuziyasida entropiyaning ortishi.
Aar ikkita A va B gazni o‘zaro kontakt holatiga keltirilsa, u holda hech qanday tashqi aralashuvlarsiz gaz molekulalari o‘z-o‘zidan aralashib ketadi. Gazlar aralashmasini alohida-alohida komponentalarga ajratishdan iborat bo‘lgan teskari jarayon esa o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi va bunga tashqi aralashuv kerak bo‘ladi.
Gazlarning aralashuv jarayoni qaytmas jarayon va bunda entropiya ortishi kuzatiladi. Biz mana shuni isbotlashimiz kerak bo‘ladi.
Aytaylik, modda miqdorlari ν dan bo‘lgan ikkita A va B gaz VA va VB hajmlarda turgan bo‘lsin. Ikkala idishni tutashtirilganda gazlar aralashib ketadi va har bir gaz umumiy V=VA+VB hajmni egallaydi. Bu jarayonni har bir gazni o‘zining dastlabki hajmidan boshlab toki V hajmgacha kengayishi deb qarash mumkin. Bunda sistemaning umumiy entropiya o‘zgarishini aniqlash uchun xuddi bo‘shliqqa kengayishdagi kabi hisob-kitob qilamiz.
Bunda VA>V va VB>V bo‘lgani uchunqavs ichidagi har bir had musbat chiqadi.
Shunday qilib, diffuziya jarayonida ham entropiya ortar ekan.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish