Ma’ruza: Qadimgi Yunoniston. Mavzuni o‘rganishdan maqsad


Afinada Pisistrat tiraniyasi



Download 405,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/28
Sana01.07.2022
Hajmi405,83 Kb.
#725751
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
9-mavzu

4.Afinada Pisistrat tiraniyasi. 
Afinada Pisistrat tiraniyasi 
(Mil.avv. 560–527-yillarda Afinani boshqardi). Solon 
islohotlari barcha ijtimoiy muammolarni yecha olmadi. Afinada keskin ichki siyosiy 
kurash boshlandi. Tez orada kuchli ijtimoiy ziddiyatlar Afinada Pisistrat tiraniyasining 
o‘rnatilishiga olib keldi. Mil.avv. 560-yil zodagonlardan biri Solonning qarindoshi 
Pisistrat (mil.avv. 560–527-yillar) qattiq kurash natijasida hokimiyatni bosib oldi va 
o‘zining tiraniya shaklidagi shaxsiy hokimiyatini o‘rnatdi. Afinaning eng kambag‘al 
aholisi o‘z siyosiy huquqlarini kengaytirish va yer mulkini taqsimlashdan umidvor 
bo‘ldi. Shu sababli ular Pisistrat tiraniyasini qo‘llab-quvvatladilar. U dastlab eng 
muhtoj kichik yer egalariga davlat xazinasidan yordam ko‘rsatdi. Qishloq 
kambag‘allari uchun soliqlar majburiyatini yengillashtirdi. Qishloq jamoalari huquqini 
kamaytirdi. Yer egalarini Afinaga sudga kelishdan qutqarib, qishloq joylarida 
sudyalarni tayinladi. U fuqarolardan qurollarini tortib olib, o‘z hokimiyatini 
mustahkamladi. Fuqarolar daromadiga soliq joriy qildi. Bu o‘rta hol dehqonlarni og‘ir 
ahvolga solib qo‘ydi.
Pisistrat dengiz savdosining rivojlanishiga shart-sharoit yaratdi. U Kichik Osiyoda 
Dardanel bo‘g‘oziga chiqadigan muhim nuqtani bosib olib, Afinaning Qora dengizga 
boradigan dengiz yo‘llari ustidan nazoratini o‘rnatdi. Afinada savdo-hu-
narmandchilikni rivojlantirish maqsadida bir qancha jamoat inshootlari qurilishini 
amalga oshirdi. Pisitrat davrida Afina akropolida Afina Pallada, Pifiyalik Apollon 


Elevsinada ibodatxonalari va yangi bozor qurildi. Pirey portining qurilishi davom etdi, 
9-quvurli suv o‘tkazgich barpo etildi, bu suv quvuri milodiy 18 asrgacha ishlatildi. 
Pisistrat yollanma qo‘shinni tashkil qildi, hosilning o‘ndan bir miqdorida soliq joriy 
qilindi. Solon joriy etgan o‘zgarishlar saqlab qolindi, lekin Pisistrat boshqa tiranlar 
bilan juda yaqin aloqa o‘rnatdi. Shoirlar va rassomlarga homiylik qildi. Uning 
farmoyishi bilan Afinada xalq qo‘shiqchilari to‘planib, ularning so‘zlaridan 
Gomerning mashhur «Iliada» va «Odissey» poemalari yozib olindi.
Pisistratning tadbirlari eski urug‘ zodagonlarining mavqeyiga putur yetkazdi. 
Ularning ko‘p vakillari Afinadan quvg‘in qilindi. Mil.avv. 527-yilda Pisistratning 
vafotidan so‘ng o‘g‘illari Gippey va Gipparx Afina hokimlari bo‘ldilar. Bu vaqtda 
kuchli Fors davlati Kichik Osiyoni bosib olib, Egey dengizidan Qora dengizga 
boradigan yo‘llarni egallab oldi. Afina dengiz savdosiga katta putur yetdi. Natijada 
Afinaga chetdan g‘alla olib kelish vaqtinchalik uzilib qolib, oziq-ovqat mahsulotlari 
qimmatlashdi. Tabiiyki, bu aholining noroziligini keltirib chiqardi. Aholi Pisistratning 
o‘g‘illari hokimiyatini ag‘darib tashladi. 

Download 405,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish