Afinaning vujudga kelishi. Millodan avvalgi IX-VI-asrlar. Pisistrat hokimiyati davrida Afina.
Perikl davrida Afina. Ijtimoiy iqtisodiy ahvol.
Perikllarning oltin davri. Sana’t, adabiyot, iqtisodiyoti va arxitektura rivoji.
Afina ibodatxonalari
Afina agora
Darvozalar
Solon islohotlari
Afinaning tugatilishi
Foydalanilgan manabaalar
Afinaning vujudga kelishi. Millodan avvalgi IX-VI-asrlar. Pisistrat hokimiyati davrida Afina.
AFINA, Qadimgi Afina — Yunoniston (hoz. Gretsiya) tarixi va madaniyatida muhim ahamiyatga ega boʻlgan shahardavlat (polis). A. Yunonistonning Attika deb atalgan togʻli joyida vujudga kelgan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, bu joylarda odamlar neolit davridan boshlab yashagan. Attikaliklar Afina maʼbudiga sajda qilganlar. Attikadagi qishloqlar birlashib Afina sh. vujudga kelgan (mil. av. 9—8-a. lar).
Bu vaqtda (Gomer davri) harbiy demokratiya susayib, urugʻchilik munosabatlari yemirila boshlagan edi. Hokimiyatni urugʻ aristokratlari (evpatridlar) boshqarardilar. Mil. av. 7-a. da Afinada evpatridlar siquvi kuchayib dehqonlar ahvoli ogʻirlashgan edi. Mil. av. 594-y. da savdogarlar aristok-ratiyasidan Solon arxont (hokim) boʻldi. U A. da ijtimoiy-siyosiy tuzumni tubdan oʻzgartiradigan islohotlar oʻtkazdi. Qarzlarni bekor qildi, qarz tufayli qul qilib sotishni taqiqladi, urugʻchilik munosabatlariga uzil-kesil zarba berdi. Siyosiy huquq va la-vozimlar kishilarning mol-mulkiga qarab belgilanadigan boʻldi. Aristokrat naslidan boʻlgan Pisistrat oʻz tarafdorlari va yollanma askarlariga tayanib, mil. av. 560-y. da oʻzini Attika dehqonlarining dohiysi deb eʼlon qildi va Afinaning mustabid hokimi boʻlib oldi. Pisistrat oʻziga qarshi boʻlgan aristokratlarning yerlarini tortib olib dehqonlarga ulashib berdi, ular ga davlat hisobidan pul qarz berishni joriy etdi. Pisistrat davrida Afinada savdo munosabatlari rivojlandi, ibodatxona va b. qasrlar qurildi, suv quvuri oʻtkazildi. Pisistrat va uning oʻgʻillari saroyga eng yaxshi adiblarni toʻpladilar. Gomerning «Odisseya» va «Iliada» asarlari yozib olindi. Afinada dastlabki teatr vujudga keldi. Pisistrat vafot etgandan soʻng (mil. av. 527 i.) hokimiyat uning oʻgʻillari Gippiy va Gipparxga oʻtdi. Lekin mustabid hokimlik uzoq davom etmadi. Gipparx fitnachilar tomonidan oʻldiriddi, Gippiy esa hokimiyatdan haydaldi (510-y.).